Mavzu. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini baholash
Reja
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida eksportning hozirgi holati va tahlili
2. Eksportyor korxonalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi.
3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni rag’batlantirish
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida eksportning hozirgi holati va tahlili
Eksport diversifikasiyasi, ya’ni xorijga sotilayotgan tovar va xiz-matlar nomenklaturasining kengayishi, jami eksportda alohida tovar yoki xizmat turi (ayniqsa, xomashyo) ulushining katta bo’lishiga barham beri-lishi, mahsulotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiyasini kengaytirish eksport hajmining barqaror bo’lishini ta’minlaydi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o’zarishlarga ta’sirchanligi darajasini pasaytiradi.
Prezidentimiz tomonidan ma’ruzada ilgari surilgan tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport hajmini barqaror o’stirish, tashqi bozordagi o’zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi.
Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining
raqobatbardoshligini taʼminlashda quyidagi chora-tadbirlarning
amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi:
- eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish
xarajatlarini kamaytirishda koʻmaklashish;
- ularni tashqi bozor konʼyunkturasidagi oʻzgarishlar, istiqbolli
bozorlar, raqobatchilar toʻgʻrisida olib borilgan tadqiqotlar
natijalari bilan tanishtirish;
- transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish;
- yangi transport yoʻlaklarini ochish orqali transport
xarajatlarini kamaytirish va h.k.
2. Eksportyor korxonalarning davlat tomonidan qo’llabquvvatlanishi.
Keyingi yillarda Jahon bozorlariga chiqish imkoniyatini yanada kengaytirish uchun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli iqtisodiy islohotlar natijasida nafaqat import o’rnini bosuvchi, balki eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ham tobora ortmoqda. Bu, tabiiyki, uni xorijga chiqarish tizimini takomillashtirishni talab etadi. Prezidentimizning 2013 yil 8 avgustdagi “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo’llab-quvvatlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori aynan shu maqsadga yo’naltirilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur hujjat asosida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tashkil etilgani bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirishga xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov bu yo’nalishga alohida e’tiborni qaratgani bejiz emas. Qo’shma korxonalarni tashkil etish to’g’risida Farmon va Qonunlarda belgilab qo’yilgan. Ularda belgilanganidek, tuzilgan Qo’shma Korxonalar, 5 yilga foyda solig’idan ozod qilinadi. Agar chiqarilayotgan mahsulot va tovarlar strategik ahamiyatga ega bo’lsa, Vazirlik ruxsati bilan yana 2 yilga foyda solig’idan ozod qilinadi. Strategik ahamiyatga molik qo’shma korxonalar esa 7 yilga soliqdan ozod qilinishi qonun yo’li bilan himoyalangan. Agar respublikamizda 2014 yil oxiri ma’lumotiga ko’ra 4500 ta Qo’shma korxona faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa, shundan Samarqand viloyatida 127 tadir.
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag’batlantirish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyati uchun katta erkinliklar berish va ularni tashkil etishning mavjud tartibotini soddalashtirishga qaratilgan. Qonun loyihasida tadbirkorlik subyektining haqligi prezumpsiyasi to’g’risida alohida norma kiritilgan bo’lib, unga ko’ra tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin qilinadi, bu esa ularning qonuniy huquqlari va manfaatlarini yanada ko’proq va ishonchliroq himoya qilish imkonini beradi. Ta’kidlash joizki, yurtimizda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi eksport salohiyatini oshirish, jumladan, mahalliy tadbirkorlarning xorij bozorlariga dadil kirib borishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zarur hollarda ko’mak berilmoqda. Xususan, Jamg’armaning Jizzax filiali faoliyati misolida olsak, 2013 yilning yanvar-fevral oylarida 30 ga yaqin kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ko’rsatilgan huquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar tufayli ular 3,6 million AQSh dollarilik mahsulotlarini chet ellik buyurtmachilarga sotishga muvaffaq bo’ldilar. Yaqinda esa “Kapyers-Agro-Syervis”, “Tabiiy Qazilma”, “Didosa paint“ va “Maxsus Ta`minot Konserva” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari rahbarlari ham filialga murojaat qilib, o’zaro bitimni imzolagan holda, korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilish uchun tijorat takliflarini berishdi. Muxtasar aytganda, bizni mamlakatda avvalo, ishlab chiqaruvchilar yordamida ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan boyitish, ortganini esa eksportga chiqarish borasida rejali asosda faoliyat yuritilmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad esa aniq: iqtisodiyotimizni yanada yuksaltirish orqali O’zbekistonni dunyo ahliga etakchi eksportchi davlat sifatida tanitishdan iborat. Eksport taraqqiyotimiz ko’zgusidir. Tashqi savdo aylanmasi, xususan, eksportning geografik tarkibida MDH mamlakatlarining ulushi 2009 yil yakunlariga ko’ra, 33,9 foizni tashkil yetdi. 2009 yilda mamlaktimiz korxonalari eksportining 21,0 foizi Rossiya Federasiyasi, 7,2 foizi Ukraina, 6,2 foizi Qozog’iston hissasiga to’g’ri keldi. Uzoq xorij davlatlariga qilingan eksportning jami eksportdagi ulushi 2008 yilda 65,8 foiz, 2009 yilda yesa 66,7 foizni tashkil yetdi. Bu mamlakatlar bo’yicha mamlakatimiz eksportining difersifikasiyalashuv darajasi nisbatan chuqurroq bo’lib, 2009 yil ma’lumotlariga ko’ra faqat Xitoy (9,7%), Shvesariya (7,9%), Afg’oniston (3,3%), Turkiya (3,2%), Yeron (2,7%), Germaniya (2,2%), AQSh (1,7%) ning mamlakatimiz eksportidagi ulushi 1 foizdan yuqoridir.
Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, yoki ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin bo’lgan mahsulotlarga talabni o’rganish, bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi:
- eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajatlarini kamaytirishda ko’maklashish;
- ularni tashqi bozor kon’yunkturasidagi o’zgarishlar, istiqbolli bozorlar, raqobatchilar to’g’risida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish;
- transport-kommunikasiya tizimlarini rivojlantirish;
- yangi transport yo’laklarini ochish orqali transport xarajatlarini kamaytirish va h.k. Bu borada har bir tarmoq uchun ishlab chiqilishi ko’zda tutilayotgan 2010-2012 yilga mo’ljallangan tayyor mahsulotni yangi tashqi bozorlarga chiqarish bo’yicha maxsus dasturlarda eksport hajmini oshirish, eksport qilinadigan yuklarni tashish tizimini takomillashtirish, eksportchi korxonalarni marketing, moliya va tashkiliy-huquqiy qo’llab-quvvatlash masalalari o’z aksini topadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, eksport hajmini oshirish, uning tarkibini takomillashtirish, umuman tashqi savdo aylanmasini divesifikasiya qilish iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishida sifat o’zgarishlariga yerishish, uning raqobatbardoshligini oshirish orqali iqtisodiy yuksalish va aholi turmush farovonligini yanada ko’tarish maqsadlariga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |