Mavzu: Ekvator. Meridian va parallel chiziqlar. Globus. Harita. Oy va uning fazalari '''Ekvator''' (lot ayeyaia!og teng boʻluvchi), geografik ekvator, Yer ekvatori



Download 12,45 Kb.
Sana01.03.2022
Hajmi12,45 Kb.
#475703
Bog'liq
5 amaliy


5-amaliy mashğulot
Mavzu: Ekvator. Meridian va parallel chiziqlar. Globus. Harita. Oy va uning fazalari
'''Ekvator''' (lot. ayeyaia!og — teng boʻluvchi), geografik ekvator, Yer ekvatori

1) Yer yuzasida qutblardan teng uzoqliqdan oʻtkazilgan katta aylana chiziq; Yerning aylanish oʻqiga perpendikulyar boʻlgan va uning markazidan oʻtuvchi yassi yuza bilan yer yuzasining kesishgan chizigʻi. E. uzunligi 40 075 696 m. E. Yer sharini ikkiga — Shim. va Janubiy yarim sharlarga boʻladi. Geografik kengliklar E.dan qutblarga tomon hisoblanadi. E.da kecha va kunduz


doimo teng boʻladi. Quyosh E. ustida har yili 2-marta — bahorgi teng kunlik va yozgi teng quk/shklarda zenitda boʻladi;

2) Osmon ekvatori — osmon sferasi barcha nuqtalarining olam qutblaridan 90° da joylashgan katta doirasi. Osmon E. tekisligi Yer E. tekisligiga parallel va kuzatish joyidan biror tomonda ufq tekisligiga 90° — (r burchak ostida qiya joylashgan, f — bu yerda joyning kengligi. Osmon E. osmon sferasini Shim. va Janubiy yarim sharlarga ajratadi.


Ekvator liniyasi dunyoning shakli tufayli osmonga eng yaqin nuqtadir.
'''Globus''' (lot. globus — shar, kurra) — Yer sharining modeli, uning kichik masshtabdagi sharsimon nusxasi. Globusda Yerning geometrik konturlari va maydonlar nisbatini saqlagan holda butun yer yuzasidaggzfhi geografik obʼyektlar (quruqlik va suv havzalari, tog , tekislik va b.) qiyofasi muayyan nisbatda juda kichraytirilgan holda tasvirlanadi. G.da geografik haritalarda yoʻl qoʻyiladigan yoʻnalish, maydon va shakl xatoliklari boʻlmaydi. G.lar foydalanish maqsadlariga koʻra birbiridan farq qiladi: oʻquv G.lari, ilmiy ishlarga moʻljallangan G.lar, transport qatnovi uchun amaliy maqsadlarda foydalaniladigan G.lar. Masshtabi maqsadga koʻra tanlanadi. Oʻquv G.lari, odatda, 1:83 000 000, 1:50 000 000, 1:40 000 000, 1:30 000 000 masshtabda tayyorlanadi. Shu bilan birga ulkan G.lar ham yasalgan. Hoz. vaqtda Sankt-Peterburg sh.da saklanadigan G. masshtabi 1:4 000 000, Toshkentda OʻzMU geogr. fakultetidagi G. masshtabi 1:7 000 000.

Yer yuzasi tasvirlangani ge o grafik G., Oy yuzasi tasvirlangan Oy G.i, osmon sferasi tasvirlangan osmon G.i deb ataladi. Haritagrafik mazmuniga koʻra ham G.lar har xil boʻlishi mumkin. Eng keng tarqalgani tabiiy geografik G.lardir.


G. yasash tarixi uzoq oʻtmishdan boshlangan. Qadimda sanokligina olimlarning olam haqidagi ilmiy tugʻri tasavvurlari dastlabki G.larda uz aksini topgan. Dastlabki ibtidoiy G.ni mil. av. 2-asrda yunonistonlik Krates yasagan va u Oʻrta asr G.laridan ancha farq qilgan.


Sharqda dastlabki ilmiy G.ni Xorazmda Abu Rayhon Beruniy 1016-yilda yasagan (P. G. Bulgakov uni 995 y.da yasalgan deb yozgan), u faqat Shim. yarim shardan iborat eng birinchi boʻrtma (relyefli) G. boʻlib, aholi yashaydigan joylar aniq kursatilgan. G.ning diametri qariyb 5 m boʻlganligi maʼlum (masshtabi 1:2 500 000). Beruniy oʻzi yasagan G. haqida "Geodeziya" asarida yozib qoldirgan. 13-asrda Misrda ham G. ishlangan. 1492-yil Nyurnbergda nemis geografi va sayyohi Martin Bexaym (1459—1507) diametri 0,54 m li G. ("Yer olmasi")ni yasagan. Unda Yangi Dunyoni kashf kilinishi arafasidagi Yer yuzasi haqidagi tasavvurlar aks etgan. Bexaym bu G.ni yasashda asosan Ptolemey maʼlumotlariga asoslangan dunyo haritasidan foydalangan. Toshkentdagi katta G. Toshkent universiteti buyurtmasi bilan 1979—84 y.larda Perm davlat universiteti laboratoriyasida yasalgan (diametri 196 sm, ogʻirligi 490 kg , yuzasi 13 m2 ga yaqin, oʻquv maqsadlarida foydalaniladi). Bu G. ni buyurtirish va olib kelish tashabbuskori geogr. fanlari doktori, prof. H. H. Hasanov boʻlgan. Masshtabi ikki xil: gorizontal masshtabi 1:7 000 000, vertikal masshtabi 1:2 000 000. Yer yuzasidagi baland-pastliklar Yerning kattaligiga nisbatan juda kichik boʻlganligi sababli 2 xil masshtab qabul qilingan. Bunday qilinmasa G.da Yer yuzasi relyefi shakllari koʻrinmay qoladi. Yer yuzasi shakllari boʻrtma usulda, landshaftlar ranglar bilan tasvirlangan. Landshaftlarga rang tanlashda Yerning koinotdan olingan suratlari ranglaridan foydalanilgan.


15-asrda Samarqanddagi Mirzo Ulugʻbek qurdirgan rasadxonada ham kattagina G. boʻlgan. Unda iqlimlarning chegaralari, togʻlar, choʻllar, dengizlar va daryolar koʻrsatilgan. Binobarin, dunyodagi ikkinchi G.ni Samarkand astronomlari yasashgan. Ulugʻbekning oʻlimidan keyin u mutaassiblar tomonidan yoʻqotilgan. Samarqanddagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi va madaniyati muzeyida katta noyob bir G. saqlanadi. Mukammal ishlangan bu G.ni 1895-yil xoʻjandlik maʼrifatchi Hoji Yusuf Mirfayoz oʻgʻli musavvir va olimlar bilan hamjihatlikda yasagan. G.ning balandligi uni koʻtarib turgan tagligi bilan birga 117 sm, shar aylanasi 160 sm, masshtabi 1:2 500 000. G. gradus toʻrlariga boʻlingan. Meridian va parallellar kora rang , tropik chiziqlari va qutb doiralari kizil rang bilan chizilgan. Nolinchi meridian Grinvichdan emas, Afrikaning gʻarbidagi Yashil burun o.laridan oʻtkazilgan. Bu Abu Rayhon Beruniy G.sidagi boshlangʻich meridianga toʻgʻri keladi. G.ga kariyb mingta nom yozilgan. G.ga belbogʻ tarzida 12 burj doirasi oʻrnatilgan. Har bir burj doirasi ichida burjni anglatuvchi rasmlar — sher, qoʻy, qisqichbaqa, chayon, baliq, qoʻchqor, hoʻkiz va b. tasvirlangan. Bu Turkiston oʻlkasi mahalliy olimlari yaratgan va ilmiy jihatdan oʻz davri uchun eng mukammal G. dir




'''Oy fazalari''' - Oyning Yer atrofidagi harakatlanishi davrida Quyoshga nisbatan egallaydigan vaziyatlari. Oy oʻzidan nur chiqarmaydi, uni Quyosh nuri yoki Quyosh nurining Yerdan kaytgan qismi yoritishi mumkin, shu tufayli Oyning fazoda Quyoshga va Yerga nisbatan qanday holatda turishiga koʻra, u yerdan qaraganda turli shakdda koʻrinadi. Har oyda Oy taxminan Yer bilan Quyosh orasidan oʻtadi va Yerga oʻzining qorongʻi tomoni bilan turadi. Bunga astronomikyangi oy deyiladi. 1—2 kun (sutka) dan soʻng Quyosh botgach, osmonning gʻarbiy qismida Oy ingichka oʻroq shaklida koʻrinadi, bu xalq tilida hilol yoxud yangioy (fan tilida — vizual yangioy) deyiladi. Bunda Oyning qolgan qismini Yer oʻzining kunduzgi yarim sharidan qaytgan Quyosh nurlari bilan xira kulrang ravishda yoritib turadi. 7 kundan keyin Yerdan Oyga va Quyoshga tomon yoʻnalishlari orasidagi burchak 90° ga teng boʻladi, bunda u yarim "kulcha" shaklida koʻrinib, Oyning bu fazasi birinchi chorak deyiladi. taxminan 14—15 kunlik Oy Quyoshga qarama-qarshi turib, uning Quyosh bilan yoritilgan yarim sferasi toʻlali-gicha Yerga karaydi. Oyning bu fazasi toʻlinoy deb ataladi. Bunda Oyni toʻla yorugʻ doyra shaklida kurish mumkin. Keyingi kunlarda Oyning gʻarbiy tomoni "emirila borib", 22-sutkada faqat qabariq tomoni sharqqa qaragan yarim doyra shaklida koʻrinadi. Buni Oyning oxirgi chorak fazasi deyiladi. 29,5 sutkadan soʻng Oy yana astronomik yangioy fazasida boʻladi. Ikki ketma-ket kelgan yangioy orasida oʻtgan vaqt Oyning sinodik davri deyilib, u 29,53059 sutkaga teng . Sinodik oy siderik oyga Karaganda bir oz ortiqroq, chunki shu davr orasida Yer oʻz orbitasining qismini utadi. Agar Quyosh Oy orbitasi tugunlarining bi-rontasi yaqinida (undan 16,5° dan kichik yey masofada) bulganda yangioy ku-zatilsa, albatta Quyosh tutiladi. Bu hodisa tulin oy paytiga toʻgʻri kelsa, unda Oy tutilishi mumkin (qarang [[Oy tutilishi]], [[Kuyosh tutilishi]]). Oy fazalarining davriy oʻzgarishi oy kalendarlarining yaratilishi uchun asos boʻlgan.
Download 12,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish