Mavzu: O’zbekiston foydali qazilmalari geografiyasi. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. 1 Foydali qazilmalar



Download 0,79 Mb.
bet1/6
Sana31.03.2022
Hajmi0,79 Mb.
#520311
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbekiston foydali qazilmalari geografiyasi


Mavzu: O’zbekiston foydali qazilmalari geografiyasi.




Reja:
I. Kirish. 
II. Asosiy qism.
2.1 Foydali qazilmalar.
2.2 Yoqilg’i-energetika va Kimyoviy xomashyo boyliklari.
2.3 Rudali foydali qazilmalar va Nometall xomashyolar.
2.4 Qurilish materiallari va mineral resurslar.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
I. Kirish.


Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston foydali qazilmalarga boy bo’lib Ko’plab foydali qazilmalardan uchraydi. Foydali qazilmalarning muhim xususiyatlaridan biri – ularning tabiatda nihoyat darajada asta-sekinlik bilan hosil bo‘lishidir. Ular ming, yuz ming yillar davomida bunyodga keladi. Shuning uchun ham hozirda ularning zaxiralari dunyo bo‘yicha asta-sekin kamayib bormoqda. 5 Hozirgi paytda dunyoda 150 dan ortiq mineral xomashyo qazib olinmoqda. Sanoat yoki qishloq xo‘jaligida biron-bir mahsulotni olish uchun katta miqdorda mineral xomashyoni qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Misol uchun: 1 t cho‘yan olish uchun 2 t temir ma’dani va 0,6 t koks kerak, 1 t mis uchun 100 t mis ma’dani, 1 t nikel uchun 200 t nikel ma’dani, 1 t tantal uchun 8000 t ma’dan kerak bo‘ladi. Oxirgi 25 yilda mineral xomashyo ishlatish ancha o‘sdi. Neft va gaz 5 barobar, temir esa 3 barobar oshdi. O‘zbekistonda yuzga yaqin foydali qazilmalarning ikki ming yetti yuzga yaqin koni mavjud.
Mamlakatimizning mineral xomashyo salohiyati 3,3 trilion AQSH dollari miqdorida baholanadi. Har yili 5,5 mldr. AQSH dollari hisobida foydali qazilmalar qazib olinmoqda. Topilgan gaz zaxiralari respublikamiz ehtiyojini 35 yilga, neft esa 30 yilgacha qoplaydi. Oltin zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston jahonda 4- o‘rinda, mis bo‘yicha 10–11-o‘rinda turadi. Oltin ishlab chiqarish umumiy hajmi bo‘yicha dunyoda sakkizinchi o‘rinda va aholi jon boshiga ishlab chiqarishda beshinchi o‘rinda turadi. Mamlakatimizda topilgan 30 ta oltin konining jami zaxirasi 4000 tonnadan oshadi. Katta zaxiralarga ega bo‘lgan 30 ta uran koni bor. Har yili 80 ming tonna mis qazib olinmoqda.1
Mamlakatimizda o‘tgan davr mobaynida noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga berishning tartib-taomillarini soddalashtirish va iqtisodiyotning noruda xomashyo bazasini rivojlantirish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, noruda foydali qazilmalardan samarali foydalanishni ta’minlashda qator muammolar mavjud bo‘lib, bular yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga berish bilan bog‘liq normalarga nomuvofiqligi, qazib olish va qayta ishlashda ma’nan eskirgan, muddati tugagan texnika va uskunalardan foydalanilayotganligi, konlar va istiqbolli maydonlar to‘g‘risida tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilish va ularga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash darajasi pastligida namoyon bo‘lmoqda.2

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish