Mavzu: hayot betakror ne`mat



Download 0,73 Mb.
Sana05.07.2022
Hajmi0,73 Mb.
#741753
Bog'liq
HAYOT QADRI YOHUD CHUNKI BU HAYOT


mAVZU: HAYOT BEtakror ne`mat
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: Hayot betakror ne`mat haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy: “Muvofaqqiyat sa’y-harakatda” shiori orqali o’quvchilarni iqtidorlarini ro’yobga chiqarish, ularni ijodiy fikrlashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarnin ilg’or fikrlash yangi g’oyalar orqali ularning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
Tashkiliy qism.
O’tgan mavzu bo’yich savol-javob
10 daq
Yangi mavzu bayoni. Video rolik
5 daq 15 daq
Mavzuni mustahkamlash.
10 daq
Darsni yakunlash. O’quvchilarni baholash.
3 daq
Uyga vazifa
2 daq
Dars shiori:

“ Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir”


ABDULLA AVLONIY
Yangi mavzu bayoni
Hayot nima o'zi bu? kim menga to'liq javob beradi? Kim hayotni asl mohiyatini tushintirib bera oladi? Hayot bu ulkan tagiga yetib bo'lmas bahaybat sirdur. Hayotda qancha yashab hayotni o'rgandim deb o'ylasez shuncha hayotni tushunish qiyin ekanini bilasiz.
Hayot bu insonlarga sinov uchun ma'lum vaqtga belgilab berilgan umrdur. Hayotni har kim o'zicha tasavvur qiladi. Va har bir inson hayot yo'llarini turlicha bosib o'tadi. Kimdur oz muddat yashagan bo'lsa ham odamlarga yaxshilik qilib o'zidan hayotda nimadur qoldiradi va odamlar uni abadiy eslab yurishadi. Yana kimdurlar esa o'z hayotida hech kimga yaxshilik qilmay nom nishonsiz bu hayotdan o'tib ketadi. Bu degani inson hayoti qadri qancha yashagani bilan emas qilgan yaxshi amallari bilan qadrlanadi. Har kimni hayoti o'zi uchun qadrlidur.
Bir kuni DONISHMAND LUQMONU HAKIMDAN SO'RASHIBDI: Siz bunchalik donolikni qayerdan o'rganasiz va kimdan saboq olasiz deb? Shunda LUQMONU HAKIM JAVOB BERIBDI: Men hamma narsani hayotdan o'rganaman chunki hayot o'zi bir hikmatli muallim. Saboqni ham hayotdan olaman chunki hayotda hamma narsa bo'ladi men shularni kuzatib saboq chiqaraman. Men ming yil yashagan bo'lsam ham hayotni to'liq o'rganolmadim chunki hammani hayoti har hil. Ming yil yashagan bo'lsam ham hayotga to'ymagandekman men hali hayotni butunlay tushunolmadim. Bu savolizga hayotni butunlay o'rganib kegin to'lib javob beraman hozir bu savolizga to'liq javob bergani ojizlik qilman.Chunki hayot qanchalik uzun bo'lmasin ko'z yumib ochguncha o'tib ketadi deb javob bergan ekan.
Darhaqiqat odam umri qanchalik uzun bo'lmasin,shunchalik qisqadek. Kechagina endi endi qadam tashlayotgan bola edik. Bugun esa hayotni achchiq chuchigini totgan hayotni tushinishga va hayotda o'z o'rnini topishga urinayotgan odamlarmiz. Ertaga esa afsusku tobora umri payoniga yetadigan qariyalarga aylanamiz bu hayotimizning achchiq haqiqatlari va tabiat qonuni. Tug'ilish,o'lish, topish yo'qatish bu hayotning o'zgarmas haqiqatlari.
Nega hayot bunaqa chigal va murakkab? Kimdur yig'laydi, kimdur kuladi. Kimdur bahtini topadi, kimdur armonlarga ko'miladi ozrulari huddi shisha kabi chil chil sinadi. Kimdur yaxshilik qilsa, kimdur yomonlikni o'ylaydi. Kimdur do'stiga sevgisiga vafo qilsa, yana kimlardur dushmanlik qilib hiyonatni tanlaydi. O hayot nega yo'llaring buncha o'nqir cho'nqir? Nega senga haqiqat kam hayot? Nega sen buncha beshafqatsan hayot? Bu savollarga faqat bitta javob bo'lishi mumkun. Chunki bu hayot,chunki buni taqdir deydilar. Hayotni qanaqaligi esa o'ziz tushunasiz.
Ho'sh hayot mazmunli bo'lishi uchun, hayotda qoqilmaslik uchun, hayotda o'z o'rnimizi topishimiz uchun nima qilishimiz kerak? Bilasizmi meni hayotimda topgan o'z haqiqatlarim bor. Masalan: men jahlimni sabrim bilan yengaman. Men hayotda yomonliklarni yaxshilik bilan yengaman. Armonlarimni orzularim bilan bezayman. Ertangi kunimga umid qilib o'tgan kunimdan saboq chiqaraman. Eng muhimi bu hayotda faqat yashash uchun yashamiman. Men hayotda hamma narsani yurakdan qilaman. Har bir narsadan yaxshilik ahtaraman hamma narsani yaxshilikka yo'yaman. Bilasizmi yana nima. Bu hayotda erishgan muvofaqqatlaringiz bilan maqtanmang chunki maqtanish har bir esi pastni qo'lidan keladi. Agar maqtanmoqchi bo'lsangiz hayotda qiyinchiliklarni yenga bilishiz bilan maqtaning chunki qiyinchilikni yengish insondan donolikni talab etadi. Hullas bu hayotda topgan oddiy haqiqatlarim shulardan iborat. Eng muhimi bu hayotda yashash uchungina yashamang. Bu hayotda maqsad sari yetmoq, o'zizdan yaxshi nom qoldirish uchun yashang. Sizga bir marta beriladigan hayotiz bekor o'tmasin chunki hayot bu sizni eng qadrli narsangizdur. Hayotdan faqat yaxshilikni ahtaring shunda hayot ham sizga kulib boqadi. Shuni unutmang hayotda hamma narsa bo'ladi va hayotda katta hikmat bor. Sizga berilgan hayotizi ehtiyot qiling chunki siz albatta kimgadur yoki kimlargadur keraksiz.Hurmatli zamondosh sizningcha hayot nima? hayot qadri nima? Va bu hayotda topgan qanaqa haqiqatlariz bor? Qadri baland qadrdonlarim maqola haqida fikr mulohazalarizi izohlarda kutib qolaman hurmat bilan miranda_89.


Chunki bu hayot(she'r).
Boshingga dard kelsa yig'lama kuyib.
Ey do'stkinam dunyodan qoldingmi to'yib.
Goho nohaqlikka chidolmay savollarga ketaman ko'milib.
Chunki bu hayot, chunki taqdir.

Kim aytar o'zi hayot nima?
Kim aytar hayotni asl mahiyoti nima?
Hayot bunchalar beshavqatsan nega?
Chunki bu hayot,chunki bu taqdir.

Nohaqlikkni ko'rib jim turasan.
Men yig'lamasam sen kulib turasan.
Nega insonlarni o'z hukminga solasan?
Chunki bu hayot,chunki bu taqdir.

Hayotda hamma narsa bo'ladi olgin ibrat.
Hayotda bordur ulkan bahaybat hikmat.
Tug'ilish o'lish bu hayotiy haqiqat.
Chunki bu hayot,chunki bu taqdir.

Senga bir bor berilgan hayoting asra.
Sen kimgadur kerak azizsan buni unutma
Besh kunli hayotingni o'zing beza.
Ahir bu hayot, ahir bu taqdir.
Suhbatimiz inson umri, shu umrdan unumli foydalanish va kasb-kor qilish haqida ekan, avvalo shuni aytish lozimki, umr insoniyatga berilgan eng bebaho nematdir. Insonning yaratilishi, hayot kechirishi va okhir oqibat dorulfanodan dorulbaqoga rihlat qilishi Alloh tomonidan joriy qilib quyilgan uzgarmas qonundir. Khush, insonga umr uzi nima uchun beriladi, inson bu hayotda qanday ishlarni amalga oshirishi kerak, degan savollar tugilishi tabiiydir. Ushbu savollarga javoban Haq taboraka va taolo Quroni Karimning Mulk surasida shunday degan:
U (Alloh) sizlarning qay biringiz yakhshiroq amal qilishingizni sinash uchun ulim va hayotni yaratgan zotdir ”.
Ushbu oyati karimadan inson umri bekorga berilmagani, uni huda-behuda ishlar, kayfu safo va bekorchilik, dangasalik va tamballik bilan zoe qilish uchun emas, balki, khayrli amallar, foydali ishlar, elu yurtga manfaat keltiradigan hamda okhirat uchun zakhira buladigan buyuk ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qimmatli fursat ekani oydinlashadi.
Inson umri cheklangan. U malum yillar, malum oylar, kunlar, soatlar, daqiqalar, boringki, malum lahzalardan iborat. Shunday ekan, utayotgan har bir onimizning qadriga etmasak, vaqt hamisha bizning zararimizga ishlaydi. Mashhur tobeinlardan Hasan Basriy hazratlari: “Ey odam bolasi, sen malum kunlardan iboratdirsan. Sen uchun bir kuning ketishi bir qisming, bir bulaging ketishi demakdir”, degan ekanlar.
Vaqt musulmonlar hayotida eng ahamiyatli masalalardan biridir. Vaqt hayot demakdir. Utayotgan har daqiqa-yu soniya, soat, kun, inson umrining ulchovidir. Vaqt shunday mablagki, uni ertangi kunga gamlab quyish mumkin emas. Quroni Karimda vaqtning bebaho va qadriga etish lozim bulgan ulug nemat ekaniga oshkora yoki zimdan dalolat qiluvchi kuplab ishoralar bor. Alloh taolo vaqtning bulaklari va ajralmas qismi bulmish kecha va kunduzga qasam ichadi. Tongga, choshgoh vaqtiga qasamyod qiladi. Masalan, Layl (tun) surasida “Borliqni uz zulmati bilan urab kelayotgan kechaga qasam”, Zuho surasida “Choshgoh vaqtiga qasam”, deya marhamat qiladi. Gohida esa tugridan-tugri vaqt-zamonga qasamyod qilib, “Zamonga qasamki, inson zoti ziyondadir”, deydi. Mufassirlar suziga kura, Alloh taolo Uz bandalari va makhluqotlaridan biri bilan qasam ichsa, bu qasam ichilayotgan u yoki bu mavjudotning buyukligiga va qadri balandligiga ishora qilish bilan bir qatorda qasamdan sung aytiladigan narsaning ham yuksak ahamiyatga molik ekanligini bildiradi.
Paygambar alayhis-salom sunnatlarida ham vaqt qiymati alohida takidlanadi. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Paygambarimiz sallallohu alayhi va sallam marhamat qilib dedilar: “Banda qiyomat kuni turt narsadan suralmaguncha, bir qadam ham oldinga siljiy olmaydi. Bu savollardan birinchisi – umrini nima bilan utkazgani, ikkinchisi – yoshlik davrida nima bilan mashgul bulgani, uchinchisi – mol-dunyoni qay yusinda (halol yul bilanmi yoki harom yul bilanmi) topgani va nimalarga sarflagani, turtinchisi – urgangan ilmiga qanday amal qilgani (haqida suraladi)” (Bazzor va Tabaroniy rivoyati).
Inson umrining har bir davridan umumiy ravishda, yoshlik davridan esa, uziga khos shaklda suraladi. YOshlik-yigitlik umrning bir bulagi, lekin uning boshqa davrlardan ajralib turuvchi uziga khos ahamiyatli tarafi bor. U hayoti gayratu shijoatga, utkinchi maqsadga tula yoshdir. YOshlik ikki zaiflik – gudaklik va keksalik orasidagi jismoniy quvvatga tulishgan bir davrdir. Rum surasining 54-oyatida bunday deyiladi: “Alloh shunday zotdirki, U sizlarni nochor narsadan (yani, bir tomchi suvdan) yaratdi, sungra (sizlar uchun) nochorlikdan keyin kuch-quvvat (paydo) qildi, sungra kuch-quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilikni (paydo) qildi…”
Kishining gudakligi zaif bulgan davridir. Keksaligi ham zaiflik davri. Demak, urtada oz muddatga yoshlik-yigitlik deb atalmish kuch-quvvatli davr berilar ekanki, uning qadriga etish, bu oz muddatni yakhshi ishlarga sarflash, halol kasb-kor qilish, ilm olish, farzandlarini kelajakda elu yurtiga khizmat qiladigan, jamiyatga manfaat keltiradigan olim, fozil, hunarmand, tadbirkor, solih kishilar bulib voyaga etishlarini taminlashga harakat qilish maqsadga muvofiqdir.
Nabiy alayhis-salom marhamat qilib dedilar: “Ikki buyuk nemat borki, kup odamlar ular borasida aldanib qoladilar. Ular sihhat-salomatlik va bush vaqtdir”.  Ushbu muborak hadisda salomatlik bilan vaqt nematining ahamiyati juda guzal shaklda, uta balogatli tarzda bayon qilingan. Arab tilidagi “gabn” suzi “aldanib qolish, chuv tushib qolish” manolarini anglatib, u aslida tijorat va oldi-sotdiga taalluqli suz hisoblanadi. Tojirlar uz sarmoyalarini etiborsizlik bilan nobop narsalarga ishlatib quysalar, chuv tushadilar, aldanadilar. Khuddi shunga ukhshab vaqt bilan salomatlik ham dunyo tijoratkhonasiga kelgan inson sarmoyasi ekan. Shu bois, ham hadisda bu ikki narsada kuplar aldanib qolishi, chuv tushishi khabar berilmoqda. Mazkur hadisdan kelib, chiqib, Alloma Munoviy hazratlari har bir insonni tijoratchiga, salomatlik bilan bush vaqtni esa sarmoyaga ukhshatgan ekanlar. Inson qulidagi salomatlik va bush vaqt atalmish sarmoyasini chiroyli tadbir bilan tasarruf qilsa, foyda kuradi. Aks holda chuv tushadi.
Lekin, afsuski, inson bolasi kuch-quvvatga tulib, sog-salomatligi yakhshi paytida umrining qadriga etmaydi. Dunyoning hamma ishlariga bemalol ulguradigandek yuraveradi. Alisher Navoiy bobomiz iborasi bilan aytganda “Umr gulshanining bahori” va “hayot shabistonining nahori”ni kechirayotgan yoshlik yillari zavq-shavqlari favvorasi jushqinligidan kishi umr bahori va uning munavvar tongi juda tez utib ketganini payqamay ham qoladi.
Odilkhon qori Yunuskhon ugli




UYGA VAZIFA: HAYOT BETAKROR NE`MAT HAQIDA BAYON YOZISH
DARSNI YAKUNLASH. O’QUVCHILARNI BAHOLASH.

SAMARQAND SHAHAR


62-UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTAB
TARBIYA FANI O`QITUVCHISI
dJURAYEVA nIGORANING
8-SINFLAR UCHUN
HAYOT BETAKROR NE`MAT” MAVZUSIDA
BIR SOATLIK OCHIQ DARS ISHLANMASI
Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish