Buyuk Karl monarxiyasi yemirilgandan so‟ng
X asr boshlarida Germaniya mustaqil davlat sifatida ajralib chiqdi. To‘rt gersoglikdan tashkil topgan bu mamlakatda feodal tarqoqlik hukm surar edi. Mazkur viloyatlar frank davlati tarkibida ekanligidayoq feodallashish jarayoni boshlangan edi. Lekin bu hodisa hamma yerda bir vaqtda yuz bermadi. Germaniyaning birmuncha rivojlangan yerlarida ham bu jarayon uzoq davom etib, XI asr oxiri XII asr boshlariga kelib tugallandi. Qadimgi nemis adabiyotining yodgorliklari hu davrning mahsuli bo‘lib, bu yodgorliklarda yuzaga kelayotgan feodal jamiyatdagi hayot va kurashlar o‘z ifodasini topgan.
Nemis ritsarlari dunyoviy adabiyoti feodalizm eng taraqqiy etgan Fransiya, shuningdek, boshqa mamlakatlar qahramonlik eposining qadimgi traditsiyalari bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan.
Nemis eposida xalq og‘zaki ijodidagi rasm-odat qo‘shiqlari ritsarlik ruhida qayta ishlanadi. Drujina qo‘shiqchisining o‘rnini feodal sharoitida professional kuychi – shpilmanlar egallaydi. Ular o‘tmish qahramonlari va qirollari haqida qo‘shiq va dostonlar aytganlar. Ba‘zan bu qo‘shiqlarga xristianlik ruhi singdirilgan.
Shunday qilib, qahramonlik eposi va uning harbiy tematikasi yangi
ma‘no kasb etadi.Zigfridning qahramonliklari, nibelunglarning halokati, Ditrix Bernskiy haqidagi ertaklar katta poemalar shaklida qayta ishlanadi. Endi ular qo‘shiq qilib aytish uchun emas, balki shpilman tomonidan o‘qib berishga moslanadi.
―Nibelunglar haqida qo‟shiq‖ 1200-yillarda yaratilgan bu poema nemis qahramonlik eposining yirik yodgorligi bo‘lib, u xalqlarning ko‘chmanchilik davridagi hayoti, qahramonlik va jangovor yurishlarini aks ettirgan ertak va afsonalarni qamrab olgan. Poemaning qahramonlari mard, sodda odamlar sifatida tasvirlanadi. Bosh qahramon Ditrix bekorga qon to‘kishni istamaydi.
U adolat bilan ish ko‘radi, zaruriyat tug‘ilgandagina kuch ishlatadi.
―Nibelunglar haqida qo‘shiq‖,
―Gudruna‖da kurtuaz-saroy adabiyoti uslubi sezilib turadi
3.1.“Baliq skeleti” metodi
Ushbu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o‘quvchilar o‘rtaga tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar. Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo‘lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo‘llari yozib boriladi. Masalan, yo‘l harakati darslarida “Yo‘l qoidalari” mavzusida “Svetofor nima uchun kerak?” muammosi qo‘yilsa, bolalar o‘z fikrlari bilan baliq sklitini boyitib boradilar.
Bu usul orqali o‘quvchilar mustaqil, keng, ijodiy, tanqidiy fikrlashga o‘rganadilar.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiyalardan foydalanib, o‘tilgan darsda o‘quvchilar o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadilar, jamoa bilan ishlash malakasiga ega bo‘ladilar, o‘zgalar fikrini hurmat qilishni o‘rganadilar. Bu esa, darsning samaradorligini oshirib, ta`lim sifatini kafolatlashga xizmat qiladi.
3.2.“Bilaman.Bilishni xohlayman. Bilib oldim” metodi
Ushbu metod o‘quvchilarga muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin. Guruh shaklida ishlashda mashg‘ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi. Guruhlarning faoliyatlari quyidagi ko‘rinishda tashkil etilishi mumkin:
1. Har bir guruh umumiy sxema asosida o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi va mashg‘ulot yakunida guruhlarning munosabatlari loyiha bandlari bo‘yicha umumlashtiriladi;
2. Guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.
O‘quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog‘ozida o‘z aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |