MULKCHILIK MUNOSABATLARINING MOXIYATI VA IQTISODIY MAZMNI
2. MULK SUBEKTLARI VA OBEKTLARI 3. MULKCHILIKNING TURLI SHAKLLARI VA IQTISODIY MAZMUNI 4. O‘ZBEKISTONDA MULKNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIKARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH, MAQSADI, YO‘LLARI VA USULLARI I.Mulkchilik munosabatlarining mazmuni. Xar qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Mulkchilik munosabatlari jamiyatning asosiy negizi xisoblanadi. Mexnat orqali avloddan-avlodga o‘tgan boyliklar va tabiat in'om etgan boyliklar mulk bo‘lib kelgan.
Mulk egasi bo‘lish yoki bo‘lmaslikka qarab, kishilarning jamiyatdagi mavqyei, ularning sotsial maqomi yuzaga keldi.
Mulkiy munosabatlarga asoslanmagan iqtisodiyot bo‘lishi mumkin emas. Ishlab chiqarish resurslari xam bironta mulk bo‘lib xarakatga keladi. Yaratilgan maxsulotlar xam muayyan mulk doirasida o‘zlashtiriladi. Iqtisodiyot doimo mulkiy munosabatlarga asoslanadi.
-(«Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini (asosini) xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi». O‘z. Res. Kons. 53-modda).
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma'naviy ne'matlarni ishlab chiqarish, xamda jamiyat boyliklarini o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. Mulkchilik o‘zlashtirish borasidagi munosabat bo‘lar ekan, u egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishning yaxlitligini (birligini) takozo etadi.
Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari bu- mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Shu uch jixat mulkchilikning ajralmas unsurlaridir.
Egalik qilish bu- mulkdorlik xuquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy mantiqini ifodalaydi.
Ayrim xollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida (qo‘lida) saqlangan xolda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo‘lida bo‘ladi. Masalan: ijaraga berilgan mol-mulk.
Mulkdan foydalanish bu- mol-mulkning ig‘tisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy xayotda qo‘llanilishidir.
Foydalanish yuz berganda boylik daromad topish yoki shaxsiy extiyojlarni kondirish uchun ishlatiladi.
Tasarruf etish bu- mulk bo‘lgan boylik taqdirini mustaqil xal etish, ya'ni mulkni sotib yuborish, ijaraga berish, merosga qoldirish, asrab-avaylab kpaytirish yoki uni yo‘qotib yuborishdan iborat xatti-xarakatlarni amalga oshira bilishdir.
-Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni uning ajralmas uch jixati (egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish) belgilab beradi.
Mulkchilik jamiyatdagi xam xuquqiy, xam iqtisodiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Mulkchilikning xuquiy va iqtisodiy mazmuni o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda xam iqtisodiy, xam xuquqiy kategoriya xisoblanadi.
Bu birliqda, yuqorida ko‘rsatilganidek, xal kiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi.
Agar mulk iqtisodiy jixatdan ruyobga chiqarilmasa, ya'ni ishlab chiqqrishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u “xukukiy kategoriya” sifatida qoladi.
Mulkchilikni xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jixatdan ro‘yobga chikariladi.