Karyer gidravlik ekskavatorlari EG-12AU va EG-20U cho’michlari sig’imi 12 va 20 m3. Ishchi uskunalarining barchasi alohida gidravlik yuritmalarga ega.
Gidravlik ekskavator (27-rasm) larda strela 1, rukoyat 2 va cho’mich 3 bir-birlari bilan sharnirli bog’langan. Strela ekskavator korpusi bilan ham sharnirli bog’langan. Ekskavatorning ishchi uskunalari bir-birlari bilan mos ravishda 4, 6 va 5 gidrosilindrlari bilan ta’minlangan.
EG-12AU ekskavatori gidrosilindrlariga bosim ostidagi moyni yetkazib berish uchun har birining zo’riqmasi 900 l/min bo’lgan ikkita nasos qurilmasi va 660 kVt li elektr yuritma bilan ta’minlangan. Gidrotizimdagi umumiy bosim 30 MPa ni tashkil etadi.
27-rasm. EG-12AU gidravlik ekskavatori
Qadamlovchi ekskavator-draglayn
Ekskavator-draglayn (2.5.-rasm) lar cho’michi 4 ko’taruvchi 1 va tortuvchi 5 kanatlarga osiladi. Draglayn strelasi tayanch 6 va yo’naltiruvchi blok 3 ga ega. Ekskavatorning burilish mexanizmi to’g’ri kurakli ekskavatorlarniki kabi tuzilishga ega.
Draglaynlar gusenitsali yoki qadamlovchi mexanizmga ega bo’lgan yurish organi bilan ishlab chiqariladi. Ekskavator ish vaqtida tayanch rama bazasi 7 da o’tiradi.
28-rasm. Ekskavator-draglayn (a) va uning cho’michi (b)
Mexanik kuraklar va draglaynlar cho‘michlarining chiziqli o‘lchamlari (metrlarda) - kengligi Vi, uzunligi - Li va balandligi hi hamda uning massasi mkl (t) quyidagi bog‘liqliklar bo‘yicha ularning sig‘imi E(m3) funksiyasida aniqlanadi:
mexanik kuraklar uchu
(10.1)
draglaynlar uchun
(10.3)
(10.4)
bunda, Kk- ilgakli cho‘mich tarasi koeffitsienti (1-1,4-engil jinslar uchun, 1,3-1,9- o‘rtacha jinslar uchun va 1,6-2,4- og‘ir jinslar uchun), t/m3; K1va K2-proporsionallik koeffitsienti (0,143 va 9,6 - engil jinslar uchun, 0,092 va 20 o‘rtacha jinslar uchun 0,046 va 40,6 og‘ir jinslar uchun).
CHo‘michdagi jinslar massasi mp(t) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
(10.5)
ular uchun u va Kr qiymatlari P6-jadvalda keltirilgan (ilovaga qarang).
Draglaynlar uchun ko‘tarma arqondagi oxirgi yuklanish , quyidagi bog‘liqliklar bo‘yicha aniqlanadi.
Mexanik kuraklar va draglaynning blokli strela massasi ms(t), shuningdek, karer mexanik kuraklarining bosim berish mexanizmi massasi mn(t) quyidagi ko‘rinishdagi bog‘liqlik bo‘yicha ekskavator massasi me(t) funksiyasida aniqlanishi mumkin.
(10.6)
bunda,Km- massa koeffitsienti (ilovadagi 10.2 -jadval),
me- ekskavator massasi (ilovadagi P8 jadvalga qarang).
Bir cho‘michli ekskavatorlarning massasi me(t) birinchi yaqinlashishda quyidagi ko‘rinishdagi bog‘liqlik bo‘yicha aniqlanishi mumkin
(10.7)
bunda, Ke-metall sig‘imi koeffitsienti, t/m3. Karer mexanik kuraklari uchun (E= 2÷20 m3) qoplama jinslarni qazuvchi kuraklar uchun (E= 6,5÷100 m3) draglaynlar uchun (E= 6÷100 m3) Ke=50÷120 t/m3.
Bir cho‘michli ekskavator massasi miqdori va Ki(ilovadagi P8 jadval) proporsionallik koeffitsenti bo‘yicha taxminan quyidagi empirik ifoda bilan jadvalda sanab o‘tilgan tuzilmaviy elementlarning chiziqli o‘lchamlarini aniqlanishi mumkin
Ekskavator ish jarayoniga va uning unumdorligiga quyidagi asosiy omillar ta`sir ko’rsatadi:
1. Tog’ jinsining struktura holati, fizik-mexanik xossalari va kon geologik sharoiti bilan belgilanadigan qazish bo’yicha qiyinchilik ko’rsatkichi bo’yicha kategoriyasi. Misol uchun nam tuproqsimon tog’ jinslarini qazishda, ular cho’michga yopishib qoladi va undagi foydali hajm kamayadi va yopishgan tog’ jinslari tushishi qiyinligi sababli ekskavator qazish sikli davomiyligi cho’ziladi. Sifatsiz portlatilgan qoyasimon tog’ jinslari va qish sharoitida yomon maydalangan muzlagan grunt ham ekskavator cho’michi to’lishi koeffitsientini kamayishiga olib keladi;
2. Ekskavator texnik parametrlari, holati va konstruktiv - ishlab chiqarish ishonchliligi;
3. Mashinist kvalifikatsiyasi;
4. Ekskavator ish joyining pog’ona balandligi, transport vositasining yuklashga kelishi sharoiti va yoritilganlik bilan belgilanadigan sifat ko’rsatkichi;
5. Transport vositalarining yetarli darajadagi soni, yo’llar texnik holati, o’z vaqtida yo’qilgi, energiya, ehtiyot qismlar va hokazolar bilan ta`minlanganlik, hamda sifatli texnik xizmat va ta`mirlash ishlari bajarilganligi va boshqalar bilan belgilanadigan ishni tashkil etish.
Ekskavatorlarda nazariy, texnik va ekspluatatsion ish unumdorligi kuzatiladi.
Ekskavator nazariy unumdorligi Qn (m3/soat) uning sof ish vaqtida bajargan ish hajmi va miqdori bilan belgilanadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi.
, m3/soat (12.1)
bu yerda: E – cho’mich sig’imi, m3; Ko’p cho’michli ekskavatorlar texnik tavsifida uning nazariy unumdorligi keltirilgan bo’ladi yoki ish bajaruvchi uskunalardagi barcha cho’michlar sig’imi litrda beriladi.
nz - bir minutda yuklanadigan cho’michlar soni, min-1.
Bir cho’michli ekskavatorlar texnik tavsifida nazariy sikl davomiyligi ts berilgan bo’lib, nz - qiymati quyidagi ifoda bilan hisoblanadi.
, (12.2)
Sikl davomiyligi ko’pincha 900 ga burilish uchun berilgan bo’lib, burilish burchagi farq qilgan holatlarda sikl davomiyligi spravochnik manbalarda keltirilgan korrektirovka koeffitsientiga ko’paytiriladi.
Ekskavatorning texnik unumdorligi, uning ishlatilish sharoitlariga mos ravishda, to’xtatilishi zarur bo’lgan vaqt inobatga olingan holda quyidagi formula bilan aniqlanadi, Qtex (m3/soat)
, m3/soat (12.3)
bu yerda: Kn va Kr - mos ravishda cho’michning to’lishi va unda tog’ jinslarining qo’shimcha maydalanishi koeffitsientlari Kn=0,8-1,1 va Kr=1,1-1,5;
tp - ekskavatorning bir joyda turib yoki ish bajaruvchi a`zoning bitta yo’nalishda tuxtovsiz ishlashi davomiyligi;
tp - bir cho’michli ekskavatorlar uchun ish joyini bitta surilishi yoki ko’p cho’michli ekskavatorlar uchun ish bajaruvchi a`zoning harakati yo’nalishini o’zgartirishi uchun ketgan vaqt;
Kek=Kn/Kr - ekskavatsiya koeffitsienti.
Ekskavator unumdorligi vaqt birligida qo’shimcha ravishda texnik va tashkiliy sabablarga ko’ra to’xtashlarga ketgan vaqt inobatga olib aniqlanadi QE (m3/smena)
, m3/smena (12.4)
bu yerda: Ts - smena davomiyligi, soat;
KV - ekskavatorning vaqt davomida ishlatilishi koeffitsienti.
Ishlab chiqarish amaliyotidan kelib chiqib ekskavatorning transport vositalari bilan birgalikda ishlash sharoitidan KV ning quyidagi qiymatlari tavsiya etiladi:
Avtotransportga yuklaganda - KV=0.5-0.6;
Temir yo’l vagonlariga yuklaganda KV=0.55-0.7 ;
Konveyerga yuklaganda yoki ag’darmaga to’kganda KV=0.75-0.85
Topshiriq 12. Bir cho’michli va ko’p cho’michli ekskavator unumdorligini hisoblash. Topshiriq 12 ni hisoblash uchun qiymatlar 12-jadvalda keltirilgan.
12-jadval
№
|
Ekskavator tipi
|
Cho’mich sig’imi, m3
|
Transport tipi
|
1
|
EVG - 15/40
|
15
|
Avtotransport
|
2
|
EVG-35/65M
|
35
|
Konv/transporti
|
3
|
EVG-100/70
|
90
|
TY/transporti
|
4
|
EKG-4,6B
|
4,6
|
Avtotransport
|
5
|
EKG-5
|
5,6
|
Avtotransport
|
6
|
EKG-8I
|
8
|
TY/transporti
|
7
|
EG-12
|
12
|
Konv/transporti
|
8
|
EKG-12,5
|
12,5
|
TY/transporti
|
9
|
EKG-6,3U
|
6,3
|
Konv/transporti
|
10
|
EKG-20
|
20
|
Avtotransport
|
11
|
ESH-6/45
|
6
|
Ag’darma
|
12
|
ESH-10/70A
|
10
|
Ag’darma
|
Ekskavator platformasida ko’tarish, tortish va burilish mexanizmlari lebedkalari va yuritmalari joylashadi.
To’g’ri kurakli ekskavatorlarda cho’michga zo’riqma kuchini berish kuch berish mexanizmlari yordamida bajariladi. Kuch berish mexanizmi yuritmasidan hosil qilinuvchi kuch kanatli-polispast tizimi yoki tishli-reykali mexanizm yordamida egarli podshipnik orqali suriluvchi cho’mich rukoyatiga uzatiladi.
Kuch berish mexanizmining strelada joylashishi ekskavator burilish qismining inersiya momentini va ag’darilish momentini va natijada posangi og’irligini oshiradi, bu esa o’z navbatida cho’mich sig’imini yoki qamrash radiusini kamaytirishni talab etadi. Buriluvchi platforma bilan birga aylanayotgan massalar radiusi va inersiyasining dinamik momenti oshishi natijasida burilish mexanizmi detallaridagi inersion yuklamasi ortib ketadi. Bunday holatda platformaning tezlanish va tormozlanish vaqti oshadi, natijada ish sikli davomiyligi ko’payadi.
Kanat-polispast tizimida kuch beruvchi ekskavatorlarda kuch berish mexanizmining lebedkasi burilish platformasida joylashadi (EKG-10 va boshqalar). Strelada esa faqat yo’naltiruvchi bloklar va egarli podshipnik joylashadi.
Tishli-reykali kuch berish tizimi juda og’ir sharoitlarda ishlatiladigan ekskavator modellarida ishlatiladi.
Tirsak-richagli kuraklarda zo’riqma kuchi yuritish mexanizmidan kuch beruvchi shtanga orqali rukoyatga uzatiladi. Kuch beruvchi shtanga rukoyat va tebranuvchi ustun bilan umumiy sharnirda birlashgan egarli podshipnikda harakatlantiriladi (suriladi). Bunday holda mexanizm yuritmasi ( dvigatel va reduktor) ikki oyoqli ustunda yoki buriluvchi platformada joylashadi (EVG-35.65M). Kuch beruvchi balkaning siljishi kanatli-polispast tizimida yoki tishli-reykali tizimda amalga oshiriladi.
32-rasm. EKG-5A ekskavatori strelasining yig’ilgan tasviri:
Do'stlaringiz bilan baham: |