Mavzu: Qoraqalpoq xalqining an`anaviy xo`jaligi va moddiy madaniyati



Download 342,83 Kb.
bet1/3
Sana13.09.2019
Hajmi342,83 Kb.
#22106
  1   2   3
Bog'liq
. Qoraqalpoqlar xo`jaligi va madaniyati

Mavzu: Qoraqalpoq xalqining an`anaviy xo`jaligi va moddiy madaniyati.
Reja
1.Dehqonchiligi, chorvachiligi va baliqchiligi.
2.Moddiy va ma’naviy madaiyat: turar joylari, hunarmandchilik va savdo.
3.Xalq e`tiqodlari. Folklor va san’at.

Kirish
Qoraqalpoqlar qadimda Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimida joylashgan yerlarda dehqonchilik, chorvachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanib kelganlar. Ular azaldan chorvador xalq bo‘lib, keyinchalik esa dehqonchilik bilan ham shug‘ullana boshlagan, degan munozara mavjud. Bu xalqqa xos jihatlardan biri ham shundaki, ular boshqa ko‘pchilik xalqlar singari ko‘chmanchi hayot kechirishdan o‘troq hayotga o‘tgan emas, balki qadim zamonlardan o‘troq hayot kechirib kelgan. Qoraqalpoqlar azaldan sug‘orma dehqonchilik qilishgan. Shu maqsadda Sirdaryo va uning irmoqlari Quvondaryo hamda Jonidaryodan suv olib, irrigatsiya tarmoqlari orqali ekin maydonlariga suv chiqazishgan.

Dehqonchilikda asosan g‘allachilik rivojlangan. Daryolar va ko‘llar atrofidagi erlarga bug‘doy, arpa va tariq, sholi, jo‘xori, zig‘ir, kunjut, beda, poliz ekinlari ekilgan. Ekinlarni sug‘orish uchun zarur suv qoraqalpoqlar butun hayot-mamot masalasi bo‘lgan. Suv yetishmasligi oqibatida juda ko‘p janjallar, kelishmovchiliklar kelib chiqar, katta qonli to‘qnashuvlarga sabab bo‘lar edi. Bir qabila yo urug‘ boshqa qo‘shni qabila yo urug‘ bilan ko‘pincha ixtilofda yashar edi. O‘sha zamonning og‘ir shart-sharoitlari, mahalliy boylar, zadagonlarning zo‘ravonligi, ular tomonidan o‘rnatilgan og‘ir tartib-qoidalar juda ko‘p qon to‘kilishiga sabab bo‘lar edi. Har bir qoraqalpoq ovullari o‘zlariga biriktirilganmerosiy kanal (jap)lar atrofida joylashgan bo‘lib, har qaysining suv ichadigan salmasi (irmog‘i) mavjud edi. Kimga qancha suv berish; daryodan suv olib kelish uchun kanal (arna) qazishda qaysi ovuldan qancha odam qatnashishi, bahorda arnani tozalash uchun suvga nechta odam ajratilishi mirob tomonidan hal qilinar edi. Suv muayyan mazgil (vaqt)gacha, masalan, erta tongdan tush paytigacha odatda ikki tanob erni sug‘orishga etadigan miqdorda oqizib turilar edi. Suv tanqis vaqtlarida ikki xo‘jalikka bir mazgil suv berilar edi.

Ko‘p joylarda yerni qo‘l serppe yordamida sug‘orishga to‘g‘ri kelar edi. Bu moslamalar bilan suv bir ariqdan ikkinchi ariqqa chiqarib turilar edi.Ayni vaqtda oyoq yordamida suv chiqariladigan moslama ham ishlatilar edi.Bunday usul kichik maydon ekinlariga suv chiqarishda qo‘llaniladi.Katta ekin maydonlarga suv chig‘ir yordamida oqizilgan.Yer go‘ng, eski devor bilan oziqlantirilgan.Haydashdan oldin erlar sho‘rini yuvish uchun bir necha bor sug‘orilgan.Keyin omoch (gunda – agash) bilan avvalo uzunasiga, so‘ngra ko‘ndalangiga ikki qaytadan haydalgan.Keyin haydalgan erlar mola yoki dandene bilan kesaklarini maydalab tekislab chiqilgan.

Hosilni o‘roq bilan o‘rishgan.Donni yanchish, sovurish ishlari Markaziy Osiyo xalqlariga xos uslubda bajarilgan.

Qoraqalpoqlar asosan qoramol va yilqi boqishgan. Yozda yaylovlarda, qish kunlari esa qo‘lda boqilgan. Ushoq – qoramollarni podachi (podashi), yilqilarni yilqishi, mayda mollarni esa qo‘ychi (qo‘yshi) yoki cho‘pon (shopon)lar boqqan. Qishda chorva, odatda shox, butoq va qamishlardan tiklangan qo‘ralarda yoki bostirmalarda, molxona, sayisxona, yilqilar esa yerto‘lalarda saqlangan.

Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlarida muytin, qo‘ldauli urug‘lari yashayotgan yerlarda aholi asosan baliqchilik bilan shug‘ullanadi.Baliq ovlash uchun qamishlardan qaza deb ataladigan moslama tayyorlangan.Sol, qayiqlarda baliq ovlangan.

Qoraqalpoqlarda mo‘ynachilik ham yaxshi rivojlangan. Chunki qoraqalpoqlar yashaydigan yerlarda, ayniqsa Amudaryo sohillarida xilma-xil yovvoyi qush, parranda va hayvonlar juda ko‘p bo‘lgan. Shuning uchun qoraqalpoqlar boshqa mashg‘ulotlardan tashqari vaqti-vaqti bilan ov ham qilib turishgan. O‘rdak, g‘oz, qirg‘ovul, quyon, sayg‘oq, jayron ovlashgan.



Hunarmandchilik.

Qoraqalpoqlar yashaydigan ovul va qishloqlarda deyarli har qaysisida o‘zining duradgori, taqachisi, aravasozi, egarchisi, etikdo‘zi, zargari bo‘lgan. Qoraqalpoqlar orasida yog‘ochdan turli buyumlar tayyorlaydigan yog‘ochsoz ustalar, chig‘ir, qayiq, o‘tov ustalari ham ko‘p bo‘lgan. Qoraqalpoqlar to‘quvchilik, gilamdo‘zlik, namat-kigiz yasash ishlari bilan ham shug‘ullanganlar.Bo‘yrachilik mahsulotlari ham bozorga olib chiqib sotilgan. Kulollari yasagan tandir, sopol idish-tovoqlarga talab katta bo‘lgan.

Qoraqalpoqlar o‘z mehnatlari evaziga g‘alla olishgan, yerni haydash uchun ho‘kiz yoki uskuna moslamalari bo‘lgan. Egarchi (ershi) ustalar, jumladan ot - orqa deb ataladigan qolipda egar yasashgan. Egarning sakkiz bo‘lagi ana shu qolipda yig‘ilib yelimlangan.

Ip yigirish uchun urshik, sharik ishlatilgan. Jun gazlama va sholcha, gilam to‘qish uchun o‘rmak deb atalgan oddiy bir moslama dastgohdan foydalangan. Kenegas va mang‘it ayollari nihoyatda yaxshi to‘quvchi bo‘lgan.



Transport vositalari.

Yukniqoraqalpoqlarqayiqvaaravadatashiganlar. Aravaga odatda ho‘kiz qo‘shilgan. Ikki xil arava yasashgan: tat arava va telegen arava. Qaysi hayvon qo‘shilganiga qarab ot arava, ho‘kiz arava va eshak arava deyilgan. Ish hayvonlaridan ko‘proq ho‘kiz va eshak ishlatilgan, ayrim hollarda esa ot minishgan.



Milliy kiyim-kechaklar.

Usti-bosh uchun zarur gazlama, matolarni to‘quvchi ustalar yetkazib bergan. Bo‘z to‘n tikish uchun ishlatiladigan yo‘l-yo‘l alasha, ayollar ko‘ylaklari uchun ishlatiladigan katak-katak shatirash, ingichka tuya junidan movut (shol), qop va har xil xalta tikishda foydalanadigan jun gazlama tayyorlangan. Po‘stin, qalpoq, poyabzalbop teri (asosan qo‘y terisi ishlangan) shular jumlasidandir.

Qoraqalpoq erkaklarining kiyimi Xorazm erkaklarnikiga o‘xshab ketadi. Erkaklar ko‘ylak-ishton, dambal kiyganlar. Ishtonning poychalari etik ichiga tiqib kelingan. Sovuq kunlarda yupqa ishton ustidan qalin chit yoki jun gazlamadan tikilgan issiq sim (ishton) kiyib yurishgan. Keyinchalik no‘g‘oy yoqali ko‘ylak kiyishgan.

Qoraqalpoqlarda chopon keng tarqalgan.Har xil chopon tikilgan, qavilgan chopon ham ishlatilgan.Jun, gazlama, movutdan shekpen (chakman) tayyorlangan.Bayram kunlari yaltiroq gazlamadan tikilgan chopon kiyilgan. Chopon ustidan belbog‘, ba’zan kayis (kamar) bog‘lab yurilgan. Qishda qoraqalpoqlar po‘stin va qalpoq kiyishni yoqtirishadi. Qalpoqni qalpoq takiya ham deyishgan. Qalpoq katta va keng qilib tikilgan. Salla o‘rashmagan. Din peshvolarigina salla o‘rab yurishgan.

Oyoqlariga charm poyabzal, mahsi, kalish, etik, qishda jun paypoq kiyishgan.

Yoshlar bilan katta yoshdagi erkaklarning kiyimi deyarli farq qilmagan.Katta yoshdagilar kiyimlari sal kengroq, uzunroq tikilgan.

Qoraqalpoq ayollarining kiyimi ko‘ylak, ishton (lozim), ish kiyim, kamzul, yengsiz chopondan iborat bo‘lgan. Boshlariga do‘ppi kiyishgan, ro‘mol o‘rashgan, yana jegde yopib yurishgan.

Bayram ko‘ylaklari Buxorodan olib kelingan ola shoyidan tikilgan. Ko‘ylakning tugma tikiladigan ikki tomonida yoqasidan beligacha, yenglari, etagiga xilma-xil rangli ipdan chillak shaklida keng kashta tikilgan. Bunday ko‘ylaklar halqali ko‘ylak deyilgan. Azador ayollar gulsiz ko‘k ko‘ylak kiyishgan. Qoraqalpoq ayollarining bosh kiyimlari boshqa xalqlarnikidan yaqqol ajralib turadi. Ayniqsa, kimishek va savkali deb ataladigan bosh kiyimlari juda qiziqarlidir.

Qiz yashaydigan xonadonning hammasida albatta kimishek tikilgan. Uni qizning o‘zi tikkan va ovulga kuyov kelgan kuni kiygan. Kimishekni kuyov ovulidan kelgan ayollardan biri qizning bo‘ynigasolib qo‘yadi. Chunki kimishekda boshda kiyish uchun maxsus teshigi bor. Kimishekning old tarafi qizil movutdan uchburchak shaklda, orqasi kuyrikshasi Buxoro shoyisidan popukdor qilib, har xil rangdagi jun ipdan to‘qiladi. Yonlarida quloqchinlari bor. Old tarafida peshonaga tushib turadigan jiga (peshona) bo‘lib, orqasidan uzun guldor “kokil” osilib turadi. Boshga yana “jegde” deb yuritiladigan chopon yopinib yuradilar. Qoraqalpoq kiyimlarining o‘ziga xos jihatlaridan yana biri jengsedir. Bunday yenglar ko‘pincha qizil guldor matodan alohida maxsus tayyorlanadi. So‘ngra to‘n yoki choponga tikiladi.

Taomlari.

Qoraqalpoqlardanonningharxilturiyopilgan: bug‘doynoni (shurek), jo‘xori (zog‘ora) non, qotirmanon, gulshe (kumesh), ya’niqo‘rnon (qo‘rdapishirilgan). Qoraqalpoqlar nonni qo‘rda, qozonda, tandirda pishirishgan. Tandir og‘zini yuqoriga qaratib qurishgan. Suyuq ovqatlarning turli xilini tayyorlaydilar; jarma – tuyilgan arpa, bug‘doy, jo‘xori donidan pishiriladi: jo‘xori go‘ja, so‘k oshi (so‘kni avvalo suvda pishirib olib, so‘ngra yog‘da qovurishadi). Tansiq taomlaridan sirgurunch, shovla, palovdir.

Sut va sut mahsulotlarini ko‘p iste’mol qilishadi: qatiq, sariyog‘, ayron, qurd, yozda esa chalop tayyorlanadi. Ular qo‘y go‘shti, qoramol go‘shti, parranda go‘shtini tanovul qilishadi. Qovurdoq, kabob, burek (varaqaga o‘xshagan), buyrak va yurakdan jarkop tayyorlashadi. Qoraqalpoqlarda qovoqdan turli taomlar tayyorlashadi, qovundan esa qoqi qilishadi.

Elshunos U. X Shalekenov (“Ush ay saunim, ush ay kaunim, ush ay kabagim, ush ay shabagim”), “Uch oy sut, uch oy qovun, uch oy oshqovoq, uch oy baliq” degan qoraqalpoq xalq matalini keltirish asnosida ta’kidlaganidek, bu matalda o‘ziga to‘q oilalar uchun go‘sht shunchaki kundalik ovqat hisoblangan bo‘lsa, bir vaqtda go‘sht topib yeyish imkoni bo‘lmagan mehnatkash oilalarning ovqatlanish tartibi yaqqol aks ettirilgan. Badavlat oilalar kuniga uch-to‘rt marta go‘shtli va boshqa oziq-ovqatlarni iste’mol qilishgan. Kambag‘allar esa kuniga nari borsa bir mahal issiq ovqat bilan cheklanishgan, sigir va echkisi yo‘qligidan sutli ovqat eya olmay, asosan, jo‘xori, tariq va yovvoyi “shirin” o‘simligidan tayyorlangan bo‘tqa iste’mol qilishgan.



Uy-joylari.

Turarjoylarqoraqalpoqlaryashayotganjoysharoitlarigavatabiiyiqlimsharoitlarigaqarabharxilqurilgan. Ularning har qanday sharoitga mos kelaveradigan, eng yaxshi ko‘rgan uyi o‘tovdir. Uni qoraqalpoqlar qora uy deb yuritishadi. Bundan tashqari, qoqra nomi bilan ma’lum bo‘lgan loysuvoq uylari ham bo‘lgan. Ayrim hollarda yerto‘lalarda yashashgan, yirik boylarning katta hovlilari bo‘lgan. Bunday hovlilar paxsa bilan qurilib, chor atrofi devor bilan o‘rab chiqilgan.

Qoraqalpoqlarning ko‘pchiligi qishloqlarda chiroyli, qishda issiq, yozda salqin, ichi keng, kundalik turmush uchun qulay o‘tovlarda yashaydilar. Ayni vaqtda chiy, qamish devorli sinch devorli uylar ham qurilgan.

Qoraqalpoq folklorining asosini lirik: aytis, matal va maqollar tez aytish ; Epik: ertak, terma, doston tashkil qiladi.

Dostonlar 4 turga bo`linadi: qahramonlik,lirik,ijtimoiy-maishiy,tarixiy. Qoraqalpoq dostonlari: “Alpamis”,“Edige”,“Qo`blon”,“Qirqqiz”.

Qoraqalpoq doston ijrochilari 3 turga bo`linadi:



Baxshilar:

ishqiy–lirikdostonlarniochiqovozdadutorvag`ijjakbilanijroetadilar.



Jirovlar:

qahramonlikdostonlariniichkiovozdaqo`bizyordamidakuylaydilar.



Qissaxonlar:

dostonlarniyoddanmusiqiyjo`rliksizochiqovozdaaytibberadilar.



Folklor musiqasida ayollarning chanqo`biz musiqasi, yigit-qizlarning teatrlashgan o`yin-qo`shiqlari, laparlari mavjud. Qoraqalpoq mumtoz adabiyotining yirik namoyandalari:Jiyen Jirov(1730-1784),Ajiniyaz Qasiboy o`g`li, Kunxo`ja Ibrohim, Berdaq, Otesh Alshinbay o`gli(1828-1902) , Qulmurot Qurbon o`g`li(1845-1926)Omar Sugirimbet o`g`li. Hozirgi zamon prozasining rivojlanishida T.Qaipbergenovning ijodi alohida o`rin tutadi.Shunday ekan bu hududni o`rganish davomida ko`plab yangidan yangi yangilanishlar toplishga olib keldi yani xalq xo`jaligidagi malum tamoillar esa hozirda rivojlanishga olib keldi

Kulollari yasagan tandirlar va sopol idish-tovoqlarga talab katta bo`lgan.


Download 342,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish