Mavzu: O‘zbekistonning naqsh ramzlari. Material



Download 20,51 Kb.
Sana08.02.2017
Hajmi20,51 Kb.
#2065
Mavzu: O‘zbekistonning naqsh ramzlari.
Material: Oq qog‘oz, qalam, o‘chirg‘ich, akvarel bo‘yog‘i, mo‘yqalamlar.

Darsning maqsadi:

a. Ta’limiy: O‘quvchilarga mavzu asosida yangi bilim berish

b. Tarbiyaviy: O‘quvchilarga odob-axloq, mehnatsevarlik kattalarga hurmat kichiklarga izzatda bo‘lish haqida tushuncha berish.

s. Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarni shaxsiy psixologik xususiyatlarini rivojlantirish

d. Kasbga yo‘llovchi: O‘quvchilarni o‘qituvchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik va tibbiyot xodimi kasblariga qiziqtirish.

e. Mafkuraviy tarbiya: O‘quvchilar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish komil yetuk inson tarzida tarbiyalash.



Darsning usuli: Aqliy hujum, bo‘yoqlar

Darsning uslubi: Amaliy mashq bajarish

Darsning tipi: Yangi bilim berish.

Darsning mazmuni: Tabiiy shakllarni stilizatsiyalashtirish yordamida amaliy san’atda qo‘llaniladigan naqsh elementlarini chizish

Darsning borishi:

Xalq amaliy san’ati azaldan kishilar turmushini bezash vositasi bo‘lib kelgan. Qadimda uylar, masjidlar, madrasalar ana shu san’at turi yordamida bezatilgan va maxsus bo‘yoqlarga, sopollarga, koshinlarga, rangin ipaklar yordamida kashtalarga bitilgan. Bu bezaklarning namunalari hozirga qadar saqlanib qolgan. Biz zamondosh bo‘lgan xalq ustalari va chevarlar bu an’analarni davom ettirmoqdalar.

Bezaklar va ularni yaratishning o‘ziga xos tizimi mavjud. Bu obrazli tizim o‘zida ko‘pgina ma’no va mazmunlarni aks ettiradi. Masalan kashtachilikning so‘zana, palak, dorpech, kashta va joynamoz kabi turlari mavjud. Ularning o‘ziga xos maqsadi va vazifalari bor. Kashtalar, odatda, katta o‘lchamlarda tikilgan va xonalarni bezashda qo‘llanilgan. Kashtalardagi naqsh kompozitsiyalari oq yoki rangli matoga ipaklar bilan tikiladi.

Kashtalarning naqsh elementlarida hayvon va o‘simlik dunyosining ramziy shakl va ma’nolari stilizatsiyalashtirilgan holda qo‘llaniladi.

So‘zanalarda naqsh elementlari ko‘proq doira shaklida bo‘ysundiriladi. Dumaloq ko‘rinishlardagi bezak elementlari koinot va inson o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni anglatadi. Ularning kompozitsiyasida o‘simliksimon naqsh elementlari ham aralashtirilgan holda qo‘llaniladi.

Uning ichki qismida bezak vazifasini o‘taydigan zardevor va palaklarda ham asosan doira shaklida naqshlar qo‘llaniladi.

O‘zbekiston amaliy bezak san’atida soddalashtirish va badiiylashtirish hisobiga turli tabiiy shakllarning naqsh elementlari sifatida qo‘llanishda ham o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Masalan, naqshda paxta elementining qo‘llanilishi mazkur ekinning milliy iftixor tariqasida tarannum etilishini anglatadi. Shu bois ham o‘zbek chinni buyumlarining eng qadrlisi aynan paxta guli choynak-piyola, kosa tovoqlardan iboratdir. Naqsh elementlarida anor, olma, bug‘doy, uzum, va uning yaprog‘i, jonli mavjudot tasvirlari qo‘chqorning shoxi, xo‘rozning toji va boshqa tasvirlar ham baddiylashtirilgan holda amaliy bezak san’atida qo‘llaniladi. Shuningdek boshqa misollarni ham ko‘rsatish mumkin. Masalan: Anor- to‘qchilik va to‘kin sochinlik ramzi. Anorgul-kulolchilik, misgarchilik, kashtachilik, to‘qimachilik, naqqoshlikda ko‘p ishlatiladi. Bodom-baxt-iqbol ramzi. Zirk guli-juda chiroyli yaproqli gul, O‘rta Osiyo naqshlarida qadimdan ajdodlarimiz tomonidan osoyishtalik va umrboriylik ramzi sifatida qo‘llanilib kelinadi. Kabutar-tinchlik va osoyishtalik, oygul-baxt-iqbol ramzi.

Gul, butoq, daraxt singari islimiy naqshlar ramziy ma’nolarni o‘zida mujassam etgan. Masalan, gullagan bog‘ ramzi-hayotning go‘zalligi, baxt, farovonlik kabi sifatlarga bog‘langan. To‘lqinli o‘simlik poyasi-tinimsiz ijod va tabiat tarovati, to‘lqinlar-shiddatli hayot oqimiz, gul esa yorug‘ olam go‘zalligi va hokazolarning ramziy ifodalarini anglatgan.

Naqqoshlikda g‘uncha elementi ham ko‘p qo‘llaniladi. U hayotning davomiyligi, ajdodlar o‘rnini egallab borishini anglatadi. Lola ham bahor, yoshlik va to‘lqonchilik alomati sifatida ko‘p qo‘llaniladigan element hisoblanadi. Tabiatdan olingan barg ham naqsh kompozitsiyasini to‘ldiruvchi va uning jozibasini oshiruvchi element sifatida ko‘p ishlatiladi. Barglarning tabiiy ko‘rinishini stilizatsiyalashtirilgan variantlari asosida oddiy va murakkab barglari ixtiro qilingan. Ular shobarg, qo‘shbarg, ko‘p barg, chor barg (to‘rt bargli naqsh elementi) deb ataladi. Naqsh kompozitsiyalarida jiyda guli, gultojixo‘roz elementlarini ham uchratish mumkin. O‘zbekiston amaliy bezak san’tida qo‘llaniladigan naqsh ramzlari, ularning tabiiy shakli va stilizatsiyalashtirish haqida tasavvurga ega bo‘ldingiz. Endi so‘ngi uchun tanish bo‘lgan tabiiy materiallarni Stilizatsiyalash orqali naqsh elementlarini chizing. Stilizatsiyalash shakllarni badiiylashtirish hisobiga oshiriladi.
Endi otilgan mavzuni mustahkamlash uchun savol-javobga o‘tamiz.

1. Stilizatsiya nima?

2. Nashq elementlarini stilizatisiyalash yordamida hosil qilishda nimaga asoslanadi?

3. Stilizatisiyalshtirlgan tabiiy shakllar qanday ramziy ma’no kasb etadi?

4. Siz yana qanday tabiiy shakllarni stilizatisyalashtirib naqsh elementlarini hosil qilgan bo‘lar edingiz? Shu haqda o‘ylab ko‘ring.

O‘quvchilar baholanadi. Mavzu yuzasidan chizilgan rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.



Dars so‘ngida uyga vazifaberiladi. O‘qib kelish
Download 20,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish