Mavzu: Har bir yosh bolalarni predmetlar shakli bilan tanishtirish metodkasi. Reja
Mavzu:Har bir yosh bolalarni predmetlar shakli bilan tanishtirish metodkasi.
Reja:
1.Geometrik figura predmetlarning shaklini idrok qilish.
2.Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilishning o‘ziga xos xususiyatlari.
3.Shakl haqidagi tasavvurlarni idrok qilish va shakllantirishda so‘zning roli
4.Geometrik figuralarni turli belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratish.
5. Geometrik figuralarni burchaklari, tomonlari, soni bo‘yicha taqqoslash; ularni o‘lchash; umumlashgan tushunchalarni shakllantirsh.
Bolalarda predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlarni shakllantirish
- qobiliyatlarini rivojlantirish:
- geometrik figuralarni oddiy xossalarini aniqlashga;
- so‘z yordamida turli belgilarga va o‘lchamlarga ko‘ra har xil geometrik figuralarni tanlashga:
- turli belgilarga (shakli, rangi, o‘lchamiga ko‘ra geometrik figuralarni gruppalashtirishga:
- atrofimizdagi predmetlarni ma’lum geometrik figuralarga uxshatish:
- predmetlarning modelini yasab figuralarning turlarini o‘zlashtirishga o‘rgatish:.
“Ilk qadam” o’quv dasturida geometrik shakllar bilan tanishtirishga qo‘yilgan vazifalar mazmuni bilan tanishtirish.
Kichik guruh
Geometrik shakl. Doirani taniy olish va nomini aytishni o‘rgatish. Uni sezish, harakat va ko‘rish yo‘llari bilan tekshirish usullarini o‘rgatish. Kvadrat bilan tanishtirish. Doira, kvadratni farqlash va aytishni sezish, harakat va ko‘rish usullari orqali o‘rgatish. Bolalarga shar va kub haqida tushuncha berish.
Turli topshiriqlar yordamida shar va kub haqidagi bilimlarni mustahkamlash. Uchburchakni taniy olish va nomini aytishni o‘rgatish. Uni sezish, harakat va ko‘rish yo‘llari bilan tekshirish usullarini o‘rgatish.
O‘rta guruh
Geometrik shakllar. Doira, kvadrat, uchburchak shakllarini bir-biridan farqlashni mustahkamlash.
To‘g‘ri to‘rtburchak shakli bilan tanishtirish, to‘g‘ri to‘rtburchak-kvadratni farqlash va aytishni, ularni sezish - harakat va ko‘rish usullari orqali o‘rganish. Oval shakli bilan tanishtirish, doira, ovalni farqlash va aytishni, ularni sezish - harakat va ko‘rish usullari orqali o‘rgatish. Kub, shar, silindr kabi shakllarning nomini aytish va bir-biridan farqlashni o‘rganish. Shakllar har xil o‘lchamda bo‘lishi mumkinligi haqida tasavvur hosil qilish (katta doira - kichik doira, katta kvadrat – kichik kvadrat).
Tayoqchalardan to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak yasashga, bu shakllardan foydalanib turli narsalar yasashni o‘rgatish.
Katta guruh
Geometrik shakllar. Shakllar har xil o‘lchamda bo‘lishi mumkinligi haqida tasavvur hosil qilish (katta doira - kichik doira, katta kvadrat – kichik kvadrat). Shakllar va uning ayrim belgilari haqida tasavvur hosil qilish: Masalan, to‘rtburchakning 4 ta burchagi va 4 ta tomoni (to‘rtburchakning turli ko‘rinishlari
misolida) bor. Bolalarning shar, kub, silindrlar haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash
va ular yordamida turli mavzularda loyihalar yaratish.
Tayyorlov guruh
Geometrik shakllar. Bolalarni doira, kvadratni ikki teng qismga bo‘lishga, olingan qismlarni «yarim», «ikkidan bir qism» deb atashga o‘rgatish. Aniq material yordamida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini belgilash. Ko‘pburchaklar haqida tasavvur berish: uchburchak, to‘rtburchak-bu ko‘pburchak.
Bolalarni ko‘pburchak elementlari (tomonlari, burchaklari, burchak uchlari)
bilan tanishtirish. Tayoqchalar yordamida turli shakllarni yasash. Bolalarga doirani, kvadratni 4 ga bo‘lishni o‘rgatish. Aniq material asosida butun qismdan katta, qism esa butundan kichkina ekanligini
belgilash.
Geometrik figura predmetlarning shaklini idrok qilish sifatida.
Matematika mashg‘ulotlarida bolalar eng sodda geometrik figuralar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarni) shaklini tahlil qilish va baholashni o‘rganadilar. Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi. Predmetlarning shaklini aniqlashda geometrik figuralar etalon bo‘lib xizmat qiladi. Shakl xuddi razmerga o‘xshab bir predmetni ikkinchi predmetdan farqlashga yordam beradi.
Demak shunday xulosa qilamiz: bolalarni yoshligidan geometrik figuralar shaklini qo‘liga ushlab ko‘rib, eshitib, ko‘zlari bilan ko‘rib to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz kerak.
• qobiliyatlarini rivojlantirish;
• geometrik figuralarni oddiy xossalarini aniqlashga;
• so‘z yordamida turli belgilarga va o‘lchamlarga ko‘ra har xil geometrik figuralarni tanlashga;
• turli belgilarga (shakli, rangi, o‘lchamiga ko‘ra geometrik figuralarni gruppalashtirishga;
• atrofimizdagi predmetlarni ma’lum geometrik figuralarga uxshatish;
• predmetlarning modelini yasab figuralarning turlarini o‘zlashtirishga o‘rgatish.
ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАХМАТ
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |