1-topshiriq
Fan: Sotsial psixologiya
Mavzu: Psixoanaliz
1.Vaziyat.Guruh a’zolari 29 kishidan iborat bo’lgan guruhda o’qituvchi har bir talabaga individual vazifa taqsimlab berdi va keyingi darsda vazifani bajarib kelishni aytdi. Keyingi darsda o’qituvchi dars boshlagach, vazifani so’ray boshladi. Ma’lum bo’ldiki, vazifani bajargan talabalar kamchilikni tashkil etdi. O’qituvchi dastlab vazifani to’liq bajargan talabalarni o’rnidan turishini so’radi, vazifani bajargan talabalarning soni boryo’g’i uch kishini tashkil etar edi. O’qituvchining jaxli chiqdi va vazifa nega bajarilmaganini so’ray ketdi. Qolgan talabalarning ko’pchilik qismi vazifani chala bajarganliklarini, qolgan talabalar esa vaqt yetmaganini sabab qilib ko’rsatishdi. O’qituvchi vazifani bajarmagan va chala bajargan talabalarga birdek yomon baho qo’ya boshladi. Shunda bir talaba o’rnida o’tirgan holatda
1-talaba: nega hammaga teng yomon baho qo’yayapsiz axir men chala bo’lsa ham bajarganmanku deb norozilik bildirdi.
O’qituvchi: menga chala vazifa umuman kerak emas men faqat to’liq vazifani qabul qilaman.
Bo’layotgan suhbatga vazifani chala bajargan qolgan talabalar ham qo’shildi va guruhda norozilik kelib chiqdi. O’qituvchi dastlab norozilik bildirgan talabani o’nidan turishini aytdi va darsdan chiqib ketishini aytdi. Talaba o’qituvchiga bahosini qo’yib berishini baqirib aytdi va xonadan eshikni qattiq yopib chiqib ketdi.
2.Vaziyatni baholash.Bu yerda o’qituvchi talabaning fikrini eshitmaganligi, oz bo’lsada talabaning qilgan mehnatiga e’tibor bermaganligi talaba va o’qituvchi o’rtasida nizo kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Bu yerda yana guruhdagilarning birinchi norozilik bildirgan talaba fikriga ergashishi kuzatilgan.
Vazifa bajarib kelgan talabalarning biri vazifa bajarib borganining sababi vazifa bajarmagani uchun guruhda izza bo’lishdan qo’rqqan. Ikkinchisi esa guruhdagilarga vazifani osonlikcha bajarishini isbotlamoqchi bo’lgan.
3.Nima bo’lishini oldindan aytish. Talaba va o’qituvchi o’rtasida ziddiyatlar yuzaga keladi, talabaning fanga qiziqishi pasayib boradi. Guruhda vazifa bajargan va vazifa bajarmaganlar o’rtasida tortishuvlar yuzaga kelishi mumkin.
Savol-vazifalara:
1.O’qituvching barchaga birdek qo’ygan yomon bahosi to’g’rimi?
2.Sizningcha talabani darsdan chiqarib yuborilishi to’grimi?
4.Yechim.O’qituvchi vazifani chala bajargan talabalarga birdek yomon baho qo’ymasligi kerak edi. Talabalarning oz bo’lsada mehnatiga e’tibor qaratish orqali fanga qiziqishni orttirishi lozim edi.O’qituvchi vazifani to’liq bajargan talabalarni haddan ziyod maqtashi orqali guruh a’zolari munosabatiga ta’sir etmasligi kerak.
Yechim.O’qituvchi talabalarni fanni yaxshi o’zlashtirishni hoxlagani uchun bu chorani ko’rgan. Agar o’qituvchi bunday chorani ko’rmaganida talabalarning bu holati yana takrorlanar edi. Aslida talabalarning vazifani bajarmaganliklari vaqt yetmaganidan emas, balki ularda super ego yaxshi shakllanmagan ya’ni ular o’zlarida vazifani bajarishga bo’lgan mas’uliyatni his qilmagan.
Vazifani bajargan talabalarda mas’uliyat, o’qituvchiga bo’lgan hurmat, yomon baho olishdan qo’rqish ya’ni ularda super ego yetarli darajada rivojlanganligi uchun ular vazifani bajarishga astoydil harakat qilishgan