Mavzu: O’zbekiston xo‘jaligining iqtisodiy-ijtimoiy, tarixiy-geografik rivojlanishi



Download 22,13 Kb.
Sana02.10.2022
Hajmi22,13 Kb.
#851075
Bog'liq
2-amaliy


Mavzu: O’zbekiston xo‘jaligining iqtisodiy-ijtimoiy, tarixiy-geografik rivojlanishi

1.Rossiya bosib olgunga qadar mamlakat xo‘jaligi


2.Rossiya mustamlaka davrida xo‘jalik yuritish xususiyatlari
3.Xo‘jalikning mustaqillik davrida shakllanishi
Markaziy Osiyoning Rossiya tomonidan zabt etilishi. XIX asrning 20-yillariga kelib Britaniya imperiyada ishlab chiqarilgan molar.
Rossiyadan keltiriladigan mahsulotlarga raqobat tugʻdira boshladi. Buyuk Britaniya Afgʻoniston, Eron va Oʻrta Osiyo hududlariga boʻlgan davolarini ochiqchasiga bayon eta boshlagan edi. Rossiya Osiyo bozorlarida oʻz mavqeini mustahkamlash maqsadida rus mahsulotlarini mintaqaga keltirilishida imtiyozli bojxona sharoitlarini yaratib berdi. Nikolay I davriga kelib chor Rossiyasining mintaqadagi diplomatik va harbiy taʼsiri kuchayib bordi. 1834 oʻzbek xonliklariga olib boruvchi yoʻl chorrahalarida Novo-Aleksandrovsk qoʻrgʻoni (Mangʻishloq shahri) barpo etildi. 1839 yil oxiri 1840 yil boshlarida Orenburg general-gubernatori graf Perovskiy Xiva xonligiga qarshi muvaffaqiyatsiz qishki harbiy yurish uyushtirdi. 1847 yilda general Oruchev Orol dengizining shimoli-sharqiy qirgʻogʻini zabt etdi va Raim (Kazalinsk shahri) qoʻrgʻoniga asos soldi. „Nikolay“ va „Konstantin“ paraxodlaridan iborat Orol flotiliyasi tashkil etildi. 1850-55 yillarga kelib Qoʻqon xonligiga qarashli Kumushqoʻrgʻon, Chimqoʻrgʻon, Qoʻshqoʻrgʻon, Oqmachit (Qizil Oʻrda) qalʼasi, keyinchalik hududida Verniy qoʻrgʻoni barpo etilgan Ili daryosi vodiysi rus qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. Aleksandr II hukmronligi davrida Oʻrta Osiyoni bosib olish imperiya tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Qoʻqon xonligi harbiy boʻlinmalarining janubiy Qozogʻiston, Sirdaryoning quyi oqimi va Orol dengizi qirgʻoqlarida barpo etilgan rus aholi punktlariga uyushtirgan hujumlari janubga qarab yurishning jadallashuviga baxona boʻldi. 1865 yilda general-mayor M.G.Chernyaev Toshkentni bosib oladi va shahar oqsoqollarini sulh tuzish xususidagi shartnomani imzolashga majbur etdi. Imperator Aleksandr II Orenburg general gubernatoriga farmon berib, agarda Toshkent ahli Rossiya fuqaroligini qabul qilishni xohish etsa, ularning bu istagini qondirish lozimligini qayd etdi. 1866 yilda rus qoʻshinlari Xoʻjand va Jizzax qalʼasini zabt etdilar. Chinoz qoʻrgʻoni barpo etildi. Xoʻjand va Chirchiqorti oʻlkalari Rossiya tasarrufiga oʻtdi. 1867 yilning iyul oyida imperator farmoniga binoan general-gubernator boshchiligidagi Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi. 1868 yilda general-adʼyutant Konstantin Petrovich fon Kaufman boshchiligidagi Turkiston harbiy okrugi qoʻshinlari Buxoro xonligiga qarshi harbiy harakatlarni boshladilar. May oyida rus qoʻshinlari Samarqandga yaqinlashdilar va shaharni jangsiz ishgʻol etdilar. Iyun oyida Buxoro amiri sulh xususidagi shartnomaga imzo chekdi. Zarafsxon okrugi tashkil etildi. General Abramov boʻlinmasi Qarshini bosib oladi va uni Buxoro amiriga qaytaradi. General-mayor Abramovning 1870 yilda amalga oshirilgan harbiy harakatlari natijasida Shahrisabz va Kitob ishgʻol etiladi. Shahrisabz va Kitob bekliklari Buxoro amiriga topshiriladi. 1873 yilda keng qamrovli harbiy harakatlar natijasida Turkiston, Mangʻishlok va Orenburg tarafidan Xiva xonligiga yurish uyushtiriladi. Harbiy harakatlarga 49 ta rota, 32 ta yuzlik, 34 ta zambarak va 2 ta paroxod jalb etildi. May oyiga kelib Hazorasp qalʼasi zabt etildi, koʻp oʻtmay Xiva, Qoʻngʻirot, Xoʻjayli, Mangʻit qalʼalari va Gurlan bekligi taslim boʻldi. Avgust oyida Xiva xonligi bilan sulh shartnomasi tuzildi. Xiva xonligi Rossiya vassalligini qabul qilib, Muhammad Rahim Bahodirxon (Feruz) hukmronligi saqlab qolindi. 1873 yilning kuzida Buxoro xonligi bilan yangi siyosiy shartnoma imzolandi. 1875-1876 yilgi harbiy harakatlar natijasida Fargʻona vodiysida Xudoyorxon va rus hukumatiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon bostirildi. Soʻngra Qoʻqon xonligi tugatilib, Rossiya tarkibidagi Fargʻona viloyati tashkil etildi. 1881 yilda Axal-Tekin vohasi rus qoʻshinlarining ayovsiz hujumlari ostida taslim boʻldi, Ashxobod zabt etildi. Rossiya va Eron oʻrtasida chegara belgilashga qaratilgan konvensiya imzolandi. 1884 yilda Marv taslim boʻldi. 1885 yilda Pendin va Murgʻob vohasida yashovchi turkman qabilalari Rossiya fuqaroligini qabul qildilar. Kushka Rossiyaning eng janubiy chegara maskaniga aylandi. Shunday qilib, XIX asrning 80-yillariga kelib Rossiyaning Markaziy Osiyodagi chegaralarining shakllanish jarayoni nihoyasiga yetdi. 1895 yilda Rossiya va Britaniya hukumatlari oʻrtasida Pomir togʻlarida boʻlinish chizigʻi oʻtkazilishi bilan taʼsir doiralarini tasdiqlash xususidagi shartnoma imzolandi. Mustaqillikning dastlabki qadamlaridan boshiab qabul qilingan meyoriy hujjatlarda, xususan, "Yer to’g’risidagi (20 iyun 1990 yil) va boshqa qonunlarda va Prezident farmonlarida qishloq xo`jaligidagi tub islohatlarni huquqiy va nazariy asosiari yaratiidi.
Qishloqda bozor munosabatlarini rivojlantirish, dehqonning yerga egalik hissini qayta tiklash, yerni sotish-olishga yo'1 qo`ymasdan, balki uni uzoq muddatlarga (50 yilgacha) meros qilish huquqi bilan vaqtincha yoki umrbod foydalanishga berish masalalari hal qilindi. 1992-yildan boshlab atigi uch yii ichida mavjud 1337 davlat xo`jalligidan 1066 mulkchilikning aksiyadorlik, jamoa yoki ijaradagi xo`jalikka aylantirildi 1516 qoramolchilik fermasi mehnat jamoalarining mulki qilib berildi. Qishloq xo`jaligida ko’p ukladli iqtisod vujudga keldi. 1997-yili shaxsiy tomorqa xo'jaligi-3 mln. gektarni tashkil. qildi. Tomorqa xo`jaligining ekin maydoni 1989 yili 257 ming gektar bo`lsa, 1997-yil-599,7 ming gektarga ko’paydi. 1996-yili shaxsiy yordamchi xo`jaliklarda 640 ming t go`sht, 2,968 ming t sut, 1,711 ming t sabzavot, 321 ming t meva, 307,8 ming t poliz, 338,1 ming t kartoshka, 729 mln. dona tuxum yetishtirildi. gallakorlar O’zbekistonning g’alla mustaqilligiga katta hissa qo`shmoqda. Ular 1996-yili davlatga 2 mln. 100 ming tonna g`alla topshirgan bo`lsalar, 1998-yili 4,6 mln. tonna g`alla hosili yetishtirdilar, Bundan 3,5 mSn. tonnasi bug`doy edi. G’allakorlarning yutuqlari o’z-o’zidan bо`lgani yo`q. Paxta maydonlarini qisqartirish evaziga don ekinlarining maydoni kengaytirilib 2,5 mln. gektarga yetkazilib paxta maydonlari bilan tenglashtirildi. G’allachilikning texnika bazasi mustahkamlandi, 8159 ta "Niva", "Don", "Sibiryak" kombaynlari bilan bir qatorda Amerikaning "Keys" ftrmasidan keltirilgan 637 kombayn g`alla orim-yig`imida qatnashdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq X sessiyasi (dekabr, 1997 yil) agrar va iqtisodiy munosabatlarni tubdan o’zgartirish yuzasidan qator qonunlar qabul qildi. "Yer kodeksi", "Qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi) to’g’risida", "Dehqon xo`jaligi to’g’risida". "Yer kadastri to'g`risida"gi qonunlar qishloq xo`jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning huquqiy asoslarini mustahkamladi. 2000-yilga kelib respublikada davlatga qarashli bo`lmagan sektor muslahkamlandi va yetakchi o’rinni egallab, 1991-yilgi 63 foizni tashkil qilgan bo`lsa, 1999 yil sentyabriga kelib qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish hajmining 98,4 foizini egalladi.
Barcha islohotlarning tub maqsadi insonning ijtimoiy turmusbini yaxshilashga qaratilgandir. O’zbekiston taraqqiyotidagi o’ziga xos yo`lning asosiy tamoyillaridan biri kafolatlangan ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdan iboratdir. Uning mohiyati jamiyatda kam ta'minlangan, boquvchisi yo`q, ko’p bolali oilalarni, nogiron va qariyalarni ijtimoiy himoya qilish, jamiyat a'zolarining o`ta boylar va kambag`allarga tabaqalanib ketishining oldini olishga qaratilgan. 1994 yilni oktyabridan boshlab davlat tomonidan bola boquvchi onalarga, 16 yoshgacha bolalari bor, kam ta'minlangan oilalarga nafaqa joriy etildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida aholi turmush darajasini barqarorlashtirishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlarning dasturi ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etilmoqda. Bu tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan ajratilgan mablag`lar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda, Xususan. 1999 yil davlat byudjetini shakllantirishda obyektiv sabablarga ko`ra yuz bergan ayrim qiyinchiliklarga qaramasdan, ma'muriy va boshqaruv organlari tizimida o`tkazilgan qisqartirishlar hisobiga ijtiraoiy sohalarga ajratiladigan mablag`larning kamayishiga yo'1 qo`yilmadi.
1998-yiI oxiridagi hisobga ko`ra mamlakatda 3 mln. 252 mingdan ortiq kishi pensiya va nafaqalar oldi va bu maqsad uchun 75 mlrd. 541 mln. so`m miqdorida mablag` ajratildi. Shundan faqat ikki yoshgacha bolasi bor onalarga 10 ralrd. 448 mln. so`m nafaqa berildi.
Kam ta'minlangan aholi qatlamlari nafaqa va moddiy yordamdan tashqari turli hil imtiyozlardan keng foydalanadi. Jumladan, jamoat transportida tekin, arzon haq to’lab yurish, turar joy va kommunal xizmatlari uchun haq to’lashda, dori-darmonlarni bepul yoki arzon narxda olish va boshqa bir qancha yengilliklar berilgan. Bulardan tashqari mustaqillik yillarida xalq ta'1imi, o’rta maxsus va oliy o`quv yurtlarining professor-o`qituvchilariga, tibbiy xodiralarga elektr energiya, gaz va kommunal xizmatlaridan foydalanishda qator imtiyozlar berildi.
Bozor munosabatiga o’tishjarayonida aholi daromadining mohiyati yangilanmoqda. Ularning manbalari o’zgarmoqda. Maosh bilan o`lchangan ish haqidan tashqari tadbirkorlik daromadi, aksiyadorlik dividendi, mulkdan kelgan daromad, tomorqa mahsulotlarini sotishdan olinadigan tushum shakllarida bozor daromadlari paydo bo’ldi.
Aholi daromadiarini bozorga bog`liq manbaiarining yildan-yilga o`sib borishi munosabati bilan ish haqining salmog`i pasayib bormoqda. Masalan, 1992-yili ish haqi aholi daromadining 57% ni tashkil qilsa, 1995-yilda esa-44,2% ni tashkil qildi. 1997-yili aholi barcha daromadlarining qariyib chorak qismi tadbirkorlik faoliyatidan tushdi.
Bozor iqtisodi sharoitida aniq yo`naltirilgan ijtimoiy siyosat amalga oshirilmoqda. 1994-yili eng kam maosh 150 so`m bo’lsa, 2004-yili bu ko`rsatkich 6400 so`mni tashkil qildi. Ayni bir vaqtda narx-navoning oshib ketmasligi choralari ko`rilmoqda. 1995-yili kam ta'minlangan oilalarga 6 mlrd. so`m to’landi.
1998-yili 10-noyabrda sog`liqni saqlashni isloh qilish to’g’risida Prezident farmoni chiqdi. Davlat sog`liqni saqlash muassasalari bilan bir qatorda nodavlat, shaxsiy tibbiyot muassasalari rivqjlanmoqda.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab bozor munosabatlariga mos pul-kredit tizimi shakllantirildi. O’tishdavrida bank tizimining egallaydigan muhim o`rnini Prezident I.A.Karitnov har tomonlama asoslab berdi: Bank tizimi, - deydi Prezident, iqtisodiy qayta qurish jarayonida lokomativ rolini bajarishi kerak. Bu tizimning faoliyati iqtisodni barqarorlashtirishga qaratilgan bo`lib, islohatlarni chuqurlashtirish uchun qulay makroiqtisodiy sharoitlar yaratish zarur. Bank tizimini isloh qilishning birinchi bosqichi 1991 yili qabul qilingan "Banklar va bank faoliyati to'g'risida"gi Qonundan boshlandi. Sobiq SSSR davlat bankini o`lkadagi bo`limi Markaziy Bankga aylantirildi. uning tashkiliy tizimi qayta ko`rilib, ish uslubi qayta tubdan o’zgartirildi. Harakatdagi savdo (kommersiya) banklari aksiyalashgan banklarga aylantirildi, ularning soni ko’paydi. 1999-yilni oxirida respublikada 36 savdo (kommersiya) banklari, ulardan ikkitasi davlat, 18 aksiyadorlik, 10 xususiy va 13 yirik xorijiy banklarning vakolatxonalaridir. Milliy valyuta joriy etilishi bilan (1994-yil, iyul) pul tizimini mustahkamlashda ikkinchi bosqich bo’ldi. Bu davrda birinchi navbatda bank qonunchiligi takomillashdi.
1996-yildan boshlab iqtisodiy o`sish yuz berdi. Aholi daromadining yillik o`sishi 14 foizni tashkil qildi. 1997-yili yalpi mahsulotning o`sishi O’zbekistonda 4,5 foizdan kam bo`lmadi. 1991-1996 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi hukumati Milliy bank va Moliya tizimi yuzasidan bir qancha qarorlar qabul qildi. 1995-yil dekabrda Oliy Majlisning navbatdagi sessiyasining Markaziy bank va bankiar to’g’risida qonunlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Markaziy bankdan tashqari Toshkent shahri va viloyatlarda 30 ta aksiyador-tijorat, shirkat va xususiy banklar faoliyat ko`rsatmoqda (1995).
Mustaqil O’zbekiston xazinasini to`ldiruvchi, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli o`tkazishning asosiy manbayi soliqdir. Shuning uchun soliq tizimini takomillashtirishga dastlabki kunlardan boshlab katta e'tibor berildi.
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-avgustdagi "O’zbekiston Respublikasida Davlat Soliq orgatilari haqida"gi qarori asosida davlat soliq tizimi shakllana boshladi. Soliq to`lovchilar soni yildan-yilga ko’payib bormoqda. Agar 1994-yilda 91 mingdan ortiq soliq to`lovchi yuridik shaxs ro`yxatdan o`tgan bo`lsa, 1997 yili ularning soni 148 mingtaga yetdi.
E'tirof etisb joizki, iqtisodiy islohatlarning yutuqlari raamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta'minlamoqda.
Download 22,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish