Mavzu: Qoqio'tdoshlar (Asteraceae) oilasi dorivor vakillari



Download 5,6 Kb.
Sana01.02.2023
Hajmi5,6 Kb.
#906710
Bog'liq
Mavzu Qoqio\'tdoshlar (Asteraceae) oilasi dorivor vakillari-hozir.org


Mavzu: Qoqio'tdoshlar (Asteraceae) oilasi dorivor vakillari

Fargʻona Davlat Universiteti tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo'nalishi 21.53 guruh talabasi Muxtorova Munisa


Mavzu: Qoqio'tdoshlar (Asteraceae) oilasi dorivor vakillari
Reja
1 Qoqio'tdoshlar klassifikatsiyasi.
2 Turlari va ahamiyati.
3 Dorivor vakillari
Dorivor qoqio't (gulqoqi, momaqaymoq)- Аstradoshlar - Asteraceae oilasiga kiradi. Koʼp yillik, sut-shirali oʼsimlik. Ildizi kam shoxlangan, oʼq ildiz. Bargining hammasi ildizoldi toʼpbargdan tashkil topgan. Bargi oddiy, barg plastinkasi lantsetsimon, patsimon kesik boʼlib, asos kismiga tomon torayib boradi. Barg boʼlaklarining uchi barg asosiga qarab yoʼnalgan. Gul oʼqi tuksiz, ichi kovak, silindrsimon, uzunligi 15-30 sm. Gullari savatchaga toʼplangan. Savatchaning oʼrama barglari ikki qator joylashgan, gullarining hammasi tilsimon. Gultojisi 5 tishli, tilla rangli, otaligi 5 ta, onalik tuguni bir xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – uchmali pista. May-iyulь oylaridan tortib to sovuq tushgunga qadar gullaydi.
Yaxshi polen ishlab chiqariladi. Yana kauchuk ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, rezina ishlab chiqarish uchun foydalaniladi Sovuqqa chidamli 2 yillik oʼt oʼsimlik. Unumdor va nam tuproqlarda o‘stiriladi. Erta bahorda urugʼlari 0,3 sm chuqurlikda tuproqqa ekiladi. Qoqioʼt xasharotlarga chidamli. Oʼsimlik oraligʼi 10-15sm boʼlishi kerak.
Shuvoq — murakkabguldoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Koʻp yillik, kamdankam bir yillik. 400 (baʼzi maʼlumotlarga qaraganda 250) turi maʼlum. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va Zakavkazyening choʻl va yarim choʻl, dashtlarida koʻp uchraydi. Oʻzbekistonda, asosan, bir yillik Sh. yoki burgan, koʻp yillik oddiy Sh. yoki ola ermon, achchiq Sh. yoki ermon, sivers shuvogʻi yoki
yoki sassiq alaf, sugʻd shuvogʻi, oq Sh. va boshqalar turlari uchraydi.
Bir yillik Sh. (burgan) poyasi tik, yuqori qismi sershox, boʻyi 30—100 sm, ildizi yoʻgʻon, yogʻochsimon. Barglari ketmaket joylashgan, bandli, patsimon qirqilgan. Poya va barglari tukli, kumush rangda. Gullari mayda, sariq yoki qizgʻishpushti, roʻvaksimon toʻpguli savatchaga toʻplangan. Mevasi mayda pista. Iyul—avgustda gullab, mevalaydi. Bir tupi 100 mingdan ortiq urugʻ beradi. Urugʻi va ildizpoyasidan koʻpayadi.
Oddiy Sh. (ola ermon) poyasi tik, sershox, yuqori qismi tukli, boʻyi 50—200 sm, barglari patsimon qirqilgan, yuqori barglari bandsiz, pastdagilari bandli. Gullari roʻvaksimon, toʻpguli savatchaga toʻplangan. Mevasi pista.
Iyul—avgustda gullab, mevalaydi. Bir tupi 100 mingdan ortiq urugʻ beradi. Urugʻi va ildizpoyasidan koʻpayadi.
Oddiy Sh. (ola ermon) poyasi tik, sershox, yuqori qismi tukli, boʻyi 50—200 sm, barglari patsimon qirqilgan, yuqori barglari bandsiz, pastdagilari bandli. Gullari roʻvaksimon, toʻpguli savatchaga toʻplangan. Mevasi pista. Sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida begona oʻt sifatida uchraidi, shuningdek, ariq va yoʻl chekkalarida, bogʻ, tokzorlarda oʻsadi.
Kurash choralari: mexanik usulda yoʻqotiladi.
Shuvoq o'simligini tuzilishi.
Sachratqi, oddiy sachratqi (Cichorium intybus L.) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik betona oʻt. Poyasi shoxlanadi, serbarg, bri 30—130 sm, pastki kismi oq tukli. Barglari ketma-ket joylashgan. Gullari havorang, barg qoʻltiqlarida kalta gulbandda tuptup boʻlib, poya uchida esa yakka savatchasimon toʻpgulga yigʻilgan. Ildizi oʻq ildiz, tuproqqa 1,5 m chuq. gacha kiradi. S. ildizida 20% gacha inulin bor (Yevropa mamlakatlarida dorivor ekin sifatida ekiladi). Mart—mayda oʻsa boshlaydi, iyul—okt.gacha gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Asosan, sugʻoriladigan ekinlar orasida (bedazorlarda juda koʻp) uchraydi. Shuningdek, tashlandiq yerlar, yoʻl, dala, ariq yoqalari, bogʻlarda oʻsadi. Zararkunandalarga makon. Xalq tabobatida oftob urganda va sachrama toshmalarni davolashda poyasi kaynatmasi va kulidan foydalaniladi.
Shachratqi
Boʻyimadaron (Achillea millefolium L.) — qoqidoshlar oilasining dastarbosh turkumiga mansub patsimon bargli koʻp yillik oʻt. Ildiz boʻgʻzidan boʻgʻiz barglari va poyalar oʻsib chiqadi. Poyasi bir nechta, yuqori qismi shoxlangan boʻlib, qalqonsimon toʻpgullar bilan tugallangan. Iyunda gullay boshlaydi; mevasi mayda, yassi pistacha, avgustda yetiladi. Oʻzbekistonda B. turkumining 5 turi uchraydi. B. adir va qirlar, yoʻl yoqalari va oʻrmon chekkalarida oʻsadi. Tarkibida karotin, K va S vitamin, achchiq moddalar bor. Ekstrakti va damlamasi meʼdaichak yarasi kasalliklarini davolash, ishtaha ochish hamda qon toʻxtatish uchun ishlatiladi.
Ermon (A. absinthium). Bu ko'p yillik, kumushsimon tuklar bilan
qoplangan, balandligi 100— 150 sm, o'ziga xos hidli o'simlik. Barglari
3 karra patsim on qirqilgan. Savatchalari ko'p, sharsimon, sariq rangli
gullari naychasimon, chetlarida
urug'chi, o'rtasida changchi
gullari joylashgan.
O'zbekistonda asosan adir va
tog'larning pastki qismlarida
tarqalgan. Dorivor o'simlik.
Tabobatda keng qo'llaniladi.
Oilaning Oqqaldirmoq (Tussilago farfara), Bo'znoch, O'lm aso't (H elichrysum maracandicum), Dastarbosh (Achillca filipendulina) kabi turlaridan
dorivor o'simlik sifatida keng
foydalaniladi.
http://hozir.org
Download 5,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish