SANA 14.02.2022
MAVZU: Bo’lish va kasrlar
Sinf:
Dars o’tdi : Shodiyev Mirzobek
TA’LIMIY MAQSADI : O’quvchilarga Bo’lish va kasrlar haqida tushuncha berish
TARBIYAVIY MAQSADI:. O’quvchilarga olinayotgan axborotning insonning bilim va ma’naviy boyliklarning yuksalishiga ta’sirini tushintirish hamda teran fikirlashga yordam berishini ochib berish
RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI: Masalalar yechish orqali mavzuni mustahkamlash
DARS USLUBI: Aralash.
DARS SHAKLI: Savol-javob. Aqliy hujum.
DARSNING JIHOZLANISHI: darslik,plakatlar, tarqatma materiallar.
Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
Har qanday natural sonlarni bo’lish natijasini kasr yordamida ifodalash mumkunmi?
Agar bo’lish qoldiqsiz bajarilsa bo’linma qanday son bo’ladi ?
Agar bo’lish qoldiqli bajarilsa bo’linma qanday son bo’ladi ?
Yeg’indini songa bo’lish qoidasini yozing va misollarda tushintiring.
Birhil mahrajli kasrlar qanday taqqoslanadi?
Birhil mahrajli kasrlar qanday qo’shiladi?
Birhil mahrajli kasrlar qanday ayiriladi?
Birhil mahrajli kasrlarni qo’shishni sonlar nurida tushuntiring?
O’quvchilarga uyga berilgan vazifa tekshirib baholanadi. O’quvchilardan o’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida savol javob o’tkaziladi.
Yangi mavzu bayoni.
O’quvchilarga 2 ni 3 bo’lish mumkinligini tushuntirib, har qanday natural sonlarni bo’lish natijasini kasrlar yordamida ifodalash mumkinligini tushuntirib beriladi.
Masalan o’quvchilar shu paytgacha 2 ni 3 ga bo’lib bo’lmaydi deb kelgan edilar. Chunki har qanday sonni 3 ga ko’paytirganda 2 hosil bo’lmaydi. Kasr sonlarni borligini bilib olgandan keyin buning iloji borligi ko’rsariladi. Ikkita butunn quymaqni 3 ta bolaga teng bo’lib berish mumkinligini chizmalarda tushuntiriladi.
Buning uchun har bir quymoqni teng 3 bo’lakka bo’lamiz. Natijada 6 ta ulush, ya’ni quymoqning qismi hosil bo’ladi. Endi bu ulushlarni 3 ta bolaga 2 tadan bo’lib beramiz. Shunda har bir bolaga quymoqning
qismi tegadi. kasr 2 ta quymoqni 3 ta teng bo’lakka bo’lganda hosil bo’ladi.