Mavzu. Jamiyat falsafasi va inson borlig’i ma’ruza rejasi



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/65
Sana10.04.2022
Hajmi0,98 Mb.
#541194
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
маьруза матни




MAVZU. JAMIYAT FALSAFASI VA INSON BORLIG’I 
 
Ma’ruza rejasi: 
1.Jamiyatning falsafiy tahlili. 
2.Tarix falsafasining tuzilishi va funksiyalari. 
3.Madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari va o’zaro aloqadorligi. 
4. Inson haqidagi falsafiy fikrlar dinamikasi.
5. Ong falsafasi. Ong strukturasi va funksiyalari. 
6. Inson hayotining maqsadi va vazifalari. 
 
 
1.Jamiyatning falsafiy tahlili. 
Jamiyat nima? Insoniyat azal-azaldan jamoa bo'lib yashaydi . Yer saierasi uning abadii 
makoni, umumiy Vatanidir. Kuyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar 
oilasini jamiyat deb atash odattusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma'noda jamiyat 
odamzodning umri, hayoti o'tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog'liq barcha o'zgarish va 
jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti. sivi- 
lizatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo'llanadi. Har 
qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo'lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat a'zosi deb 
ataladi. Jamiyat — tabiatning bir qismi. ya'ni ijtimoiy borliq bo'lib, odamlar uyushmasining 
maxsus shakli, kishilar o'rtasida amal qiladigan juda ko'plab munosabatlar yig'indisi, degan 
turlicha ta'riflar ham bor.
Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har 
bir yangi davrda jamiyat mo- hiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustakdllik tufayli 
jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo'ldi. Prezident Islom Karimovning 
qator asarlarida jamiyat mohiyati- ni yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi. Jamiyat 
moddiy va ma'naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma'naviy 
hayot bir-biridan keskin farklanar edi. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi 
inson moxdyati bilan uzviy bog'liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo'lmagani 
singari, jamiyatning moddiy va ma'naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning 
biriniikkinchisidan ustun qo'yish mantiqqa ziddir. Prezident Islom Karimov asarlarida 
jamiyatning moddiy va ma'naviy manfaatlarini uyg'unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekani 
ta'kidlan- gan. Inson ma'naviyatini yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish 
mumkin. Shuning uchun ham hozirgi davrda aholi ma'naviyatini yuksaltirishga, milliy g'oya va 
mafkura asoslarini shakllantirishga katga e'tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan 
qashshoq bo'lgani uchun ilmsiz bo'lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz bo'lgani uchun 
qashshoqbo'ladi. Shuning uchun yurtimizda xalq ma'naviyatini yuksaltirish orqali iqtisodiy 
farovonlikni ta'minlashga katta e'tibor berilyapti. Kishilarni oila bo'lib, jamoa bo'lib Jamiyat 
genezisi uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanoq ulug' 
mutafakkirlar e'tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish uni ilohiy kuch, Xudo bilan 
bog'lab izoxdashdir. Dunyoviy qarashlarga ko'ra, odamlar o'zlarining moddiy va ma'naviy 
ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo'lib birlashishga ko'nikkan. Kishilar 
hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo'lib yashashning qulay, afzal va zarurli- gini 
tushungan. Bu jarayonda o'zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni 
takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma'naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri 
bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini bergan. Kishilik 
jamiyatining paydo bo'lishi to'g'risida turlicha ilmiy farazlar ilgari surilgan. Markaziy Osiyodan 
yetishib chiqqan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkirlar kishilik jamiyati 
paydo bulishi sabablarini insonning boshqa mavjudotlarga nisbatan ojizligi, birdamlik hissining 
rivojlachganligi bilan izox^aganlar. I. Kant jamiyatning vujudga kelishini axloqning shakllanishi 
bilan izoxlagan. Keyinchalik 3. Freyd bu g'oyani rivojlantirib, kishilik jamiyatining paydo 
bo'lishida axloqiy tabu muhim rol` o'ynaganligini asoslashga harakat qilgan. Gegel` esa insoniyat 
jaiyatini vujudga kelishi mutlaqruhtaraqqiyotining mahsuli, deb hisoblaydi. Sobiq mehnatkash 



xalq tarixning haqiqiy ijodkoridir. Marksizm ta'limotida kishilik jamiyatining paydo bo'lishida 
mehnat hal qiluvchi rol` o'ynagan, insoniyat tarixi ma'lum ma'noda meh- nat qurollarining 
takomillashuvi tarixidan boshqa narsa emas, degan qarashlar mavjud. Tarixiy tajriba. ijtimoiy 
amaliyot bunday qarashlar bir yoqlama va xato ekanligini ko'rsatdi. Aslida ma'naviyat (ruhiy 
olam, ong, tafakkur, axloq, imon, fan va h.k.) tufayli insoniyatning eng qadimgi ajdodlari aniqo'z 
xatti-hara- katlari, xulq-atvorini tartibga solgan, oila kishilik jamiyati paydo bo'lishiga birlamchi 
asoslaridan biri bo'lgan. Ong va tafakkurning rivojlanishi bilan inson meqnat kurollari yaratish, 
moddiy ne'matlar ishlab chiqish va tabiatga qaramlikdan qutilish imkoniyatiga ega bo'lgan. 
Yuksak ma'naviyat tufayli insonning mehnat faoliyati ijtimoiy faolligi bunyodkorlik va yaxshilik 
uchun xizmat qilgan. Aksincha, ma'naviy qashshoqlik, ilmsizlik, mutaassiblik chuqurlashgan 
davrda ijtimoiy adolatsizlik kuchaygan. Shu tufayli demokratik taraqqiyot yo'lini tanlagan 
mamlakat va xalkdar iqtisodiy va siyosiy erkinligi sharoitida yuksak ma'naviyatning 
yuksalishiga, ilm-fan, san'at, axloq, din va huquqni rivojlantirishga katta e'tibor berganlar. 
Manfaat va maqsadlar to'qnashuvi, iqtisodiy, siyosiy, g'oyaviy maqsadlardagi tafovutlar har 
qanday jamiyat taraqqiyoti uchun xos bo'lgan xususiyatlardandir. Biroq, ijtimoiy ziddiyatlarni 
sun'iy ravishda kuchaytirish qan- chalik zararli bo'lgani singari, ularni zo'ravonlik bilan yo'q 
qilish, jamiyatda soxta ziddiyatsizlik holatini yaratishga urinish ham shunchalik 
xavflidir.'Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy 
shakllari — oila, davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar o'rtasida amal 
qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, iqti- sodiy, mafkuraviy kabi munosabatlarning 
barchasi bir so'z bilan ijtimoiy munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy 
va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat 
mavjudligining zarur sharti hisob- lanadi. Masalan, oila, davlat, ta'lim-tarbiya, mahalla, Vatan 
kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o'z mohiyatini yo'qotadi. Jamiyatning modtsiy Insonning 
moddiy ehtiyojlari oziq-ov- va ma'naviy hayoti qatlaR’ kiyim-kechak, ui-joi, transport vositalari, 
o'zini himoyalash, zurriyot qoldi rish kabilardan iboratdir..Ma'naviy ehtiyojlarga olamni bilish, 
o'zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san'at, g'oya, mafkura, go'zallik 
bilan, ma'naviy kamolot yo'lidagi intilishlar kiradi. ^nsonning asl mohiyati moddiy ehtiyojlarni 
madaniy shakllarda qondirishida yaqqol namoyon bo'ladi. Inson akd- li mavjudot sifatida 
moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, 
moddiy va ma'naviy olamni uyg'unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o'z maq- sadlariga mos 
ravishda o'zgartirishga harakat qiladi. Ilm-fan va texnika insonning ma'naviy va moddiy 
ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi. Inson yuksak ma'naviyat 
tufayligina o'z ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to'laroq qondirish imkoniga ega 
bo'ladi. Mamlakatimizda ma'naviyat masalalariga alohida e'tibor berilayotganining sababi ham 
ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma'naviy hayoti kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlari 
bilan uzviy bog'liq holda vujudga keldi., Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi: — 
kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo'lgan iqtisodiy shart-sharoitlar; 
— oziq-ovqat, kiyim-kechak, turarjoy, yoqilg'i, kommunikatsiya vositalari; — moddiy ne'matlar 
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish; — ishlab chiqarish jarayonida 
kishilar o'rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; — moddiy boyliklar, tabiiy 
zaxiralar.
Jamiyatning ma'naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to'g'risidagi qarashlar, 
nazariyalar, ta'limotlar, g'oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta'lim-tarbiya, axborot 
vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi. 'Jamiyatning moddiy va 
ma'naviy hayotini boshqarish, kishilar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy 
institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o'rin tutadi.-Jamiyatni 
boshqarishning siyosiy-huquqiy ji- hatlari ham muhimdir.* Kishilar tomonidan siyosiy va 
huquqiy bilimlarning chuqur o'zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida 
muhim ahamiyat kasb etadi.) Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlari 
qondirilishida mehnat, mulk va mehnatning ijtimoiy aqsimla- nishi beqiyos ahamiyatga ega/ 
Mehnatni kishilarning qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor 



bilan shug'ullanadigan toifalar, guruh, qatlam va sinflar vujudga keladi va ular jamiyat 
strukturasida o'ziga xos o'rin egallaydi, jamiyat taraqqiyotiga muayyan yicca qo'shadi. Jamiyat 
taraqqiyoti Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning gglgtshmpshmpatshj mohiyati va 
rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis failasufi G. Gegel` jamiyatning 
shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, J1. Feyerbax din bilan 
bog'lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Frantsuz mutafakkiri 
O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma'naviy taraqqiyotining uch bosqichi 
(teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks jamiyatning rivojlanish 
sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o'zgarishlar bilan bog'lagan, barcha ijtimoiy hodisa va 
jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun'iy ravishda 
mutlanutashtirgan va ziddiyatlarni \al etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga 
oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday nazariyaning bir 
yok^ama ekanini ko'rsatdi. Jamiyat taraqqiyoti ko'p bosqichli jarayon ekani to'g'risidagi 
qarashlar AQSH faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko'ra, 
jamiyatlar taraqqiyotiga binoan agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga 
ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizatsiyali yondashuv g'oyasi ilgari 
surilmoqda. Bunday yondashuvga ko'ra, har bir xalq o'zining betakror, noyob, o'ziga xos va 
o'ziga mos turmush tarzini sakdab qolgan holda, boshqa xalkdar tajribalaridan ijodiy foydalanish 
orqali ijtimoiy taraqqiyotning o'ziga xos modelini yaratadi. Turli tarixiy davrlarda jamiyat 
taraqqiyotining mezoni masalasi falsafa fanida muhim muammolardan biri bo'lgan. Hozirgi 
zamon Yevropa falsafasining ilg'or namoyandalari shaxs erkinligi darajasining o'sib borishi 
jamiyat rivojlanishining muhim ko'rsat- kichi, o'lchovi deb hisoblamoqdalar. Jamiyatdagi har 
qanday o'zga rishlar inson ehtiyojlari doirasining kengayib borishi bilan bog'liqdir. Maqsadsiz 
odam bo'lmagani sababli har qanday jamiyat ham o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib, istiqbolda 
erishishi lozim bo'lgan maqsad va vazifalarni belgilaydi. Uning maqsad va muddao- lari 
davlatlarning Konstitutsiyasida, qonunlarida, ichki va tashki siyosatida o'z ifodasini topadi. Har 
qanday jamiyat muayyan bosqichda o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish imkoniyatlaridan 
to'liq foydalanib bo'lgach, muqarrar ravishda umumiy inqirozga duch keladi. Shu paytgacha 
ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlagan g'oyalar tizimi keyingi rivojlanish yo'lida tusiq bo'ladi. Bu 
g'oyaviy-ma'naviy inqiroz jamiyatning boshqa yo'nalishlarida ham tanazzulni vujudga keltiradi. 
Shuning uchun g'oyaviy tizimlarning dogmaga aylanishiga yo'l qo'ymaslik ijtimoiy 
taraqqiyotning asosiy omillaridan biridir. Prezident I.A. Karimov ta'kidlaganidek, xalqimiz 
ma'naviyatini yuksaltirish, uning siyosiy va huquqiy madaniyatini rivojlantirish mamlakatimizda 
ochiq va erkin demokratik jamiyat barpo etishning muhim shartidir. Zero, ma'naviy qashshoq 
kishilar o'z kuchi va qobiliyatiga ishonchsizlik bilan qaraydilar, mutelik va qaramlikka moyil 
bo'ladilar. Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o'z oldiga qo'ygan 
maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo'lgani kabi jamiyat ham o'z 
oldiga qo'ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi. 
Demokratik jamiyatni barpo etish - O'zbek jamiyat kiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Bu 
jamiyat kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga asoslanadigan demokratik 
taraqqiyotning yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko'p qirrali aloqasi 
bo'lib, davlat qonunlarini hurmat qilib bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning 
nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi. turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o'zaro kelishuv, 
sabr-toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir. Demokratik jamiyat 
umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o'ziga xos turmush tarzi va hayot 
falsafasi negizida qaror topadi. O'zbekiston milliy mustaqilligining dastlabki yillaridanoq 
shunday jamiyat asoslarini barpo etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. Demokratik jamiyatda 
davlatning qator vazifalari fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish organlari qo'liga o'ta boshlaydi, 
mahalliy hokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Bunday jamiyat asoslarini barpo etish 
kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati. ijtimoiy-siyosiy faolligiga tayanadi. 
Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining 
kuchaytirilishi xalqimizning o'z-o'zini boshqarish, idora etish madaniyatini shakllantirishda 



muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarni kamol toptirish, o'z-
o'zini bosh- qarish, demokratik qadriyatlarni ro'yobga chiqarish maktabidir.
Yurtimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab 
etadi. O'z navbatida, ma'naviy yetuk avlod jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shadi. 
Shunday yetuk kishilarni tarbiyalashda jamiyat to'g'risidagi falsafiy bilim va qarashlarni 
o'zlashtirish va hayotga tatbiq etish alohida ahamiyatga egadir. 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish