Mavzu: Kishilik olmoshlarining gap bo’laklari vazifasida qo’llanilishi
Kishilik olmoshlari gapda turli gap bo’laklari vazifasini bajaradi: Bundan chiqdiki, bizning axvolimizni sen o’zimizdan yaxshiroq bilar ekansan , bundan chiqdi ,bizni u yerga olib boradigan yo’lni ham sen bilasan.Bu misolda kishilik olmoshlari kesim vazifasida ham qo’llanilgan.
Kishilik olmoshlari gapda ega vazifasida ham keladi:Keksa otalarimiz Fitrat bobomiz nomlarini tez-tez tilga olishadi.
Kishilik olmoshi
Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar kishilik olmoshlari hisoblanadi.So‘zlovchi birinchi shaxs, tinglovchi ikkinchi shaxs, nutqdan tashqari barcha shaxs, narsa, voqea-hodisalar o‘zga, ya’ni uchinchi shaxs sifatida qaraladi.Men, biz birinchi shaxs, sen, siz ikkinchi shaxs, u, ular uchinchi shaxs kishilik olmoshlari hisoblanadi. Bulardan men, sen, u birlik, biz, siz (lar), ular ko‘plik ma’nosini bildiradi. Ba’zan biz, siz, ular birlik ma’nosida ham qo‘llaniladi.
Biz birlik ma’nosida qo‘llanganda kamtarlik, bajargan ishida o‘zini ta’kidlamaslik ma’nosini bildiradi. Masalan: Mening uyim o‘rniga Bizning uyimiz. Men g‘olib chiqdim o‘rniga Biz g‘olib chiqdik.
Shuningdek, siz, ular yakka shaxsga ishora qilib, hurmat ma’nosini ham bildiradi. Masalan: Sen kelding o‘rniga Siz keldingiz, U keldi o‘rniga Ular keldilar. Sizhurmat ma’nosini bildirganda, ko‘pincha ko‘plik ma’nosini ifodalash uchun unga -lar qo‘shimchasi qo‘shiladi.
.
ga unga
U da unda
dan undan
HURMATLI DO‘STIM KOMIL!
Sen yozgan xatni oldim. Sog‘lig‘ing va o‘qishlaringning yaxshiligini bilib xursand bo‘ldim.Men senga Navro‘z bayramini qanday o‘tkazganimiz haqida yozmoqchiman. Biz bayramni tabiatqo‘ynida nishonladik. Men bayramda bahor haqida she’r aytdim. 3-sinf o‘quvchilari biz bilan gullar haqida aytishuv qildilar.Qizlar tayyorlagan milliy taomlari bilan qatnashdilar. O‘g‘il bolalar varrak uchirish musobaqasini o‘tkazdilar.
Salom bilan Shuhrat.
Xat matnini qismlarga ajrating. Har bir qismda nimalarga e’tibor berilganiga diqqat qiling.
Chiziqchalar o‘rniga kishilik olmoshlarini
qo‘yib, gaplarni o‘qing va yozing.
1. Yaxshilik tilayman odamga,
U ____ (I sh., birl., t. k.) tanitgan olamga.
Parvarish, xizmatin oqlay deb,
Imlayman huzurbaxsh soyamga.
(E. Majidov)
2. Ana shu qishloqda Shoir, Mohir va O‘roq ismli tengqur bolalar yashar ekanlar. ____ (III sh.,ko‘p., b. k.) faqat tengqurgina emas, oralaridan qil ham o‘tmaydigan qalin do‘st ekanlar.
(Oqiljon Husanov)
3. Beshta o‘g‘il-qizlarim bor. ____ (II sh. birl.,b. k.) oltinchisi bo‘lasan.
(Parda Tursun)
Tabriknomani o‘qing. Namuna asosida o‘rtog‘ingizga tabriknoma yozing. Siz olmoshi nima uchun bosh harf bilan yozilgan? Kimlarga sen, kimlarga siz deb murojaat qilasiz? Misollar yozing.
Uyga vazifa:Rasm asosida „Assalom, Navro‘z“ mavzusida insho yozing. Unda quyidagi so‘zlardan foydalaning: an’ana, milliy libos, xalq sayli, sumalak.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |