Mavzu: Diniy madaniy an’analarning mamlakat taraqqiyotiga ta’siri
Reja:
Istiqlol, ma’naviyat va din
Ma’naviy an'anasifatida dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni
Islom dinining sharq ma’naviy madaniyatida tutgan o’rni va roli
Ma’naviyat murakkab ijtimoiy hodisa bo’lib, uning holati va taraqqiyotiga juda ko’p omillar - siyosat, iqtisod, fan, axloq, san’at, urf-odat kabi hodisalar ta’sir yetkazadi.
Ma’naviy qadriyatlar - bular kishilar ma’naviy faoliyatining mahsuli, bilishning murakkab jarayoni natijasi bilim, hayot, qarash, malakalar samarasidir.
Ma’naviyat jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo’lar ekan, u nafaqat bugungi madaniy boyliklarga, qadriyatlarga zamonaviy, ma’naviy yutuqlarga, shu bilan birga har bir xalqning ko’p asrlik ma’naviy merosiga ham tayanadi. Har bir davr, xalq, millatning ma’naviy qadriyatlari tabiiyki, quruq, bo’sh yerda vujudga kelmaydi. Har qanday ma’naviyat, eng avvalo, jamiyatda avval erishilgan muayyan bilimlar, tajribalar hamda o’tmish avlodlardan bizgacha yetib kelgan ma’naviy merosga, shuningdek, umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga tayanadi.
Ma’naviyat tarkibida dinning alohida o’rni mavjudligi o’z-o’zidan ravshan. Buning boisi avvalo shundaki, din ming yillar mobaynida insoniyat hayotining barcha jihatlari bilan chambarchas bog’lanib, uning turmush tarziga aylanib ketgan. Boshqa tomonidan, din ta’sirining zamirida savob va gunoh haqidagi tasavvurlar turadiki, odamlar bu ma’naviy xodisalarga hyech qachon bafarq qaramagan. Binobarin, savob va gunoh, shuningdek, savobli ish qilganlarning ham bu dunyo, ham nariga dunyo taqdirlanishi, gunohkorlarning esa jazolanishi to’g’risidagi qarashlar kishilik jamiyati taraqqiyatining ilk bosqichlaridan shakllanib, odamlarning axloqiy munosabatlarini tartibga solib kelgan.
Din ijtimoiy ong shakllarining biri sifatida kishilar ma’naviy hayotining kuchli va hatto asosiy omili bo’lgan. E’tiqod sifatida e’tirof etilgan tamoyillarga qat’iy amal qilish va uni kundalik turmushda bajarish dinda asosiy o’rin egallaydi. Diniy talablar har bir shaxsdan qat’iylik, iymoniylik, irodalilik, sabr-toqatlilik, chidamlilik, shukronalik, xullas odamiylilik, haqiqiy fidoiylilikni, e’tiqodga amal qilishni taqozo etadi va kishining ma’naviy salohiyatini shakllantiradi. Prezidentimiz Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochilishiga bag’ishlangan nutqlarida dinning inson ma’naviyatini kamol toptirishdagi roliga baho berib, shunday ta’riflagan edi: «Men ilohiy dinimizning olijanob intilishlarimizga xizmat qiladigan, xayrli ishlarimizda bizga madad beradigan bitmas - tuganmas kuch- qudrat manbai bo’lib qolishiga ishonaman»1.
Yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqadigan xulosa shuki, ma’naviyat uzluksiz jarayon bo’lib, jamiyat hayotining barcha sohalarida o’zining chuqur ta’sirini topgan. Ma’naviyatning mohiyatini Prezidentimiz I.A.Karimov shunday bayon qilganlar: «Ma’naviyat deganda, avvalambor, odamni ruhan poklanishga, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan kuchni tasavvur qilaman»2. Bu ta’rifda ma’naviyatning haqiqiy mohiyati, ko’pqirrali mazmuni, uning tarkibiy qismida dinning o’rni ham ifodasini topgan. Ma’naviyat sohasida tadqiqot olib borgan Muhammadjon Imomnazarov esa, ma’naviyatni «inson qalbida aks etgan ilohiy» nur, Oliy haqiqat nuridir», - deb baho beradi. Sobir Mirvaliyev uni «odamiylik, insoniylik majmuasi» sifatida tushuntiradi. Har holda din jamiyat va inson ma’naviy hayotida alohida o’rin tutadi. Dinning asosiy belgisi ilohiy kuch-qudratga bo’lgan ishonch, e’tiqodda namoyon bo’ladi. Din tabiat va jamiyat hodisalarini tushuntirish usullaridan biri sifatida ham madaniyat tarixida o’ziga xos o’rin egallaydi.
Mutaxassislar fikricha diniy madaniyat chuqur ijtimoiy ildizga ega bo’lib, asosan, kishilarning tasavvurlari, kayfiyat va amallari birligida o’z ifodasini topadi. Insonning diniy tasavvuri deganda uning dunyoqarashida aks etadigan xudo, payg’ambarlar, farishtalar, maloyikalar, iblis-shayton. «Muqaddas yozuvlar, ularning odamlar hayotiga ta’siri to’g’risidagi tushunchalar majmuiga aytamiz.
Insonning diniy kayfiyatlari deganda uning hissiyoti bilan bog’liq bo’lgan ojizligi, zaifligi, qo’rqishi, umid va tasallisini tushunamiz. Insonningdiinyamaliyotlariesaxudogatoat-ibodat, diniytalablarvamarosimlarnibajarish, nazr-niyozlarni o’z ichiga oladi» .
Insoniyat jamiyati tarixi shundan dalolat beradiki, hamma vaqt ham kishilarda diniy tasavvur, kayfiyat, amaliyot va tushunchalar mavjud bo’lgan emas. Diniy tasavvurlarning yuzaga kelishiga, asosan, inson va borliq o’rtasidagi murakkab munosabatlar sabab bo’lgan. Olimlarning fikricha ilk diniy tasavvurlar, asosan, paleolit - qadimgi tosh davrining so’nggi bosqichida paydo bo’lgan.
Dinning mohiyati va jamiyat hayotida tutgan o’rni ilohiyot va fanda turlicha talqin etiladi. Ilohiyotshunoslar fikricha - din xudo tomonidan o’z payg’ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy qilinishi zarur bo’lgan ilohiy qonunlardir. U azaldan insonning xudo bilan aloqa qilish ehtiyojidir.
Din - tabiat, jamiyat, inson va uning ongini, yashashdan maqsadi hamda taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, insonni yaratgan, ayni zamonda unga birdan-bir «to’g’ri», «haqiqat» va «odil» hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rganadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir.
Dunyoviy, ilmiy nuqtai nazar bo’yicha esa din, ijtimoiy - tarixiy hodisa. Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Din - muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat - ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladigan, odam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o’ziga xos usuli. Olamda odamlar jamoasi paydo bo’lganidan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks ettirishdir. Dinning nima ekanligi turlicha izohlansa - da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoqlik tuyg’usidir. Bu tuyg’u insonning eng teran va go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Darhaqiqat, «dunyoda dini, ishonchi, ehtiqodi bo’lmagan xalq, elat, millat yo’q. Chunki biron - bir xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror - bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Shuning uchun har qanday din jamiyatda ma’lum ijtimoiy, ma’naviy, ruxiy va ko’pgina boshqa vazifalarini bajaradi.
Dinning funksiyalari hozirgi dinshunoslik fanida juda keng turli konsepsiyalarga ko’rsatiladi. Din kishilar hayotida o’z qavmlari uchun to’ldiruvchi, ovutuvchi (kopensatorlik) funksiyani bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj paydo bo’lib turadi. U o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat, o’zga insonlar bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida hayotiy ehtiyoji, maqsadlariga yetishishi ilojsiz bo’lib qolganda, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zarurat sezadi. Shu paytda u xudoga, payg’ambarlar, farishtalar, avliyolar ajdodlarining ruhlariga murojaat» qilib, ishonch bilan ulardan madad so’raydi va ko’nglida «Xudo xohlasa yaxshi bo’ladi, dunyo baumed» deb, o’ziga tasalli beradi, o’zini ruhiy-ma’naviy tinchitadi. Dinning to’ldiruvchanlik funksiyasi uning ijtimoiyligida eng asosiy vazifa hisoblanadi va shu bois din o’tmishda ham, hozirda ham jamiyat a’zolari hayotida mustahkam o’rin egallagan. Shu sababdan dindorlar va dindor bo’lmagan odamlar ham dinning kompensatorlik kuchiga ishonadilar, o’zlariga ma’naviy-ruxiy taskin berib qurbonlik qiladilar, chiroq yoqadilar, muqaddas joylarga ziyoratga boradilar, sadaqa beradilar va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |