Sana: 20-dekabr.
Fan: matematika
Sinf 3-B
Mavzu:Rim raqamlari
Ta`limiy maqsad: rim raqamlari,ularning paydo bo`lishi, yozilishi, o`qilishi, ko`p xonali sonlarni yozish haqidagi tushunchalarini boyitish.
Tarbiyaviy maqsad:o`quvchilarni o`zaro hurmat, faollik, ishchanlikka o`rgatib, ma`naviy, ekologik tarbiya berish
Rivojlantiruvchi maqsad: matematik nutqini, tafakkurini, mustaqil ishlash, mustaqil fikrlash doirasini, tasavvur ko`lamini boyitish, masala va misollar yechish ko`nikmalarini oshirish. Matematika faniga bo`lgan qiziqishishini, bilim saviyasini oshirishga erishish.
Dars turi: yangi bilim va ko`nikmalarni shakllantiruvchi dars
Dars metodi: kichik guruhlarda ishlash, ko`rgazmalilik, “Mening do`stim”, “Tezkor savollar”, “Kimning mashinasi tez yuradi”, “O`rnini top”, “Topqirlik” ta`limiy o`yinlari
Dars jihozi: darslik slayd, rasmlar, qadimgi Rim davlati aks ettirlgan suratlar, xarita
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
O’quvchilar: Asasalomu Alaykum ustoz muallim
Darsimiz matematika beringiz ta’lim
O’qituvchi: Valaykum assalom tolibi ilm
Tayyormisiz darsimdan olishga bilim
O’quvchilar: Biz tayyormiz, ustozjon
Olg’a qadam tashlashga
Fanlar sirin o’rganib
Chuqur bilim olishga
O’qituvchi: Bugun oddiy dars emas, balki sinov darsidir
O’tib olsak sinovdan ,bu hammadan yaxshidir
Qani ayting bolalar, kim navbatchi bo’ladi?
Bugingi kun hisobin menga aytib beradi.
Navbatchi: Bugun mendir navbatchi, sinfni tozalovchi
O’quvchilar haqida,ma’lumot beruvchi
3- sinfimiz, 29 o’quvchi
Qizlarimiz 13-ta, o’gillar 16 ta
Ular to’liq kelishgan, darsga tayyor bo’lishgan.
O’qituvchi: Siz yaxshi bolalarsiz, qirdagi lolalarsiz
Jonim o’g’lim, jonim qizim
Sizlardan ko’p tinch ko’nglim
Sizga kirmasin tikan,
Darsni boshlasammikan?
O’quvchilar: Biz yaxshi bolalarmiz,
Ochilgan gul lolalarmiz
Ota-ona izidan,
ustozlarning so’zidan
Bizlar also chiqmaymiz
Sinfdagi barchamiz,
darsga shay gulg’unchamiz
Omad va baxt qushi ko`rgazmasi orqali dars olib boriladi. Qush qanotlariga shartlar yozib qo`yiladi. Guruhlar shartlarni bajaradilar. G`olib chiqqan guruhga Omad va baxt qushi o`z tilaklarini bildiradi.
O`quvchilar vaqt birligi bo`lmish soatlar bilan rag`batlantiriladi
O`tilgan mavzularni mustahkamlash
Biz o`tgan matematika darsimizda 580-350 ko`rinishidagi ifodalar mavzusi bilan tanishgan edik. Uyga vazifa 486-487-misol, masalalar
Test savollari.
1.Uch xonali sonlar nechta?
900 ta b) 999 ta d) 100 ta
2. Eng katta 3 xonali son,
900 ta b) 999 ta d) 100 ta
3. eng kichik 3 xonali son?
900 ta b) 999 ta d) 100 ta
4. 580 ning ichida nechta 100 lik bor?
560 ta b) 58 ta d) 5 ta
5. 614 ni ichida nechta birlik bor?
a) 61 ta b) 614 ta d) 6 ta
6. 580-350=
a) 250 b) 230 d) 200
Barakalla. Endi uy ishini tekshiramiz. uyga vazifani tekshirish uchun “Kimning mashinasi tez yuradi” o`yini orqali har bir guruhga misollar beriladi.
486-misol(A3 bichimdagi qog`ozda beriladi)
380-160 560-340 740-630
45-230 670-420 990-870
487-masala.
Qisqa shart tuziladi
10 ta 3kg li
8 ta 5 kg li
Hammasi-? Kg
Ye: 10x3+8x5=30+40=70 kg
Krossvord.
|
|
|
b
|
i
|
r
|
|
|
|
|
|
|
|
o
|
l
|
t
|
i
|
|
|
|
|
|
y
|
i
|
g
|
i
|
r
|
m
|
a
|
|
|
|
|
|
|
|
t
|
o`
|
r
|
t
|
|
|
|
|
|
|
|
|
s
|
a
|
k
|
k
|
i
|
z
|
|
|
|
|
t
|
o`
|
q
|
q
|
i
|
z
|
|
|
|
|
|
|
s
|
a
|
k
|
s
|
o
|
n
|
|
|
|
o
|
l
|
t
|
m
|
i
|
sh
|
|
|
|
|
|
|
e
|
l
|
l
|
i
|
k
|
|
|
|
m
|
i
|
l
|
l
|
i
|
a
|
r
|
d
|
|
|
|
|
|
|
q
|
i
|
r
|
q
|
|
|
|
|
|
|
|
|
m
|
i
|
l
|
l
|
i
|
o
|
n
|
Yangi mavzu: Rim raqamlari
Qadimgi Rim davlati haqida ma`lumotlar beriladi. O`quvchilar Rim haqida internetdan ma`lumotlar to`plab, tushuncha beradilar. Multimediya orqali tushuntiriladi
Muhammad ibn al-Xorazmiy arab imlosida yozilgan 10 ta raqamdan foydalanib istalgan sonni yozish mumkinligini ko`rsatib bergan.
Qadimgi Rimda I=1 V=5, L=50, C=100, D=500, M=1000 ko`rinishidagi raqamlardan foydalanilgan.
Kichik rim raqamlari katta rim raqamidan o`ngda yozilsa, ular qo`shiladi. VI=5+1=6 XII=10+2=12, CXV=100+10+5=115
Agar chapda yozilsa,ayriladi: IV=5-1=4 IX=10-1=9 XC=100-10=90
Ekranda ko`rsatiladi
489-misol. Og`zaki. 7-raqamni o`qituvchi yozib ko`rsatadi. Doskaga 6 ta o`quvchi chiqadi. Berilgan raqamlarni rim rqamida yozadilar.
23=XXIII, XXXVII=37, CXLIIX=148, 285=CCXXCV, 692=DCXCII, 893=CCMXCIII, 968=CMLXIIX
Topqirlik o`yini orqali muhim sanalar rim raqamlarida ko`rsatiladi
I.XII, III.XII, IV.XII, IIX.XII, X.XII, XXI.XII
490-misol. Mosini top o`yinidan foydalaniladi. Misollar qog`ozda yoziladi. O`quvchilar javobini topib qo`yadilar.
140+250=390 300+440=740 430+370=800
430-360=70 740-570=170 540-260=280
491-misol. Topqirlik o`yini Sharti o`qiladi. 3, 0, 7 raqamidan foydalanib, mumkin bo`lgan barcha 2 xonali sonlarni yozing.
30, 37, 33, 70, 77, 73
Doskada raqamlardan foydalanib, o`quvchilar ham yasaydilar.
Daraxtga iladilar.
Kasblar haqida she`r.
Agranomlik,
Bo`lsammikan agranom, juda jarangli bu nom.
O`stirar edim paxta, butadamas , daraxtda,
Olmam pishsa payvandda, xuddi tarvuzday katta.
Hayron qolishsa shu on, ey qoyil O`zbekiston.
Oyga qo`nib desam oy, senga ekaman bug`doy
Tizilsa zamin tomon, boshoqqa to`la karvon.
D Duradgor.
Yo bo`lsammi duradgor Bu ishda ko`p hikmat bor
Ayting-chi kim bir pasda Ketmonga yasar dasta
Qo`lda o`ynab randalar Taxtalarni randalar
Shunda paydo bo`lib rom Yopiladi hatto tom.
Stol va stul, kitob javon Qarab turgin-u quvon.
Qo`limda turgan taxta, Birpasdan so`ng xontaxta
Taq-taq urilar bolg`a, Men mixga deyman olg`a!
E Elchi
Sen ham maslahat ber-chi Yo bo`lsammikan elchi
Samalyot qo`nar shu on, Bu manzil Farangiston
Deyman: Azizlar salom! “Bonju” hammamiz omon.
Do`stlashtirib ellarni, Yashnatamiz dillarni
Mana, Quriya, Seul Hamkorlikka ochiq yo`l
Uchrashuvlar, dasxatlar Va tabrik, do`stlik xatlar,
“Anyong xaseyo” deyman har on, Budir koreyischa salom,
O`rganaman tillarni, Tutashtirib dillarni
Mustahkamlash
Mening do`stim o`yini o`quvchilar tug`ilgan kun, yil oylarini yozib guruhlarga ko`rsatiladi. Ular kimligini aytadilar. Ularga do`stlaridan xat kelgan bo`ladi. Xatni o`qiydilar
I
Topqirlik
Topgan topaloq
Bo`lma shoshqaloq
Teran fikrlab
Bo`lgin abjirroq
X. VI. MMVII-Rajabbayev Firdavs
XV. XII. MMVII-Paxmatova Madina
II. X. MMVII-Ubaydullayeva Zarina
492-boshqotirma Bo`sh o`tirmay bosh qotir o`yini
VII-II=II VII-II=V
Maqollar
Teran, dono, ixcham fikrlar
Yodda tuting, ular maqollar.
M so`m aqchasi bor boydan, I ta aqlli o`g`li bor odam davlatmandroqdir
I kun tuz yegan joyingga XL kun salom ber
I kishi ariq qazadi, C kishi suv ichadi
Topishmoqlar aqlimizni charxlar
She`riy sirli bu jumboq
O`ylashga undar har choq
Belgilarga qarab boq
Topishga intil har choq
Topishmoq.
Qo`limda bor ajib kitob, Ichi to`la g`ij-g`ij hisob.
O`qisang gar qilar xitob, Misolim yech, javobim top?
Qani ayting menga shu tob, Ne atalar ushbu kitob?
Tezkor savollar.
Yilning 12 oyi-dekabr
1-yanvar-Yangi yil bayrami
Rim davlati qaysi qit`ada joylashgan
10 raqami qaysi harfga to`g`ri keladi
Mehnat va o`qish-og`a-ini
Pul yo`q deb qayg`urma-ish yo`q deb qayg`ur
To'kilsa manglay tering, Unumli bo'lar yering.
Tirishgan och qolmas.
Eringan elga sig'mas.
Erinchoq ikki ishlar, Oxiri barmog'ini tishlar.
2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari”yili so`zi kelib chiqadi.
Darsning yakuni: guruhlarning ballarini e`lon qilish
Omad va baxt qushining tilagi
Men omad va baxt qushiman.i sizlarga hamisha omad va baxt kulib boqsin. Yodingizda tuting Mashaqqatsiz baxt kelmas, Mehnatsiz taxt kelmas. Mehnat qilib, mashaqqat chekib egallagan bilimingiz sizni yorug` kelagak sari olib boradi. 2017-yilda sizlarga bilim olishingiz uchun mustahkam iroda, sabr-toqat, aql zakovat, sog`lom kayfiyat tilayman.
Uy ishi: 493-494-misol, masala
O’qituvchi: she’r bilan yakunlaydi
Shogirdlarim jonu- dilim,
Hayotimning mazmun ma’nosi.
Davrasida o’tar har onim,
Farzandlarim ular barisi.
Yaxshi ko’rmay suyib qanchalar,
Muallima oddiy onaman.
Farzand shirin, aziz bunchalar,
Bolam deyman, kuyib yonaman.
Zarafshon shahar 8-umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi Haqberdiyeva Gulnoz Rustamovnaning 3-B sinf o`quvchilari bilan matematika fanidan ”Rim raqamlari” mavzusida o`tkazgan ochiq dars ishlanmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |