Mavzu: Qurilishda nazorat tizimini o’rganish,asosiy hujjatlar



Download 22,92 Kb.
bet1/2
Sana17.05.2023
Hajmi22,92 Kb.
#940302
  1   2
Bog'liq
Qurilishda nazorat tizimini o’rganish,asosiy hujjatlar




Mavzu: Qurilishda nazorat tizimini o’rganish,asosiy hujjatlar

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida 2019 yil 1 avgustdan boshlab eksperiment tariqasida kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish belgilangan edi.


Shunga muvofiq, qurilish sohasida korrupsiya va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, mazkur yo‘nalishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali tizimdagi jarayonlarning barcha bosqichida shaffoflikni ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentabrdagi qarori bilan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda shaharsozlik hujjatlarini jamoatchilikka onlayn rejimda taqdim etish imkonini beruvchi “O‘zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi ishlab chiqildi, shuningdek, Qurilish sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tashkil etildi.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi doirasida “Qurilish sifat nazorati”, “Loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi”, “Loyiha-smeta hujjatlari ekspertiza xulosalari”, “Investitsiya dasturidagi ob’ektlar qurilishi monitoringi” hamda “Qurilish sohasida davlat xizmatlari” kabi axborot tizimlari ishga tushirildi.
Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida Loyiha-qidiruv va
Qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 fevraldagi qarori bilan “Qurilish sohasida tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik Nizom tasdiqlandi.
Davlat buyurtmachilarining hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2500 baravaridan ortiq bo‘lgan tanlov hamda tenderlar “tender.mc.uz” elektron portali orqali amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mazkur elektron platformada o‘tkazilgan davlat xaridlari natijasida 980 mlrd.so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga erishildi.
Qurilish-montaj ishlari ustidan nazorat o‘rnatish, ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida 2020 yil 1 apreldan boshlab, davlat qurilish nazoratining takomillashgan yangi tartibi ishlab chiqildi. Shuningdek, “Qurilishdagi nazorat” tizimi ishga tushirilib, respublika bo‘yicha 32800 nafar foydalanuvchi nazorat faoliyatini yuritmoqda.
Joriy yilning 6 oyi davomida Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan 8161 ta qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida xabarnomalar yuzasidan 3974 ta ob’ektda buyurtmachilar hududiy inspeksiyalarni xabardor qilmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlab yuborgani aniqlangan. Shu bilan birga, 7833 ta qurilishi tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha 2928 ta ob’ekt foydalanishga tayyor holda emasligi, 2428 ta ob’ektda sinov ishlari amalga oshirilmaganligi hamda 5356 ta ob’ektda qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilmaganligi ma’lum bo‘lgan.
Ta’kidlash joizki, sohada ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-taomillarni soddalashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 avgustdagi qarori qabul qilinib, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali berilishi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga “YERELEKTRON” axborot tizimida takliflar kiritish huquqi berildi.
“Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida Qurilish vazirligi tizimida KPMG (Italiya) xalqaro auditorlik kompaniyasi ekspertlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens-nazorat” tizimini joriy etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Ushbu chora-tadbirlar doirasida tizimda yuzaga kelayotgan korrupsion holatlarning 70 ta sababi aniqlandi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan 50 ta tavsiya ishlab chiqildi.
Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Hisob Palatasi va Bosh prokuratura bilan hamkorlikda Qurilish vazirligi tizimida Yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Qurilish sohasini tartibga soluvchi 25 ta normativ-huquqiy hujjatlar va 30 ta ichki idoraviy hujjatlar tahlil qilinib, 126 ta ehtimoliy korrupsion xavflar aniqlandi hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Biroq, qurilish sohasida o‘tkazilgan o‘rganish hamda monitoringlar natijasi ob’ektlarni rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlashda, shuningdek, qurilish sohasida tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazishda korrupsion omillar, qonunbuzilish holatlari, budjet mablag‘larini samarasiz sarflash, o‘zlashtirish bilan bog‘liq salbiy holatlar hamon saqlanib qolayotganligini ko‘rsatmoqda. 
Xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021 yilning 6 oyida 461,3 mlrd. so‘mlik qiymatdagi davlat xaridlari yuzasidan 59 ta qurilish ob’ektlarida o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganishlar mobaynida Jizzax viloyatida 19 ta ob’ektda 6,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari to‘lov hujjatlariga asossiz qo‘shib yozilganligi, 941,1 mln. so‘mlik ishlar sifatsiz bajarilganligi, Andijon viloyatida 4 ta ob’ektda 57,9 mln. so‘mlik ishlar sifatsiz bajarilgani, 1,4 mlrd. so‘mlik aslida bajarilmagan ishlar hisobot hujjatlariga qo‘shib yozilganligi aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Xorazm viloyatida viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK buyurtmachiligidagi qiymati 20,4 mlrd. so‘mlik “Urganch shahridagi perinatal markazini rekonstruksiya qilish” ob’ekti o‘rganilganida tender g‘olibi bo‘lgan tashkilot ta’sischisi Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari va tender komissiyasi raisining yaqin qarindoshi, ya’ni tug‘ishgan ukasi ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Bundan tashqari, budjet buyurtmachilari tomonidan qurilish bo‘yicha “dxarid.uz” va “tender.mc.uz” portalida joylashtirilgan e’lonlar joylarga chiqqan holda o‘rganilganida, respublikaning 10 ta viloyatida jami qiymati 81,9 mlrd. so‘mlik 137 ta qurilish ob’ektlarida tanlov va tenderlar yuzasidan g‘oliblar aniqlanmasdan qurilish va joriy ta’mirlash ishlari boshlab yuborilganligi yoki yakunlanganligi aniqlanib, mazkur qonunbuzishlar bo‘yicha jami 28 ta materiallar prokuratura organlariga yuborildi.
Shuningdek, “tender.mc.uz” elektron portali orqali amalga oshiriladigan tender savdolari monitoringi va tahlillar natijasida ham tizimda bir qator kamchiliklar va korrupsiyaviy xavf-xatarlar mavjudligi aniqlandi:
Birinchidan, “Qurilish sohasida tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik Nizomda xarid komissiyasi a’zolarining aniq vazifalari ko‘rsatilmagan;
Ikkinchidan, Qurilish-pudrat tashkilotlari reyting mezonlarida qurilish pudrat tashkilotlarining faoliyatidagi salbiy ko‘rsatkichlarni, ya’ni shartnoma shartlarini bajarmaganligi, soliq va bankdan qarzdorligi, muddati o‘tgan kreditlarning mavjudligi, ma’muriy yoki jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi kabilarni baholashga e’tibor qaratilmagan;
(Misol uchun: Baholash mezonida jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi bo‘yicha ballarni pasaytirish nazarda tutilmagani oqibatida Agentlik tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar yakuniga asosan MCHJ rahbari va boshqalarga 2021 yil 18 martda O‘zR JKning 167, 228-moddalari bilan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa-da, 2021 yil 30 aprelda umumta’lim maktabini ta’mirlash bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda mazkur MCHJ yana g‘olib deb topilgan.
Uchinchidan, “Shaffof qurilish” tizimida ma’lumotlar haqqoniyligini tekshiruvchi funksiyaning mavjud emasligi tashkilotlar tomonidan ishchilar, transportlar soni, moliyaviy ko‘rsatkichlar va boshqalar bo‘yicha soxta ma’lumotlar berish xavfini keltirib chiqarmoqda.
To‘rtinchidan, Qurilish tashkilotlarining reyting ko‘rsatkichlari qancha muddatga berilishi, qancha muddatda o‘zgartirilishi aniq belgilanmaganligi, baholash jarayonlarida ishtirokchilar reyting ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga, tenderlarda mag‘lub bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda;
(Misol uchun: Toshkent viloyatida 50,7 mlrd. so‘mlik qurilish ob’ekti bo‘yicha o‘tkazilgan tenderga MCHJ “V” kategoriya bilan kirib, baholashda Qurilish vazirligi tomonidan “SSS” kategoriyaga qayta baholangani oqibatida mazkur MCHJ mag‘lub bo‘lgan).
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish, tahlil va monitoring natijalaridan kelib chiqqan holda qurilish sohasida korrupsiya omillari, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, qurilish jarayonlarining barcha bosqichida jamoatchilik uchun shaffoflikni ta’minlash hamda “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqildi.

Download 22,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish