7 Qo’sh nur sinishi



Download 31.43 Kb.
Sana07.04.2021
Hajmi31.43 Kb.

7 Qo’sh nur sinishi

Yorug’lik qandaydir kristalldan o’tganda, yorug’lik nuri ikkita nurga ajraladi. Qo’sh nursinishda bitta nur odatdagi sinish qonunini qanoatlantiradi, tushayotgan nur va normal tekisligida yotadi. Bu nur odatdagi nur deb ataladi



(7.8 - rasm).



7.8 – rasm. Qo’sh nursinishi

- yo’nalishdagi ikkinchi nur uchun nisbat tushish burchagi o’zgarganda doimiy saqlanmaydi. Bu nur odatdan tashqari nur deb ataladi.

Nur normal bo’lib tushganda ham, odatdan tashqari nur boshlang’ich yo’nalishdan og’ishi mumkin, burchak ostida tushganda esa, tushayotgan nur va sinish sirtiga normal tekisliklarda yotmaydi. Bu esa odatdagi va odatdan tashqari bo’lgan nurlarning sinish ko’rsatkichlari xar xil ekanligini bildiradi yoki kristallda har xil tezliklar bilan tarqaladilar.

Qo’sh nur sinish xodisasi, kubik kristallardan tashqari, barcha tiniq kristallarda kuzatiladi.

Odatdagi va odatdan tashqari nurlarni tekshirish, ular bir-biriga o’zaro perpendikulyar yo’nalishlarda to’la qutblanganliklarini isbotlaydi. Ikkala nur kristalldan chiqayotganda faqat qutblanish yo’nalishlari bilan farqlanadilar.

Ayrim kristallarda nurlardan biri boshqasiga nisbatan kuchli yutiladi. Bu xodisa – yorug’likning dixroizmi deb ataladi.

Qo’sh nur sinish, kristall ichida xar xil yo’nalishlarda kristallning tuzilishi va xususiyati xar xilligi bilan tushuntiriladi. Bu holda kristall anizotrop muhit ko’rinishida bo’ladi.

Kubik bo’lmagan kristallarda dielektrik singdiruvchanlik kristall panjara yo’nalishlariga bog’liq bo’ladi. bo’lgani uchun singdirish ko’rsatkichi ham kristall panjara yo’nalishlariga bog’liq bo’ladi.

Qo’sh nur sinishi xodisasi tabiiy yorug’likdan, qutblangan yorug’lik olish imkonini beradi. Buning uchun qo’sh nur sinishni xosil qiladigan kristall yordamida tabiiy nurni odatdagi va odatdan tashqari nurlarga ajratiladi. Undan so’ng nurlardan birini chetga og’diriladi yoki yutilishiga majbur qilinadi, ikkinchisi esa qutblangan nur sifatida foydalaniladi. Qo’sh nur sinishi tiniq izotrop moddalarda, xar xil tashqi ta’sir ostida kuzatilishi mumkin. Bu vaqtda sun’iy anizotrop modda paydo bo’ladi.

Sun’iy anizotrop modda mexanik deformasiya yoki elektr maydoni (Kerr effekti) ta’sirida hosil bo’lishi mumkin.



Qutblangan nur normal holda kristallga tushganda nur dastasi yana odatdagi va odatdan tashqari nurlarga ajraladi, ular bir yo’nalishda, xar xil tezliklarda tarqaladilar. Ular orasida  optik yo’l farqi va  fazalar farqi xosil bo’ladi:

; , (7.7.1)

Odatdagi va odatdan tashqari nurlarda tebranishlar o’zaro perpendikulyar bo’lgani uchun, ularni qo’shganda elliptik ko’rinishdagi tebranishlar hosil bo’ladilar va vektor uchi ellipsni chizadi. Bunday yorug’lik elliptik ko’rinishda qutblangan deb ataladi. Agarda fazalar farqi bo’lsa, qo’shilgan tebranishlar to’g’ri chiziqqa aylanadi.



7.8 Qutblanish tekisligining aylanishi

Yorug’lik ayrim moddalardan o’tganda, yorug’lik vektori tebranishi tekisligining aylanishi kuzatiladi. Bunday imkoniyatgan ega bo’lgan moddalar, optik aktiv moddalar deb ataladi. Bular – kvars, shakar eritmasi va boshqalardan iboratdir.

Optik aktiv moddalarda, qutblanish tekisligining burilish burchagi nur bosib o’tgan yo’lga to’g’ri proporsionaldir.

Kristallarda:



, (7.8.1)

Eritmalarda esa, qutblanish tekisligining aylanish burchagi eritma konsentrasiyasiga ham bog’liq bo’ladi:



, (7.8.2)

- koeffisiyent qutblanish tekisligining solishtirma aylanish ko’rsatkichi deb ataladi va u tushayotgan yorug’lik to’lqin uzunligiga bog’liqdir.
Download 31.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat