Mavzu: qurolli kuchlardagi islohotlar va yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga yangicha yondashuv. Reja: «Qurolli kuchlar»



Download 22,84 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi22,84 Kb.
#678268
Bog'liq
11-mavzu


Mavzu: QUROLLI KUCHLARDAGI ISLOHOTLAR VA YOSHLARNING HARBIY-VATANPARVARLIK TARBIYASIGA YANGICHA YONDASHUV.
Reja:
1. «Qurolli kuchlar» tushunchasining mohiyati.
2. Ma’naviyat tarbiya jarayonida umumxalq manfaatlarini yo‘lida xizmat qilish va yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish yo‘llari.
3. Harbiy askar qiyofasi – ma’naviy barkamollikning ko‘rinishi sifatida.


Kalit so‘zlar: Vatanparvarlik, vatanparvar shaxs tushunchasi, harbiy vatanparvarlik, huquqiy ta’lim, huquqiy madaniyat.
Har bir millatning taraqqiyoti jamiyatdagi yoshlar qatlami, ularning dunyoqarashi, tafakkuriga bog‘liqdir. 2018 yil 23 fevralda Vazirlar Mahkamasining 140-sonli qarori bilan Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi, shuningdek uni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi.
Konsepsiya yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy prinsiplari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirgi murakkab globallashuv davrida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan sharoitdagi dolzarb vazifalarni belgilab beradi. Konsepsiya – yaxlit ta’lim-tarbiya tizimining ajralmas qismi bo‘lib, unda O‘zbekiston hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un aloqa o‘rnatishga alohida e’tibor qaratiladi.
Ona Vatanimizni asrash va shuhratini dunyoga tarannum etish, unga bo‘lgan sadoqat, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishda o‘z fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga tayyorlik singari eng muhim tushunchalar va vatanparvarlik tuyg‘usini yoshlarning qalbi va ongida ilk bolalik davridan boshlab shakllantirish hujjatning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Quyidagilar Konsepsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
• yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish;
• qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish, Milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo‘lgan ishonchni kuchaytirish;
• Milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani haqidagi tushunchani hamda bu boradagi nazariy-amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash;
• yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda ro‘y berayotgan siyosiyijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish ko‘nikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
• har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga ega yoshlarni tarbiyalash;
• O‘zbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi bo‘lish – bu bugungi kun talabi ekanini hayotiy misollar va ta’sirchan vositalar orqali yoshlar ongiga singdirib borish.
Konsepsiyada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi, prinsiplari, usul va shakllari, bosqich va yo‘nalishlari, samaradorligini baholash tartibi ham belgilangan.
Konsepsiyada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy usullari: ishontirish; mashq qildirish va mustaqil ishlash; kuzatish; rag‘batlantirish; o‘rnak ko‘rsatish, shaxsiy namuna va boshqalar hisoblanadi.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari asosan to‘rt bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich 3-7 yoshdagilar, 2-bosqich 7-16 yoshdagilar, 3-bosqich 16-18 yoshdagilar, 4-bosqich 18-30 yoshdagilar kiradi.
Tolerantlik masalasi ham yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning mezoni, kelajak avlodning tarbiyasidagi eng asosiy jihat hisoblanadi. Shuning uchun ham harbiy vatanparvarlik masalasini keng yoritish tolerantlik muhim o‘rin tutadi. Tolerantlik fuqarolik jamiyati me’yorlariga mos keluvchi huquqiy ong shakllanishidagi fundamental tushunchadir. Shu sababli, aynan shu sifatni yoshlarda bolalikdan shakllantirishga jiddiy e’tibor qaratish kerak».
Konsepsiyada kutilayotgan natijalar yoshlar o‘rtasida harbiyvatanparvarlik va tolerantlik tarbiyasining samaradorligini oshirish, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar, fuqarolik pozitsiyasi, Vatanni sevish va uni ko‘z qorachig‘idek asrashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarni oshirish uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari tashabbus va ko‘rsatmalari asosida ishlab chiqilgan dasturlarni hayotga tatbiq etish, dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalarni, harbiy va mudofaa sohasidagi yangiliklarni tahlil etgan holda ilg‘or tajribalarni o‘rganish, harbiy xizmatchilarni mutaxassisligidan kelib chiqqan holda har tomonlama tayyorlash borasida amaliy ishlarga qo‘l urildi.
Bu jarayonda askardan qo‘mondongacha, oddiy xizmatchidan tajribali mutaxassisgacha – barcha faol ishtirok etdi.
Yil boshidan asosiy e’tibor qo‘shinlarda jangovar tayyorgarlik va uni samarali tashkil etishga qaratilib, jangovar-o‘quv mashg‘ulotlari murakkablashtirildi, topshiriqlarni tungi sharoitda, notanish poligon va hududlarda bajarish imkoniyatlari oshirildi.
Besh yuzdan ortiq o‘quvlar va hamkorlikdagi amaliy tadbirlar natijasida jangovar tayyorgarlik bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar 1,5 barobar oshdi, turli tabiiy va sun’iy to‘siqlarni yengib o‘tgan holda uzoq masofalarga piyoda yurish va jangovor texnikada harakatlanish me’yorlari 1,7 barobarga ko‘paytirildi.
Parashyut bilan sakrashlar yillik me’yorni bajarish bo‘yicha o‘tgan yilga nisbatan 3,2 barobarga ortdi. Bir qator jangovar nizom hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi, harbiy texnika bilan yoki ularsiz taktik harakatlarning yangi usul va uslublari amaliyotga joriy etildi.
Xalqaro harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik borasida yo‘lga qo‘yilgan aloqalar natijasida nufuzli harbiy akademiyalar va markazlar mutaxssislari bilan tajribalar almashilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar mudofaa akademiyalari, strategik tadqiqotlar markazlari bilan aloqalar mustahkamlandi. Bu, o‘z navbatida, dolzarb masalalar bo‘yicha xorijiy ekspertlarning ilmiy qarashlari va xulosalarini o‘rganish, sohadagi eng so‘nggi ma’lumotlardan xabardor bo‘lish va ularni atroflicha tahlil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, shuningdek, Qurolli Kuchlarni qo‘llash strategiyasi va taktikasini yanada takomillashtirish, jangovar operatsiyalarni olib borish bo‘yicha zamonaviy tajribani chuqur va puxta egallashga xizmat qilmoqda.
Rossiya, Fransiya, Xitoy, Turkiya va boshqa davlatlar bilan harbiy texnikaviy hamkorlik doirasida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari bir qator zamonaviy harbiy texnika va qurollar, jumladan, uchish apparatlari, zirhlangan texnika vositalari, avtomobillar va boshqa aslahalar bilan ta’minlandi.
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida o‘zaro tajriba almashish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida jangovar tayyorgarlikning 67 yo‘nalishi bo‘yicha «Men g‘olib!» shiori ostida musobaqalar o‘tkazildi.
Yutuqlar nafaqat mamlakat miqyosida, shu bilan birga xalqaro maydonda ham ko‘zga tashlandi. «ArMI – 2019» xalqaro armiya o‘yinlaridagi 11 ta sovrinli o‘rin, VII xalqaro armiya sport o‘yinlaridagi 22 ta medal, Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan «Kembridj patruli» musobaqasi hamda AQSHda maxsus qo‘shinlar o‘rtasida o‘tkazilgan «Eng ilg‘or jangchi» musobaqasidagi faxrli o‘rinlar fiklarimizga isbot bo‘ladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining harbiy qism va muassasalar faoliyatiga keng joriy etilishi, qo‘shinlarning o‘z vazifasini to‘laqonli bajarishi va mukammal boshqaruvni tashkil etishga xizmat qila boshladi.
Mudofaa vazirligi aloqa tizimining bog‘lovchi liniyalari 100 foiz raqamlashtirildi. Vazirlikning harbiy qism va muassasalar bilan videokonferensaloqaning yo‘lga qo‘yilgani eng quyi bo‘g‘indagi komandirlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish va topshiriqlarni yetkazish hamda muammoli masalalarni yuzma-yuz muhokama qilish imkoniyatini yaratdi.
Bundan tashqari, harbiy okruglar uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan ellikdan ortiq mobil aloqa texnikalari modernizatsiya qilindi. Muhim o‘zgarishlardan biri – shu davrgacha aloqani tashkillashtirish uchun 3 ta mashinadan foydalanilgan bo‘lsa, hozir bir dona modernizatsiya qilingan dala infokommunikatsiya majmua avtomashinasi uch mashina vazifasini bajarmoqda.
Tahlillar, izlanishlar va amaliy harakatlar natijasida Mudofaa vazirligining mobil aloqa tizimi to‘ri, mobil qo‘mondonlik punkti yaratildi. Mobil qo‘mondonlik punktlarini ishga shay holatga keltirishda vaqtni 2 soatgacha qisqartirishga erishildi.
2019 yil davomida Mudofaa vazirligining uch yuzdan ortiq ob’ektida ta’mirlash, obodonlashtirish va harbiy xizmatchilarga qulay sharoitlar yaratish ishlari rejalashtirilgan edi. Ta’minot va ijtimoiy muhofaza borasidagi bu ulkan ishlarni bajarish uchun asosan harbiy-ma’muriy sektorlar mablag‘laridan foydalanildi. Natijada harbiy qism va muassasalar qiyofasi tubdan o‘zgardi, dala mashg‘ulotlari maydonlari – poligonlarda ulkan bunyokorlik ishlari bajarildi, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari zamonaviy tipda qurilgan uy-joylar bilan ta’minlandi.
Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash va uy-joy bilan ta’minlash ham kun tartibidagi muhim masalalardan biri bo‘lib, 2019 yilda Mudofaa vazirligi tomonidan 325 xonadondan iborat 18 ta ko‘p qavatli xizmat uylari qurildi.
Uzoq muddatli va ipoteka krediti ajratish asosida 1974 xonadondan iborat 57 ta ko‘p qavatli uylar qurilib, mingdan ortiq harbiy xizmatchilar oilalari yangi uylarga ko‘chib kirishdi.
Qo‘shinlarning moddiy-texnik ta’minot yo‘nalishida zamonaviy va sifatli kiyim-kechak, oziq-ovqat va yoqilg‘i-moylash mahsulotlari hamda frontorti xizmatiga oid texnik vositalar bilan ta’minlashga qaratildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar doirasida vazirlik qo‘shinlari harbiy xizmatchilari uchun yangi namunadagi bayramona va kundalik harbiy kiyimlar namunalari ishlab chiqildi. Bugungi kunda mazkur kiyimlar qo‘shinlarda sinovdan o‘tkazishga tayyorlanmoqda.
Yil yakuniga ko‘ra, shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkillashtirish to‘liq autsorsing tizimiga o‘tkazilib, 87 ta tadbirkorlik sub’ektlarini jalb etgan holda 2 ming 250 dan ortiq fuqarolar uchun yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirliklar va Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar uchun yangi oziq-ovqat mahsulotlarining ratsioni ishlab chiqildi.
Mavjud oziq-ovqat ratsioniga qo‘shimcha ravishda asal, yarim dudlangan kolbasa, pishloq kabi mahsulotlar kiritildi, shuningdek, sharbat va tuxum mahsulotlarining miqdorlari ko‘paytirildi.
Mazkur shior doirasida amalga oshirilgan tadbirlar harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini yuksaltirish, yoshlarni harbiy vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirishga qaratildi.
Ilm-fan, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi yetuk mutaxassislarini jalb etgan holda harbiy qism va muassasalar, mahallalar va ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kitob yarmarkalari va yangi adabiyotlarning taqdimotlari jarayonida «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida Axloqiy-ruhiy ta’minot konsepsiyasi»da belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi.
«Vatanga qasamyod» tantanalaridan keyin har bir askarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan «Temur tuzuklari» va «O‘zbekiston tarixi» kitoblarining topshirilishi an’anaga aylandi.
Beshta muhim tashabbus ijrosi yuzasidan harbiy qismlarda 60 ta badiiy havaskorlik guruhi, 362 ta fan va sport to‘garaklari tashkil etilib, mazkur to‘garaklarda harbiy xizmatchilarning 3 ming 500 nafarga yaqin oila a’zolari hamda farzandlari shug‘ullanmoqda.
2019 yil davomida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash hamda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Mudofaa vazirligi yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollarini jalb etgan holda 13 mingdan ortiq vaqtincha ishsiz va 1 mingdan ortiq profilaktik hisobda turuvchi yoshlar orasida harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan 7 ming 700 dan ortiq davra suhbatlar, uchrashuvlar, muloqotlar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan harbiy-vatanparvarlik tarbiyasiga oid tadbirlar, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘quv xonalarini kerakli barcha o‘quv qurollari va moddiy vositalar bilan jihozlangani kutilgan natijalarni bermoqda.
Hozirgi kunda, mudofaa ishlari boshqarmalaridagi chaqiriluvchilarni tayyorlash markazlarida 9 ta harbiy-texnika mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilar kiyim-kechak, oziq-ovqat va yotoqxonalar bilan ta’minlangan.
Bu ishlarning barchasi mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash hamda Qurolli Kuchlarimizning jangovar shayligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Natijada milliy armiyamiz qiyofasi tubdan o‘zgarib, uning jangovar shayligi sezilarli darajada oshmoqda.
Mustaqillik yillarida yoshlar tarbiyasini takomillashtirish vazifalari, usullari, vositalari va milliy g’oyaning yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mazmuni, metodi hamda vositalari tahlil etilgan. Yoshlarda vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘usini shakllantirish – fuqarolik tarbiyasining asosi. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida shaxsda vatanparvarlik (lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) tuyg‘usini shakllantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Har bir fuqaro muayyan davlatning a'zosi sifatida uning sha'ni, obro‘- e'tiborini ta'minlashi, uning manfaatlari uchun kurasha olishi zarur.
«Vatan» atamasi aslida arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt ma'nosini bildiradi, Vatan tushunchasi keng va tor ma'noda qo‘llaniladi.
«Vatanparvarlik – o‘z taqdirini vatan, millat taqdiri bilan bog‘lagan barcha kishilarga xos fazilat. Millat taraqqiyotining imkoniyatlari, shon-shuhrati, obro‘- e'tibori ham shu millat kishilar vatanparvarlik tuysusining darajasi bilan bog‘liqdir»1. Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo‘ladi:
1. Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.
2. O‘zi mansub bo‘lgan millat o‘tmishi, urf-odatlari, an'analari va qadriyatlariga sodiqlik.
3. Vatan va millat tarixidan g‘ururlanish.
4. Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma'naviy boyliklarini asrash, ularni ko‘paytirish borasida g‘amxo‘rlik qilish.
5. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilish.
6. Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish.
7. Vatan va millat obro‘si, sha'ni, or-nomusini himoya qilish.
8. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo‘lishi.
Vatanparvar shaxs o‘z vatanini uning boyliklari yoki vatanining qulay geografik hududda joylashganligi uchun emas, balki, o‘zi Vatanning bir bo‘lagi ekanligi, o‘zi mansub bo‘lgan millatning shu Vatanda, shu makonda yashashi uchun qadrlay olishi, unga nisbatan chuqur hurmat ko‘rsatishi zarur.
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash o‘zining tarixiy ildizlariga ega. Shiroq To‘maris, Spitamen, Dalvarzintepa afsonalari Go‘ro‘g‘li Alpomish dostonlarida, Vatan uchun jon fido qilishga tayyor bo‘lish, jasorat, matonat, vatanga sadoqat tuyg‘ulari ulug‘langan. Sharq mutaffakkirlari (Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy) ijodlarida ham vatanparvarlik go‘yasi alohida tarannum etilgan. Jumladan, Abu Nasr Farobiy inson kamolotini vatanparvarlik bilan bog‘laydi va «Olloh in‘om etgan aql ne’matidan mavjud imkoniyat darajasida foydalanmasdan turib, etuk inson martabasiga erishib bo‘lmaydi chunki inson taraqqiyotining eng mukammal va etuk yakunidir» deb e’tirof etadi. Shunday ekan, haqiqiy vatanparvarlik faqat yetuk insongagina xos bo‘lishi mumkin. Zahiriddin Muhammad Boburning o‘zga yurtda vatan tuyg ‘usini chuqur his qilgani uning asarlarida ifodalangan.
Erkka intilish, ozod yashashga bo‘lgan ehtiyoj insonga xos bo‘lgan tuyg‘udir. Inson o‘z vatanidagina ozod va erkin yashay oladi. Shu bois vatan ozodligi uchun kurashish masalasi qadim-qadimdan allomalarning asarlari hamda ezgu g‘oyalarni ifoda etuvchi ta'limotlarning bosh mavzusi bo‘lib kelgan. Chunonchi, Hadisi Sharifda vatanni sevish iymondan ekanligi ta'kidlanadi.
Abdulla Avloniy o‘z asarlarida «vatan» tushunchasiga ta'rif berib, uning ravnaqi uchun kurashish vatanparvar insonga xos xususiyat ekanligi quyidagicha qayd etadi: «Har bir kishining tug‘ulub o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sg‘on yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi – tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan – uyuridan ayrilsa, o‘z yeridagi kabi rohatda yashamas.
Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda harbiy vatanparvarlik tarbiyasining ham ahamiyati beqiyosdir. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, mazkur jarayonda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
1. Fuqaro mudofaasi hamda harbiy bilim asoslarini bo‘yicha dastlabki nazariy bilimlarni berish va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish;
2. Yoshlarni milliy mustaqillik, O‘zbekiston Respublikasining davlat qurilishi hamda konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi uyushtiriluvchi tahdidlarning oldini olishga tayyorlash; g‘oyaviy onglilikni tarbiyalash asosida, ularda terrorizm va diniy ekstremistik g‘oyalarga qarshi nafrat tuyg‘usini tarbiyalash;
3. Vatan himoyasini ta'minlash borasidagi harbiy-texnik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
4. Favqulotda vaziyatlarda tegishli chora-tadbirlarni ko‘ra olish, shuningdek, qurolli hurujlardan himoyalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish; ularda hushyorlikni oshirish va hokazolar.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishda ta'lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari muhim ahamiyatga ega. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar davlat muzeyi ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. 1965 yilda tashkil topgan muzey ekspozitsiyasi qariyb 56 yillik faoliyat davrida 36 mingga yaqin noyob va qimmatli eksponatlar, turli davrga oid qurol-yarog’lar, sarkardalarimizga oid ma’lumotlar va arxiv hujjatlariga ega bo‘lib, respublikamizdagi yagona harbiy muzey bo‘lib hisoblanadi.Muzeyda barcha tashrifchilarga qulaylik yaratish maqsadida videogid va videotur dasturi ishga tushirilgan. Bu dastur orqali o‘zlari uchun qiziq bo‘lgan eksponatlar bilan yaqindan tanishishlari mumkin.
Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiya o‘quvchilar o‘rtasida, fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. 1993 yil mart oyida e'lon qilingan «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi»da qayd etilganidek: «Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari Konstitutsiyani, davlat haqidagi ta'limotni, chunonchi, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma'muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma'nosini tushuntirishdan, bolalarni davlat qonunlarini yuksak darajada hurmat qilish, ularga so‘zsiz rioya etish, adliyaviy bilimlarni egallashga ehtiyoj sezish, tartib va intizomni buzuvchilarga nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalash, xalqaro huquqning ahamiyatga molik masalalari, xalqaro tashkilotlar (BMT, Xavfsizlik Kengashi va hokazo) faoliyati haqida o‘quvchilarning umumiy tasavvurlarini shaklantirishdan iboratdir.
Huquqiy ta'lim va tarbiya o‘zaro bog‘liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi hisoblanadi. Zero, huquqiy ta'lim o‘quvchilarga huquqiy me'yorlar, qonunlar hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to‘g‘risida tizimlangan bilimlarni berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish jarayoni bo‘lib, u izchil, uzluksiz, tizimli tarzda tashkil etilishi lozim. Yoshlarni yanada vatanni sevishga va unga sadoqat bilan xizmat qilishlarida ko’plab vatanparvarlik oyligi doirasida otkaziladigan tadbirlarning ahamiyati va o ‘rni beqiyos. Hususan Qurolli Kuchlarning 29 yilligi hamda «14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 dekabrdagi F-5614 farmoyishi ilovasidagi tadbirlar dasturining 10 bandini 10- bandini bajarish maqsadida o‘quvchi yoshlar orasida «Мening armiyam – mеning faxrim!» mavzusidagi ijodiy ishlar ko ‘rgazmasi tashkil etildi. Bu kabi tadbirlar yoshlarni armiya hayotiga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan birga harbiy vatanparvarlik tuyg’usini yanada oshishiga o‘z hissasini qo‘shadi.


1 Otamurotov S., Ramatov J., Xusanov S. Ma’naviyat asoslari. O‘quv qo‘llanma.-T.: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi, 2002.

Download 22,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish