Mavzu: gap bo'laklari, sanalmaydigan birliklar haqida ma'lumot. Kirish so'z va kirish birikma. Kiritma gaplar



Download 9,93 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi9,93 Kb.
#714166
Bog'liq
Mavzu GAP bo\'l-WPS Office


Mavzu: GAP bo'laklari, sanalmaydigan birliklar haqida ma'lumot. Kirish so'z va kirish birikma. Kiritma gaplar.
Gapda biror so‘ roqqa javob bolgan va o'zaro tobe bog'langan so'z yoki so'z birikmasi gap bo‘ lagi deb ataladi. Gap bolaklarini belgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So'zlarga so'roq berish, ularning qaysi turkumga mansubligi, gap ichida joylashish tartibi, qanday qo'shimchalar olishi tom ma’noda gap bolaklarining turlarini belgilashda asos bo'la olmaydi. Gap bolaklarining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kesimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hoi hollanmishga nisbatan, to'ldiruvchi to'ldirilm ishga nisbatan aniqlanadi. Nisbat beriluvchi bo'lak bo'lmas ekan, u yoki bu gap bo'lagi haqida gapirish mumkin emas.
Gap bo'laklarining gap tarkibidagi mavqei bir xil emas. Ba'zi gap bo'laklari gap qurilishida markaziy o'rinni egallaydi, bunday bo'laklarsiz fikr anglashilmaydi. Ayrim bo'laklar esa gap qurilishida asosiy rol o'ynamaydi, ularning ishtirokisiz ham bosh boMaklar orqali fikr anglashilaveradi. Shunga ko'ra gap bo'laklari ikki turga ajratiladi:
1) bosh bo'laklar;
2) ikkinchi darajali bo'laklar.
Bosh bo'laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi.
Ikkinchi darajali bo'laklar gapning grammatik asosini tashkil qilmasdan, uni hajm jihatdan kengaytiradi yoki so'z birikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Ikkinchi darajali bolaklar bosh bo'laklar bilan yoki o‘ zaro tobe aloqada bo'lib, ularni izohlash, aniqlash, to'ldirish uchun xizmat qiladi.
Bosh bo'laklar ega va kesimdan iborat. Ikkinchi darajali bo'laklar aniqlovchi, to'liruvchi va holdir.
Gap tarkibida ba’zan shunday so'zlar va so'z birikmalari hatto gaplar qo'llanadiki, ular gapning biror bo'lagi bilan grammatik jihatdan aloqaga kirishmaydi. Shu tufayli bunday so'z yoki so'z birikmalari gap bo'laklari hisoblanmaydi. Undalma, kirish so'z, kirish birikma va kiritma gap ana shunday xususiyatga ega.
So'zlovchining o'zi bayon etayotgan fikrga bo'lgan turli munosabatini bildiruvchi so'z yoki so'z birikmasi kirish so'z yoki kirish birikma deb yuritiladi.
Kirish so'z, kirish birikma mazmunan butun bir gapga yoki uning biror bo'lagiga tegishli bo'ladi.
Kirish so'z va kirish birikma:
I. So'zlovchining bayon qilinayotgan fikrga bo'lgan turli munosabatini ifodalaydi:
1. Ishonch yoki tasdiqni (albatta, to'g'ri, haqiqatan, darhaqiqat shubhasiz, so'zsiz kabilar): Albatta, mendan ko'ra paxta ishining ustalari yaxshiroq bilishadi. (J.Abdullaxonov). To'g'ri, til suyaksiz-u, lekin suyakni sindiradi. (Shuhrat).
2. Gumonni (ehtimol, balki, aftidang, chamasi kabilar): Ehtimol, o'z xatolarini tuzatm oqchi b o iib yurgandir? (P.Qodirov). Aftidan, professorning s o ‘zlari unchalik quvonishga arziydigan emas shekilli.(J.Abdullaxonov).
3. Afsuslanish, taajjubni (afsuski, attang, essiz, baxtga qarshi kabilar): Afsuski, boya hamma raislarni mehnatga chaqirm agan ekansiz, Otaqo'zi aka, - dedi Xolmurodov. (О. Yoqubov).
4. Eslatishni (darvoqe, aytgandek, aytmoqchi kabilar): Aytgandek, sizdan bir nima s o ‘ram oqchi edim... (A.Muxtor). D arvoqe, Anvarga ko'p mehnatim singgan ... (A.Qodiriy).
II. Bayon qilingan fikm ing kimga qarashli ekanligini ifodalaydi (menimcha, sizningcha, ulaming aytishicha, aytishlaricha kabilar): Menimcha, to'g'risini o'z vaqtida aytib, xatoning oldini olgan yaxshidir. (J.Abdullaxonov). Keksalarning aytishicha, o'sha suv tog'ning tirqishidan oqib kelib, manna shu buloqdan chiqarmish. (P.Qodirov). Eshitishimcha, Anorxon bilan musobaqalashishga kelishibsizlarm i? (J.Abdullaxonov). Tadqiqotchi olimlarning fikricha, chinor daraxtini qadim - qadim davrlarda yurt kezuvchi sayyohlar, savdogarlar ... Eron va unga qo'shni mamlakatlardan O 'zbekistonga olib kelishgan. (A.Aminov).
III. Bayon qilingan fikming tarkibini ifodalaydi (avvalo, nihoyat, birinchidan, ikkinchidan kabilar): Nihoyat, xuddi yoshi ulug' odamlardek viqor bilan qadam bosib Asadillo paydo bo'ldi. (F.Musajonov). Birinchidan, bugun hamisha opaning yubiley kechalari, ikkinchidan, ertaga oblastb yosh yozuvchilarining konferentsiyasi ochiladi. (O. Yoqubov).
IV . Aytilayotgan fikming oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi (demak, xullas, ishqilib, shunday qilib, binobarin, ko'rinadiki kabilar):
Xullas, barcha bilan ahillashib ketganligi ko'rinib turardi. (J.Abdullaxonov). Ishqilib, shu oqshomchi so xbat bekor ketmadi. (J.Abdullaxonov).
Kirish so'z ko'pincha modal so'z bilan, kirish birikma esa so'z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Chamasi, o'n minutcha yurilsa, salqin va so'lim sayribog ‘ bor edi. (F.Musajonov). Keksalarning aytishicha, bunday paytlarda tepalikning ustida erningnafasini eshitarmishsiz? (O'.Hoshimov).
Kirish so'z va kirish birikma gapning boshida kelib, yozuvda undan keyin, gap oxirida kelib, undan oldin vergul qo'yiladi: Albatta, uning yuzida kasaldan asar ham yo'q ... (F.Musajonov). Achchiq gapirganingiz ma'qul, albatta. (P.Qodirov)
Download 9,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish