Mavzu 8. Mehmonxonaning yordamchi bo’limlari
Reja:
1. Injenerlik xizmati.
2. Xavfsizlik xizmati.
3. Xarid qilish xizmati.
1. Injenerlik xizmati Zamonaviy mehmonxona murakkab injenerlik uskunalari bilan
jihozlangan (lift, konditsionerlar, issiqlik manbai, suv taminoti, kanalizatsiya, elektr energiya,
gaz uskunalari, kabel televideniye, kompyuterlar).Tabiiyki, mehmonxona barcha uskunalarni
tamirlash va xizmat ko‘rsatish maqsadida to‘liq shtatda injener-texnik ishchilarni saqlab tura
olmaydi.Odatda, ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi maxsus firmalar bilan shartnoma tuzadi.
Injenerlik xizmati unchalik katta bo‘lmagan shtatga ega (iloji boricha universal xodimlar
ishlaydilar, yani unchalik qiyin bo‘lmagan santexnik ishlar, elektr uskunalarni sozlash).
Injenerlik xizmati o‘z tarkibiga mebel, gilam tamirlovchilar, nomerlarga bo‘yash ishlarini olib
boruvchi bo‘yoqchilarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Bosh injenerlik xizmati suv, gaz, elektr
energiya sarfini ham nazorat qiladilar.Ular bajargan barcha ishlar maxsus ro‘yxatga olish
jurnaliga yuritiladi. Injenerlik xizmatining muhim vazifasi- yong‘in xavfsizligini
taminlashdir.Yong‘in mehmonxona biznesida ko‘p tarqalgan hodisadir. Yong‘inning asosiy
sabablari- chekuvchi mehmonlar, nosoz oshxona va elektr uskunalari, kaminlar, omborxonadagi
ximikatlar, chiqindilarni yoqish va boshqalar bo‘lishi mumkin. Yong‘in xavfsizligi tizimi
mehmonxonadagi barcha inshootlar yong‘in signalizatsiyasi tizimini, yong‘in o‘chirish
vositalarini, evakuatsiya vositalarini (yong‘in zinalari) va xodimlarni doimiy o‘qitish tadbirlarini
o‘z ichiga oladi. Barcha nomerlarni, yong‘in ro‘y berganda evakuatsiya qilish sxemasi bilan
taminlash zarur. Mehmonxonaning barcha xodimlari yong‘in paytida o‘zlarini qanday
tutishlarini bilishlari kerak. Yong‘in ro‘y berganda xodimning birinchi vazifasi yong‘in
signalizatsiyasi tugmasini bosishdir.Keyinchalik quyidagicha harakatlanadi: biri yong‘inni
o‘chiradi, boshqalari mehmonlarni evakuatsiya qilishadi. Nima bo‘lganda ham sarosimaga
tushmasdan tinchlikni saqlash zarur. Yugurib borish, liftdan foydalanish mumkin
emas.Zinalardan harakatlanish kerak.Evakuatsiya yo‘li yopiq bo‘lsa (yong‘in bilan ),eshikni
yopib, unga nam odeyalni osib, derazadan yong‘in o‘chirish xodimlariga signal berishi zarur.
115 2. Xavfsizlik xizmati Xavfsizlik xizmati—mehmonlar, ularning mulklari, mehmonxona
mulklarini kriminal elementlardan himoyalash maqsadida tuziladi.Bu yerda mehmonxona mulki
deganda uning obro‘si ham tushuniladi. Mehmonxonalarda hamma vaqt bo‘masada, katta
jinoyatlar sodir bo‘ladi. Masalan, 1974 yilda 5 yulduzli motelda mashhur amerika estrada
qo‘shiqchisi Koni Frenshizga tajovuz qilishgan. Qo‘shiqchining advokatlari mehmonxonada
zaruriy xavfsizlik taminlamaganligi uchun motelga nisbatan 6 mln. dollarlik shikoyat
xati(isk)yozadilar. Nizo 1.5 mln dollarga qo‘shiqchi foydasiga hal bo‘ladi. Mehmonxonada eng
ko‘p uchraydigan jinoyat bu o‘g‘rilikdir.Bazida shunday mijozlar uchraydiki, mehmonxonadan
ketayotganlarida u yerdan sochiq, joyshablarni ham olishadi, lekin ko‘pincha esdalik uchun
suvenirlar (kuldon) bilan cheklanadilar.Sochiqlar, xalatlar va shunga o‘xshash narsalarni
o‘g‘rilash sodir etilganda, mehmonxona bunday mehmonlarni “qora ro‘yxat ”ga , ishonchsiz
mijozlar safiga kiritadi. Bu ro‘yxatga yana norozilik bildirishga “usta” (jalobshik) mijozlar ham
kiritiladi.Ular mehmonxonadan pul undirish maqsadida atayin norozilik uyushtiradilar.
Xavfsizlik xizmatining asosiy vazifasi – jinoyatni ko‘rib chiqish emas, uni oldini olishdir.Bu
ayniqsa muhim, chunki bu xizmat xodimlari militsiya xodimlaridan farqli o‘laroq so‘roqqa
tutish, tintuv o‘tkazish huquqiga ega emaslar. Xavfsizlik xizmatining muvaffaqiyatli faoliyat
ko‘rsatishi uning boshqa xizmatlar bilan munosabatiga bog‘liq, ayniqsa, moliya departamenti va
kadrlar bo‘limi bilan . Xavfsizlik xizmatining nazorati moliyaviy nazorat bilan uyg‘unlashishi,
xodimlar bo‘limi bilan esa ishga qabul qilayotganlarni nazoratini hamkorlikda olib borishlari
kerak(kriminal o‘tmishli odamlar). Xavfsizlik xizmati mahalliy militsiya bo‘limi bilan yaxshi
munosabatda bo‘lishi muhimdir. Militsiyadan shubhali “mehmon”lar , kutilayotgan namoyishlar
yoki tartibsizliklar haqida malumot olish mumkin. Bular mehmonxona tinchligini buzadi. Lekin
bunday hamkorlik juda ham chuqurlashmasligi kerak(mehmon haqida har xil malumotlarni
yetkazmaslik, qonunga ko‘rsatilganidan tashqari).Ushbu organlarga maxsus operatsiyalar
o‘tkazish uchun joy ajratib berish tavsiya etilmaydi. Bu mehmonxona obro‘siga zarar yetkazishi
mumkin. 116 Xavfsizlik xizmati –mehmonxona xavfsizligi tizimi loyihasini ishlab chiqadi va
ushbu loyiha boshqa xizmatlar rahbariyati muhokamasidan o‘tganidan so‘ng bosh direktor
tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu hujjat xavfsizlikning barcha tomonlarini qamrab oladi: xavfsizlik
xizmatining vazifalari, boshqa xizmatlar bilan o‘zaro munosabati, xavfsizlikni taminlash texnik
vositalari tizimi, favqulodda holatlarda xodimlarning harakatlari. Agar otel yirik mehmonxonalar
zanjiriga kirsa, unda xavfsizlik tizimini tashkil etish franshiz kelishuvning bir qismi bo‘ladi:
franshiza beruvchi franshiza oluvchini qo‘llanmalar(instruksiya) bilan taminlaydi, kadrlarni
o‘qitadi. Xavfsizlik xizmatining tarkibi unchalik katta emas: 500 nomerli mehmonxonaga 10
kishi to‘g‘ri keladi. Shtatda ayollar ham ishlashi maqsadga muvofiqdir. Jabrlanuvchi mijoz ayol
kishi bo‘lsa, unga ayol kishi bilan suhbatlashish osonroq bo‘ladi. Xavfsizlik xizmatining ideal
xodimi – bu bosiq, o‘zini tuta oladigan va ruhan barqaror inson bo‘lishi kerak. Ko‘pincha bu
xizmatga sobiq organ xodimlarini olishadi.Lekin har doim ham ular mehmonxona
instruksiyalariga rioya qilishmaydi(ayniqsa, mehmonlar bilan munosabatda ularga muloyimlik
yetishmaydi). Ular mehmonxonada armiya tartibi yo‘qligiga ko‘nikishlari qiyin bo‘ladi. Bazida
xavfsizlik xizmatiga shveysarlar va pajlar ham bo‘ysunadilar. Xavfsizlik xizmati xodimlari ishga
qabul qilinayotganda mehmonxonadaning bo‘limlari, huquq va majburiyatlari, tibbiy yordam
ko‘rsatish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar bo‘yicha o‘quv kursini o‘taydilar.Shuningdek,
tekshiruv hisobotini tuzishni o‘rganadilar. Xavfsizlik xizmati xodimlari mehmonxona faoliyati
va ularning ishlariga taaluqli barcha qonunlarni bilishlari shart. Xavfsizlik xizmati albatta,
o‘zining xonasi, alohida yechinish xonasi va hujjatlar saqlash, tekshiruv hisobotini tuzish uchun
alohida xonaga ega bo‘lishi kerak. Xavfsizlik xizmati rahbarining kabineti mijoz ko‘ziga
tashlanmasligi, shuning bilan birga zarur bo‘lganda mijoz uni izlab borganda ham oson topishi
kerak. Xavfsizlik xizmati xodimlari ish smenalarini boshqa xodimlar smenasi bilan bir vaqtda
almashtirmasliklari kerak. Chunki aynan smena almashayotganda yuqori darajali hushyorlik
talab etiladi. 3. Xarid qilish xizmati 117 Mehmonxona xarid xizmatining asosiy vazifasi- kerakli
tovarlarni kerakli vaqtda va oqilona narxda sotib olishdir. Mehmonxonadagi zaxira quvvati ham
hisobga olinishi zarur, chunki zaxiraga saqlash ham pul turadi va ba’zi tovarlar uzoq
saqlanganda buziladi. Mehmonxona ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan zaruriy tovarlar quyidagi
guruhlarga bo‘linadi: 1. oziq-ovqatlar(muzlatilgan, konservalangan,quritilgan, ho‘l); 2.
ichimliklar; 3. uskunalar va mebel(ishdan chiqishi va eskirishiga qarab), idish-tovoqlar,
joyshablar; 4. boshqa materiallar(nomer va jamoat joylarini tozalash uchun kerakli mahsulotlar).
Ta’minotchilarni tanlashda menejerlar quyidagilarga e’tibor berishlari shart: - Ta’minotchi
obro‘si: - Tovar sifati va narxi; - Xarid hajmi; - To‘lov shartlari(oldindan to‘lovsiz (predoplata)
kreditga bo‘lsa yaxshiroq); - Xarid qilingan tovarga servis xizmat(uskunalar uchun); - Olib
kelish bahosi, ta’minotchigacha bo‘lgan masofa. Xarid qilish bo‘limi ko‘pgina hollarda
ta’minotchilar bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzishadi(ba’zida tender o‘tkazishadi). Uzoq
muddatli shartnomalar chegirmalar olishga , ishning osonlashishiga yordam beradi( zaklyuchil
kontrakt na god i spi spokoyno). Lekin bunday xaridlar usulining kamchiligi ham bor. Ta’minot
hajmining davriyligi shartnomaga belgilangan bo‘ladi. Agar mehmonxonaning to‘lish hajmi
pasaysa, ushbu tovarlar ortib qoladi va aksincha bo‘lganda tovarlar yetmay qolishi mumkin.
Yana yetkazib berilayotgan tovarlarning sifati keyinchalik qoniqtirmasligi mumkin, shartnomani
esa buzish jarayoni oson kechmaydi.Yoki bozorda tovar narxi pasayishi, mehmonxona esa
shartnomaga belgilangan narxni to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Ko‘pgina xaridlar chakana savdolar
orqali amalga oshiriladi. Lekin buning ham o‘ziga xos kamchilaiklari bor, kerakli tovarlar
bozorda topilmay qolishi mumkin.Ulgurji savdoda mehmonxona vino, spirtli ichimliklar, pivo,
tamaki mahsulotlari va go‘shtni sotib oladi. 118 Agar otel mehmonxonalar zanjiriga kirsa zaruriy
tovarlarning aksariyatini ushbu zanjirning neytrallashgan tizimi orqali oladi. Ushbu tizim
ta’minotni amalga oshiradigan markazlashgan omborxonalarga ega. Tizimning malakali
xodimlari xarid qilinayotgan tovarlarning sifatli bo‘lishini ta’minlashlari kerak. Xaridlar
quyidagicha tartibda amalga oshiriladi: 1. Mehmonxonaning barcha bo‘limi xarid bo‘limiga
talabnoma beradi. Uning shakli har xil bo‘lishi mumkin, lekin hammasi ham detallashgan
bo‘ladi- tovarning hajmi, og‘irligi, taminotchi davlat,miqdori va eng asosiysi muddati kelishib
olinadi. 2. Xaridlar bo‘limi menejeri kelib tushgan talabnomalar xususiyatiga qarab,
ta’minotchilar takliflarini ko‘rib chiqib(narx, chegirmalar, to‘lov vositasi va b.), yaxshisini
tanlaydi va buyurtmani rasmiylashtiradi. 3. Buyurtmaga asosan yetib kelgan tovarni
tekshirishadi, ro‘yxatdan o‘tkazishadi, yaroqsizini qaytarishadi. 4. Ta’minotchilardan kelgan
schyot-fakturani tekshirishadi, ro‘yxatga olib, moliya bo‘limiga to‘lov uchun jo‘natishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |