Mavzu: elektron xotira tushunchasi



Download 90.5 Kb.
bet1/7
Sana22.03.2021
Hajmi90.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7


Qarshi Muhandislik - Iqtisodiyot Instituti
Avtomatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan



Mavzu: Elektron xotira tushunchasi.

Bajardi: IE-129 guruh talabasi

Mirzayorova M.

Qabul qildi: Jamolova G.




Qarshi-2014
Mavzu: ELEKTRON XOTIRA TUSHUNCHASI.

Reja:

    1. Xotira tushunchasi

    2. Mikroprotsessorli xotira

    3. Registrli kesh-xotira

    4. Asosiy xotira

    5. Asosiy xotiraning mantiqiy strukturasi

    6. Tashqi xotira


1. XOTIRA TUSHUNCHASI

Xotirahar bir axborot so`zini saqlovchi joy xizmatini o`tovchi yacheykalar majmuasidir. Son yoki buyruq qiymatini saqlash uchun xotira yacheykasi ajratiladi. Xotiraga so`zni yozish uchun shu so`z saqlanishiga ajratilgan yacheyka adresi ko`rsatilishi lozim.

Barcha komp’yuterlar tuzilishi Fon Neyman printsipiga asoslangan to`rt qismdan iborat va ularning bir qismi xotira deb aytiladi. Xotira ma`lumot va programmalar saqlash uchun xizmat qiladi.

Shaxsiy kompyuterlar xotiraning 4 ta ierarxik darajasiga ega:

• mikroprocessorli xotira (MPX);

registrli kesh-xotira;

• asosiy xotira (AX);

• tashqi xotira (TX).

Ko’rsatilgan xotira tiplarining ikki muhim tavsifi xotira sig’imi va uning tezkorligi. Birinchi uchta tipdagi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi ularga murojaat qilish vaqti (tmur) bilan o’lchanadi, tashqi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi esa ikkita parametr bilan: murojaat qilish vaqti (tkid) va o’qish tezligi (Vo’qish) bilan o’lchanadi.

Tmur - malumotlarni qidirish, o’qish va yozish vaqtlari yig’indisi;

tkid - yig’uvchida (tashuvchi) malumotni qidirish vaqti;

Vo’qish - axborotning yonma-yon baytlarini ketma-ket (transfer) o’qish tezligi.

Umumiy qabul qilingan qisqartirishlarni eslatib o’taniz:  sekund, ms - millisekund, mks - mikrosekund; 1 s=103 ms=106 mks=109 ns.


2. MIKROPROTSESSORLI XOTIRA

     Mikroprotsessorli xotira (MPX) - unchalik katta bo’lmagan, lekin o’ta tezkor xotiradir (MPX ga murojaat qilish vaqti, ya’ni bu xotiradan ma’lumotlarni o’qish, qidirish yoki yozish vaqti nanosekundlar - mikrosekundning mingdan bir ulushlari bilan o’lchanadi).

    U mashina ishlashining yaqin taktlarida hisoblashlarda qatnashadigan ma’lumotlarni qisqa vaqt saqlash, yozish yoki berish uchun mo’ljallangan; mikroprotsessorli xotira mashinaning yuqori tezkorliligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez harakat qiladigan mikroprocessorni samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotlarni qidirish, o’qish va yozish tezligini har doim ham ta’minlay olmaydi.

Mikroprotsessorli xotira razryadliligi mashina so’zidan kam bo’lmagan tez harakat qiladigan registrlardan tashkil topgan. Registrlarni soni va razryadliligi turli mikroprocessorlarda turlicha: 8086 MP da 14 ta ikki baytli registrlardan to Pentium mikroprotsesoridagi turli uzunlikdagi bir nechta o’nlab registrlargachadir.

Mikroprotsessor registrlari umumiy vazifali va maxsus registrlarga bo’linadi.

Maxsus registrlar turli adreslarni (xotira segmentlarining adreslari - Asegm, xotira yacheykalarining segmentlar ichida siljish adreslari - Abaza, Aqayd , Asil buyruqlar va b.), amallarni bajarilish natijalari va SHK ning ish rejimlari belgilarini (masalan, bayroqchalar registri) saqlash uchun ishlatiladi.

Umumiy vazifali registrlar universal hisoblanadi va istalgan ma’lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin, lekin ularning ba’zilari bir qator jarayonlarni bajarishda albatta ishlatilgan bo’lishlari shart.


Download 90.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
nomidagi toshkent
guruh talabasi
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
samarqand davlat
navoiy nomidagi
haqida tushuncha
toshkent davlat
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
vazirligi toshkent
Darsning maqsadi
Toshkent davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
bilan ishlash
pedagogika universiteti
Nizomiy nomidagi
fanining predmeti
sinflar uchun
o’rta ta’lim
maxsus ta'lim
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fanlar fakulteti
ta'lim vazirligi
tibbiyot akademiyasi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
umumiy o’rta
Referat mavzu
ishlab chiqarish
fizika matematika
pedagogika fakulteti
universiteti fizika
Navoiy davlat