Tayyorladi:Bozorboyeva Onajon Reja: 1.O’zga gap haqida tushuncha. 2.Ko’chirma gap haqida ma’lumot. 3.O’zlashtirma gap. So’zlovchi nutqida ishlatilgan boshqa shaxsning gapiga o’zga gap deyiladi. Ayrim hollarda so’zlovchi o’z nutqida o’zganing gapini ham ishlatishi mumkin.Bunday qo’llangan o’zgalarning gapi so’zlovchi nutqida hech qanday o’zgarishsiz yoki mazmuni saqlangan,ammo grammatik xususiyatlari o’zgartirilgan holda qo’llanilishi mumkin.Shunga ko’ra o’zga gaplar 2 turga bo’linadi: So’zlovchi nutqida ishlatilgan boshqa shaxsning gapiga o’zga gap deyiladi. Ayrim hollarda so’zlovchi o’z nutqida o’zganing gapini ham ishlatishi mumkin.Bunday qo’llangan o’zgalarning gapi so’zlovchi nutqida hech qanday o’zgarishsiz yoki mazmuni saqlangan,ammo grammatik xususiyatlari o’zgartirilgan holda qo’llanilishi mumkin.Shunga ko’ra o’zga gaplar 2 turga bo’linadi: 1.Ko’chirma gap 2.O’zlashtirma gap O’zgalarning gapi semantik,leksik va grammatik xususiyatlari saqlangan holda, mustaqil gap shaklida muallif gapi bilan birga ishlatilsa bu gap ko’chirma gap deyiladi. O’zgalarning gapi semantik,leksik va grammatik xususiyatlari saqlangan holda, mustaqil gap shaklida muallif gapi bilan birga ishlatilsa bu gap ko’chirma gap deyiladi.
Ko’chirma gap
Bir so’zdan,bir gapdan yoki bir necha gapdan ba’zan bir abzasdan iborat bo’lishi miumkin
Ko’chirma gapdagi mazmun tinglovchi ga qaratiladi
Muallif gapi ko’chirma gapning kimga qarashli ekanini ko’rsatadi
Kesimi fe’l, ot yoki boshqa turkum so’zlari bilan ifodalana oladi
Ko’chirma gap yolg’iz o’zi yoki avtor gapi bilan birgalikda kelishi mumkin. Ko’chirma gap yolg’iz o’zi yoki avtor gapi bilan birgalikda kelishi mumkin. Masalan: ”Alisher Navoiy go’zal xattotdir,-dedi faxrlanib Zayniddin” Ko’chirma gapdan asosiy maqsad boshqa shaxs gapining barcha leksik, sintaktik, intonatsion xususiyatlarini saqlashdir. Masalan: “Biz xalqni qutlaymiz, xalq bizni qutlaydi”,-dedi Sobolev. Ko’chirma gap bilan avtor gapi orasida tinish belgilarining ishlatilishi: Ko’chirma gap bilan avtor gapi orasida tinish belgilarining ishlatilishi: 1)Ko’chirma gap yozuvda qo’shtirnoqqa olinib bosh harf bilan boshlanadi; 2)Ko’chirma gap avtor gapidan keyin keladi.Bu vaqtda avtor gapining kesimi so’radi,javob berdi,tugadi,gapirdi,dedi kabi fe’llar bilan ifodalanadi. Ko’chirma gap darak bo’lsa,qo’shtirnoq yopgach vergul va tire qo’yiladi,so’ng avtor gapining davomi yoziladi.Masalan: Kechqurun kanizak eshikdan kirishi bilan: “Siddiqjon aka, bizning zvenoda ishlar emishsiz,-dedi”. - Ko’chirma gap darak bo’lsa,qo’shtirnoq yopgach vergul va tire qo’yiladi,so’ng avtor gapining davomi yoziladi.Masalan: Kechqurun kanizak eshikdan kirishi bilan: “Siddiqjon aka, bizning zvenoda ishlar emishsiz,-dedi”.
Shakli o’zgartirilib, mazmun saqlangan o’zgalarning gapi o’zlashtirma gap deyiladi.Bunday gaplarda o’zgalarning gapi leksik, semantik, grammatik va ohang jihatidan o’zlashtirilib beriladi, ya’ni o’zgalarning fikri so’zlovchi tomonidan hikoya qilinadi. Shakli o’zgartirilib, mazmun saqlangan o’zgalarning gapi o’zlashtirma gap deyiladi.Bunday gaplarda o’zgalarning gapi leksik, semantik, grammatik va ohang jihatidan o’zlashtirilib beriladi, ya’ni o’zgalarning fikri so’zlovchi tomonidan hikoya qilinadi. Misollarni qiyoslaymiz: Ko’chirma gapni: “Kitob aqlning kaliti”,- dedi o’qituvchi. O’zlashtirma gap:O’qituvchi kitob aqlning kaliti ekanligini aytdi.Ko’chirma gap: “Imtihonlarga qanday tayyorlanayapsan”,- deb so’radi kursdoshim. O’zlashtirma gap: Kursdoshim imtihonlarga qanday tayyorlanayotganimni so’radi. Misollarni qiyoslaymiz: Ko’chirma gapni: “Kitob aqlning kaliti”,- dedi o’qituvchi. O’zlashtirma gap:O’qituvchi kitob aqlning kaliti ekanligini aytdi.Ko’chirma gap: “Imtihonlarga qanday tayyorlanayapsan”,- deb so’radi kursdoshim. O’zlashtirma gap: Kursdoshim imtihonlarga qanday tayyorlanayotganimni so’radi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.
Do'stlaringiz bilan baham: |