Moddalarning agregat holatlari
Moddalar asosan agregat holatda bo`ladi:
Qattiq moddalar
Suyuq moddalar
Gaz moddalar
Kimyoviy qonuniyatlari:
Moddalar qanday agregat holatda bo`lishidan qat`iy nazar bir xil formula orqali ifodalanadi. Qattiq moddalar kristall panjara hosil qilib kristall panjara tugunlarida atomlar turadi, atomlar orasida bog`lanishlar bo`lib, moddani tashkil qilgan atomlar bog`lanish turiga qarab (kovalent bog`lanish yoki h.k) klassifikatsiyalanadi. Masalan: SUV-( O). Suv- kislorod atomining ikkita vodorod atomiga birlashishi natijasida kuchli uch atom kovalent bog`lanishidan hosil bo`lgan kimyoviy noorganik modda. Qattiq holatda muz kristalidan , suyuq holatda suv suyuqligi, gaz holatda bug` gazidan iborat. Suv boshqa moddalar bilan reaksiyaga tez va oson kirishuvchi modda hisoblanadi.
Fizikaviy qonuniyatlari:
Moddalar agregat holatlarida ularning molekulalari tuzilishiga ko`ra turlicha joylashadi. Fizik jihatdan modda molekulasi o`lchamga ega, massasi mavjud, bog`lanish energiyasi mavjud.
Qattiq holatda suv molekulalari kristall holatga o`tadi. H—O—H.
Kristall tugunlarda atomlar tebranma harakat qiladi. Ularni bog`lanishi uchun o`zaro tortishish kuchlari mavjud , shuningdek ularda bog`lanish energiyalari mavjud bo`lib bir agregat holatdan boshqa agregat holatga o`tganda energiya yo yutiladi yoki ajraladi.
Ko`rinish jihatdan suv kristallari uning hosil bo`lish jarayoni va temperaturaga bog`liq bo`lib, kristallari oddiy muz yoki qor parchasi ko`rinishini oladi. Tabiatdagi hodisalar tushuntiriladi) . Suv rangsiz, ta`msiz, hidsiz modda.
Suv 0°C da muzlaydi va 0°C da eriydi. Muzlashi bilan molekulalari orasida masofa kengayadi, bu esa uning suyuq suvda suzishiga imkon beradi. Oquvchanlik xususiyatiga ega . Kapillayrlarda ko`tarilishga moyil, sirt taranglikni namoyish qiluvchi modda hisoblanadi
Biologik qonuniyatlari:
Moddalarning agregat holatlari biologik unsurdir. Masalan suv butun dunyoda chuchuk va sho`r holatda uchraydi. Suv sayyoramizda tarqalgan eng ko`p nisbatda uchraydigan moddadir. Suv hayotimiz uchun muhim unsur hisoblanib, juda qimmatli boylik, shu bilan birgalikda u har bir tirik organizmlarda 60% dan 70% foizgacha uchraydi. Organizmlarda turli funksiyalarni bajarishga imkon beradigan faol modda. Masalan : Suv tana haroratini saqlab turish va tanani sovutish uchun zarur modda bo`lib , pH ( kislotalik va ishqoriylilik) ni tartibga soluvchi, tirik organizmlarda ozuqa moddalarni tashuvchi va chiqaruvchi xususiyatlarni o`zida jamlaydigan moddadir. Yopishqoqlik jihatdan faol modda bo`lgani uchun tozalovchi sifatida ham ko`plab qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |