Mavzu: Buxgaltiriya hisobini predmenti obyekt va usullari Reja



Download 128 Kb.
Sana21.12.2022
Hajmi128 Kb.
#892496
Bog'liq
Buxgalteriya hisobining predmeti va ob ektlari


Mavzu: Buxgaltiriya hisobini predmenti obyekt va usullari
Reja:

  1. Buxgaltiriya hisobini predmenti

  2. Buxgaltiriya hisobini predmenti obyekt va usullari


«Buxgalteriya hisobi» deb atalmish hisobning ushbu turi o’zining ko’p yillik tarixiga ega. Faoliyat sifatida u kishilik jamiyatida xo’jalik yurituvchi sub‘ektlarni, masalan, manifakturalarni paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Ishlab chiqarishni rivojlanib borishi bilan mos ravishda buxgalteriya hisobi ham rivojlangan, uning shakl va mazmuni, yuritish texnikasi va usullari takomillashib borgan. Boshqaruv organlari xodimlari ichida aynan hisob-kitob ishlari bilan shug’ullanuvchi kasb egalari shakllangan. Shu yo’sinda buxgalteriya hisobi maxsus kasbga aylangan. Jamiyatni boshqarishni takomillashtirish buxgalteriya hisobini rivojlantirishni va ushbu kasb egalarini tayyorlash, ularning malakasini oshirib borishni taqoza etgan. Bu zaruriyatlar buxgalteriya hisobini maxsus fan sifatida shakllanishiga, buxgalterlar tayyorlash maktablarini vujudga kelishiga (jumladan, italiya, angliya, amerika, nemes, fransuz, amsterdam, venesiya, rus, toskan, lombard va shu kabi), ularni asta-sekinlik bilan rivojlanib borishiga asos solgan. Buxgalteriya hisobini fan sifatida vujudga kelishiga eng katta hissa qo’shgan maktablardan biri bo’lib Italiya maktabi hisoblanadi. Aynan ushbu maktab vakili, mutaxassisligi bo’yicha matematik bo’lgan Luka Pacholi (1445-1517) buxgalteriya hisobi fanini yaratuvchisi sifatida butun dunyo mamlakatlarida tan olingan. Uning 1494 yilda chop etilgan «Schetlar va yozuvlar to’g’risida traktat» nomli asari birinchi marta buxgalteriya hisobini fan sifatida o’qitilishiga asos solgan. Buyuk olimning asarida birinchi marta buxgalteriya schetlari, ularga ikki yoqlama yozish tushunchalari kiritildi, ularning mohiyati ochib berildi , bu yozuvni amalga oshirishda to’rtta omil, ya‘ni sub‘ekt, ob‘ekt, vaqt, joy hisobda ko’rinib turilishlik zaruriyatlari isbotlandi. Luka Pacholi o’z asarida buxgalteriya hisobida ikkita postulatni (schetlar tizimida debet va kredit oborot summalari, debet va kredit qoldiq summalari hamma vaqt bir-biriga teng bo’lishi kerak), shuningdek debitorlik va kreditorlik qarzni tan olishning ikkita tartibini ( hech kimni qarzdor (debitor ) deb bo’lmaydi, agarda u buni tan olmasa; hech kimni ishonchli vakilim (kreditor) deb bo’lmaydi, agarda ma‘lum shartlarda u bunga o’zi rozi bo’lmasa) yaratdi. Luka Pacholidan keyingi olti asr maboynida buxgalteriya hisobida juda ko’p yangi postulatlar, tartiblar vujudga keldi, jumladan De Lya Porta postulati (XYII asr) , J. Savari postulati (XYII asr), J.Dzappa postulati (XIX asr), E.Pizani postulati (XIX asr), I.P.Russiyan postulati ( XIX asr), J.Cherboni postulati ( XIX asr), I. F. Sher postulati (XX asr), E.Shmalenbax postulati ( XX asr), shuningdek P.Gerstner tartibi ( XIX asr oxiri va XX asr boshi), V. Riger tartibi ( XX asr), Ch. Garrison tartibi ( XX asr) va boshqalar. Ushbu va boshqa postulat va tartiblarga asoslangan buxgalteriya hisobi asta-sekinlik bilan oddiy kishilik faoliyatidan maxsus iqtisodiy fan darajasiga yetdi, u bugun barcha iqtisod yo’nalishidagi oliy va o’rta maxsus ilm dargohlarida o’qitilmoqda.
Buxgalteriya hisobi ham faoliyat, ham maxsus fan sifatida o’zining predmetiga ega. Buxgalteriya hisobining predmeti deganda umuman olganda korxona va tashkilotlarning xo’jalik faoliyati, ushbu faoliyatni tashkil etuvchi jarayonlar va ularni yuritilishini ta‘minlovchi mablag’lar, mablag’larning tashkil topish manbalari, shuningdek xo’jalik faoliyatining natijalari tushuniladi. Yuqoridagi ta‘rifga asosan buxgalteriya hisobi predmetini ifodalovchi ob‘ektlarni quyidagi to’rtta guruhga ajratish mumkin:
Xo’jalik faoliyati;
Xo’jalik aktivlari;
Xo’jalik aktivlarining manbalari;
Xo’jalik faoliyatining natijalari
Quyida ularning mohiyatiga to’xtalamiz. Xo„jalik faoliyati.
Har qanday korxonaning xo’jalik faoliyati deganda unda yuz beradigan ta’minot, ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining majmuasi tushuniladi. Korxona faoliyat ko’rsatishi uchun unga mehnat predmetlari va vositalari, ishchi kuchi, pul mablag’lari va boshqa ta‘minotlar kerak bo’ladi. Ta‟minot deb atalmish bu jarayonni, odatda, korxonaning maxsus ta‘minot bo’limi xodimlari olib boradilar. Ushbu jarayonsiz faoliyatning keyingi jarayonlari, ya‘ni ishlab chiqarish va sotish jarayonlari amalga oshishi mumkin emas. Shuning uchun korxona ning doimiy faoliyat ko’rsatishi aynan ta‘minot jarayonining uzliksizligiga bevosita bog’liqdir. Ishlab chiqarish jarayoni deganda ishchi kuchi va mehnat vositalari yordamida mehnat predmetlaridan yangi mahsulotlar yaratish tushuniladi. Ushbu jarayon o’z ichiga turli texnologik operatsiyalarni oladi, bu operatsiyalarni bajarish esa turli harajatlarni amalga oshirishni ta‘qoza etadi. Ishlab chiqarish jarayonining pirovard natijasi bo’lib tayyor mahsulot hisoblanadi. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan moddiy harajatlar, mehnatga xaq to’lash harajatlari, ishlab chiqarish vositalarining amortizatsiya harajatlari va boshqa ushbu jarayonga tegishli harajatlar ishlab chiqarish harajatlarini, yaratilgan mahsulot qiymatiga kiritilgan harajatlar esa tayyor mahsulotning tannarxini tashkil qiladi. Shuni ta‘kidlash joizki korxona tomonidan bajarilgan ishlar, masalan qurilish-montaj ishlari, ko’rsatilgan xizmatlar, masalan turistlarga ko’rsatilgan yotoqxona va boshqa xizmatlar yoki auditorlik xizmati ham ishlab chiqarish jarayoni hisoblanadi. Bunday ishlab chiqarish jarayonining natijasi bo’lib bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmat xajmi hisoblanadi, ularga sarflangan harajatlar bajarilgan ish yoki xizmatning tannarxini tashkil qiladi. Sotish jarayoni deganda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tayyor mahsulotlarni, bajarilgan ishlarni, ko’rsatilgan xizmatlarni haridorlarga sotish tushuniladi. Ushbu jarayonda tayyor mahsulot, ish, xizmat pulga aylanadi, sotuvchi va sotib oluvchi o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha qarzlar vujudga keladi. Sotish jarayonida korxonaning yalpi tushumi, sotish tannarxi, sotishdan
olingan foyda yoki zarari, sotish jarayonining harajatlari, unga doir soliqlar va boshqa ko’rsatkichlar hisobga olinadi. Buxgalteriya hisobining birinchi guruh ob‘ekti bo’lib hisoblangan xo’jalik faoliyati faqatgina uni tashkil etuvchi jarayonlarni doimiy va uzliksiz ravishda amalga oshirib borgan holda mavjud bo’ladi. Bu jarayonlarni bir birisiz tasavvur etib bo’lmadi, chunonchi ta‘minotsiz ishlab chiqarish, ishlab chiqarishsiz esa sotish jarayoni amalga oshmaydi. Sotish bo’lmasa korxonaga pul kelib tushmaydi, pulsiz esa ta‘minot, ishlab chiqarish jarayonlarini yangidan takrorlab va rivojlantirib bo’lmaydi. Bundan xulosa qilsa bo’ladiki, xo’jalik faoliyati mablag’larni usliksiz aylanishidan va ko’payib borishidan iboratdir.
Xo’jalik faoliyatining barcha jarayonlari buxgalteriya hisobining muhim ob‘ektlari bo’lib hisoblanadi. Har bir jarayonda yuz bergan operatsiyalar buxgalteriya hisobida o’zining soniy o’lchovini va sifat tavsifini topadi. Buxgalteriya hisobi ta‘minot jarayonida mehnat predmetlari va vositalarini qancha miqdorda, qaysi baholarda, qaysi ta‘minotchilardan sotib olininganligi, shuningdek ular bo’yicha ta‘minotchilar bilan hisob-kitoblarning holati to’g’risida batafsil axborot beradi. Ishlab chiqarish jarayoni bo’yicha buxgalteriya hisobida qanday mahsulotlar ishlab chiqarilganligi, qancha ishlab chiqarilganligi, buning uchun qancha harajat qilinganligi, omborlarga qabul qilingan tayyor mahsulotning qiymati (tannarxi) va boshqa ma‘lumotlar shakllanadi. Sotish jarayoni bo’yicha buxgalteriya hisobi qancha mahsulot sotilganligi, kimlarga sotilganligi, qanday to’lov turlari bo’yicha sotilganligi, qanday baholarda sotilganligi, haridorlar bilan hisob-kitoblarning holati, sotishdan olingan tushum, sotishga doir harajatlar, sotishdan olingan foyda, undan to’lanadigan soliqlar va boshqalar to’g’risida atroflicha axborot beradi. Xo„jalik aktivlari. O’z faoliyatini yuritish uchun har qanday korxona xo’jalik aktivlariga ega bo’lishi lozim. O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 1998 yil 14 avgustda 475 –tartib raqami bilan ro’yxatdan o’tgan «Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish uchun konseptual asos»ga muvofiq (39- modda) aktivlar deganda xo’jalik yurituvchi sub‘ektning baxolash qiymatiga ega bo’lgan va o’z ichiga pul mablag’lari va debitorlik qarzlarni olgan moddiy , shuningdek nomoddiy mulki tushuniladi. Aktiv deb tan olish uchun moddiy va nomoddiy mulk quyidagi talablarga javob berishi kerak: Qiymatga ega bo’lishi va bu qiymat baholanadigan bo’lishi kerak. Egalik qilish huquqiga asosan qaysi korxona balansiga kiritilgan bo’lsa, shu korxona tomonidan nazorat qilinishi lozim. Kelgusida korxonaga iqtisodiy naf keltirishi kerak, jumladan korxonaning pul mablag’larini kirimini ko’payishiga bevosita va bilvosita hissa qo’shishi kerak. Yuz bergan xo’jalik operatsiyalari natijasi hisoblanishi kerak, masalan tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonining natijasidir. Aktivlarning harakterli xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Jismoniy ko’rinishga (shaklga) ega bo’lishi ham, ega bo’lmasligi ham mumkin. Masalan, bino yoki stanok aniq shaklga ega, lekinda patent, litsenziya, savdo belgisi, mualliflik huquqi moddiy shaklga ega emas. Sotib olingan, bepul kelib tushgan, ishlab chiqarilgan bo’lishi mumkin. Korxonada yuz berayotgan jarayonlarda moddiy asos yoki ularning natijasi hisoblanishi mumkin. Masalan, xom-ashyo ishlab chiqarishga moddiy asos, tayyor mahsulot esa ishlab chiqarishning natijasi hisoblanadi. Boshqa aktivlarga almashtirilishi mumkin. Qarzlarni to’lash uchun ishlatilishi mumkin. Qisqa yoki uzoq vaqt maboynida foydalanishda bo’lishligi mumkin. Oborotda va oborotdan tashqarida bo’lishligi mumkin. Korxonalarning yuqorida keltirilgan talab va xususiyatlarga javob beradigan asosiy aktivlariga quyidagilar kiradi: 1.Uzoq muddatli aktivlar – 1 yildan ko’p muddatda xizmat qiladigan va oborotda bo’ladigan moddiy va nomoddiy mablag’lari: Asosiy vositalar- binolar, inshoatlar, mashina va mexanizmlar, transport vositalari, kompyuter texnikasi, mebel va boshqalar. Nomoddiy aktivlar – litsensiya, patent, savdo markasi, tovar belgisi, gudvil, mualliflik huquqi va boshqalar. Moliyaviy investitsiyalar - sotib olingan qimmatli qog’ozlar, berilgan kredit va qarzlar, kiritilgan pay va badallar. Kapital investitsiyalar - tugallanmagan qurilishlarga, harakatdagi asosiy vositalarni kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga sarflangan, shuningdek yangi uzoq muddatli aktivlarni sotib olishga kiritilgan mablag’lar, sotib olingan, lekin o’rnatilmagan jihozlar. 2.Qisqa muddatli aktivlar – 1 yilgacha muddatda xizmat qiladigan va oborotda bo’ladigan mablag’lar: Ishlab chiqarish zaxiralari – xom-ashyo va materiallar, yoqilg’i, tara va tara materiallari, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, xo’jalik inventarlari, boquvdagi va o’stirishdagi yosh mollar. Tugallanmagan ishlab chiqarish harajatlari – tayyor holga yetmagan mahsulotlarlarga to’g’ri keladigan harajatlar, yarim mahsulotlar. Tayyor mahsulotlar – omborlarga qabul qilingan tayyor buyumlar. Tovarlar - magazin va omborlarda saqlanayotgan iste‘mol buyumlari. Kelgusi davr harajatlari - hisobot yilida kelgusi davrlar uchun qilingan harajatlar, masalan obuna to’lovlari, ijara to’lovlari. Muddati uzaytirilgan harajatlar - hisobot yilida kelgusi davrda hisobiga to’langan soliqlar va boshqa harajatlar. Pul mablag‘lari – kassadagi, yo’ldagi va banklardagi milliy va chet el valyutalari.
Pul ekvivalentlari – pulli cheklar, yo’llanmalar, chiptalar, talonlar, markalar va boshqalar. Olinadigan schyotlar - boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning korxona oldidagi debitorlik qarzlari. Barcha xo’jalik aktivlar korxonada yuritiladigan buxgalteriya hisobining muhim ob‘ektlari hisoblanadi, ularni har birining holati, ko’payishi va kamayishi buxgalteriya hisobida hujjatli asosda aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobi ma‘lumotlari asosida korxona aktivlari boshqariladi, tahlil etiladi va nazorat qilinadi. Xo„jalik aktivlarining manbalari. Korxona ixtiyoridagi barcha aktivlar ikki manbadan tashkil topadi: Xususiy kapital Majburiyatlar Mulkga egalik qilish huquqiga muvofiq aktivlar va ularning manbalari quyidagi tenglik ko’rinishida ifodalanadi: AKTIV = XUSUSIY KAPITAL + MAJBURIYATLAR A = XK + M Xususiy kapital – bu korxonaning majburiyatlarini chegirib tashlagandan so’ng qoladigan aktivlaridir. Yuqoridagi tenglikga muvofiq: XUSUSIY KAPITAL = AKTIV - MAJBURIYATLAR XK = A - M Korxonalarning xususiy kapitalini shakllanishining asosiy manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: Ustav kapitali (UK) – bu korxonaga uning ta‘sischilari tomonidan kiritilgan mablag’lar majmuasi. Qo‘shilgan kapital (QK) – bu aksiyalarni sotish va nominal qiymatlari o’rtasidagi ijobiy farq, shuningdek chet el investorlarini ustav kapitaliga kiritgan mablag’lari bo’yicha vujudga kelgan valyutalar o’rtasidagi ijobiy farqlar summasi. Rezerv kapitali (RK) – bu korxonaning sof foydasidan tashkil etilgan rezerv kapitali, mulkni qayta baholashdan olingan qo’shimcha qiymat va bepul kelib tushgan mulklar qiymatining majmuasi. Taqsimlanmagan foyda(TF) – bu korxonaning ta‘sischilari o’rtasida taqsimlanmay qolgan sof foydasining summasi. Rezervlar (R) – bu turli joriy to’lovlarni amalga oshirish uchun hisobot davr daromadlari evaziga shakllangan zaxira summasi, masalan joriy va kapital ta‘mirlash uchun, mehnat ta‘tili haqlarini to’lash uchun va shu kabilar. Maqsadli tushumlar (MT) – korxonaga turli maqsadlarda turli manbalardan kelib tushgan mablag’lar majmuasi (grantlar, subsidiyalar, a‘zolik badallari, soliqlar bo’yicha imtiyozlar va boshqalar). Grantlar (G) -- bu korxonaga qaytarib olinmaslik sharti bilan davlat, nodavlat, xalqaro tashkilot va fondlardan aniq maqsadlar uchun kelib tushgan moddiy va nomoddiy mablag’lar majmuasi. Ushbu mablag’lar faqatgina qat‘iy maqsadlarga ishlatilishi lozim. 18 Subsidiyalar (S) – bu korxonaga uning faoliyatini rivojlantirish maqsadida ma‘lum bir shartlarga ko’ra davlat tomonidan berilgan yordam va imtiyozlar summasi. Xususiy kapitalning umumiy miqdori yuqoridagi uning elementlari summalarining yig’indisidan iborat bo’ladi, ya‘ni: XK = UK + QK + RK + TF + R + MT Aksionerlik jamiyatlarida chiqarilgan o’z aksiyalari boshqalardan qayta sotib olingan bo’lsa, u holda xususiy kapital summasini topishda sotib olingan xususiy aksiyalar qiymati (XAQ) xususiy kapital miqdoridan chegirib tashlanadi, ya‘ni: XK = UK + QK + RK + TF + R + MT - XAQ Majburiyatlar – bu korxonaning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi qarzlari. Majburiyatlarning asosiy turlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: Olingan uzoq va qisqa muddatli qarzlar – bu mos ravishda 1 yildan ko’p va 1 yilgacha muddatga boshqa yuridik shaxslardan vaqtinchalik moliyaviy yordam sifatida olingan mablag’larni qaytarish bo’yicha qarzlar summasi. Olingan uzoq va qisqa muddatli kreditlar - bu mos ravishda 1 yildan ko’p va 1 yilgacha muddatga banklardan kredit shartnomalari asosida olingan kredit resurslarini qaytarish bo’yicha qarzlar summasi. Ta’minotchilarga to‘lanadigan schetlar – bu olingan tovar-moddiy boyliklar uchun ta‘minochilarga o’tqazilmay qolingan qarz summasi. Haridorlardan olingan avanslar - bu haridorlardan tovar-moddiy boyliklarni sotib olish uchun oldindan kelib tushgan pullar bo’yicha qarz summasi. Muddati kechiktirilgan uzoq va qisqa muddatli qarzlar – bu soliqlar va boshqa to’lovlar bo’yicha muddati mos ravishda 1 yildan ko’p va 1 yilgacha bo’lgan davrga uzaytirilgan qarz summasi. Byudjet oldidagi qarzlar – bu hisobot davrida hisoblangan, lekinda byudjetga o’tqazib berilmagan soliq va to’lovlar bo’yicha qarz summasi. Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha qarzlar – bu ijtimoiy sug’urta bo’yicha hisobot davrida hisoblangan, lekinda tegishli sug’urta organlariga o’tqazib berilmagan qarz summasi. Ish xaqi bo‘yicha qarzlar – bu korxonaning xodimlariga hisoblangan va vaqtincha saqlanayotgan ish haqlarini to’lanmay qolingan qismi. Ta’sischilar oldidagi qarzlar – bu ta‘sischilarga hisoblangan, lekinda to’lanmagan dividendlar bo’yicha korxonaning qarzi, shuningdek ta‘sischilar safidan chiqib ketgan shaxslarning ustav kapitalidagi hissasini qaytarilmagan qismi. Boshqa kreditorlar oldidagi qarzlar – bu turli xizmatlar, foizlar, kamomadlar, da‘volar va boshqa to’lovlar bo’yicha korxonaning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar olidagi qarzi. Buxgalteriya hisobi axborot berish na nazorat qilish vositasi sifatida korxona aktivlarining tashkil topish manbalari bo’yicha ma‘lumotlarni jamlaydi, ular asosida korxonaning moliyaviy quvvati ko’rsatkichlari taxlil etiladi. Buxgalteriya hisobi ma‘lumotlari asosida korxonaning xususiy kapitali, qarzlari to’g’risidagi ma‘lumotlar axborot foydalanuvchilariga yetqaziladi. Xo„jalik faoliyatining natijalari. Korxona va tashkilotlarning xo’jalik faoliyatining natijalari bo’lib u olgan foyda yoki ko’rgan zarari hisoblanadi. 19 Foyda(F) – bu korxonaning daromadlari ( D) va harajatlari(X) o’rtasidagi ijobiy farq, ya‘ni F = D > X. Demak, qanchalik daromad ko’p bo’lib, harajat kam bo’lsa, korxonaning foydasi shunchalik ko’p bo’ladi. Zarar – bu korxonaning daromadlari va harajatlari o’rtasidagi salbiy farq, boshqachasiga harajatlarni daromaddan ko’p bo’lishi, ya‘ni: Z = D < X Demak, korxona daromadga qanchalik ko’p harajat bilan erishsa, uning zarari shunchalik ko’p bo’ladi. Korxonaning faoliyat natijalari ko’rsatkichlari buxgalteriya hisobining eng ma‘suliyatli bo’limi, chunki ushbu ko’rsatkichlarning miqdori ularni hisobda to’g’ri aks ettirilganligiga va jamlanganligiga, hisobotlarni to’g’ri tuzilganligiga bevosita bog’liq. Shunday qilib, buxgalteriya hisobining predmeti va ob‘ektlarini tashkil etuvchi iqtisodiyotning quyi bo’g’ini bo’lgan korxonalar faoliyatini aniq, batafsil ma‘lumotlarda ifodalab, ularni boshqaruv organlariga, mulkdorlarga va boshqa qiziquvchilarga o’z vaqtida yetqazib berish ushbu soha xodimlarining jamiyatda tutgan o’rnini yanada ham oshishining muhim garovidir.
Buxgalteriya hisobining predmeti
Buxgalteriya hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda yuritiladi va ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish hisoblangan ho`jalik faoliyatini kuzatish va boshqarish uchun xizmat kiladi. Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish xamma sohalarni, ya`ni ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini xam uz ichiga oladi.
Ishlab chiqarish sohasi (moddiy ishlab chiqarish sohasi) ga moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchi (sanoat, kishlok ho`jaligi, ko`rilish va boshqalar) xamda moddiy boyliklarni ishlab chiqaruvchilardan istemolchilarga yetkazib berish bilan band bulgan (savdo va u mumiy ovkatlanish) tarmoklari kiradi.
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarish bu yerda korxonaning fondlaridan, ya`ni ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bulgan moddiy va pul mablag`laridan foydalanish yo`li bilan amalga oshiriladi. Mulkchilikning xar xil shakllaridagi korxonalarga zarur bulgan mablag`lar ma`lum manbalar (davlatniki-davlat resurslari hisobidan, jamoaniki pay badallari hisobidan, aksiyadorniki - aksiyadorlar resurslari hisobidan va kushma korxonalarniki - muassislarning badallari hisobidan) hisobidan shakllanadi. Ishlab chiqarish, taksimot, ayrboshlash va iste`mol jarayonlariga xizmat kilaturib, korxonalar fondlarining uzluksiz doirada aylanishini amalga oshiradi. Shuning uchun buxgalteriya hisobi bu yerda moddiy boyliklarni yaratishga yunaltirilgan ishlab chiqarish ayrboshlash jarayonidagi korxonaning fondlari (mablag`lari) ning xolatlari va ulardan foydalanishni samarali boshqarish uchun zarur bulgan axborotni shakllantiradi.
Noishlab chiqarish sohasini axoliga xizmatlar bajaruvchi tarmoklar tashkil kiladi. Bularga soglikni saklash, xalq ta`limi, san`at xamda davlat boshqarmalari va mudofaa muassasalari kiradi. Noishlab chiqarish sohasida, garchi unda amalga oshirilayetgan faoliyat takror ishlab chiqarishga yordamlashib, undagi mexnat ijtimoiy foydalik bulsa xam, ijtimoiy mahsulot yaratilmaydi.
Noishlab chikdrish sohasining tashkilotlari va muassasalari ho`jalik faoliyatlari ularga davlat budjetidan ajratilgan mablag`larni uzlarining funksiyalarini bajarishda samarali foydalanish boshqarishdan iborat. Shunday qilib, davlat sektorining noishlab chiqarish sohasida moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan ijtimoiy mahsulotni taksimoti (qayta taksimoti) va iste`moli sodir buladi. Demak buxgalteriya hisobi shu sohaning tashkilotlari va muassasalariga ularning maqsadlariga muvofik ajratilgan mablag`larning mavjudligi va sarflanishi xakidagi axborotni shakllandiradi.
Moddiy boyliklarning noishlab chiqarish sohasida iste`mol kilinishi noishlab chiqarishning bir kismidir. Undan tashqari, noishlab chiqarishning iste`moliga shaxsiy iste`mol va jamiyat a`zolarining extiyojlarini kondirish xam kiradi. Shaxsiy iste`molni buxgalteriya hisobi bevosita uz ichiga olmaydi. Lekin shaxsiy iste`mol buxgalteriya hisobida mutlako aks ettirmaydi deb uylash xatodir. Xakikatda, buxgalteriya hisobi uni aks ettiradi, lekin uni tavsiflash uchun zarur bulgan barcha kursatkichlarga ega emas. Shaxsiy iste`mol to`g`risidagi ma`lumotlarni savdo korxonalari, umumiy ovkatlanish korxonalari, xalq ta`limi, soglikni saklash muassasalari va boshqa hisobotlardan olish mumkin. Bu ma`lumotlar buyicha (tegishli tartibda utkazilgan ruyxatlar va tekshirishlarda mavjud bulgan ma`lumotlarga qo`shimcha ravishda) statistika shaxsiy iste`molni tavsiflovchi kursatkichlarni aniklaydi.
Ijtimoiy mahsulotni takror ishlab chiqarishdan tashqari buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish xam aks ettiriladi.
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida shu ishchi kuchini tayyorlash bilan borlik bulgan xar xil xarajatlarni xamda ish xaki va xar xil turdagi ho`jaliklar daromadlarini ko`rinishidagi mablag`lar harakatini hisoblab topish yo`li bilan kamrab olinadi. Ishchi kuchini tayyorlash xarajatlari, ish xakini tulash va ho`jaliklarning daromadlarini taksimlash moddiy kiymatliklar va pul mablag`larini sarflashni anglatadi.
Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish buxgalteriya hisobida mulkchilikning xar xil shakllaridagi korxonalar fondlarining mavjudligi va harakatini aks ettirgan xolda kayd kilinadi. Bux-galteriya hisobi takror ishlab chiqarish jarayonida ularning uzgarishini kursatib, mulkning rivojlanishini tavsiflaydi va shu bilan ishlab chi-karish munosabatlarini takror ishlab chiqarish xakida zarur kursat-kichlarni beradi.
Yukorida aytilganlardan shuni xulosa kilish mumkinki, buxgalteriya hisobi predmetining asosiy mazmuni korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning ho`jalik faoliyatini amalga oshirishda foydalanadigan resurslarni samarali boshqarish uchun zarur bulgan axborotni shakllantirishdan iborat. Shu mablag`larning sarflanishi, ishlab chiqarish xajmi va faoliyat natijalarini okilona va to`g`ri boshqarish xozirgi vaqtda aloxida muxim axamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobining predmeti takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning mablag`lari xolati va ulardan foydalanishning samaradorligi xakida boshqarish masalalari uchun axborotni shakllantirish hisoblanadi.
Iktisodiy adabiyotda buxgalteriya hisobi predmetining boshqacha ta`riflari uchraydi. Masalan, uzoq vaqtlar davomida buxgalteriya hisobi predmeti deb kengaytirilgan takror ishlab chikdrish hisoblanar edi. Vaxolanki, yukorida aytilganlardan ko`rinib turibdiki, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning xammasi umuman ho`jalik hisobi tomonidan kamrab olingan, uning ayrim turlari esa jumladan, buxgalteriya hisobi shu jarayonning fakat ayrim tomonlarini aks ettiradi.
Buxgalteriya hisobining predmeti ho`jalikning ayrim uchastkalardagi ijtimoiy mexnat sarflaridir, degan da`volar xam mavjud edi. Lekin bu ta`rif xam to`g`ri emas. Eng avvalo ho`jalik faoliyati fakat mexnat sarflari bilan cheklanmaydi: ho`jalik jarayonlari, shuningdek ijtimoiy mahsulotning harakati bilan tavsiflanadi. Undan tashqari, ijtimoiy mexnat sarflari buxgalteriya hisobida bevosita umuman aks ettirilmaydi. Ular kiymat shaklida ho`jalik mablag`larining xar xil turlari va resurslarining harakati sifatida kursatiladi. Ijtimoiy mexnat sarflari ustidan bevosita kuzatuv tezkor va eng muximi, buning uchun uziga xos kursatkichlarga ega bulgan statistika hisobi tomonidan olib boriladi.
Keyingi yillardagi ba`zi kitoblarda buxgalteriya hisobining predmeti ho`jalik mablag`lari va ularning harakati sifatida (yoki aksincha) ta`riflanadi. Bu asosan turli bulsa buxgalteriya hisobi yunaltirilgan va bu yerda eng muxim bulgan narsa, ya`ni mablag`lar sarflanishining maqsadga muvofikligini nazorat kilish va boshqarish uz urnini topmagan.
Buxgalteriya hisobi predmetiga boshqa karashlar xam mavjud. Boshqacha qilib aytganda, buxgalteriya hisobi barcha xalq ho`jaligining rivojlanish xakida ma`lumotlar berishi kerak emish. Lekin bu xolda statistika hisobining urnini egallaydi, bu esa mutlako konunga xilofdir.
Yukoridagi barcha ta`riflar buxgalteriya hisobiga nisbatan amaliy faoliyat sifatida tegishlidir. Ularda buxgalteriya hisobi aks ettiradigan obyektlarning tavsifi beriladi.
Buxgalteriya fanining predmeti boshqadir. U buxgalteriya hisobining uzidir, ya`ni uning pullanish usullari, texnikasi, shakllari va, tashkil kilinishidir, chunki u xakidagi fan u ni yana takomillashtirish yo`llarini topish maqsadida uni yuritish amaliyotni urganishbilan shugullanadi.
Buxgalteriya hisobining predmetini urganish da bu kategoriyaning tarixiyligini hisobga olish kerak. Buxgalteriya hisobi predmetining mazmuni xar xil iktisodiy tuzumlarda bir xil emas. Ular uzgarishi bir tuzumdan boshqasiga utish paytida mulkchilik shaklining uzgarishi bilan shartlangandir.
Jumladan, boshlanrich jamoa tuzumida uning ibtidoiy ishlab chiqarish vositalari va xayet darajasi sharoitida hisobga uncha katta extiyoj bulmagan. Lekin hisobning eng sodda bulgan shakllari bu jamiyatda xam pullangan, chunki unda ovchilik yoki balikchilik mahsulotlari, terilgan hosil va shu kabilarni hisoblash talablari yuzaga kelgan. Dexkonchilikning asta-sekin kiritilishi va takomillashgan metalli mexnat kurollarining yaratilishi bilan hisob xam rivojlanib borgan. U ni biladigan muassasalar xam paydo bulaboshlagan.
Boshlangich jamoa tuzumida hisobning predmeti jamoa mulkning tashkil kilgan mablag`lar va shu mablag`lardan foydalanishga doyr operatsiyalardan iborat bulgan.
Mulkchilik jamiyatda ishlab chiqarish munosabatlari kul egalarining ishlab chiqarish vositalariga va kullarga bulgan mulk asosida ko`rilgan bulib mana shu mulk hisobining predmeti hisoblangan.
Ishlab chiqarish vositalari va mexnat buyumlaridan tashqari, bevosita tirik mexnat soxibi va pomehchikning shaxsiy mulki hisoblangan dexkonga bulgan xususiy mulkchilikka asoslangan feodal jamiyatda hisob predmetiga shuningdek xarid kilish va sotish obyekti sifatida dexkonlar xam kiradi.
Sotsializmda ijtimoiy, umumdavlat mulkining doiraviy aylanishi buxgalteriya hisobining predmeti bulib hisoblangan.
Xar xil mulkchilik shakllaridagi korxonalarning rivojlangan iktisodiyotidagi jamiyatda individual kapital yoki mulk egasining kapitali buxgalteriya hisobining predmeti hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi bu yerda birinchi navbatda, mulk egasi yoki mulk egalari tomonidan korxonalarga (kompaniyaga) kuyilgan resurslarni samarali boshqarish maqsadlari uchun axborotni shakllantiradi. Foydani maksimallashtirish maqsadida hisobdan asosiy va ustavdagi boshqa faoliyat xamda moliyaviy faoliyat hisobiga foydani maksimal oshirish zaxiralarini kidirib topish uchun foydalaniladi., `
Demak buxgalteriya hisobi predmetining mazmuni u yoki bu ijtimoiy farmatsiyaga xos bulgan mulkchilik shakli bilan belgilanadi. Xar xil jamiyatda u moddiy ishlab chiqarishni tashkil kilish va samarali boshqarish uchun kanday ma`lumotlar talab kilinishiga boglik buladi.
Jamiyat rivojlangan sari hisobning axamiyati xam uzluksiz usib boradi. Bunda pullanish doirasigina emas, balki unda aks ettiriladigan predmet va uning bajaradigan funksiyalari xam tobora kengayib boradi.
Buxgalteriya hisobining predmeti bilan bir qatorda uning obyektlarini xam farklab olish lozim. Buxgalteriya hisobining obyektlari deganda, muayyan korxona ega bulgan moddiy va pul mablag`lari, uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan bulgan yuridik munosabatlari va shuningdek mablag`lar va munosabatlarni uzgartiradigan ho`jalik operatsiyalari tushuniladi. Moddiy va pul kiymatliklar korxona tomonidan uz faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanadigan ho`jalik mablag`larini ifodalaydi. Ho`jalik operatsiyalari esa ho`jalik faoliyatining mazmunini ifodalovchi ho`jalik jarayonlarini tashkil kiladi.
Ba`zida buxgalteriya hisobining predmeti deb, uz faoliyatini aks ettiruvchi ho`jalik tashkilotlarini tushunishadi. Lekin bunday tushuncha hisob kategoriyalarini ilmiy talkiniga fakat chalkashlik kiritadi. Buxgalteriya hisobining predmeti, albatta, aks ettiradigan narsalardir, lekin u pullanadigan joy emas.
Korxona, uning faoliyat kursatish shartlari
Uzbekistan Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to`g`risida" gi konuniga binoan buxgalteriya hisobi yuridik shaxe hisoblangan mulkchilikning shaklidan qat`iy nazar barcha korxonalar, tashkilotlar va muassasalar pullaniladi.
Korxona xalq ho`jaligining tarkibiy unsuri (elementa) hisoblanadi va tashkiliy jixatdan aloxida ajratilgan kismini anglatadi. Ho`jalik faoliyatining xususiyatiga kura sanoat, kishlok ho`jalik savdo va boshqalarga bulinadi. Ularning xar birida muayyan ho`jalik jarayoni amalga oshiriladi va tegishli mablag`lar mavjud buladi.
Xar bir korxona u yoki bu mulkchilik shakli - davlat, yakkashaxs (shaxsiy), shirkat va tezkorga tegishli buladi.
Davlat mulki - davlat shaxsidagi mulkdir.
Mulkka yakkashaxsli ega bulishlik bir shaxs tomonidan yaratiladigan firma bulib u mulk egasiga shu firma ho`jalik faoliyati ustidan, uz shaxsiy manfaatlaridan qat`iy nazar, nazorat kilish imkonini beradi. Yuridik ma`noda mulkka yakka shaxsli ega bulishlik xam xususiy shaxs singari usha ho`jalik subyektidir. Uning uzi xamma foydani oladi yoki zarar ko`rish xamda barcha majburiyatlar buyicha shaxsiy mulki bilan javob beradi. Bunday firmalar Kushma shtatlardagi biznesning kupchiligini tashkil kiladi, lekin u, odatda mayda biznesdir.
SHerikchilik (shirkatlar) uz kobiliyatlari va resurslarini birlashtiradigan ikki yoki undan kuprok mulk egalari tomonidan hosil kilingan firmadir. Bunda kompaniyachilar va shirkatning foydasi yoki zararini oldindan kelishilgan koidaga kura uzaro bulishadilar. Xar kanday katnashuvchi uzining xissasini boshqa tomonga topshirishi mumkin va zarur bulganda, xar birining shaxsiy mulki shirkatning majburiyatlarini" tulash uchuy olib kuyilishi mumkin. Ba`zi xollarda mulkchilarning biri yoki bir nechtasi uzlarining majburiyatlarini cheklashlari mumkin (masalan, firmaning ustav kapitaliga kilingan xissa badallarining xajmi bilan), lekin xech bulmaganda, ulardan biri shirkatning barcha majburiyatlari buyicha cheklanmagan javobgarlikni uz zimmalariga olishi kerak.
Korporatsiya - xissalari aksiyadorlik kapitali ko`rinishida topshirgan mulk egalariga yuridik jixatdan buysinmaydigan firmadir. Aksiyadorlar korporatsiya operatsiyalarini to`g`ridan-to`g`ri nazorat kilaolmaydilar. Ular aksiyadorlar manfaati uchun foyda olish maqsadida korporatsiya ho`jalik faoliyatiga raxbarlik kiladigan direktorlar kengashini saylaydilar. Aksiyadorlar korporatsiyaning zararlari uchun fakat uzlarining badallari chegarasida javob beradilar. Agar aksiyador uz aksiyalarini sotsa, bu korporatsiyani tugatishga olib keladi.
Yukorida kursatilgan korxonalarda ularning faoliyatiga raxbarlik kilishning xar xil usullari pullaniladi. Bu usullar asosan ular kaysi sohaga tegishli ekanliklariga borlik. Xozirgi paytda moddiy ishlab chiqarish sohasiga kiradigan kupchilik korxonalar odatda tijorat hisob-kitobiasosida faoliyat kursatishadi. Bunday korxonalar xususiylashtirilgan deb nomlanadi. Ishlab chiqarish sohasidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar kupchilik kismida davlat (budjet)niki hisoblanadilar. Budjet tashkiloti va muassasalarining xususiyatlari asosan shundan iboratki, ular uzlariga xizmat kiladigan muassasalar yoki shaxslardan kilingan xarajatlarning kompensatsiyasini (tovon tulash) mutlako olaolmaydilar yoki juda kam kismini oladilar. Uz faoliyatlarini amalga oshirish uchun davlat korxonalari va tashkilotlari mablag`larni asosan davlat budjetidan oladilar.
Korxonalarning ho`jalik alokalari shartnoma asosida amalga oshiriladi. xar bir korxona mol yetkazib beruvchilar bilan xam, xaridorlar bilan xam shartnoma tuzadilar. Bu narsa ularga uz ishlarida ratsional, tula va uz zimmasiga olgan majburiyatlarni vaqtida bajarishga yordam beradi. Bunda shartnomalar-kontraktlar korxonalar ho`jalik munosabatlarining asosi hisoblanadi.
Korxonaning ishi barcha jamoa va aloxida xar bir xodimning ishini yaxshilashdagi manfaatdorligi asosida tashkil kilinadi. Moddiy manfaatdorlik bilan birgalikda tijorat hisob-kitobi korxonaning moddiy javobgarligi, uning raxbarlarining mulkchilar oldida resurslardan ratsional foydalanish, ho`jalik faoliyatining moliyaviy natijalari uchun moddiy javobgarlikni nazarda tutadi.
Xar bir korxona buxgalteriya hisobining tugallangin tizimiga egadir. Bu esa korxonaning barcha mablag`lari va uning barcha faoliyati buxgalteriya hisobi tomonidan tula va uzaro boglangan xolda kamrab olinar ekanligini anglatadi.
Ho`jalik jarayonlari
Mulkchilikning xar xil shakllaridagi korxonalarning vazifasi uz faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarish (xizmat kursatish, ishlar bajarish)dan iborat. Mahsulot shilab chiqarish (xizmat kursatish, ishlar bajarish) uzliksiz amalga oshirilishi uchun undan oldin ta`minot jarayoni utishi, ishlab chiqarishdan keyin esa realiyatsiya jarayoni kelishi kerak. Bu uchta boskich xar doim bir birlarining urnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag`lar (fondlar)ning uzluksiz aylanishini hosil kilishadi.
Mablag`lar aylanishidagi asosiy boskich (faza) - bu moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir buladigan ishlab chiqarish boskdchidir. Bu yerda yangi mahsulot tayyorlanadi va u uzi ishlab chiqarilgan buyumlardan nafakat tashki ko`rinishi va xususiyati bilan, balki kiymatining xajmi bilan fark kiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan mahsulot kiymati sarflangan ishlab chiqarish vositalari kiymati (tiklash fondi) va xodimlar mexnati bilan yaratilgan xamda zaruriy kiymat (ish xaki) va qo`shimcha mahsulot kiymati (sof daromad)ga bulinadigan, yangi kiymatdan iborat.
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirishda, birinchidan, ishlab chiqarishga kilingan xarajatlar sarflangan ishlab chiqarish vositalari (mexnat buyumlari va mexnat vositalari amortizatsiyasi) va ishchi kuchi (ish xaki shaklidagi zaruriy mexnat) va ikkinchidan, ishlab chiqarish mahsulotlari - tayyor buyumlar kayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona ulchagichda ifodalash va tayyor mahsulotning ishlab chiarish tannarxi xakida yigma kursatgichni olish uchun talab kilinadi. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajatlar sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mexnat ulchagichlarda xam kursatiladi. Bu ulchagichlar pulda baxolash uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar xajmi boshqarish uchun foydalaniladi. Mexnat vositalari va ishchi kuchining sarfini aks ettiraturib, buxgalteriya hisobi, ishlab chiqarish jarayonining boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish iste`molini xam uz ichiga oladi.
Ishlab chiqarish jarayonida kupchilik korxonalarda ishlab chiqarish vositalari birdaniga tayyor mahsulotga aylanmaydi. Ularga mexnatning ta`siri yangitdan yaratilgan mexnat maxsuli sifatida to`g`ri kelishi kerak bulgan yangi ko`rinish yoki xususiyatlarga ega bulmasdan oldin ma`lum vaqt talab kiladi. Shu vaqtning utishi davomida ular tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bulib turadi.
Ishlab chiqarish jarayoniga yaratilgan milliy daromadning taksimlanishi to`g`ri keladi. Taksimlash paytida zaruriy mahsulot (korxona xodimlarining ish xaki)ning puldagi ifodasi, korxona sof daromadi (foyda)ning va davlatning markazlashtirilgan sof daromadi (kushilgan kiymat soligi, aksiya soligi, foydadan ajratmalar va xakozo) summasi hisoblanib chikiladi. Bundan foyda, mikdori buxgalteriya hisobida keyinrok sotish tugagandan keyin aniklanadi va kayd kilinadi.
Korxona mablag`lariga aylanishning boshqa boskichlari muomila sferasida sodir buladi. Bu - korxona ta`minoti va tayyor buyumlarni sotish boskichlaridir.
Ta`minot sferasida korxona pul mablag`lariga uziga zarur bulgan, omborlarga kelib tushadigan va uning ishlab chiqarish zaxiralarini hosil kiladigan moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish boskichida ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulotning iste`molchilar (xaridorlar)ga topshirish sodir buladi. Bu boskichning yakunida korxona fondlari (mablag`lari) yana pul shakliga kiradi.
Buxgalteriya hisobida ta`minot va sotish jarayonlarini aks ettirishda kuyidagilar kayd kilinadi: shu jarayonlar bilan borlik bulgan xarajatlar, ya`ni ishlab chiqarish vositalarini xarid kilish va mahsulot sotishga kilingan xarajatlar; ta`minot jarayonida xarid kilinadigan buyumlar, sotish uchun mo`ljallangan va sotish jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari xamda sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag`lari. Bu pul mablag`larining summasi ishlab chiqarish vositalarini sotib olish va ish xakini tulash uchun xarajatlangan summadan sof daromad mikdoriga kup buladi.
Shunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromanni taksimlash imkonini beradi. Bu yerda buxgalteriya hisobida davlat daromadiga utkazilishi lozim bulgan, korxona tomonidan olingan summasi, kushilgan kiymat soligi, aksiz solig foyda (daromad) soligi aniklanadi va kayd kilinadi. Sotish jarayoni tugagandan sung korxona tegishli organlarga (budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, banklar, mol yetkazib beruvchilar va xakozolarga) ularga berilishi lozim bulgan summalarni utkazish imkoniga ega buladi.
Tovar ishlab chiqarish sharoitida korxonalar mablag`larining davra aylanishi uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan ho`jalik alokalarning yuzaga kelishiga olib keladi. Bunday alokalar korxonada mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar bilan ta`minot va mahsulot sotishni amalga oshirishda, bosh(ona) kompaniya bilan - unga u yoki boshqa mablag`larni topshirish yoki olib kuyish paytida, bank muassasalari bilan -ulardan ssudalar olishda, budjetdan tashqari tashkilotlar bilan - ijtimoiy extiyojlarga doir hisob - kitoblarda va xakozolarda yuzaga keladi. Ho`jalik alokalari buxgalteriya hisobida korxona mablag`lari davra aylanishining tegishli boskichlari aks ettirilayetgan paytda kamrab olinadi;
Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini ishlab chiqarish maqsadlari uchun iste`mol kilinadigan ishlab chiqarish jarayonidan tashqari, korxona shuningdek noishlab chiqarish iste`mollari xam sodir buladi.
Noishlab chiqarish iste`moliga korxona tasarrufidagi fondlar (mablag`lar)dan foydalanish kiradi. Ularning tarkibiga uy-joy maishiy xizmatlarning, soglikni saklash kabilarning mablag`lari kiradi. Bu mablag`larning xolati va ulardan foydalanish xam buxgalteriya hisobida kursatiladi.
Korxonalar mablag`lari (fondlari)ning davra aylanishi shundan iboratki, mablag`lar - fondlar davra aylanishi jarayonida ularning puldagi shakli ishlab chiqaruvchiga, ishlab chiqaruvchi - tovarliga, tovarliligi esa yana pullik shakliga aylanadi va xakozo. Demak mablag`larning davra aylanishi fakat uning xar xil boskichlari (fazalari) ketma - ket uzluksiz kelib tursagina sodir bulishi mumkin.
Mablarlar davra aylanishini to`g`ri tashkil kilish, ho`jalik mablag`larini davra aylanishning xar bir boskichida anik bulgan muddat davomida mavjud bulishligini talab kiladi. Zamonaviy korxonalarda xar kanday jarayon, odatda, xar doim, deyarli tanaffussiz sodir buladi. shuning uchun xar bir dakikada u xamma uchchala boskichda va uch shakldagi - pul, ishlab chiqaruvchi va tovar mablag`larga ega bulishi kerak. Shu bilan birga bu mablag`larning mikdori korxona faoliyatining xajmiga to`g`ri kelishi va xar bir boskichda normal ishni ta`minlashi kerak.
Barcha jarayonlar - ta`minot, ishlab chiqarish va sotish - aloxida ho`jalik operatsiyalaridan iborat. Masalan ta`minot va sotish qator xarid kilish - sotish xodisalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarishda mexnat buyumlarini mahsulot tayyorlashga sarflash, korxona xodimlariga bajargan ishlari uchun ish xaki hisoblash, mexnat vositalaridan mahsulot ishlab ikarishda foydalanganlik uchun amortizatsiya ajratmalarni hisoblash va xakozolarni qayta - qayta, pullab amalga oshiriladi.
Xar bir operatsiyaning asosiy mazmuni korxona mablag`larining harakati, ularning shakllari uzgarishidan iborat. Masalan, materiallarni xarid kilishda korxona pul mablag`lari urniga uzlariga kerak bulgan mexnat buyumlarini oladi, materiallarni sarflashda mexnat buyumlarni ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulotga aylanadi va hokazo.
Bundan shuni xulosa kilish mumkinki, ho`jalik operatsiyalari ho`jalik faoliyatini amalga oshirishda korxona mablag`larining harakatidan iborat ekan.
Ho`jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobida aks ettirish boshqarish obyekti xakida kerakli axborotni hosil kilish, budjetni bajarishda mablag`lardan foydalanish samaradorligining darajasini baxolash imkonini beradi va u buxgalteriya hisobining asosiy mazmunini tashkil kiladi.
Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish