Mavzu: Harf birikmasi bilan ifodalangan undosh tovushlar.
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:Undosh tovushlar, harf birikmasi.
Soatlar soni: 1 soat
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Harf birikmasi bilan ifodalangan undosh tovushlar haqida ma’lumot berish.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
|
Darsning maqsadi
|
Maqsadlar:
Ta’limiy: Harf birikmasi bilan yoziladigan so'zlarni to'g'ri o'qish, bo'g'inlarga to'g'ri bo'lish ko'nikmasini shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish.
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:O’quvchilarni har bir darsda kitob bilan ishlashga, bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o’rganadi.
Fanga oid kompetensiyalar:Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi, o’zbek tilida nutq tovushlarini to’g’ri qo’llay oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo’g’in ko’chirish qoidalariga rioya qila oladi, o’zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo’llay oladi, tinish belgilarini to’g’ri qo’llay oladi.
|
T|r
|
Dars bosqichlari
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Bajariladigan ish shakli
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.
|
Suhbat.
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.
|
Savol- javob.
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
Harf birikmasi bilan ifodalanadigan undosh tovushlar
|
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Yozuv daftari bilan ishlash
|
Daftar bilan ishlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish
|
Uyga vazifani tushuntirish
|
Rag’batlantirish.
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, yo’qlama qilish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash:
1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:
90-mashq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni to‘g‘ri o‘qing.
Tayyorga ayyor nahang
Tekinxo‘r, takasaltang.
Qarmoqdagi o‘ljaga
Og‘iz solgandi qarang,
Tumshug‘idan ilinib
Tipirchilar, holi tang.
She’rni ko’chirib yozamiz va harf birikmalari tagiga chizamiz
91-mashqda so’zlarni bo’g’inlarga bo’lib yozamiz.
Teng-dosh, dongdor, manglay, zarang, ta- rang, tanglay, tong, keng, chang, ming, bong, zang.
IV. Darsni mustahkamlash :
So'zni toping» o'yini.
O'quvchilar o'qib, mazmunga mos so'zlarni topadilar va yozadilar.
1. Shirin uzu... tilla uzu...
2. Ko'm-ko'k may...a sayroqi may...a.
3.Tilla zi...ak,
zi...rak o'quvchi.
4. Shirin ...o'z,
chiroyli ... o'z.
Tarqatma materiallar bilan ishlash.
V.Dars yakuni:
Dars umumlashtiriladi, o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa: 92-mashq.
Ko’rildi: O’IBDO’
Do'stlaringiz bilan baham: |