Mavzu: Giyohvandlik -asr vabosi.
Maqsad: O'quvchilarga giyohvandlik, uning oqibatlari haqida tushunchalar berish.
Dars tipi: Yangi tushunchalar hosil qilish
Uslubi: Ma'ruza, suhbat, munozara
Didaktikasi: Referatlar, ma'ruzalar, Rasmlar, Internet ma'lumotlari.
Mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi, ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilgan. Yoshlarimiz ana shu imkoniyatlardan foydalanib o‘z iste’dod va iqtidorini ro‘yobga chiqarmoqda, xalqaro miqyosda yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Ammo, dunyoda paydo bo‘layotgan dolzarb muammolar, turli illatlar, g‘arazli niyatlardan yosh avlodni asrash, ularga qarshi kurashish ayni paytdagi dolzarb vazifalardandir.
Yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirishga, o‘z domiga ilintirishga urinayotgan ana shunday illatlardan biri giyohvandlikdir. Giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar soni oshib borayotgani dunyodagi eng tashvishli muammolardan biriga aylandi. Achinarlisi, giyohvand moddalarni iste’mol qilayotganlar orasida yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Giyohvandlik nima?
Giyohvandlik (Narkomaniya) – (yunoncha narke – karaxtlik va maniya – telbalik, jahl, shodhurramlik) narkotik va narkotik ta’sirga ega bo’lgan moddalarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik. Giyohvandlik giyohvand moddalarni doimo qabul qilish natijasida vujudga keladi, chunki ushbu hastalik bilan og’rigan kishining jismoniy va ruhiy holati humorini bosadigan tegishli narkotik modda iste’mol qilishga bog’liq. Narkomaniya organizmda chuqur uzgarishlarga sabab bo’ladi va uni tanazzulga olib keladi. Kasallik asta-sekin rivojlanib borib surunkali davom etadi. Narkotik moddalar dastlab hursandlik, vaqtichog’lik, hotirjamlik hissini uyg’otib,kayf qildirishi sababli iste’mol qilinib bora-bora kasallikka aylanadi. Quyidagi ikki holda narkotik moddalarga o’rganib qolish mumkin. Birinchi holdakishi o’z hohishidan tashqari, e’tiborsizligi natijasida narkotik moddalar humor qiladigan bo’lib qoladi. Bunday bangilik ko’pincha vrach buyurgan narkotik moddalarni noto’g’ri iste’mol qilish natijasida kelib chiqadi. Sal narsa ta’sir qilib, tashvish kuchayib ketadi,ba’zi kasallar og’riq,uyqusizlik,va dardning boshqa tomonlaridan qutulish maqsadida oxirini o’ylamay, vrach ko’rsatmasini ham pisand qilmay, o’zboshimchalik bilan narkotik modda dozasini oshirib qabul qilishadi.
Bunday bemorlar odatdano’z ahvollarining yaxshilanishi dori tufaylibo’layotganini sezib, uni ichishni davom ettira boshlaydilar va ko’pinch ahvollarining og’irligidan nolib vrachni aldaydilar. Bu zaylda ish tutishning oqibati yomon bo’lib, narkotik moddalarga unchalik zarurat bo’lmasa ham, uni qabul qilinaveradi, dorining esa organizmga narkotik ta’siri yanada orta boradi va natijada narkotik moddaga moyillik kuchayib, u xumor qiladigan bo’lib qoladi. Narkotik modda dozasini o’zboshimchalik bilan o’zgartirib boorish, uni tez-tez va uzoq muddat qabul qilish narkomaniyaga olib keladi. Ikkinchi hol ongli ravishda ayf qilish maqsadida narkotik moddalarga o’rganishdirnarkomaniyaga odatda o’zini tiya bilmagan, ruhan zaif, irodasi kuchsiz, birovlarga taqlid qiladigan, humorni tarqatishdan boshqa narsani bilmaydigan, o’ta hudbin kishilargina beriladi.bunday kishilar o’z mayillariga qarshi yurolmaydilar.shuning uchun ularning kayf qilishga moyilliklari kuchli bo’ladi.bangilik avj olib ketadi. Bu kasallikka uchraganlarda hastalik juda og’ir kechib, odatda kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi.
Bangilikka mubtalo bo’lganlar narkotik moddalarni qayta-qayta va ko’p miqdorda iste’molqilgisi kelaveradi.keyinchalik esa narkotik moddalarni qabul qilmasdan turolmaydigan, usha bo’lmasa huddi “biror narsa yetishmayotganday” bo’lib qoladi.bunday ahvoldan qutulish va o’zini yengil his qilish uchun yana narkotik moddaga ruju qiladi. Shu tariqa narkotik moddalarga moyillik-bangilik kelib chiqadi.bora– bora organizmda narkotik moddalarga moyillik shu darajada kuchayib ketadiki, narkotik moddalar kuchini yuqotgandek bo’lib qoladi, endi u avvalgidek humor tarqatish uchun doridan ko’proq miqdorda iste’mol qilgisi keladi. Agar narkoman o’z vaqtida narkotik qabul qilmasa, organizmda kuchli ruhiy va jismoniy o’zgarishlar paydo bo’ladi. Bangi odam navbatdagi kayfni surish uchun har qanday pastkashliklarga boradi,sotqinlik, aldash,zo’rlik, o’g’riliklardan toymaydi.organizmga narkotik modda kirmasa, humorlik boshlanadi: organism og’ir ahvolda qolib, chuqur ruhiy va va jismoniy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Hastalik rivojlangan sari organizmda darmon qurishiham kuchaya boradi, endi narkotik moddaning kuchi organism uchun og’irlik qiladi. Narkotik moddalarning oldingi iste’mol qilib yurgan dozasi endi yomon ta’sir qila boshlaydi. Zaharlanish og’ir kechadi. Narkotik moddaning dozasi ozgina oshishi bilan bemor o’lib qolishi mumkin. Narkomaniyani davolash faqat psixiatriya kasalxonalarida vrachlarninng qattiq nazorati ostida olib borilishi kerak.
Giyohvandlikning oqibati: Buni quyidagi rasmlar orqali ifodalashni ma'qul ko'rdik -
Noyabr, 1979
|
Yanvar, 1989
|
Ha, bu 10 yil keyingi xuddi o'sha ayol...
|
NASHA TIPDAGI GIYOHVAND MODDALAR
Nashaning har xil turlaridan olingan preparatlarn yuzaga keltiradigan narkomaniyalar.
Bu guruhga nashaning turlari navlaridan olingan narkotiklar-marixuana, gashish, bang, kif, xusus, plan, haras, dagga kiradi. O`simlikning vatani Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika mamlakatlaridir.
Nasha tarkibidagi aromatik aldegid- konnabinol ta`sir ko`rsatadi, uning miqdori mastik xolatina yuzaga chiqarishda katga rol o`ynaydi . Nashani turlicha- chaynash, chekish, ichimlik tayyorlash bilan qabul qiladilar. Nasha ta`siri 15-30 minutdan so`ng boshlanadi. Birinchi marta chekilganda- ko`ngil aynish, og`iz achishi, so`lak ajralishi, engil bosh aylanishi xollarini keltirib chiqaradi. Bunta qaramasdan chekuvchilar chekishni davom ettiraveradilar va bunday yoqimsizliklar o`tib ketadi. Odatda, nasha ta`siri ba`zi bir jismoniy sezgilar, masalan, tashna bo`lish, ochlik, shilliq pardalarning biroz ko`rishi bilan boshlanadi. So`ng badanga issiq yuguradi va butun tanaga yoyiladi. Engil tortish, vaznsizlik rivojlanadi. Irg`ishlash, raqsga tushish xoxishi paydo bo`ladi. Bunda odam ko`p kuladi, sal xarakatlanish, gavda xolatini sal o`zgartirish beto`xtov kulgi xurujiga sabab bo`ladi.
Fikrlashlar sur`ati tezlashadi, fikrlar quyilib keladi, bir-birining o`rnini bosib ketadi. So`zlari ko`p, gaplari tartibsiz, aniq fikrni ifodalamaydi. Nashavand atrofdagilar bilan bo`lgan muloqotini yo`qotadi, atrofdagilar u bilan birga xursandchilik qilmayotganlaridan ajablanadi, jaxli chiqadi, qaxrga to`ladi. Nashavand gox darg`azab, gox qaxrli, gox ko`tarinki ruxda xushchaqchaq, o`zida yo`q xursand-ekzaltasiyaga etib boradi. Shu vaqtda to`xtovsiz fantaziyalar va illyuziyalar paydo bo`ladi. Butun borliq rango-rang tusga kiradi, tovushlar kuchi guvillab eshitiladi. Tasvirlab o`tilgan xolatlar nasha mastligining birinchi fazasi-qo`zg`alish bosqichini ta`riflaydi.
Bundan keyingi ikkinchi faza-tushkunlikka tushish bosqichi keladi. Ba`zi bir kashandalar aytishlaricha, bir bosqichdan ikkinchisiga tez o`tiladi. Boshqalari esa, aksincha, atrof muxit asta-sekin o`zgara borib, ranglar go`yo xira tortadi, illyuziyalar yo`qoladi, fantaziya yo`qoladi, fikrlash sura`ti keskin tormozlakadi. Sung kurkuvlar paydo bulib, kayfiyat keskin emonlashadi.
Nasha mastligining simptomlari qabul qilingan narkotikning miqdoriga, uni qanchalik tez-tez qabul qilinishiga, shaxsning oliy nerv faoliyati xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Nashadan o`tkir mast bo`lish 1 –3 soatgacha davom etadi va og`ir uyqu yoki bexollik hamda loqaylik bilan tugaydi.
Nashani yanada suiste`mol qilib borganda, mastlik manzarasi o`zgaradi. Ba`zilarda psixozlar es-xushining ro`y-rost aynashi, ko`rish, eshitish gallyusinasiyalari, munosobat vasvasasi g`oyalari, bazan keskin harakat qo`zg`alishlari bilan yuzaga chiqadi. Boshqalarda esa- iroda buzilishlari paydo bo`ladi, shaxsning psixopatiyasi yoki hatto shizofreniyasimon simptomlar yuzaga chiqishga olib keladi. Nashani muntazam qabul qilganda 2-6 oyga kelib, psixik asteniya paydo bo`ladi, xotira pasayadi, narkoman do`stlari va o`rtoklarini yo`qotadi. a
Vaqt o`tishi bilan tuyg`u-xissiyotlar xiralashadi, apatiya yuzaga keladi, atrofdigilardan chetga chiqib qoladi, ta`kiblanish, munosobat vasvasasi g`oyalari boshlanadi
MORFIN TIPIDAGI GIYOHVAND MODDALAR
Narkotiklarning mazkur guruxiga opiy va uning preparatlari-pantopon, omnopon, peregorik, laudonon, pektol, opionon va 20-ga yaqin alkoloidlar va opiy xosilalari- morfin, kodein, tebain, geroin, dionin, papaverin, narkoten kiradi. Bu guruxga morfinsimon ta`sir etadigan sintetik moddalar- fenadon, promedol ham kiradi.
Morfin tipidagi narkomaniyalar ko`knor ekib o`stiraladigan joylarda uchraydi. Bu npenapatlarga o`rganib qolish nisbatan tez yuzaga keladi. Opiyni ichish, teri ostiga, vena ichiga yuborish yoki chekish orqali qabul qilinadi. O`limga olib keladigan sof o`oddanio`g dozasi 0,3-0,5 g.
O`tkir zaxarlanish g`oyat kuchli ifodalangan ko`zg`alishlar yuzaga keladigan eyforiyalar bilan xarakterlanadi. Ayni bir vaqtda og`iz qurib, tanaga issiq yugurganday bo`ladi, odam bo`shashib tushadi, qattiq shang`allaydi, bosh og`rig`i paydo bo`ladi, ter chiqadi. Ko`p siydik ajraladi, yurak-tomir va nafas sistemalarida buzilishlar kuzatiladi. Es-xushi o`zgargan bo`ladi, Og`ir kechganda ko`karish, konli ich ketishi kuzatishi. Teri kichishi, turli xil toshmalar paydo bo`lib, yuzi ko`kimtir-qizg`ish tus oladi, mudroq bosadi va chuqur uyquga ketadi. Narkotikni xronik qabul qilganda eyforiya, kayfchog`lik, beg`amlik, xotirjamlik, hamma narsadan mamnunlik, bazan esa illyuziyalar kuzatiladi. Tez fursatda bir necha bor opiy qabul qilgandan so`ng odam shirin xayollar og`ushida bo`lib, ajib xissiyotlarni boshdan kechiradilar, xuzur-xalovat girdobida bo`ladilar. 30-40 minutdan keyin eyforiya fazasi o`rnini mudroq egallaydi, shiringina bo`lib bo`shashadi.
Morfin narkomaniyasidan bo`ladigan xumorlik narkotikning oxirgi dozasini qabul qilgandan keyin bir-necha soat o`tgach boshlanada va 5-7 kun davom etadi. Bunda terlash, ko`z yoshi oqishi, burun oqishi, qaltirash. Ko`ngil aynishi, qusish, xarorat ko`tarilishi, nafasning tezlashishi, muskullarning og`rishi, organizmdan suv qochishi va ozish kuzatiladi.
MISOL KELTIRAMIZ.
Bemor B. 27 yashar. 8- sinfda o`zidan katta Bolalar bilan do`stlasha boshladi. O`sha vaqtlarda nasha chekib ko`rdi, nasha unga yokib qoldi, tez o`rgandi, bir xaftadan keyinoq chinakamiga chekadigan bo`lib qoldi. O`kishi yomonlashdi, darslarni qoldirdi, o`qituvchilar bilan urishadigan bo`ldi, bir ammalab 8- sinfni tugatdi. Tez orada kuniga 3 martadan chekadigan bo`ldi. Miyasida turli-tuman fikrlar kupayar edi, xayollar og`ushiga berilar edi, dastlab ko`p kulardi, so`ng kulgi va xushchaqchaqlik yo`qolardi. Keyin birinchi bor uziga 0,5 ml opiy yubordi, bu unta yoqdi. Keyin ushbu miqdor etarli bo`lmay qoldi. Asta-sekin uni xar kuni 2 marta 2 ml. gacha yuboradigan bo`ldi.
So`ngra o`rtacha doza bir sugkada I g quruq opiy qabul qilishgacha borib etdi. Xarakteri o`zagara boshladi. Jizzakilik paydo bo`ldi, urishgani va o`g`riligi uchun jinoiy javobgarlikka tortiddi. So`ng armiya safiga chaqirildi. Armiyaga ketish oldidan birmuncha quruq opiyni o`zi bilan birga olib ketdi. Opiy qabul qilishni to`xtatmadi.Ammo qo`lidagi opiy tamom bo`lgach, xumorlik azobida qoldi. Butun badani bo`shashib ketdi, etiklari bir puddek og`ir bo`lib ketdi. Ovqatdan keyin me`dasida og`rik, jig`ildon qaynash, jigar soxasida og`rik qayd qilgan. Sungra psixiatriya kasalxonasiga yuborilgan. Kasalxonaga kelib tushganida hamma eri, muskullari og`rirdi, behol, ichi suyuq, uyqusi buzilgan, ko`zlari yoshli edi. Suhbat chog`ida tez charchardi, ko`z yoshlari bilan yordam so`rab iltijo qilardi. 3- sutkada axvoli birmuncha yaxshilandi. Xumorlik xolati 7 kun deganda tarqadi. Ammo asteniya, umumiy xolsizlik, ko`ziga yosh kelishi, tez charchash xolati uzoq saqlanib qoldi.
Psixika tomonidan vaximalar, bezovtalanish, besabab o`zidan-o`zi o`lib qolish xayoliga borish xollari kuzatiladi. Uyqu buziladi, daxshatli tushlar ko`riladi.
Kayfiyati o`zgarib turadi: goh engil eyforiya, o`z shaxsini yuqori qo`yish, imkoniyatlarini yuqori baxolab yuborish, gox kayfiyati buzilib, depressiya xoliga tushishi, gox ta`sirlanuvchan, g`azabkor, loqayd va tajovuzkor bo`lib turadi. Es-xush o`zgarishi bilan yuzaga chiqadigan qisqa muddatli psixozlar uchraydi.
KOKAIN GIYOHVANDLIGI
Bu guruxga asosan kokain kiradi. Kokain bilan o`tkir va xronik zaxarlanish farq qilinadi.
O`tkir zaxarlanish yuz oqarishi, umumiy bexollik, bosh aylanishi, yurak o`ynashi tomirning noto`g`ri urishi, xalloslash bilan xarakterlanadi. Keyinchalik qon aylanshining keskin buzilishi va nafas funksiyasining izdan chiqishi qayd qilinadi. Nafas markazi falajlanishi oqibatida bemor xalok bo`lishi mumkin.
Xronik zaxarlanish preparatni uzoq vaqt qabul qilish oqibatida asta-sekin vujudga keladi. Kokainning dastlabki dozalarini qabul qilgandan so`ng avval engilgina bosh aylanishi, sal bosh og`rishi bo`lib, tez orada aqliy faoliyatining kuchayishi va kayfiyatning yoqimli tus olishi bilan almashinadi. Bemorlar ko`plab xatlar yozadilar va takrorlashlar bilan to`lib-toshgan arizalar yozadi. qo`zg`alish 2 soat davom etadi, so`ng xolsizlik, lokaylik, tushkunlikka tushishi bilan almashadi. Illyuziya va gallyusinasiyalar paydo bo`ladi, ba`zi ular qo`rquvlar bilan kechadi. Kokainga ancha tez o`rganiladi, ish molol kela boshlaydi, sekin- asta xotira pasayadi. Narkomanlar dag`al va xudbin bo`lib qoladilar. Gumonsiraydilar, shubxalanuvchan bo`ladilar. Kasallarning ishtaxasi pasayadi, Terisi oqargan, muskullari calqigan bo`ladi. Ba`zilariga go`yo teri ostiga kokain kristallari solib ko`yilgandek, teri ostida qurt-qumirsqalar, qo`ng`izlar o`rmalab yurgandek tuyuladi. Rashk vasvasasi ham bo`lishi mumkin. Kokainga o`rganib qolganda preparatning zararli ta`siri avvalo Giyohvandning o`ziga ziyon etkazadi. Organizmning xoldan toyishi, reaktivligining pasayishi tufayli yuqumli kasalliklarga moyillik ortadi. Chipqonlar chiqadi, ilgarigi xronik kasalliklar qaytalanib zo`rayadi.
Jamiyatga etadigan ziyon shu narsa bilan bog`likki, kokainni suiste`mol qiluvchi odam asta-sekin mehnat kollektividan chetlashadi, tekinxo`rlik yo`liga kiradi, parazit tarzida xayot kechiradi. Ular jamiyatga qarshi jinoyat qilishga ham qodir bo`lib qoladi.
Kokainga tez o`rganib qolinadi, so`ng preparatga tolerantlik paydo bo`ladi, eyforiyani ko`tarish va charchoqlikka qarshi kurashish uchun modda dozasini oshirishiga ishtiyok tugiladi.
Narkotikning navbatdagi gruppasini dietilamid lizergin kislotasi, ba`zi bir qo`ziqorinlar tarkibida bo`ladigan LSD- ergonovin psilosibinning yarim sintetik xosilasi tashkil etadi.
LSD bilan O`tkir zaxarlanishda ko`ngil aynish, qusish, so`lak ajralishi kuzatiladi, arterial bosimi pasayadi, kuzg`alish boshlanadi. Falajlik va xatto o`lim yuz berishi mumkin. Psixik o`zgarishlar (buzilishlar) preparatni qabul qilgandan keyin 15-30 kun o`tgach paydo bo`ladi va engil alkogol mastligidagi xolatni eslatadi. So`ng umumiy behollik boshlanadi, qo`l va oyoqlar bilan zo`rg`a xarakatlanadilar. Ko`zlar yumuq va ko`z o`ngidan xuddi kinofilmdagidek turli xil manzaralar o`tadi. Tovushlar baland eshitiladi, narsa-buyumlar uzoqlashgan bo`lib ko`rinadi. Ko`rish gallyusinasiyalari yorkin, rang-barang bo`ladi, ammo shaxsni xursand qilmaydi. So`ng depressiya elementlari va soxta idrok qo`shiladi. Xayotdan voz kechish fikri tug`iladi. Fikrlash buziladi, qurquv, shubxalanish paydo bo`ladi.
|
|
NASIHAT
Shovqin va hayot ikir-chikirlari orasidan xotirjam o’tib bor,jimjitlikda qanday rohat borligini yodingda tut. Imkon qadar uzoqqa intil, o’zingdan yuz o’girma, boshqa kishilar bilan yaxshi munosabatda bo’l. o’z haqiqatingni xotirjam va aniq bayon et, boshqalarning so’zlarini eshit, hatto ahmoq va bilimsizlarning ham aytadigan gaplari bor. Baqiroq va tajovuzkor kishilardan ehtiyot bo’l: ular ko’pchilikni jarohatlaydilar. Agar o’zingni boshqalar bilan solishtirsang, shuhratparast yoki sertashvish bo’lib qolasan, negaki sendan yaxshiroq yoki yomonroq bo’lganlar doim topiladi. O’z yutuqlaring va rejalaringdan hursand bo’l. Qanchalik oddiy bo’lmasin, o’z ishingga ko’ngil qo’y. Taqdirning o’zgaruvchligida u abadiy qadriyat hisoblanadi o’z niyatlaringda ehtiyot bo’l, negaki dunyo yolg’onga to’liq. Lekin bu haqiqiy shon-sharafni to’sib qo’ymasin, zero ko’pchilik yuqori ideallarga intiladi.
Ular uchun hayot qahramonliklarga to’liq. O’zligingda qol, his-tuyg’ularing bilan hech qachon kurashma, muhabbatga nisbatan takabburlik qilma zero muhabbat umumiy beshafqatlik va qayg’u-alamlar oldida hayot kabi abadiydir. Yillar senga olib kelayotgan narsalarga hotirjamlik bilan munosabatda bo’l, yoshlik ko’ngilxushliklaridan voz kechishdan afsuslanma. Irodangni mustahkamla, toki to’satdan ro’y bergan bergan baxtsizlikda u senga tayanch bo’lsin . behuda hayollar bilan o’zingni qiynama. Charchoq va yolg’izlik qo’rquvni keltirib chiqaradi. Intizomni yoddan chiqarmagan holda o’zingga yaxshi munosabatda bo’l. sen koinot farzandisan va shu sababli yulduzlar va daraxtlardan kam bo’lmagan holda bu yerda bo’lishga haqlisan. Senga ravshanmi yoki yo’qmi, koinot qanday bo’lsa, shundayligicha mavjud. Nima bilan shug’ullanishingdan va nimaga intilishingdan qat’iy nazar, Xudoni tanib yasha, ko’chalarning shovqini va hayotning pastu balandligida ko’ngil hotirjamligini asra. Barcha aldovlar, og’ir mehnat va chilparchin bo’lgan umidlarga qaramay, dunyo go’zaldir. Diqqatli bo’l va baxtli bo’lishga harakat qil!
|
Do'stlaringiz bilan baham: |