Mavzu: boshlangʻich sinf oʻquvchilarida tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari



Download 0,62 Mb.
Sana23.09.2021
Hajmi0,62 Mb.
#182848
Bog'liq
1-mavzu taqdimoti

MAVZU: BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA TASAVVUR VA TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI

REJA:

1. Tabiatshunoslik tushunchalarning klassifikatsiyasi.

2. Tabiatshunoslik tushunchalarining shakllantirish va rivojlantirish usullari.

Tayanch soʻzlar va iboralar: tur, avlod, oila, sinf, tip, umumiy tushunchalar, yakka tushuncha, yigʻma tushunchalar.

Adabiyotlar

1. Sharipova D., Xodiyeva D.P., Shirinov M. K. Tabiatshunoslik va uni oʻqitish metodikasi. -Toshkent, “Barkamol fayz media”, 2018-yil.

2. Nuriddinova M. “Tabiatshunoslik oʻqitish metodikasi”. –Toshkent: “Oʻqituvchi”, 2005-yil.

3. Bahromov A., Tabiatshunoslik. 3-sinf umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun darslik. –T.: “Choʻlpon”, 2019-y.

4. Bahromov A. Tabiatshunoslik. 4-sinf umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun darslik. –T.: “Sharq” 2020-y.

5. Gʻulomov P., Mirzaaxmatova Sh. Atrofimizdagi olam. 2-sinf uchun darslik. –T.: “Choʻlpon”, 2018-y.

6. Grigoryans A.G., Atrofimizdagi olam. 1-sinf uchun darslik. –T.: “Choʻlpon”, 2012-y. 

Tabiatshunoslik tushunchalarining klassifikatsiyasi

  • Tabiatshunoslik tushunchalari - bu umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan obyektlar, hodisalar, jismlarining butun guruhi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan bilimlar.
  • Tushunchalar tasavvurlardan farqlidir.
  • Tasavvur - sezgi organlar faoliyatining, xotira yoki tasavvur qilish mahsuli.
  • Tushuncha – tafakkur mahsuloti hisoblanadi. Tushunchalar qabul qilinadigan va tasavvur etiladigan narsalar ustida fikr yuritish natijasida vujudga keladi. Tushuncha butun narsalar sinfiga taalluqli umumlashgan mazmunni aks ettiradi

Tabiatshunoslik tushunchalarining klassifikatsiyasi

  • Tabiatshunoslikni oʻqitish jarayonida joʻgʻrofiya tushunchalarining biologik tushunchalar bilan bogʻlanishiga e’tibor bermoq zarur. Maktabda oʻqishning birinchi yilida bolalar atrof olam bilan tanishish oʻquv kitobidan ertak va hikoyalarni oʻqish, tabiatdagi kuzatishlar asosida oʻsimlik va hayvon organizmlari toʻgʻrisida umumiy oddiy tabiatshunoslik tushunchalarini oladilar. Kelgusi sinflarda ular tajribalar oʻtkazishda, kuzatishlar, ekskursiyalar, amaliy ishlar vaqtida tabiat toʻgʻrisidagi konkret tushunchalarga ega boʻladilar.

Tushuncha turlari

Tushunchalar hajmiga qarab, alohida va umumiy boʻladi. (Masalan, tabiatshunoslik kursida “Oʻz oʻlkamizning tabiati”, “Tabiatda mavsumiy oʻzgarishlar” tushunchalarini umumiy deb atash mumkin, ular hissiy qabul qilishlar bilan bogʻliqdir va alohida tushunchalar, umumiy tasavvurlardan iborat. Alohida va umumiy tushunchalar ham geografik, ham biologik kelib chiqishiga ega boʻlishi mumkin. Geografik tushunchalar alohida (Toshkent) va umumiy (togʻlar, foydali qazilmalar) tushunchalarga, biologik tushunchalar tur (chittak, lola, archa, avlod, hayvonlar, bargli oʻsimliklar) tushun-chalariga boʻlinadi.

Yakka tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirish

Yakka tushunchalar boshqa narsalar, hodisalarga xos boʻlgan yakka belgilardir. Agar umumiy tushunchalar atamalar bilan mustahkamlansa, yakka tushuncha nom yoki shaxsiy ism bilan ifodalanadi, chunki uning nomida boshqa obyekt boʻlmaydi. Oʻquvchilar e'tiborini obyektning umumiy tushuncha bilan bogʻlanishiga qaratmoq, ya'ni obyektning yakka xususiyatini ta'kidlamoq zarur; agar u geografik obyekt boʻlsa, unda obyektga fazoviy xarakteristika berish, ya'ni joylashgan oʻrnini xaritadan aniqlash kerak.

Umumiy tushunchalarni shakllantirishda oʻqituvchi:

  • obyektlarni maqsadga yoʻnalgan holda qabul qilib olinishini tashkil qilishi;
  • tabiat jismlari va hodisalari toʻgʻrisida har bir yangi tushunchani tahlil qilishi va barcha narsalarda, ilgari oʻzlashtirilganlarda takrorlanadigan muhim belgilarni ajratishi;
  • ikkinchi darajali uncha muhim boʻlmagan barcha belgilarni mavhumlashtirish, buning uchun uncha muhim boʻlmagan turlanadigan belgili, lekin muhim belgilarini saqlagan (lola va binafsha, boychechak va lola) narsalardan foydalanish lozim.

Taqqoslash

Narsa va hodisalar oʻrtasidagi oʻxshashlik va tafovut belgilarini aniqlash demakdir. Taqqoslash - aqlning tahliliy ishi. Taqqoslash jarayoni murakkab, oʻz ichiga sintez, umumlashtirish va xulosani oladi. oʻquvchilar narsalarning belgilarini ajrata olsalar, muhimni uncha muhim boʻlmagandan farq qilsalar, bu sintez, umumlashtirish va xulosali taqqoslash boʻlishi mumkin, chunki bunda faqat muhim belgilar boʻyicha taqqoslash mumkin boʻladi.

Tahlil

Butunni belgilangan qismlarga ajratish, maxsus belgilarga boʻlish, oʻxshash narsalarda tafovutni ajrata bilishdir. Masalan, hamma gʻalla oʻsimliklarining ildizi, poyasi, guli va mevasi boʻladi. Ammo bu belgilarning oʻxshashligida, masalan, bugʻdoy va makkajoʻxorida farqlar ham bor.

Sintez

Bogʻlanishlar oʻrnatish, umumlashtirish va xulosa chiqarishdir (gʻalla oʻsimliklarining ildizlari koʻpgina ingichka ildizchalardan iborat; poyasi kovak - poxolchoʻp; bargi ensiz va uzun; mevasi - don).

Bilimni tekshirish uchun savollar

1. Tasavvur nima?

2. Tushuncha nima?

3. Tabiatshunoslik tushunchalarini qanday ta'riflaysiz?

4. Umumiy oddiy tushunchalarni shakllantirishda oʻqituvchi nimaga koʻproq e'tibor qaratishi kerak?

5. Yakka tushunchalar umumiy tushunchalardan qanday farqlanadi?

6. Tabiatshunoslik tushunchalari boshlangʻich sinflarda qanday shakllantiriladi?

7. Tushunchalar hosil boʻlishi uchun qanday metodik sharoitlarni zarur deb hisoblaysiz?

8. Tabiatshunoslik tasavvurlari va tushunchalarini shakllantirishda tafakkur va nutqning oʻrni qanday?

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish