Fan: Din tarixi 9- sinf
Mavzu: ”Dunyo dinlari tarixi” fani maqsad va vazifalari
Maqsad:
Ta`limiy : O`quvchilarga ”Dunyo dinlari tarixi” fani maqsad va vazifalari haqida ma’lumotlar berish
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni diniy ta`limotlarni taqqoslay olish, tahlil qilsh qobiliyatlarini rivojlantirish
Tarbiyaviy: O`quvchilarni diniy bag`rikenglik ruhida tarbiyalash
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: og`zaki, savol-javob
Dars jihozi: darslik, chizma, tarqatmalar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
1.”Dunyo dinlari tarixi” fani maqsadi
2.”Dunyo dinlari tarixi” fani vazifalari
”Dunyo dinlari tarixi” fanining muhim xususiyati shundaki, u dinni ilmiy asosda, dunyoviy nuqtai nazardan o‘rganadi, dinshunoslikning predmetini, din, uning kelib chiqishi, vazifalari va rivojlanishini, tuzilishi va tarkibiy qismlarini, jamiyat tarixida namoyon bo‘lish shakllarini, shaxs va jamiyat hayotida tutgan o‘rnini, madaniyat sohalari bilan o‘zaro aloqadorligini tahlil qiladi. Shu ma’noda ”Dunyo dinlari tarixi” keng qamrovli xususiyatga ega bo‘lib, dinning mavjud barcha jihatlarini umumlashgan holda tahlil qiladi, uning ijtimoiy mavqeini aniqlaydi. ”Dunyo dinlari tarixi” nafaqat islom, balki jahonning boshqa dinlari – buddaviylik, xristianlik, iudaizm, hinduizm va boshqa diniy e’tiqodlar haqida ham tasavvur beradi. Dinlarning yo‘nalishlari, oqimlari (mazhablari) haqida faqat din tarixi predmeti orqali keng tasavvur hosil qilish mumkin. Shu ma’noda, diniy e’tiqodning ibtidoiy ko‘rinishidan hozirgi holatiga qadar bo‘lgan tarixiy evolutsiyasini o‘rganadi.
”Dunyo dinlari tarixi” fani din qanday shakllangan, kishilarda qanday qadriyatlar, normalar va xulq-atvor obrazlarini vujudga keltirishi, diniy tashkilotlarning qanday faoliyat ko‘rsatishi, dinning jamiyatda qanday funksiyalarni bajarishi kabilarni o‘rganadi.
”Dunyo dinlari tarixi” fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
– din va diniy e’tiqod haqida ilmiy, dunyoviy tasavvur hosil qilishga yordam berish;
– dinning inson hayotida tutgan o‘rni va mavqei haqida to‘g‘ri tushunchani shakllantirish;
– kishi ma’naviyatida ma’naviy bo‘shliq (vakuum) yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, turli
g‘ayritabiiy va g‘ayriinsoniy diniy qarashlar shakllanishining oldini olish.
”Dunyo dinlari tarixi” fanining vazifalari o‘zaro aloqador bo‘lib, ularni amalga oshirishda boshqa fanlar bilan hamkorlik qilish talab qilinadi.
Mustahkamlash:
1. ”Dunyo dinlari tarixi” fanining maqsadi nimalardan iborat?
2. ”Dunyo dinlari tarixi” fanining vazifalari nimalardan iborat?
3. ”Dunyo dinlari tarixi” fani nima uchun o’qitiladi?
Dars yakuni: baholarni e’lon qilish
Uyga vazifa: mavzuni o`qib savollarga javob yozish.
Fan: Din tarixi 9- sinf
Mavzu: Din va Jamiyat
Maqsad:
Ta`limiy : O`quvchilarga Din va Jamiyat munosabatlari, aloqalari to’g’risida ma’lumotlar berish
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni diniy ta`limotlarni taqqoslay olish, tahlil qilsh qobiliyatlarini rivojlantirish
Tarbiyaviy: O`quvchilarni diniy bag`rikenglik ruhida tarbiyalash
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: og`zaki, savol-javob
Dars jihozi: darslik, chizma, tarqatmalar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
1. Din va jamiyat munosabatlari.
2. Din va jamiyatning aloqadorligi.
Din azaldan inson va jamiyat hayotining ma’naviy asosi, poydevori bo‘lib kelgan. Din vositasida insonning biologik tabiati, hayvonot olami bilan umumiy jihatga ega bo‘lgan fiziologik mayllari, ehtiyoj va instinktlari jilovlandi, ularga insoniy qiyofa berildi. Diniy ongning ibtidosida «yaxshilik va yomonlik», «ezgulik va yovuzlik», «adolat va adolatsizlik» kabi axloqiy kategoriyalarning dastlabki elementlari shakllangani, din kishilik jamoasini mazkur kategoriyalar atrofida jipslashtira olgani bois, unda dunyoqarash, integrativ, regulyativ, kompensatorlik va boshqa funksiyalar mustahkamlandi.
Hozirgi kunga kelib, din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylandi, u ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rnini saqlab qoldi. Lekin uning ahamiyati turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlarda turlichadir. Din yetakchi mafkura hisoblangan davlatlar ham talaygina. Dunyoning qator davlatlarida din o‘zining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda.
Mustaqillikdan keyin dinning ijtimoiy-siyosiy salmog‘i o‘zgargan bo‘lsa-da, u bilan bog‘liq muayyan muammolar kelib chiqmoqda. Shu bois O‘zbekiston Konstitutsiyasida dinning mamlakatimizdagi ijtimoiy o‘rni aniq belgilab qo‘yilgan. Xususan, uning 31-moddasida: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», – deb ta’kidlanadi. Istiqlol arafasida, Markaziy Osiyoda diniy omil mavqeining ortib borishini hisobga olib, 1991 yil 14 iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu qonun jamiyatni demokratlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tobora kuchayib borayotgan mustaqillik uchun g‘oyaviy kurash ta’sirida sobiq O‘zbekiston sho‘ro hukumati tomonidan qabul qilingan edi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda dinga munosabat tubdan o‘zgardi. Mustabid tuzum davrida dinga nisbatan bir yoqlama (taqiqlovchi) munosabat o‘rnini diniy e’tiqod erkinligi egalladi. Bu narsa asosan ijobiy bo‘lsa-da, sekin-asta salbiy tus ola boshladi. Diniy bilimlardan uzoq davr mahrum bo‘lgan ayrim kishilar g‘ayridiniy, ekstremistik janggarilik ruhidagi, Imomi A’zam mazhabidan farq qiluvchi ayrim aqidalarga ergasha boshladilar. Diniy e’tiqodga ham islohot niqobi ostida azaliy diniy an’analarimizga zid bo‘lgan turli oqim va mazhablar vakillari kirib kela boshladilar. Shu davrda qurila boshlangan ko‘plab masjidlarda o‘tmishi noma’lum bo‘lgan g‘araz maqsadli kimsalar «in qura» boshladilar. Ular jamiyat hayotida siyosiy mavqega ega bo‘lish, islom diniy partiyasini tuzishga harakat qildilar. Ayrim viloyatlarda mavjud hukumat organlariga muqobil bo‘lgan diniy tashkilotlar ham tuzildi.
Bunday ziddiyatli davrda din rivojida ko‘plab ijobiy natijalarga ham erishildi. Islom diniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar, din peshvolarining nomlari qayta tiklandi, islom dinining taraqqiyotiga doir qator tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Bunday tadbirlar O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa diniy konfessiyalarda ham amalga oshirildi.
O‘zbekiston, milliy tarkibiga ko‘ra, ko‘p millatli davlat hisoblanadi. Hozir respublikamizda 130 dan ortiq millat va elatlarning vakillari istiqomat qilmoqda, 20 ga yaqin diniy konfessiya (lotincha confessionalis so‘zi e’tiqodga oid, cherkovga tegishli degan ma’nolarni anglatadi) faoliyat ko‘rsatmoqda, 80 dan ziyod milliy markazlar ishlab turibdi.
Mustahkamlash:
1. Din va jamiyat munosabatlari?
2. Din va jamiyatning aloqadorligi qanday?
Dars yakuni: baholarni e’lon qilish
Uyga vazifa: mavzuni o`qib savollarga javob yozish.
Fan: Din tarixi 9- sinf
Mavzu: Vijdon erkinligi
Maqsad:
Ta`limiy : O`quvchilarga Vijdon erkinligi tushunchasini yoritib berish va O’zbekistonda Vijdon erkinligiga etibor qanaqa ekanligini tushuntirish
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni diniy ta`limotlarni taqqoslay olish, tahlil qilsh qobiliyatlarini rivojlantirish
Tarbiyaviy: O`quvchilarni diniy bag`rikenglik ruhida tarbiyalash
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars usuli: og`zaki, savol-javob
Dars jihozi: darslik, chizma, tarqatmalar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
1. Vijdon erkinligi tushunchasi.
2. Mustaqil O’zbekistonda Vijdon erkinligi.
Vijdon erkinligi bu jamiyatdagi barcha dinlar, cherkov va diniy birlashmalar, turli dinlarga etiqot qiluvchi kishilarni teng huquqli deb biladi, biron bir imtiyozli boshqa bir dinlardan ustun qilib qo’ymaydi.
Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o’z etiqotlaridan qaytarib, dinni mamuriy tarzda taqiqlab qo’yishning har qanday nazariy va amaliy ko’rinishlariga chek qo’yadi. Shu bilan birga jamiyatda ilmiy dunyoqarashning qaror topishini vijdon erkinligining amalda nomoyon bo’lishi belgilaridan biri deb hisoblaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga binoan hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, Konstitutsiyaning 57-moddasida ta’kidlanishicha, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, Respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘lig‘iga va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati, maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi. 1998 yil 1 mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yangi tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun O‘zbekistonda dinning mavqei va o‘rnini juda aniq va ravshan belgilab beradi, sekulyarizm prinsipining har qanday dunyoviy davlat uchun muhim ekanligini ko‘rsatadi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun O‘zbekiston Respublikasi hududida diniy tashkilotlar tuzishning huquqiy maqomini belgilaydi. Ushbu qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilishdan iborat rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar va o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi. Diniy tashkilot o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan yuz nafardan kam bo‘lmagan fuqarolarning tashabbuslari bilan tuziladi.
O‘zbekistonda diniy tashkilotlarning huquqiy maqomi 1991 yil 14 iyunda (mustaqillikkacha) qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi dastlabki qonunda juda zaif belgilangan bo‘lib, diniy tashkilotlar tuzish osonlashtirilgan edi. Natijada ayrim viloyatlarda diniy tashkilotlarning soni benihoyat ortdi, diniy tashkilotlarga g‘arazli maqsadli shaxslar ham suqilib kira boshladilar va turli siyosiy davolar bilan haqiqiy din ahlini ekstremistik yo‘llarga torta boshladilar. Shuning uchun bu qonun ozgartirib, takomillashtirildi.
O‘zbekistonda diniy e’tiqod erkinligi deyarli yigirmaga yaqin diniy konfessiyalar faoliyati uchun sharoit yaratdi. Hozir O‘zbekistonda turli mazhablar, sektalar ham o‘z maslakdoshlariga ega. Bular adventistlar, krishnachilar, baptistlar, yevangelistlar, iyegovachilar, shialar, buddaviylar, katoliklar, yahudiylar, lyuteranlar va hatto baxailar bo‘lib, o‘z diniy urf-odatlarini erkin amalga oshiradilar.
Mustahkamlash:
1. Vijdon erkinligi tushunchasi haqida so’zlab bering?
2. O’zbekistonda Vijdon erkinligi qanaqa?
Dars yakuni: baholarni e’lon qilish
Uyga vazifa: mavzuni o`qib savollarga javob yozish.
Yillik Dars ishlanmani to’liq variantda olishni istaysizmi?
Dars ishlanmaning har bir sinfi 10 ming so’m*
(To’lovni o’z telefoningizdan Click orqali qilasiz, dars ishlanma esa elektron pochtangizga jo’natiladi.
Oldin pochta adresingizni mening pochtamga jo’natasiz keyin manabu instruksiyani terib pulni o’tqizasiz *880*3*937481214*summa# va shu zahoti ishlanma e-pochtangizga yuboriladi)
Bog’lanish uchun:
Tel: + 99893 7481214
E-Pochta: dars-ishlanma@mail.ru
Telegram: + 99890 7269514
* Masalan: Fizika 6-7-8-9-sinf yillik konspektni bahosi jami 40 ming bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |