Mavzu: O‘zbek tilida so‘roq va undov gaplar Reja. I. Kirish. Gap haqida umumiy ma’lumot. II. Asosiy qism



Download 41,87 Kb.
Sana12.09.2019
Hajmi41,87 Kb.
#22071
Bog'liq
305 - копия

Mavzu: O‘zbek tilida so‘roq va undov gaplar Reja. I. Kirish. Gap haqida umumiy ma’lumot.

II. Asosiy qism:

1. So‘roq gaplar haqida umumiy ma’lumot.

2. O‘zbek tilida so‘roq ma’nosini ifodalovchi vositalar:

a) so‘roq intonatsiyasi;

b) so‘z tartibi;

d) so‘roq olmoshlari;

e) so‘roq yuklamalari .

3. Undov gaplar va ularning tasnifi haqida umumiy tushuncha.

4. Undov gapning turlari:

a) darak-undov gap;

b) so‘roq-undov gap;

d) buyruq-undov gap.



III. Xulosa.

IV. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish.

O‘sib kelayotgan yosh avlod taqdiriga hech kim befarq qaragan emas. Bunda oliy o‘quv yurtlarining o‘rni katta. Yoshlarni qay usulda o‘qitish, ularni tarbiyalash, mustaqil mamlakatning yetuk mutaxassislari bo‘lishiga qayg‘u-rish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunday oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi saviyamizni jahon asoslari darajasiga yetkazish, xalq xo‘jaligida mutaxassislikka bo‘lgan talab va ehtiyojlarni ilmiy tahlil asosida aniqlash, xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalanish shu kunning dolzarb vazifalaridandir. Ilm ziyo salohiyati – bu xalqning, vatanning ulkan boyligi, kelajak poydevoridir. 1

Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz.

Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatiga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatamiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.2

Ma’lumki, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi avlodlar o‘rtasidagi ruhiy - ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilinig betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili-bu millatning ruhidir.

Insoniyat tarixida tilga doimo katta e’tibor berib kelingan. XX asr oxriga tilga ijtimoiy hodisa sifatida qarash g‘oyasi keng yoyildi. Bu bejiz emas. Chunki jahondagi ko‘pgina mamlakatlar o‘z mustaqilligiga erishib, milliy tillar davlat tili

yoki rasmiy til maqomiga ega bo‘ldi. Jumladan, o‘zbek tili ham. O‘zbek tiliga 1989- yil 21-oktabrda davlat tili maqomi berilgan.

Tildan foydalanish fikrni shakllantirish va bayon qilishdan iborat. Bu esa gap orqali amalga oshar ekan, demak, til yaxlit vujud sifatida sintaksisda namoyon bo‘ladi. Til kishilar o‘rtasida eng muhim fikr ifodalash vositasi ekan, demak, tilning bu vazifasini yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita gap hisoblanadi. So‘z ham, so‘z birikmasi ham bu vazifani bajara olmaydi. Ularning vazifasi narsa va hodisalar, belgi, harakatlarni nomlash, ya’ni nominativ vazifadir. Bu vazifa gap uchun xos hisoblanadi.

Sintaksisning asosiy birligi gapdir. Gap fikrni shakllantirish, ifodalash va bayon qilishning asosiy vositasi, muayyan tilning qonun-qoidalari asosida shakllangan sintaktik birligidir.

Gap - kishilarning bir-biriga fikr, axborot uzatish uchun ishlatiladigan asosiy birlik, fikr ifodalashning eng oddiy va usullik ko‘rinishi. U so‘zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tinglovchi uchun axborot qabul qilish vositasi.3

Gapning asosiy funksional belgisi kommunikativlik, ya’ni fikr ifodalash va bayon qilish vazifasidir. Kommunikatsiya jarayoni uchun jamoa zarur. Aniqrog‘i, muayyan tilda axborot uzatish va qabul qilish shu tilda so‘zlashish malakasiga ega kishilarni taqozo qiladi. Bu esa kommunikatsiya jarayonining ijtimoiy tabiatliligidan dalolat beradi.

Gap boshqa sintaktik birliklardan predikativlik belgisi orqali farqlanadi. Gapni kommunikativ birlik sifatida shakllantiruvchi vosita predikativlikdir Masalan: Bahor keldi va bahorning kelishi qurilmalarining axborot hajmi bir xil. Birinchisida predikativlik bor, ikkinchisida esa yo‘q.

Gap termini umumlashgan birlik mohiyat sifatida til birligini ham, reallashgan birlik, hodisa sifatida nutq birligini ham ifoda etadi.4 Gap biror voqea- hodisa haqidagi xabarni, so‘roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir. Gap so‘z birikmasidan kesim va ega yoki faqat kesim bo‘laklarga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi. So‘z birikmasi tushuncha, gap fikr ifodalaydi. Gap tarkibidagi so‘zlar ham ma’no tomondan, ham grammatik tomondan o‘zaro bog‘lanadi. Har bir gap biror maqsadni- mazmunini ifodalaydi.Og‘zaki nuqtda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo‘ladi.Ohang ayni bir vaqtda gaplarni bir –biridan ajratib turadi. Ohang gap uchun eng muhm belgidir. Ayrim so‘z ( Kuz. Tong.) yoki so‘z birikmalarini tugallik ohangi bilan aytsak,gap yuzaga keladi va biror fikr- maqsad anglashiladi: Ko‘m-ko‘k dala.G‘arbiy chegaralardan biri.

Gapning kommunikativ kategoriyasi gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini ham o‘z ichiga oladi. Gaplar kommunikativ maqsadiga ko‘ra nutqiy aloqa turiga asoslanadi. Nutqiy jarayonda so‘zlovchi ma’lum axborotni yoki istak-xohishni tinglovchiga bayon qilishni, ma’lum voqea, hodisa haqida tinglovchidan so‘rashni, suhbatdoshini ma’lum axborotni bayon qilishga yoki ma’lum harakatni yuzaga chiqarishga da’vat qilishni maqsad qiladi. So‘zlovchi o‘zining maqsadiga

muvofiq keladigan gap shakllarini tanlaydi. Shunga muvofiq gaplar ifoda maqsadiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) darak gaplar, 2) so‘roq gaplar, 3) buyruq gaplar, 4) istak gaplar.

Yuqoridagi gaplarning har qaysi til sathida bir-biridan farq qiladigan o‘ziga xos modeliga ega. Har qaysi model nutq jarayonida modeliga kiruvchi qo‘shimcha ma’no va bu ma’noni ifodalovchi shaklga ega bo‘lib, modelga umumlashgan (invariant) ma’noni xususiy variant ma’nolar bilan boyitishi mumkin.

Har qanday gapning uyushtiruvchi markazi kesim bo‘lganligidan gapning ifoda maqsadiga ko‘ra modellar ham kesim asosida ajratiladi. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra modellar tizimi kategoriyani hosil qiladi.Invariant ma’no va invariant shakl asosidagi bu to‘rt xil gap uch belgi asosida bir-biridan farq qiladi: a) I shaxs axboroti, b) II shaxsni harakatga qo‘z- g‘ash, v) modallik.

Gap turlari

Darak

So‘roq

Buyruq

Istak(optativ)

Aloqa turlari













I shaxs axboroti

II shaxsni harak qo‘z

Modallik


+

-


0



-

+

0



-

+

+





+

-

+





Darak gaplar

Ma’lum voqea- hodisa, belgi-xususiyat haqida tasdiq yoki inkor yo‘li

bilan xabar beruvchi gaplarga darak gaplar deyiladi . Masalan: Azizxon ikki marta Do‘nan polvon ishlayotgan uchastkaga borib ishini ko‘rib keldi. Bir yelka qoqib qanorni o‘ngladi. Oqsoqol chamadonini qo‘lyiqlab eshak bog‘langan tomonga yugurdi. (Said Ahmad. Ufq. 92-bet) Xat yozilgan qog‘ozni tol kovagiga suqib bir qarashda ko‘rinarmikan, degandek orqaroqqa qaytib qaradi. Qog‘oz bemalol ko‘rinib turibdi. Shundan keyingina xotirjam otga minib orqaga qaytishdi. (275-bet.)

Buyruq gaplar

Kesimi buyruq maylidagi fe’llardan ifodalangan gaplar buyruq gap hisoblanadi. Masalan: –Siz to‘xtangiz, Otabek, –dedi. ( Qodiriy A. O‘tkan kunlar 322-bet.)–So‘ramang,-dedi Hasanali,-siz tinchkina tahoratingizni olib, namozingizni o‘quy bering. (Qodiriy A. O‘tkan kunlar. 323-bet ) -Bolamni so‘kmang. - Bolaginamni g‘adablamang! -Bor, yuvin, keyin yeysan. -Bolamga qattiq gapirmang. -Bolaginamga so‘yib bering yesin. (Said Ahmad. Ufq. 7-bet)

Ba’zan buyruq gapning markaziy qismi – kesim bevosita ifodalanmasligi mumkin. U vaqtda bevosita ifodalanmagan buyruq maylidagi fe’ldan ifodalanishi lozim bo‘lgan kesim nutq vaziyatidan anglashilib turadi.

Istak gaplar

Kesimi shart-istak maylidagi fe’llardan foydalangan gaplar istak gaplar sanaladi. Masalan: -Tursunboy, bolaginam, tursang-chi.(Said Ahmad. 9-bet) Istak gaplar so‘zlovchining istak-xohishini ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunday gaplar so‘zlovchining axborot berishi belgisida ko‘ra darak gaplar bilan umumiylikni hosil qiladi. Lekin til sathida o‘zining alohida modeli mavjudligi va nutqda konnotativ ma’no ma’lum axborot berish bilan birga, so‘zlovchining istagi,

xohishini ifodalanishiga ega bo‘ladi. Istak gaplar so‘zlovchining istagini ifodalaganligi uchun ham u kelgusida bo‘lishi orzu qilinayotgan voqea-hodisa, belgi-xususiyat haqida axborot beradi.

So‘roq gaplar

So‘zlovchi o‘ziga noma’lum bo‘lgan voqea-hodisa haqida ma’lumot olish maqsadida ishlatiladigan gaplar so‘roq gap hisoblanadi. Masalan: Dildor bilan yaqinligi unga yoqmayaptimi? Yo akasi Dildorni sevib qoldimikin? Nega shunday? Nega uning bolasi qo‘rqoq chiqdi? (Said Ahmad. Ufq. 245-bet) – Ikrom, esingda bormi, Novosibirga ikki vagon uzum, bir vagon anor olib borganing? (274-bet.) Endi bolasining holi nima kecharkin? Tog‘a oraga tushishga ko‘narmikin? – Kim senga joy beradi? Kim senga ovqat beradi? Qaroqchilik qilasanmi? Qay kovakka sig‘asan? Tirik o‘lik bo‘lib yurasanmi? Ko‘nmasa nima bo‘ladi? (342-bet.) So‘roq gaplar gapning boshqa turlaridan maxsus grammatik vositalari bilan ajralib turadi. So‘roq gaplarning shakily paradigmasi so‘roq gaplar xilma-xil vositalar bilan hosil bo‘ladi. So‘roq gaplarni shakllantiruvchi vositalar gapni so‘roq vositalari sanaladi. Ular quyidagilardan iborat:



  1. So‘roq yuklamalari (-mi,-chi,-a,-ya) so‘roq yuklamalari so‘roq gap kesimiga qo‘shilib, so‘roq gapni shakllantiradi. So‘roq gapga qaysi qismiga mantiqiy urg‘u tushishidan qat’iy nazar so‘roq yuklamasi kesim tarkibida bo‘ladi. Masalan: –Meni o‘g‘lim deysizmi? - dedi.–Omon polvon shu yerdami?- dedi u yana boshini ko‘tarib. (Said Ahmad. 327- bet) – Hech narsangiz yo‘qmi? –Shunaqami?– Rostdanmi? - dedi ajablanib rais. (Said Ahmad. 510-bet) So‘roq yuklamalari orqali ifodalangan so‘roq gaplar ha yoki yo‘q javoblarni talab qiladi. Yozuvda –mi yuklamasi so‘zga qo‘shilib, -chi, -a, -ya yuklamalari so‘zdan ajratilib yoziladi. Masalan: – Ilgari o‘zingiz uylangan edingizmi? –Yo‘q.

(A.Qodiriy. O‘tkan kunlar. 73-bet.) – Amaking ko‘rinmaydi. Dalaga chiqib ketganmi? –Yo‘q, uxlayaptilar. –E, uyg‘otmaysanmi. G‘aflat bosib yotaveradimi? – Mayli, uxlasinlar. (Said Ahmad. Ufq. 439-bet.) – Bugunam ketmaymizmi? –Beribdimi? – sabrsizlandi Oygul. (Ulug‘bek Hamdam. Muvozanat, 94-bet.) – Yaxshi yotib turdingmi, o‘g‘lim? – deya Halima aya ko‘zlarini chetga olib qochdi. – Yo‘q, buvi, siz nimanidir yashiryapsiz? (95-bet.) – Shatta jindak dam olmaymizmi? – dedi Vazira Azizxonni qo‘lidan ushlab. (Said Ahmad. Ufq. 232-bet.) – qalay, ilinaman deydimi? – deb qoldi. – Bilasanmi. Bu daryoda yiliga nechta o‘lik oqadi? (223-bet.) – Kalla pishdimi, Polvon? – dedi To‘lanboy sabzi taxtadan bosh ko‘tarmay. (201-bet.)

Ayrim turkiy tillarda, xususan, qorachoy-balgar tilida mantiqiy urg‘u qaysi bo‘lakda bo‘lsa, so‘roq yuklamasi shu bo‘lak tarkibida bo‘ladi. Masalan: To‘g‘rimi, Rahimberdi? –To‘pponcha polvon bormi? (Said Ahmad. 296-bet) 2.So‘roq olmoshlari (kim? nima? qachon? qayer? nega? va boshqalar.) Masalan: –Kanal qaziganimizda hammani qoyil qoldirgan Do‘smat polvon qani? Nima deb boraman? Qay yuz bilan boraman? (Said Ahmad. Ufq. 95-bet) –Biz tomonlarda nima qilib yuribsan, opa? – dedi Nizomjon hayron bo‘lib. – Voy, opaginang aylansin, qayoqlarda yuribsan? (402-bet.) – Nima qilib yuribsan bemahalda? (210-bet.) Bo‘ri yeb ketsa nima bo‘lardi? – Ota, manavi yo‘l qayoqqa olib boradi? (223-bet.) – Nega kulasiz, to‘ra? (131-bet.) Bilasanmi, unga qancha ko‘ylak keladi? Bu gapga nima deysiz? – Nima deydi? – dedi Azizxon qiziqib.(142-bet.)

So‘roq olmoshlari bilan yordamida ifodalangan so‘roq gaplar so‘roqqa javob bo‘luvchi so‘zni talab qiladi. Masalan: –Qachon keladi? – Erta - indin kep qolar. – Buvi, yig‘labsiz, nima bo‘ldi o‘zi? –Tinchlik, o‘g‘lim. Shu o‘zimning biryig‘lagim keldi. (Ulug‘bek Handam. Muvozanat. 95-bet) – Onangiz sizni nima

uchun tuqqan? – Iyi-iyi, anuv kimning qovog‘i-ya? – Manavi belingizdagi belboqni qayerdan o‘g‘irlab oldingiz? (Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar. 155-bet.) – Siz marg‘ilonliq hindi domlaning o‘g‘lingizga qilgan jodusini qayerdan bildingiz? – O‘zingiz qayoqdan bilasiz, axir birav aytkandir sizga? – Nega bo‘lmasa Otabek hadeb (uylansa ham) Marg‘ilonga oshiqa beradir? – Meni tashqaridan kim olib keldi? – deb so‘radi. –Men, qizim! Yonimda hech narsa ko‘rmadingizmi? (172-bet.) – Tag‘in qancha kerak? – deb so‘radi. – Uch tanga, – dedim. –Uyingiz qayerda? – Ch… mahallasida. – Kimning qizisiz? – Sharif miltiqchining qiziman. – Ismingiz nima? – Saodat. (196-bet.)

3.So‘roq ohangi. So‘roq ohangi so‘roq ifodalashning universal vositasidir. U so‘roq gaplarning hamma turida ishtirok etadi. Lekin so‘roq ifdolovchi maxsus shakily vositalar ishlatilmaganda, ohang asosiy so‘roq ifodolovchi vosita hisoblanadi. Masalan: – Otam ko‘rinmaydi? – Yusuf yoqimsiz mavzuni burmoqchi bo‘ldi. – Pulini yemakchilar? – deb kuldi Hasanali. (Abdulla Qodiriy. 165-bet.) –Ha, usta Farfi, baxay? – dedi Homid. (236-bet.)

So‘roq ifodolovchi bu uch xil vositaning har bir til sathida umumlashgan tip sifatida so‘roq modileni, ulaning bevosita kuzatish sathidagi namunalari munosabati esa nutq sathida paradigmatik munosabatni hosil qiladi.




So‘roq gap

So‘roq gap variantlari

1

2

3



R mi So‘roq

Olmoshi R

R ?


Sen bahorni sog‘inmadingmi?

Bahorni kim sog‘inmaydi?

Bahorni sog‘inding ?


So‘rash ma’nosi ta’kidlangan so‘roq gaplarda grammatik vositalar birdan ortiq bo‘lishi mumkin. Masalan: –Majlisda nimadan bahs qiling‘anini-chi? (Qodiriy A. O‘tkan kunlar 292-bet)

So‘roq gaplarning ma’nolari.

So‘roq gaplar turli-tuman ma’nolarni, his-tuyg‘ularni va so‘zlovchining

voqelikka bo‘lgan munosabatini ifodalaydi.

1.Sof so‘roq gaplar. Bu tip so‘roq gaplar tinglovchining ma’lum javobini talab qiladi. Masalan: Majlisdan xabaring bo‘lsa, kim qaysi fikrda qolg‘anini bilarsan? Basharti men bu vahshatka ishtirok qilg‘an bo‘lsam, qaysi aql va



qanday manfaatni kuzatib qo‘shilishqan bo‘laman? Buyruqni qachon oldingiz? (Qodiriy A. O‘tkan kunlar 292-bet)

2.Ritorik so‘roq gaplar.

Ritorik so‘roq gaplar so‘roq shaklida bo‘ladi, javob talab qilmaydi. Badiiy tilda, ba’zan ommaviy nutqda so‘zlovchi o‘z his-tuyg‘ularini hayajon bilan ifoda etadi. Ritorik so‘roq gaplar jumlaning ta’sirli bo‘lishiga xizmat qiladi va badiiy uslubning bir turi hisoblanadi. Masalan: Eng so‘nggi vidolashish kuni yetdi? (Qodiriy A. O‘tkan kunlar. 378-bet)

Ritorik so‘roq gaplarning maxsus turini aytmaysizmi, bo‘ladimi so‘zlari bilan kelgan gaplar tashkil etadi. Masalan: Ertasiga ot og‘rib qolsa bo‘ladimi? (Oybek)



So‘roq gaplarning mazmuniy paradigmasi.

So‘roq gaplar umumlashtiruvchi so‘roq ma’nosi bilan bir butunligini hosil qilsa ham, lekin bu so‘roq ma’nosi real holda turli variantlar – semalar orqali namoyon bo‘ladi.

1.Sof so‘roq semasi: Qizing ketti, nega aytmading?

2.Taajjub semasi: Shu gaplar rosmi?

3.Gumon semasi: Muxbir emasmisiz, mulla aka?

4.Buyruq semasi : To‘yga bormaysizmi?

5.Darak semasi: Agar Makkatillo Farg‘onaning yonida bo‘lsa, odamlar bormasmidi?

6. Tashvish semasi: Pojarniklar qildan qiyiq axtarmasmikin?

7.G‘azab semasi: Men bo‘ri bo‘ldimmi?

8.Kinoya semasi: Pichoqni shu Xolmat uradimi?

So‘roq arxisemasi ichidagi bu semalar munosabat so‘roq gaplarning mazmuniy paradigmatik munosabatni hosil qiladi. Mazmuniy paradigma ichida birinchi sema so‘roq gap uchun markaziy, qolgan semalar esa chegara semalar sanaladi.

So‘roq gaplarda shakl va mazmun munosabati

So‘roq gaplar sof so‘roq semasi ifodalaganda uning shakli va mazmuni o‘rtasida mutanosiblik bo‘ladi. Boshqa holatlarda nomuyanosiblik kuzatiladi. So‘roq gaplar shakli va mazmuni o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:

1)shakl va mazmuni mutanosib bo‘lgan so‘roq gaplar (sof so’roq gaplar);

2)shakl va mazmuni nomutanosib bo‘lgan so‘roq gaplar.

Shakl va mazmuni mutanosib bo‘lgan so‘roq gaplarning tarkibida so‘roq gaplarning tarkibida so‘roq vositalari ishtirok etib, faqat shakl tomonidangina so‘roq gap sanaladi .Lekin so‘zlovchining niyati o‘ziga noma’lum bo‘lgan voqea-hodisa haqida so‘rash emas, balki o‘ziga ma’lum voqea- hodisa haqida axborot berish, ma’lum voqeani amalga oshirishga da’vat etish bo‘ladi. Shunga muvofiq, shakl va mazmuni nomutanosib bo‘lgan so‘roq gaplar ikki guruhga bo‘linadi: 1)so‘roq-darak gaplar; 2) so‘roq-buyruq gaplar.

So‘roq-darak gaplar

Darak mazmunini ifodalovchi so‘roq gaplarga so‘roq darak gap deyiladi. So‘roq-darak gaplar shakl tomonidan tarkibda so‘roq vositalari ishtirok etishi belgisiga ko‘ra so‘roq gaplar bilan paradigmatik munosabatga kirishsa, mazmuni jihatdan ma’lum voqea, belgi-xususiyat haqida axborot berish belgisiga ko‘ra darak gaplar bilan paradigmatik munosabatga kirishadi. Bunday gaplarda shakl va mazmun o‘rtasida ko‘pincha ikki belgi asosida ziddiyat mavjud bo‘ladi: birinchidan, ifoda maqsadiga ko‘ra ziddiyat (so‘roq shakli orqali darak ma’nosining ifodalanishi), ikkinchidan, tasdiq-inkor belgisiga ko‘ra ziddiyat (tasdiq shakli orqali inkor ifodalanishi, yoki aksincha, inkor shakli orqali tasdiq ifodalanishi).

Paradigma a’zolari o‘rtasidagi farqli belgi shuki, so‘roq gap shakli orqali ifodalangan tasdiq yoki inkor ma’nosi so‘roq gap orqali ifodalangan tasdiq yoki inkor ma’nosidan kuchliroq ifodalanadi.Ya’ni so‘roq shaklida propozitiv ma’no ustiga konnotativ ma’no qo‘shiladi. Demak, bu ikki paradigma a’zosi o‘zaro konnotativ ma’noning bor yo‘qligiga ko‘ra farqlanadi.

So‘roq-buyruq gaplar

Buyruq mazmunini ifodalovchi so‘roq gaplar so‘roq-buyruq gap hisoblanadi. So‘roq-buyruq gaplar shakl tomonidan so‘roq vositalarining ishtirok etishiga ko‘ra so‘roq gap hisoblansa ham, lekin u mazmunan buyruqni ifodalaydi. Shuning uchun ham buyruq gaplar bilan mazmuniy paradigmatik munosabatga kirishadi. So‘roq-buyruq gaplarda ham shakl va mazmun o‘tasida ikki xil ziddiyat mavjud bo‘ladi:



  1. ifoda maqsadiga ko‘ra ziddiyat (so‘roq shakli orqali buyruq mazmuning ifodalanishi)

  2. tasdiq –inkor belgisiga ko‘ra ziddiyat (so‘roq gapning bo‘lishsiz shakli orqali tasdiq axborot ifodalash yoki bo‘lishli shakli orqali inkor axborot ifodalash).

Buyruq mazmuning so‘roq gap shakli orqali berilishi uslubiy qimmatga ega bo‘ladi. So‘roq gap shakli orqali ifodalangan buyruq mazmunini buyruq gap shakli orqali ifodalagan buyruq mazmuniga nisbatan mayinroq bo‘ladi.

Gapning emotsionallikka ko‘ra turlari

Til sathida yuqorida ko‘rsatilgan gapning ifoda maqsadiga ko‘ra gap modellari nutq jarayonida turli variantlarda namoyon bo‘ladi. Nutq sathida esa bu variantlar yana qo‘shimcha belgilarga ham ega bo‘ladi. Bu belgilardan biri so‘zlovchining his-hayajonidir.

Demak, darak, so‘roq, buyruq, istak gaplarning nutq jarayonida so‘zlovchining his-hayajonini ham ifodalashi ularni his-hayajonga aylantiradi. His-hayajonli gap undov gap deyiladi.

Undov gaplar shakliy tuzilish jihatidan ham farqlovchi belgilarga ega bo‘ladi.

1.Undov ohangi, kuchli hayajon bilan talaffuz qilinadi;

2.Tarkibida hayajon bildiruvchi so‘zlar ishtirok etadi.5

Fikr kuchli his-hayajon bilan ifodalangan gap undov gap deyiladi. Undov gap fikrni kuchli his-hayajon bilan ifodalaydigan, kuchli ohang bilan aytiladigan gaplardir. Ular shodlik, quvonch, suyunish, qo‘rquv, tantana, taajjub, qayg‘u, afsuslanish kabi turli hissiyotlarni ifodalaydi va baland ohangda aytilishi bilan boshqa gap turlaridan farq qiladi. Yozuvda undov gapning oxirida undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: – Mana, haromi o‘g‘rini tutdik! – dedi uchovlondan biri. – Qanqasiga men o‘g‘ri bo‘lay, oddiy yo‘lovchiman. Kim bilandir adashtiryapsizlar! – Amir ahvolni oz-moz tushungandek bo‘ldi. – Uyatsizlar! – Amirning og‘zidan chiqqan yagona so‘z shu bo‘ldi. – O‘chir, ovozingni, haromxo‘r! – burilib ketayotgan chol keskin harakat bilan Amirning yuziga qamchi bosdi

His-hayajon gaplar his-hayajon ohangi bilan aytilgan darak, so‘roq, buyruq shaklidagi gaplardir. His-hayajon gaplarda, ko‘pincha, qancha, naqadar, qanday, shunchalar so‘zlari hamda undov so‘zlar ishtirok etadi yoki kesim gapning oldida keladi.

Agar so‘roq gap his-hayajon bilan aytilsa, oldin so‘roq belgisi, undan keyin undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Topganda, bular ishonarmidi?! Nahotki, hammasi yana boshidan boshlanadi?! (Ulug‘bek Hamdam. Muvozanat. 334-bet.) – Tog‘a, nahotki siz orzu qilgan zamonlarga yetib kelayotgan bo‘lsak?! – pichirladi Yusuf o‘ziga o‘zi… (319-bet.) Siz shuni xohlaysizmi?!. Endi men qaysi ilinjga tayanib ko‘z ochaman, qaysi niyat endi meni ko‘chaga boshlaydi?! (310-bet.) – Nima deysan?! (Abdulla Qodiriy. 107-bet.) – Xotin bo‘lmasa nima, axir?! (137-bet.) – M-m-menga zarurati bo‘lmasa, a k-k-kimga bor?! (208-bet.) So‘zimni eshitasanmi, kar?! (207-bet)

Salomlashish-so‘rashish, xayrlashish singari holatlar bilan bog‘langan gaplar ham yuqori ohang bilan aytiladi va undov gaplar hisoblanadi.



Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, so‘roq va undov gaplar til birligi sifatida inson his-tuyg‘ularini ifodalash uchun xizmat qiladi. Ular, o‘z navbatida, nutqni chiroyli, ravon bo‘lishini ham ta’minlaydi.

So‘roq gaplar turli-tuman ma’nolarni, his-tuyg‘ularni va so‘zlovchining voqelikka bo‘lgan munosabatini ifodalaydi.

Undov gap fikrni kuchli his-hayajon bilan ifodalaydigan, kuchli ohang bilan aytiladigan gaplardir. Ular shodlik, quvonch, suyunish, qo‘rquv, tantana, taajjub, qayg‘u, afsuslanish kabi turli hissiyotlarni ifodalaydi va baland ohangda aytilishi bilan boshqa gap turlaridan farq qiladi.

Demak, darak, so‘roq, buyruq, istak gaplarning nutq jarayonida

so‘zlovchining his-hayajonini ham ifodalashi ularni his- hayaonga aylantiradi.



Foydalanilgan adabiyotlar

Ilmiy-siyosiy adabiyotlar:

1. Мирзиёев Ш. М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Тошкент: Узбекистон, 2016. -55 б.

2. Каримов И. А. Юксак манавият– енгилмас куч. –Тошкент: Шарқ, 2007. -83 б.

Ilmiy adabiyotlar:

3. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent: Fan va texnologiya, 2009. -416 b.

4. Махмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси (синтаксис). –Тошкент: Ўқитувчи, 1995. -149 б.

Badiiy adabiyotlar:

5. Said Ahmad. Ufq. –Toshkent: Sano-standart, 2016. -640 b.

6. Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar. –Toshkent: Navro‘z, 2019. -400 b.

7. Ulug‘bek Hamdam. Muvozanat. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. -336 b.



1 Каримов И. А. Юксак манавият – енгилмас куч- Т.: Шарқ, 2007. 83 б, 15-б.

2 Мирзиёев Ш. М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. –Тошкент: Ўзбекистон, 2016. 55 б, 14-б.


3 Sayfullayeva R. ,Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., Fan va texnologiya, 2009. – 416 b.



4 Махмудов. Н. Нурмонов А.узбек тилининг назарий грамматикаси (синтаксис) Т. Укитувчи 1995 149 б



5 Махмудов Н., Нурмонов А.Ўзбек тилининг назарий грамматикаси (синтаксис) Т.: Ўқитувчи, 1995. 149 б.


Download 41,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish