Mavzu: ona tili darslarida lug'at ustida ishlash



Download 0,53 Mb.
bet1/45
Sana09.02.2022
Hajmi0,53 Mb.
#438634
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
LUGAT-USTIDA-ISHLASH


Mavzu: ONA TILI DARSLARIDA LUG'AT USTIDA ISHLASH
Boshlang'ich sinflar o'quv dasturida ona tili, o'qish bolalarning lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta'sirchanligini ta'minlashning muhim omilidir, deyiladi. Bu vazifalar gram­matik mavzularni o'rganish, mashq matnlarini kuzatish va tahlil qilish, maxsus lug'aviy-grammatik mashqlar orqali bajariladi.
Ona tili o'qitishning bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan o'rni,vazifasi bilan belgilanadi. Til aloqa vositasi — so'zlovchi fikr-mulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali ro'yobga chiqqan flkrni anglaydi.
Ona tili fani o'quvchilarni fikr bayon qilish va uni uqib olish faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr til vositasida ro'yobga chiqar ekan, har bir kishi tilni va undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish uning grammatik qonun-qoidalarini, ta'rifini o'zlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilishdir, ya'ni fikrini og'zaki va yozma shaklda to'g'ri, tushunarli va savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona tili darslarida lug'at ustida ishlashga alohida e'tibor qaratish lozim. Lug'at ishida so'zning ma'nosi, talaffuzi va imlosi e'tiborda tutiladi. Lug'at ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o'quvchilarning nutqda foydalanishlariga erishish, o'zgalar nutqini anglashlarini ta'minlashdir. Buning uchun o'qituvchi ona tili darsligida qo'llangan har bir so'zning, ta'limiy jarayonlarda: dars, ekskursiya, o'zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so'zlarning ma'nosiga e'tibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozo etishini belgilab olishi kerak. Tilning lug'at boyligini o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi uchun ona tili darslarida so'zlarning quyidagi ma'nolari bilan tanishtiriladi:
1. O'quvchilarni notanish so'z va iboralar bilan tanishtirish.
O'quvchilar darslikdagi so'z va iboralarga birinchi marta duch kelayotgan bo'lishi mumkin. Bu so'z yangi paydo bo'lgan so'z bo'lmasa ham, o'quvchi uning ma'nosini bilmaydi, demak, o'quvchi uchun yangi so'z hisoblanadi. Masalan, 1-sinf «Ona tili» darsligida darpar-da (eshikparda), mag'rur (g'ururli), xaroba (vayrona), kamol (kamol topmoq—o'smoq, rivojlanmoq), komil (yetuk), sarkarda (qo 'mondon), ziynat (ко 'rk, husn), qasr (hashamatli saroy) kabi so'zlarga duch keladilar. Bunday so'zlarning ma'nosini sinonimlar keltirish yo'li bilan, qarshi ma'noli so'zlar bilan izoh berish, gap tuzish orqali ma'nosini ochish, rasmlar orqali tushuncha hosil qildirish mumkin. Bunday ishlash o'quvchilarda tilga sezgirlikni yuzaga keltiradi.
2. O'quvchilarni so'zning yangi ma'nolari bilan ta-nishtirish. O'quvchilar ko'p ma'noli so'zlarning bir ma'nosini tushunsa, boshqa ma'nosini bilmasliklari mumkin. Bolalar so'zlarning hamma ma'nolarini bir-daniga o'zlashtirib ololmaydilar. Ularning ma'nosini o'zlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 1-sinfda ko'p ma'noli so'zning bir-ikki ma'nosi bilan ta-nishsa, 2-, 3-, 4-sinflarda yana boshqa ma'nolarini bilib oladi. Tilning barcha sathlarini: fonetika, leksika, so'z tarkibi, morfologiya, sintaksis (boshlang'ich sinfda bu bo'limlar «Tovushlar va harflar», «So'z», «Gap», «Bog'-lanishli nutq» deb nomlanadi)ni o'rganish jarayonida tasviriy ifodalar, iboralar, ma'nodosh, shakldosh, qara-ma-qarshi ma'noli so'zlarning ma'nolari turli ish turlari asosida tushuntirib boriladi. 1-sinf «Ona till» darsligida qalbi olov birikmasi berilgan, uni yonayotgan olov birik-masi bilan taqqoslang. Qaysi biri o'z ma'nosida qo'llanyapti? (Yonayotgan olov). Qaysi birikma boshqa ma'noda qo'llanyapti? (Qalbi olov). Yonayotgan olov birikmasi qanday ma'noni ifodalayapti? ... Biror ishni bajarishga ishtiyoqi, havasi kuchli, deb izoh beradilar.
Ko'rinadiki, taqqoslash usuli so'z ma'nolarini izohlashda samarali usul sanaladi. Quloch otib, tanbeh yedi, ko'zi o'ynar, qalbi olov, til topishdi, rohatini totdi birikmalarining ma'nosi ustida ham shu tarzda ishlanadi.
1 -sinf darsligida qizil yuzli bir pari, navqiron shahar, sen mehrning o'chog'i, sen oftobning uyisan, Bahor yam-yashil poyondoz yozdi, ko'klam bog'larga gul taqib chiqdi, karvon bo'lib kelamiz, chehrasiga tabassum yugurdi, oq bulutni yetaklab ketdi kabi badiiy-tasviriy til vositalari ustida ishlash o'quvchini zar bo'lmish tilni o'rnida qo'llovchi zargar bo'lishga undaydi.
3. O'quvchilar tilida kam qo'llanadigan so'zlar ma'nosi ustida ishlash. Adabiy tilga oid ba'zi so'zlar o'quvchilar nutqida kam qo'llanadi. Bu so'zning ma'nosini o'quvchi yetarli darajada tushunmaydi. Uning o'rnida oddiy so'zlashuvga doir, boshqa tillardan kirgan yoki shevaga oid so'zlarni qo'Uaydi. O'qituvchi ularni kitobiy so'zlar bilan almashtirish uchun nutqda qo'llashga majbur etadi-gan vaziyat yaratishi, ehtiyojni yuzaga keltirishi zarur. Masalan, Jim - tinch - osuda - osoyishta; yurakdan - dil-dan; soat strelkasi - soat millari; garmdori - qalampir; minut - daqiqa; rayon - tuman kabi.
So'zlarning qo'llanishini faollashtirish uchun yozma ishlar o'tkazilayotganda ham ayrim so'zlarni boshqasi bilan almashtirishga o'quvchilar e'tibori qaratiladi. Masalan, 1-sinfda rasmlar asosida og'zaki hikoya tuza-yotgan o'quvchilarning nutqi biri-biridan farqli bo'lishi, biri ikkinchisining so'zini qaytarmasligi talab qilinadi. Masalan, shirinsuxan so'zi o'rnida shirinso'z, tanbeh ber-di dashnom berdi, zilol suv — tiniq suv, kichik mo'jaz, tik — adl, nafls — nozik, ishbilarmon ishning ko'zini biladigan kabi. Bu o'quvchilarni keyingi sinflarda yozma bayon yozishga tayyorlaydi, ya'ni so'zlarni boshqasi bilan almashtirishga, kitobiy so'zlar tanlashga e'tibor berishga o'rgatadi.
Darsliklarda bola hissiyotiga ta'sir qiluvchi ko'chma ma'nodagi badiiy ifodalar ko'p qo'llangan, ular ustida maqsadga muvofiq ishlash o'quvchi nutqini jozibador qiladi, ularning nutqini adabiy tilga yaqinlashtiradi.
4. Yangi paydo bo'lgan so'z ma'nolari ustida ishlash. Bunday so'zlar darslikda kam qo'llanadi. Bunday so'zlarning bolalar hayoti bilan bog'liq bo'lganlarini ajra-tib olib, «Bilib qo'ygan yaxshi» rubrikasi ostida ishlansa, o'quvchining nutqi zamon bilan baravar rivojlanib boradi.
5. Grammatik atamalar ma'nosi bilan tanishtirish. Grammatik atamaning awalo to'g'ri talaffuzi, imlosi o'rgatiladi. Shundan so'ng misollar asosida uning maz-muni ochiladi. Qoidani o'qitish va mashqlar bajarish orqali atama ma'nosini to'laqonli anglashlariga erishiladi.
Lug'at ustida ishlashda quyidagi metodik usullardan foydalaniladi:
1. So'z ma'nolarini taqqoslash va ularni sharhlash. Bu usul ko'chma ma'noli so'z va iboralar, paronim so'zlar, shakli bir xil so'zlarning ma'nosi, imlosi, talaffuzini izohlashda qo'llaniladi: urish — urush: ikki kishining jan-jallashib qolishi — urish; ukki xalq, ikki davlat orasidagi jang — urush. Bu so'zlarning talaffuzi ham ikki xil.
2. So'zlarni kuzatish usuli orqali ularning imlosini, ma'nosini va talaffuzini o'rgatish. Bu usul o'zakdosh so'zlarni o'rganish jarayonida, ko'm-ko'k, oppoq, qip-qizil sifatlarining (qizil, oq, ko'k) ma'no nozikliklari, imlosi, talafTuzini o'rgatishda qo'llaniladi. Masalan: gul, guidon, gulchi, gulzor, gulli, guhiz, gulla so'zlarining tarkibini kuzatadilar. Bu so'zlar ma'nosidagi farqni izohlaydilar va tilning yangi so'zlar hisobiga boyib borishini anglay bosh-laydilar. Shunday o'rinda o'qituvchi so'zlarni o'z so'ziga aylantirish orqali aniq fikr yuritishga o'rganish o'quvchi-ning burchi ekanini aytishi lozim.
Kuzatish usuli shakllari o'zgarayotgan so'zlarning imlosini o'rgatishda ham qo'llaniladi: og4z + im og'zim, singil + im — singlim, и + ga — unga.
3. So'zlarni belgilariga ko'ra guruhlash usuli. Guruhlash — aqliy faoliyat usuli bo'lib, u ona tili mashg'ulotlarida o'quvchilarning so'z boyligini oshirishda muhimdir. Bu usul so'zlarni anglatayotgan ma'nosi, turkumi, yasalishi, imlosi, uyasi kabilarga ajratish imkoni-ni beradi. Guruhlash, kuzatish va taqqoslash usuli bilan bog'liq. So'zlarni guruhlash uchun avvalo ular kuzatiladi, so'ng taqqoslanadi. Bu jarayonda ularning o'xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Masalan, qavm-qarindoshlik bo'yicha guruhlash:
1. Ota urug'i: ota, amaki, amma, dada, oppoqdada, bobo, buvi, buva.
2. Ona urug'i: ona, xola, tog'a, oyi, bobo, buva, buvi. Sifatlarda: a) xususiyat bildiruvchi sifat: sho'x, og'ir,
bosiq, aqlli, aqlsiz, hayoli, hissiz, andishali, dangasa, tan-bal, ishchan, mehnatsevar va hokazo; b) ta'm bildiruvchi sifat: shirin, achchiq, nordon, taxir, sho'r, mazali, bemaza, chuchmal va h.
Guruhlash musobaqa tarzida uyushtirilishi mumkin.
Ma'lum bir guruhdagi so'zlar ro'yxatini tuzish ishini alfavit asosida yozdirish ham mumkin.
1. Bolalar o'yinlari nomining lug'atini tuzing.
2. O'zingiz bilgan shoir nomlari ro'yxatini tuzing.
3. Ertak nomlari ro'yxatini tuzing.
4. Joy nomlari ro'yxatini tuzing.
5. Ohangdosh so'zlar ro'yxatini tuzing.
6. Ma'nodosh so'zlar ro'yxatini tuzing.
Bular o'rganilayotgan mavzularga, mashq matnlariga bog'liq holda tashkil etiladi.
So'zlarning izohli lug'atini sinf va maktab miqyosida tuzib, ko'rgazmali qilib osib, umumiste'molga kiritish mumkin. Ona tili darsligi oxirida lug'atcha berilgan. Bu lug'atchadan o'quvchilar asosan so'zning imlosini o'rganib oladilar. Lug'atdan foydalanish yo'1-yo'riqlarini o'zlashtiradilar.



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish