Mavzu: O’rta asrlarda Yevropada qahramonlik eposlari Mundarija: kirish I bob



Download 87,35 Kb.
bet1/13
Sana22.07.2022
Hajmi87,35 Kb.
#836121
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O’rta asrlarda Yevropada qahramonlik eposlari


Mavzu: O’rta asrlarda Yevropada qahramonlik eposlari
Mundarija:
KIRISH
I BOB.O’rta asrlarda Yeropada qahramonlik eposlari . . . . . . . . . . . . . . . .
1.1.Qirol Artur ,, Hayot . ijodi.’’va qahramonlik ishlari. . . . . . . . . . . . . 4
1.2 Ritsarlar qilichi.. . . . . . . . . . . . . . . . . . . ...........................................
II BOB.. .Fransiya va Ispaniyada qahramonlik eposlari . . . . . . . . .........
2.1 Roland haqida qo’shiq va Rolanni yaratilishi tarixi .............................
2.2.. . III BOB O’rta asr Yevropada qahramonlik eposlari mavzusida pedagogik o’qitishda texnologik metodlari.
3.1. Baliq Skeleti
3.2. “ Bilaman bilishni xoxlayman bilib oldim metodi ,va Aqliy xujumm metodi . HA yo’q mashqi metodi.. . . . . . . . . . . . . . . . . . .
XULOSA . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .
GLOSSARIY ……………………………………………………
FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR
RO’YXATI………………………………………………………


KIRISH
Hesiodning «Mehnat va kunlar» dostoni asosida bayon etilgan Nurafshon Olimpda yashayotgan umriboqiy xudolar ilk inson zotini baxtli qilib yaratishgandi. Bu o‘ziga xos oltin asr edi. O‘shanda osmonda ma’bud Kron hukmronlik qilardi. O‘sha zamonlarda odamlar mas’ud ma’budlar yanglig‘ na tashvish, na mashaqqat va na g‘am-alamni bilardi. Ularga bemajol keksalik ham yot edi. Ularning qo‘l hamda oyoqlari hamisha kuchli va baquvvat edi. Beozor va saodatli hayotlari esa mangu ziyofatlardan iborat edi. Uzoq umr ko‘rgandan so‘ng boshga tushgan o‘lim ular uchun osoyishta va osuda uyquni eslatardi. Ularning tirik chog‘idagi turmushi farovon va badastur bo‘ldi. Erning o‘zi beqiyos boylik baxsh etardi, shu boisdan mehnat sarflab, yerga ishlov berishga to‘g‘ri kelmaydigan shirin-shakar mevalar keltiruvchi bog‘larni aytmaysizmi! Podalarining soni-sanog‘i yo‘q edi, ular sero‘t sayxonlarda bemalol o‘tlab yurardilar. Oltin asrda yashayotganlar tinch va osuda hayot kechirashardi. Xudolar odamlar bilan bamaslahat ish qilishardi. Biroq oltin asr abadiy emas ekan, tamom bo‘ldi, o‘sha odamlar avlodidan hech kim qolmadi. Oltin asr odamlari o‘lgandan keyin arvohlar yangi avlod kishilarining homiylariga aylanib ketdi. Ular tumanga chulg‘angan holda yelib, haqiqatni muhofaza qiladilar, yovuzlikni jazolaydilar. Ularni o‘limdan so‘ng Zevs shunday taqdirlagan edi. Ikkilamchi odam zoti va ikkilamchi asr birlamchisidek baxtli emasdi. Bu kumush asri edi. Kumush asri odamlari oltin asri odamlariga na kuch-qudratda, na aqlan teng edilar. Ular onalari bag‘rida aqli nuqsligicha yuz yillab yashar, voyaga yetar, o‘shandagina ularni tark etishardi. Kamolot yoshiga etganda ko‘p yashamasdilar, aqlsizliklari tufayli hayotda ko‘pincha baxtsizlik va g‘am-alamni boshdan kechirar edilar. Kumush asrining odamlari itoatkor emasdi. Umriboqiy ma’budlarga tobelik bajo keltirishmas, ularga qurbonlik keltirishni istamasdilar. Kronning buyuk o‘g‘li Zevs er yuzidan ularning urug‘ini butunlay quritdi. Zevs ulardan nurafshon Olimpda yashayotgan ma’budlarga tobe bo‘lmaganliklari uchun g‘azablanardi. Zevs ularni yer qa’ridagi zulumot saltanatiga ko‘chirdi. U erda ular 61 na shodlikni, na g‘am-alamni bilib yashaydilar. Ularga odamlar hurmat bajo keltirardilar, xolos. Hazrati Zevs uchlamchi zot va uchlamchi asr – mis asrini yaratdi. Lekin u kumush asriga o‘xshamasdi. Zevs nayza dastasidan dahshatli va qudratli odamlarni vujudga keltirdi. Mis asrining odamlari nolayu afg‘on keltiruvchi urush va takabburlikni ma’qul ko‘rishdi. Ular ziroatchilikni bilmas, ular bog‘lar va dalalar baxsh etayotgan samaralardan bebahra edilar. Zevs ularga ulkan bo‘y va engilmas kuch-qudrat ato etgan edi. Ularning qalbi sarkashlik va jasoratga to‘la, qo‘llari esa bukilmas edi. Ularning qurol-aslahasi misdan, uylari ham misdan bo‘lgan, ularning ish quroli ham misdan edi. O‘sha zamonlarda qora temirni hali bilishmasdi. Mis asrining odamlari bir-birovlarini o‘z qo‘llari bilan mahv etishardi. Ular ko‘p yashamasdan qop-qorong‘i va vahshatli Aid saltanati – Yer qa’riga kirib ketardilar. Nechog‘lik kuchli bo‘lishmasin, baribir ularni beshafqat o‘lim olib ketardi, shu zayl yorqin quyosh yog‘dusini bevaqt tark etardilar. Mazkur zot ko‘lankalar saltanatini ixtiyor etdi deguncha buyuk Zevs shu zahotiyoq hammani boquvchi zamin uzra ancha olijanob, ancha odil yarimxudolar deb atalgan qahramonlarga teng keladigan yangi odamzotni yaratdi. Ular ham manfur urush hamda dahshatli janglarda halok bo‘lib ketishdi. Ba’zilari yetti darvozali Fiva yonida, Kadm mamlakatida Edipdan qolgan meros uchun kurashib halok bo‘ldilar. Boshqalari zebo kokilli sohibjamol Yelenani o‘g‘irlash uchun o‘z kemalarida keng dengizni suzib o‘tib, Troya yonida halok bo‘lishdi. Ularning barchasi o‘limga duchor bo‘lgach, yashinchaqnatar Zevs ularni tirik odamlar ko‘zidan uzoqqa, yerning narigi chekkasiga ko‘chirdi. Yarimxudo qahramonlar O‘qyonusning suronli suvlariga yaqin orollarda saodatmand va beg‘am hayot kechirishardi. U yerlarda yer bir yilda uch marta asalday shirin hosil keltiradi. So‘nggi, beshinchi asr odamzotning temir davridir. U yer yuzida hamon davom etarkan, tun-kun tinim bilmay g‘am-anduh va tinkani quritadigan mashaqqatli mehnat odamlarni halok etadi. Ma’budlar odamlarni og‘ir tashvishlarga duchor qiladi. To‘g‘ri, xudolar yovuzlik va yaxshilikni bir-biriga aralashtirib yuborishsa-da, baribir yovuzlik ustun, u hamma joyda hukmrondir. Bolalar ota-onani mensimaydilar. Do‘st do‘stga sodiq emas. Mehmon mehmonnavozlikdan mahrum. Aka-uka o‘rtasida mehru oqibat yo‘q. Kishilar ichgan ontlariga rioya qilmaydilar,

Download 87,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish