Mavzu: ekg tipidagi ekskavatorlar konstruksiyasini o‘rganish



Download 0,6 Mb.
bet1/3
Sana22.06.2022
Hajmi0,6 Mb.
#693617
  1   2   3
Bog'liq
EKG tipidagi ekskavatorlar


Mavzu: EKG tipidagi ekskavatorlar konstruksiyasini o‘rganish.

Reja:



1. EKG tipidagi ekskavatorlar texnik tavsifi
2. EKG tipidagi ekskavatorlar konstruksiyasi
3. EKG tipidagi ekskavatorlar ishlash mexanizmi
Kirish
Bir cho’michli ekskavatorlar ikkita asosiy qismdan tashkil topgan: pastki yurish qismi va yuqorigi burilish qismi.
Yurish qismi mashina og’irligini va ish vaqtida hosil bo’ladigan qo’shimcha og’irliklarni qabul qilib zaminga uzatadi, hamda ekskavator harakatlanishini ta’minlaydi.
Burilish qismi kuch berish qismlari, mexanizmlar va ishchi uskunalari joylashgan buriluvchi platformadan tashkil topgan.
Buriluvchi platforma tayanch-burilish qurilmasi orqali yurish ramasiga o’tiradi va vertikal o’qda gorizontal tekislik bo’ylab burilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buriluvchi platformaning gorizontal tekislikda burilish burchagiga bog’liq ravishda ekskavatorlar to’liq buriluvchi yoki to’liqsiz buriluvchi deb ataladi. Ochiq kon ishlarida ishlatilayotgan barcha bir cho’michli ekskavatorlar to’liq buriluvchi ekskavatorlardir.
Ochiq kon ishlarida ishlatiladigan bir cho’michli ekskavatorlar ishchi uskunalarining turlari asosan – to’g’ri kurakli ekskavator va draglayndir. Ba’zi hollarda teskari kurakli ekskavator, greyfer va strug ishlatiladi.
To’g’ri kurakli ekskavatorlarning asosan to’rtta turi ishlab chiqariladi: suriladigan rukoyat bilan kuch beruvchi, tirsak-richag bilan kuch beruvchi, “Superfront” ishchi uskunasi bilan kuch beruvchi va gidravlik kuch beruvchi ekskavatorlar.
To’g’ri kurakli suriladigan rukoyat bilan kuch beruvchi –EKG-5A ekskavatorining tuzilishini ko’rib chiqamiz (rasm-25). Ekskavator ishchi uskunalardan, kuzov 1 bilan birga buriluvchi platforma 14 va gusenitsali 16 yurish organidan tashkil topgan.
Ekskavator ishchi uskunalariga cho’mich 9, strela 5 va rukoyat 12 kiradi. Cho’mich tagidan ochiluvchi. Strela platformaga tayanchli sharnir orqali o’rnatilgan va ikki oyoqli ustun 2 ga kanat 5 yordamida burchak ostida tortib qo’yiladi.
Cho’mich kon jinsini qamrayotganda buriluvchi platformada joylashgan ko’taruvchi baraban yordamida kanat 7 orqali ko’tariladi.
Rukoyat 12 ni zaboyga surish ya’ni rukoyatga kuch berish uchun kuch berish mexanizmidan foydalaniladi. EKG-5A ekskavatori tishli-reykali kuch berish mexanizmi 4 ga ega bo’lib strelada joylashgan. Tishli reyka rukoyat pastki tomoniga mahkamlangan. Kuch beruvchi shesternya esa kuch beruvchi valga joylashtirilgan. Rukoyat kuch beruvchi val o’qida burilish imkoniyatiga ega bo’ladi.


25-rasm. EKG-5A ekskavatorining umumiy ko’rinishi


Buriluvchi platformada ko’tarish barabanidan tashqari burish mexanizmlari, kuch berish uskunalari va ekskavatorni boshqarish mexanizmlari joylashgan.


Buriluvchi platforma rolikli aylana yordamida tishli venets 17 o’rnatilgan yurish telejkasi ramasiga o’tiradi va 360 gradusga burilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Tishli-reykali kuch berish mexanizmi bilan PO «Uralmash» (Rossiya) zavodida ishlab chiqarilgan ekskavatorlar jihozlangan. EKG-8I, EKG-12,5 kabi ekskavatorlar esa ‘O «Ijorskiy zavod» (Rossiya) zavodida ishlab chiqariladi va ular kanatli kuch berish mexanizmi bilan jihozlanadi. Ushbu ekskavatorlarda rukoyatning oldinga va orqaga harakati kanat yordamida bajariladi. Kanatni tortish platformada joylashtirilgan lebedka, rukoyat va strelada joylashtirilgan yarim blok va bloklar orqali amalga oshiriladi.
Tirsak-richagli kuch beruvchi ekskavatorlarda rukoyat strela bilan kinematik bog’lanmagan bo’lib strela ustunlari oralig’ida harakatlanadi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish