Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti Samarqand filiali
“Telekammunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti
“AKT” 21-01 guruh 1-bosqich talabasi Razzoqov G’ayratning
Fizika fanidan
Mustaqil ish topshirig’i
Mavzu: Dia - para- va ferromagnetizm tabiati
Tekshirdi: Xo’janova Dilafruz
Reja: 1.Diamagnetik. 2.Paramagnetik. 3.ferromagnetik. Magnetiklar Magnit maydonni xarakterlash uchun magnit maydon kuch chiziqlaridan foydalaniladi. Kuch chiziqlari zich bolgan joylarda magnit maydon induksiyasi kattaroq bo’lgan joylarda kichikroq bo’ladi. B1>B2>B3
Magnit xossalari bo`yicha barcha moddalar uchta sinfga bo`linadi. Magnit singdiruvchanligi r 1 bo`lgan moddalarga diamagnitlar deyiladi;
bunday moddalar qatoriga kiradi masalan:
suv ( r 0,999991 ),
shisha ( r 0,999987 ),
mis ( r 0,999991 ).
Diamagnit va paramagnit moddalarning magnit singdiruvchanligi birdan kam farq qiladi. Elektrotexnik hisoblashlarda bu farq qoidaga ko`ra e`tiborga olinmaydi, shuning uchun diamagnit va paramagit moddalarni nomagnitlar deyiladi. Ularning r magnit singdiruvchanliklarini birga tenglashtiriladi. Magnit singdiruvchanligi minglar va o`n minglar bilan o`lchanadigan ( r 1 ) moddalarga ferromagnitlar deyiladi. Ferromagnit moddalarga misol sifatida aytish mumkin kobaltni, cho`yanni, nikelni, temirni, po`latni, temir-nikel qotishmalari (permalloy) ni. Bu moddalarning muhim xossasi shundan iboratki, ularning magnit singdiruvchanliklari tashqi maydon magnit induksiyasiga va ularning avvalgi magnit holatiga bog`liq, hozirgi vaqtda ferromagnit moddalarni magnitlangan kichik sohalar (10-3 mm)-domenlardan tuzilgan deb hisoblamoqda. Tashqi magnit maydoni bo`lmaganda domenlar xaotik joylashadi va ularning magnit maydonlari o`zaro muvozanatlashadi.
(Termodinamik muvozanatli holatdagi zarralarning barcha yoʻnalishlaridagi teng ehtimolli tartibsiz harakati xaotik harakat deyiladi).Tashqi magnit maydoni ta`sirida ko`pchiligi magnit kuch chiziqlari bo`yicha orientasiyalanadi.
Diamagnit muhitlar tashqi magnit maydonini biroz susaytiradi (masalan, to`g`ri tokli o`tkazgichning maydonini). <1 ;
Paramagnit muhitlar tashqi magnit maydonini biroz kuchaytiradi. >1 ;
Ferromagnit muhitlar tashqi magnit maydonini ming va o`n ming marta kuchaytiradi. >>1 ;
!!! Magnit maydon induksiyasi (kuchlanganligi) yo’nalishi PARMA qoidasi yoki o’ng vint qoidasi yordamida topiladi.
To`g`ri tok uchun parma qoidasi: Parma uchining ilgarilanma harakati tokning yo’nalishi bilan mos tushsa parma dastasining aylanma harakati magnit maydon induksiya yo’nalishini ko’rsatadi.
Aylanma tokning markazidagi magnit maydon induksiyasi va kuchlanganligi:
;
;
R – aylanma tok radiusi – [m];
B – aylanma tokning magnit maydon induksiyasi – [Ts];
H – aylanma tokning magnit maydon kuchlanganligi– [H];
Aylanma tok uchun parma qoidasi: Parma dastasining aylanma harakati tok kuchining yo’nalishi bilan mos tushsa parma uchini ilgarilanma haraakati magnit maydon induksiyasi yo’nalishi bilan mos tushadi.
Solenoid (g’altakning) magnit maydon induksiyasi va kuchlanganligi:
B=0 In ;
H=In ; N= ;
N – uzunlik birligidagi o’ramlar soni ;
B – aylanma tokning magnit maydon induksiyasi – [Ts];
H – aylanma tokning magnit maydon kuchlanganligi– [H];
Tokli solenoid uchun parma qoidasi: Parma dastasining aylanma harakati tokning yo’nalishi bilan mos tushsa parma uchining ilgarilanma harakati induksiya yo’nalishi bilan mos keladi.
Kyuri temperaturasi – Moddaning ferromagnet xossasi yo’qoladigan haroratga aytiladi.
! Kyuri haroratida ferromagnet paramagnetga aylanadi.
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr: 1. Nazarov U.K. va boshq. Umumiy fizika kursi 1 k T. O’zbekiston 2002y.
2. Sultanov N. Fizika kursi. T. 2007.
3. Bozorova S., N. Kamalov. Fizika. 2007
4. Musaev P.X. Statiatik fizika va termodinamika. T. 2008.
5. Rasulov E., Begimqulov U. Kvant fizikasi. T. 2009.