Mavzu: Bog’langan qo’shma gaplarning shakliy mazmuniy tuzilishi.
Reja:
Kirish.
1-bob. Hozirgi o`zbek tilshunosligida qo`shma gaplarning tasnifi.
1.1. Jahon tilshunosligida qo`shma gap talqini.
1.2. Hozirgi o`zbek tilshunosligida qo`shma gaplarning tasnifi.
2-bob. Bog‘langan qo’shma gaplar haqida umimiy ma’lumotlar.
2.1. Bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog’lovchi vositalar.
2.2. Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining o‘zaro mazmun munosabatlari.
2.3. Bog’langan qo’shma gaplarning shakliy mazmuniy tuzilishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
«Qo`shma gap» termini bugungi kunda ko`pchilik tilshunoslarni qoniqtirmayapti. Chunki «qo`shma gap» tushunchasi til birliklarining iyerarxik (pog`onali) munosabati prinsiplarining buzilishiga olib kelmoqda. M.V.Lyapon ta`biri bilan aytganda: «Agar qo`shma gap (murakkab jumla) ikki yoki undan ortiq (kommunikativ salmoqli) tugal fikr anglatayotgan xabarlar birikuvini taqozo etar ekan,uning sathida matn ifodasining jiddiy belgilari kuzatiladi».
Nutqni mikromatn tarzida o`rganish haqida aytilgan ba`zi mulohazalar R.Sayfullayevaning tadqiqotlarida ham uchraydi.Ana shulardan kelib chiqib, mazkur ishda «bog`langan qo`shma gap» va «bog`lovchisiz qo`shma gap» tushunchalari o`rniga mikromatn tushunchasini taqozo etuvchi «komponentlari teng bog`lanishli murakkab sintaktik qurilma» terminidan foydalanmoqdamiz.
Monografiyada teng bog`lanishli murakkab sintaktik qurilmalarning derivatsion xususiyatlarini o`rganish asosiy maqsad bo`lgani uchun quyida sintaktik derivatsiya nazariyasi xususida, uning mohiyati va asosiy prinsiplari haqida ba`zi zaruriy ma`lumotlarni keltiramiz.
Asosiy qism:
Tilshunoslik fanida qo`shma gap mavzusi azaldan muammoli bo`lib keldi va bugungi kunda ham uni muammolardan xoli deb bo`lmaydi. Buning asosiy boisi shundaki, qo`shma gap fikr ifodasi sintaktik shaklining eng yuqori va murakkab pog`onalaridan birini tashkil etadi.
Jahon tilshunosligida qo`shma gap talqiniga bag`ishlangan ilmiy-monografik tadqiqotlar ko`p bo`lishiga qaramay, bu sohada hali yechilmagan jumboqlar anchagina ko`rinadi. Ular jumlasiga qo`shma gap tarkibiy qismlarining nomlanishi, ularning tub strukturaga munosabati,tarkibiy qismlarning o`zaro bog`lanishini ta`minlovchi grammatik va ekstralingvistik omillarning funksional salmog`ini aniqlash, qo`shma gapning ustpredikativ belgisi, uning sintaktik derivatsiyasiga taalluqli muammolarni va, umuman, «qo`shma gap» terminining qo`llanilishi bilan bog`liq ko`plab munozarali masalalarni kiritish mumkin.
Qo`shma gap komponentlarining munosabati turlarini o`rganish XX asrning yigirmanchi yillarida tilshunoslik fanida asosiy mavzulardan biri bo`ldi va bu sohada tilshunoslar o`rtasida ilmiy bahs va munozaralar boshlandi. Bunday munozaralarning boshlanishiga, masalan, rus tilshunosligida, M.N.Petersonning «Ocherk sintaksisa russkogo yazika» nomli asarida qo`shma gap xaqida bildirilgan mulohazalari sabab bo`ldi. M.N.Peterson qo`shma gap tarkibiy qismlarining tobe va teng bog`lanishi xususida tilshunoslar tomonidan aytilayotgan fikrlarning g`oyat chalkash va chuqur ilmiy asosga ega emasligini ta`kidlaydi va quyidagilarni yozadi: «Mavjud kriteriyalar bosh gapni tobe gapdan, shuningdek, ergash bog`lanishni teng bog`lanishdan farqlash uchun asos bo`lolmaydi. Demak, ergash va teng bog`lanish tushunchalarida lingvistik ma`no yo`q».
M.N.Peterson nafaqat komponentlari teng bog`lanishli, balki tarkibiy qismlari ergash bog`lanishli qo`shma gapning ham mavjudligini inkor etadi. Uning fikriga ko`ra, qo`shma gapga taalluqli sintaktik tadqiqotlarda teng va ergash bog`lanishlar xususida emas, balki so`z birikmalarining o`zaro munosabati haqida mulohaza yuritish lozim. Bu o`rinda, albatta, so`z birikmasi keng ma`noda tushuniladi va gapning ham so`zlarning o`zaro birikuvidan tashkil topishi nazarda tutiladi.
Masalaning bunday qo`yilishi, albatta, tilshunoslardan javob kutardi. Mazkur tanqidiy mulohazaga birinchilardan bo`lib A.M.Peshkovskiy izoh beradi va teng hamda ergash bog`lanish tushunchalarining zamirida lingvistik ma`no borligini atroflicha yoritib berishga harakat qiladi. Olim teng bog`lanish asosida shakllanuvchi bog`langan qo`shma gaplar tobe bog`lanish asosida shakllanuvchi ergash gapli qo`shma gaplardan birinchi galda bog`lovchi vositalar orqali farqlanishini va mazkur vositalarning qo`shma gap strukturasidagi sintaktik o`rinlari ham o`ziga xosligini alohida ta`kidlaydi. Bunda teng bog`lovchi bog`langan qo`shma gapning har ikki tarkibiy qismida takroran qo`llanishi yoxud tarkibiy qismlar oralig`ida kelishidan qat`i nazar, biror tarkibiy qismning muchasi sanalmasligini, ergashtiruvchi bog`lovchi esa ergash gapning nafaqat ritmik nuqtai nazardan, balki uning organik tuzilishi jihatidan ham ajralmas qismi ekanligini to`g`ri eslatadi.
O`zbek tilshunosligida ham sintaktik muammolar talqiniga ta`siri kuchli bo`lgan A.M.Peshkovskiyning «Russkiy sintaksis v nauchnom osveshenii» nomli asarining ham katta bir qismi bog`langan, bog`lovchisiz va ergash gapli qo`shma gaplar tahliliga bag`ishlanadi. Bu asarda rus tilshunosligida bog`langan hamda ergash gapli qo`shma gaplarning lingvistik mohiyatini ochib berishga harakat qilinganini ko`ramiz. A.M.Peshkovskiyning eng muhim xulosalaridan yana biri shunda ko`rinadiki, u qo`shma gap xususida so`z yuritganida ohangni til unsuri hisoblanuvchi bog`lovchi bilan hech qachon tenglashtirib bo`lmasligini, ohang bunda yordamchi vosita ekanligini to`g`ri ta`kidlaydi.
A.M.Peshkovskiy qo`shma gap tushunchasining ba`zi g`aliz tomonlari borligini eslatadi va bu haqda quyidagilarni yozadi: «U bir necha gapni bir gap deb atagani uchun turli anglashilmovchiliklarga sabab bo`lmoqda».
A.M.Peshkovskiy bog`langan va ergashgan qo`shma gaplarni teng va ergash bog`lanishli so`z birikmalariga o`xshatadi, zotan, mazkur birikmalarning ham birinchisining komponentlari munosabatlari teng huquqlilikka, ikkinchisiniki esa ergash bog`lanishga asoslanadi. Bundan tashqari, olim o`z tadqiqotlarida bog`lovchisiz qo`shma gaplar tabiati xususida ham so`z yuritadi va ularni qo`shma gapning alohida bir turi sifatida tavsiflaydi.
A.M.Peshkovskiy, garchi o`z tadqiqotlarida qo`shma gap tushunchasini asoslab berishga uringan bo`lsa ham, aslida «qo`shma gap» terminiga qarshi edi. Uning fikriga ko`ra, til birliklari o`z-o`zi bilan qorishib yangi pog`onani hosil qila olmaydi.Masalan, morfema tarkibiga ikkinchi morfema, so`z tarkibiga ikkinchi so`z sig`maydi. Demak, gap tarkibiga ham ikkinchi gap sig`maydi.
Darhaqiqat, til sistemasining asosiy birliklari munosabatiga e`tibor berganimizda ham, fonemaning faollashuvi morfema sathida, morfema aktualizatsiyasi so`z doirasida, so`zning real qo`llanishi esa gap qolipida iyerarxik (pog`onali) tarzda voqelanishini ko`ramiz. Bu, o`z navbatida, A.M.Peshkovskiyning «qo`shma gap» termini xususidagi e`tirozi asosli ekanini ko`rsatadi. Chunki har bir til birligining qo`llanishi (faollashuvi) o`zidan katta birlik og`ushida amalga oshadi. Demak, gapning faollashuvi gap sathida emas, balki mikro- yoxud makromatn tarkibida sodir bo`ladi. Ana shu nuqtai nazardan «qo`shma gap» terminining nechog`lik to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini chuqur ilmiy mushohada yuritib o`ylab ko`rishga to`g`ri keladi.
Nemis tilshunosi, yosh grammatikachilar maktabining yirik vakillaridan biri X.Paul bog`langan qo`shma gapni parataktik qurilma deb ataydi va bunday qurilma komponentlari biri ikkinchisini aniqlamasligini, balki har ikkalasi ham bir-birini aniqlashini ta`kidlaydi. Bunda, albatta, u qo`shma gap parataktik xarakterda bo`lganda komponentlarining o`zaro tenglik asosida birikuvini nazarda tutadi.
Hozirgacha mavjud lingvistik adabiyotlarda qo`shma gaplar grammatik shakli va komponentlarining munosabatiga qarab bog`lovchisiz, bog`langan va ergash gapli qo`shma gaplarga bo`lib o`rganilayotganini kuzatamiz. Ammo mazkur ishimizning mavzusi teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar bilan bevosita bog`liq bo`lgani uchun quyida, asosan, qo`shma gapning bog`lovchili va bog`lovchisiz turlari xususida mulohaza yuritamiz.
Akademik V.V.Vinogradovning fikriga ko`ra, qo`shma gapning, shu jumladan, bog`langan va bog`lovchisiz qo`shma gaplarning ham tarkibiy qismlari struktur-sintaktik va mazmuni jihatlaridan bir-biri bilan aloqada bo`ladi.Bog`langan qo`shma gap tarkibiy qismlari, ergash gapli qo`shma gap tarkibiy qismlaridan farqli ravishda, teng bog`lanishli, teng munosabatli ko`rinsa-da, bu tarkibiy qismlarning faqat birinchisini erkin qurilishli deb hisoblash mumkin, ikkinchisi struktur ko`rinishi hamda sintaktik holatiga ko`ra birinchisiga qandaydir ma`noda tobe bo`ladi. Bog`lovchisiz qo`shma gap tarkibiy qismlari esa ritm hamda melodik vositalar, leksik unsurlar ishtirokida aloqaga kirishadi va bunda ham analogik vaziyat kuzatiladi.
Bizningcha, V.V.Vinogradovning mazkur fikri ancha asoslidir. Chunki bog`langan va bog`lovchisiz qo`shma gaplar komponentlarining o`zaro semantik va sintaktik munosabatlari shundan dalolat beradi. Bu, ayniqsa, qo`shma gapning kommunikativ vazifa bajarishida aniqroq namoyon bo`ladi.Biroq V.Vinogradov tomonidan qo`llangan «tobelik» tushunchasini ayni paytda ergash gapning bosh gapga tobelik darajasi bilan tenglashtirmaslik lozim.
Qo`shma gap ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning mexanik tarzdagi birikuvini emas, balki muayyan kommunikativ vazifa bajarilishi uchun xizmat qiluvchi shakliy va mazmuniy butunlikni tashkil etgan sintaktik qurilmalar birikuvini taqozo etadi. Shu bois qo`shma gap o`ziga xos murakkab shakl, ma`no hamda ohang butunligi mahsuli sanaladi.
Rus olimi A.G.Rudnevning fikriga ko`ra, bog`langan qo`shma gaplar ikki yoki undan ortiq mustaqil sodda gaplarning tenglik asosida birikuvidan tashkil topadi. Bizningcha, bu mulohaza bilan qo`shilish qiyin.Sodda gaplarning mustaqilligi to`g`risida faqat bu gaplar qo`shma gap tarkibiga kiritilishidan avval gapirish mumkin. Ular qo`shma gap tarkibiga kiritilgach, biri ikkinchisi bilan ma`no va grammatik jihatdan bog`langan bo`ladi. Bu esa, o`z navbatida, bog`langan qo`shma gap tarkibiy qismlarining nisbiy mustaqilligidan dalolat beradi. Shu bois «teng komponentli» tushunchasini ham nisbiy deb bilmoq lozim.
Biroq A.G.Rudnev bog`langan qo`shma gaplar komponentlarining o`zaro bog`liqligi quyidagilarga asoslanishini to`g`ri ko`rsatadi:
1.Ular bir paytda sodir bo`layotgan voqea-hodisa ifodasiga ko`ra o`zaro bog`langan bo`ladi.
2.Zamon oqimida ketma-ket ro`y berayotgan voqea-hodisa voqelanadi.
3.Ikkinchi komponent birinchisida berilayotgan xabarning natijasi bo`lishi mumkin.
4.Ro`y berayotgan voqea-hodisalar ma`nolari o`zaro zid bo`ladi.
5.Hodisalar voqelanishining galma-galligi kuzatiladi. Bunda qo`shma gap komponentlari munosabati ayiruv bog`lovchilariga asoslanadi.
6.Ikkinchi komponent birinchisida voqelanayotgan xabarning alohida ta`kidlanishi uchun xizmat qiladi.
A.G.Rudnev bog`lovchisiz qo`shma gaplar qo`shma gapning alohida turi emasligini, ular yo bog`langan, yoki ergash gapli qo`shma gaplarning bog`lovchi vositalar ishtirok etmagan ko`rinishini taqozo etishini alohida ta`kidlaydi. Olimning fikriga ko`ra, bog`lovchisiz munosabat qadimda ham, hozir ham mustaqil ma`noga ega bo`lmagan.
Bizningcha, bu o`rinda A.G.Rudnevning fikri bilan qo`shilish qiyin. Zotan, bog`lovchisiz qo`shma gapni mustaqil ma`noga ega emas deb bo`lmaydi va shu bois uni bog`langan yoki ergash gapli qo`shma gapning bog`lovchisiz turi tarzida talqin etish masala tavsifini ancha chigallashtiradi.
A.N.Gvozdev tilshunoslikda qo`shma gaplarni bog`langan va ergash gapli deb ataluvchi turlarga bo`lish XIX asrlarda kun tartibiga qo`yilganligini, ammo buning ilmiy asoslanishi hanuzgacha mukammal talqin etilmaganligini aytadi. A.N.Gvozdev mazkur tasnifni ilmiy asoslash uchun bog`langan va ergash gapli qo`shma gaplarning har birining o`ziga xos sintaktik xususiyatlarini puxta o`rganish lozimligini ta`kidlaydi va faqat shu orqali ularning alohida grammatik kategoriyalar sanalishi mumkinmi yoki yo`qmi ekanligini dalillasa bo`ladi, degan xulosaga keladi.
A.N.Gvozdevning fikriga ko`ra, bog`langan qo`shma gaplar bilan ergash gapli qo`shma gaplarning asosiy tafovuti ularning sintaktik strukturalarida, bog`lovchi vositalarda ko`zga tashlanadi. Bog`langan qo`shma gaplarda ham uyushiq bo`laklarda ko`zga tashlanadigan sintaktik vositalar kuzatiladi va ular tarkibida qo`llanadigan bog`lovchilar ham bir xildir. Shu bois bog`langan qo`shma gaplar komponentlari munosabatlari, gapning uyushiq bo`laklarida bo`lganidek, biriktiruvchi, zidlovchi va ayiruvchi ma`nolarni taqozo etadi. Bundan tashqari, A.N.Gvozdev bog`langan qo`shma gaplarda bog`lovchi vosita tarkibiy qismlarining birortasiga taalluqli emasligini va u ikki komponentning oralig`ida sintaktik o`rinlashuvini, ergash gapli qo`shma gaplarda esa bog`lovchi yoki uning o`rnida qo`llanilgan grammatik vosita ergash gap tarkibida kelishini ta`kidlaydi.
A.N.Gvozdev bog`lovchisiz qo`shma gaplar haqida gapirganida, ularning hozirgi tilshunoslikda munozarali ekanligini, zotan, bunday qo`shma gaplar tarkibiy qismlari munosabati ergash bog`lanishga asoslanishi ham mumkinligini aytadi.
Ko`rinadiki, A.N.Gvozdev ham bog`lovchisiz qo`shma gaplar tarkibiy qismlari ergash bog`lanishga asoslanishi mumkinligini ta`kidlab masala tavsifini ancha chigallashtiradi.
V.G.Admoni bog`langan qo`shma gap xususida mulohaza yuritar ekan, uning tarkibiy qismlarini mustaqil sodda gaplar bilan qiyoslaydi va biri ikkinchisi bilan mazmunan zich bog`langan mustaqil qo`llanilgan sodda gaplar bilan bog`langan qo`shma gap tarkibida faollashgan sodda gaplar o`rtasidagi farq nisbiy ekanligini ta`kidlaydi. V.G.Admonining ko`rsatishicha, mustaqil qo`llangan sodda gaplar grammatik jihatdan avtosemantik xarakterga ega ekanligi, bog`langan qo`shma gap tarkibiy qismlari tarzida kelayotgan sodda gaplar grammatik jihatdan sinsemantik sifatga ega ekanligi ular o`rtasidagi asosiy farqlardan biri sanalishini aytadi. Olim bog`langan qo`shma gap komponentlarining sinsemantik belgilari quyidagilarda ko`rinishini eslatadi: 1. Grafik rejada. 2. Ritmik-intonatsion rejada. 3. Mantiqiy-grammatik rejada.
Bizningcha, bu o`rinda V.G.Admoni fikrida ba`zi g`alizliklar ko`zga tashlanadi. Buni birinchi galda «avtosemantika» va «sinsemantika» terminlarining qo`llanilishida qayd etish mumkin. Boshqacha aytganda, gapning avtosemantik yoki sinsemantik xarakterda bo`lishi grammatik jihatdan emas, balki semantik jihatdan belgilanadi. Bu nuqtai nazardan «avtosemantika» termini aksariyat hollarda, mustaqil sodda gaplardan tashqari, bog`langan va bog`lovchisiz qo`shma gap komponentlariga bevosita taalluqlidir, zotan, ularning har biri mazmuniga ko`ra nisbiy mustaqil bo`lishi mumkin. Ana shu jihatdan bog`langan qo`shma gap komponentlari ergash gapli qo`shma gap komponentlaridan semantik strukturasiga ko`ra farqlanadi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, bu o`rinda shuni ham aytish lozimki, ergash gapli qo`shma gap komponentlari sinsemantik xarakterda bo`ladi. Bu haqda YE.V.Guliganing «Hozirgi nemis tilida qo`shma gaplar nazariyasi» monografiyasidan kerakli ma`lumotlarni olish mumkin.
Avtosemantik va sinsemantik gaplar xususida N.S.Valgina ham asosli ma`lumot beradi. Unga ko`ra, bog`langan qo`shma gap komponentlarining teng huquqlililik asosida bog`lanishi sintaktik sathda ko`rinadi, mazmuniy nuqtai nazardan esa ular nisbiy mustaqildir, zotan, har ikki komponent bir-biriga bog`liqdir. Bog`langan qo`shma gap qismlarining mazmunan nisbiy mustaqilligi ularning avtosemantik xarakterda ekanligidan dalolat beradi. Bunday vaziyatda qismlarning har biri leksik nuqtai nazardan to`liq, bekami-ko`st bo`ladi va shu bois ular mustaqil qo`llanilishi mumkin bo`lgan sodda gaplarni taqozo etadi.
Bog`langan qo`shma gapning birinchi komponenti avtosemantik tarzda, ikkinchisi esa sinsemantik xarakterda bo`lishi ham mumkin. Chunki ko`p paytlarda ikkinchi komponent mazmuniga ko`ra birinchi komponentga uzviy bog`langan holda voqelanadi. Ba`zan esa qo`shma gapning birinchi komponenti ham leksik jihatdan to`liq emasligi kuzatiladi. Bu esa, o`z navbatida, uning mazmunan nisbiy mustaqil bo`lishiga monelik qiladi.
N.Valgina bog`lovchisiz qo`shma gaplar o`tgan asrning 5O-yillaridan boshlab mustaqil tur sifatida o`rganilayotganini aytadi va bunday qo`shma gap tarkibiy qismlari, asosan, intonatsiya, fe`l-kesimning grammatik shakli yoki so`z tartibi vositasida munosabatga kirishishini ta`kidlaydi.
Aytish lozimki, N.Valgina bog`langan qo`shma gap qismlarining avtosemantik va sinsemantik xarakteri haqida ilmiy e`tiborga molik fikr aytgan bo`lsa ham, bog`lovchisiz qo`shma gaplarning sintaktik tabiati xususida biror yangi fikr bildirmaydi.
V.A.Beloshapkovaning mas`ul muharrirligida chop etilgan «Hozirgi rus tili» darsligida bog`langan qo`shma gaplar teng bog`lovchili so`z birikmalariga qiyosan o`rganiladi va bu haqda quyidagi mulohazalar bildiriladi: «Qo`shma gap komponentlari o`rtasidagi teng bog`lanish tarkibiy qismlari teng munosabatli bo`lgan so`z birikmalaridagi bog`lanish bilan mushtarakdir. So`z birikmalari (so`z formalari) va qo`shma gap sathida (predikativli birliklar) o`zaro bog`lanayotgan komponentlar bir xil sintaktik vazifa bajaradi».
Ko`rinadiki, bu o`rinda komponentlari teng bog`lanishli bo`lgan so`z birikmasi bilan bog`langan qo`shma gap sathidagi sintaktik munosabat aynan bir xil deb ko`rsatiladi. Biroq bu fikr bilan to`lig`icha qo`shilish qiyin, chunki bog`langan qo`shma gap komponentlarining sintaktik shakllanishi alohida tub strukturalarga asoslanishi sababli ular o`rtasidagi sintaktik bog`lanish ham o`ziga xoslikka egadir. So`z birikmasi esa har doim hosila qurilmani taqozo etadi, unga tub struktura begonadir. Bundan tashqari, yuqoridagi fikrda ta`kidlangan sintaktik vazifalar bir xil ekanligi ham ilmiy asoslanmagan. Biroq mazkur darslikda bog`lovchisiz qo`shma gaplar taqozo etadigan sintaktik sistema ko`p jihatdan hali ilmiy izohlarga ehtiyojli ekanligi, ularning tadqiqi tilshunoslik fani oldida turgan galdagi vazifalarni taqozo qilishi to`g`ri qayd etiladi.
A.P.Komarovning mulohazasiga ko`ra, bog`langan qo`shma gap komponentlari o`rtasida mantiqiy bog`lanish mavjudligi sababli, bunda kuzatiladigan sintaktik aloqa kuchsiz bo`ladi. Ergash gapli qo`shma gap komponentlarining o`zaro munosabati esa predmetga asoslanadi (predmetnaya svyaz). Bunda mantiqiy bog`lanish kuzatilmaydi. Lekin A.P.Komarov bu bilan logik bog`lanish faqat bog`langan qo`shma gap komponentlari uchun, predmetga asoslangan munosabat ergash gapli qo`shma gaplar uchun xarakterli degan xulosaga kelmaslik kerakligini, bunda qat`iy korrelyatsiya (chegara) yo`qligini ham ta`kidlaydi.
YE.A.Referovskayaning ilmiy mushohadalariga ko`ra, bog`langan qo`shma gap komponentlari ma`no jihatdan o`z mustaqilligini saqlaydi. Ularning o`zaro bog`lanishi natijasida qo`shma gapning umumiy mazmuniy salmog`i shakllanadi. Demak, bog`langan qo`shma gapning mazmuni har doim ikki xabar ifodasining majmuini taqozo etadi.
YE.A.Referovskayaning fikri bilan qo`shilish mumkin.Lekin, shuni ham aytish kerakki, bog`langan qo`shma gap komponentlarining mustaqilligi semantik jihatdan ham, sintaktik jihatdan ham nisbiydir.
YE.A.Referovskaya bog`langan qo`shma gaplarni bog`lovchisiz qo`shma gaplardan keskin farqlash lozimligini aytadi. Olimning fikriga ko`ra, bog`langan qo`shma gaplarning tarkibiy qismlari mazmunan yagona bir butunlikni tashkil etadi, bog`lovchisiz qo`shma gaplar komponentlari esa bunday imkoniyatdan mahrumdir.
Bizningcha, YE.A.Referovskayaning mazkur fikriga ijobiy yondashib bo`lmaydi. Negaki, nafaqat bog`lovchisiz qo`shma gaplarda, balki qo`shma gaplarning barcha turlarida ham umumiy mazmun ifodasi kuzatiladi.
Fransuz tilshunosi J.Antuan teng bog`lanish muammosini talqin etishga o`zining ikki jildli monografiyasini bag`ishlaydi. Asarning birinchi jildida muallif mavzuga oid lingvistik adabiyotlar tahlilini beradi, ikkinchi jildida esa bog`langan qo`shma gaplarning semantik va sintaktik rejalar asosidagi talqini o`z aksini topadi.
J.Antuan bu asarida bog`langan qo`shma gapni mantiqiy reja zamirida o`rganish lozimligini tavsiya etgan tilshunoslar fikriga qo`shilmaydi va teng bog`lanish tushunchasining mantiq bilan aloqador emasligini, ergash bog`lanishning esa mantiq nuqtai nazaridan izohlanishi mumkinligini aytadi. J.Antuan teng bog`lanishning asosiy belgisi qo`shma gap komponentlarining o`zaro muvozanat holati ekanligini ta`kidlaydi.
J.Antuanning bog`langan qo`shma gap komponentlarining o`zaro tenglik asosida bog`lanishini (bog`langan va bog`lovchisiz qo`shma gaplarni ) mantiqiy nuqtai nazardan izohlash noo`rinligi haqidagi fikri bilan qo`shilish mumkin, biroq ergash bog`lanishning mantiq bilan bog`liqligi xususidagi mulohazasi, bizningcha, izohtalabdir. To`g`ri, tilshunoslik fani mantiq bilan uzviy bog`liqdir. Ammo bundan mantiqiy qonun-qoidalar bilan tilshunoslik qonun-qoidalari mushtarakdir, degan xulosaga kelib bo`lmaydi, zotan, tilshunoslik fanining til sistemasi unsurlarining faqat o`z doirasida amal qiladigan qonun-qoidalari mavjuddir. Aniqrog`i, lingvistik hodisalarning semantik tahlili mantiqiy qoidalar bilan hisoblashishi lozim bo`lca-da, ularning formal-sintaktik tahlili sof lingvistik qoidalarga tayanishi darkor. Aks holda, mantiq bilan tilshunoslik fanlari o`rtasidagi chegara buziladi.
Turk tilshunosi prof. Leyla Karaxan bog`langan qo`shma gapning komponentlari quyidagi vositalar orqali o`zaro munosabatga kirishuvini ko`rsatadi: ve, veya, da, ne, fakat, ama, läkin, halbuki, meĝer. Olim bog`langan qo`shma gapning har bir komponenti mustaqil jumlani taqozo etishini va ular mazmunan bog`lovchi vositalar orqali aloqada bo`lishini ta`kidlaydi:
Hava bulutlu ve durduĝumuz tepe rüzgârli idi. Gönlümle oturdum da hüzünlendim o yerde. Ne doĝan güne hükmüm geçer, ne hâlden anlayan bulunur.
Ko`rinadiki, L.Karaxan bog`langan qo`shma gap komponentlarini mutlaqo mustaqil jumlalar tarzida talqin etadi. Bizningcha, ularni nisbiy mustaqil jumlalar sifatida izohlash maqsadga muvofiq bo`lar edi, zotan, umumiy bir ma`no ifodasini berish uchun birikkan jumlalar qandaydir tarzda mustaqilligini yo`qotadi.
Turk tilshunosi Tahsin Bangu o`g`lu bog`lovchisiz va bog`lovchili qo`shma gaplarni alohida turli qo`shma gaplarga ajratmaydi va ularni umumlashtirib, bog`langan qo`shma gap nomi bilan ataydi. Bog`lovchisiz qo`shma gaplar bunda biriktiruv (ulama) jumlalar sirasiga kiritiladi va biriktiruv bog`lovchili qo`shma gaplar qatorida tahlil etiladi.
A.N.Baskakov turk tilida bog`lovchisiz bog`langan qo`shma gaplarni ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning intonatsiya vositasida birikuvidan tashkil topgan mazmuniy butunlik sifatida talqin etadi. Bunda, olimning fikriga ko`ra, qo`shilayotgan sodda gaplar mazmunidan farqlanuvchi yangi ma`no vujudga keladi. Bizningcha, A.Baskakovning mazkur fikri e`tiborga molikdir, zotan, qo`shma gapning har qanday turida ham komponentlari mazmunidan kelib chiqadigan yangi bir mazmuniy butunlik shakllanadi.
Biroq, shuni ham aytish lozimki, turk tilshunosligida bog`langan qo`shma gapning har bir komponenti mustaqil ega va kesimga ega bo`lishi masalasiga e`tibor berilmaydi. Masalan, uyushiq kesimli quyidagi kabi sodda gaplar qo`shma gap sifatida talqin etiladi: Hava bir açiyor, bir kapayor.
Hozirgi o`zbek tilshunosligida bog`langan va bog`lovchisiz qo`shma gaplarning har biri qo`shma gapning alohida turi sifatida o`rganiladi va ularning ergash gapli qo`shma gaplardan farqlanuvchi tomonlari ko`rsatib beriladi. Jumladan, bog`langan qo`shma gaplarni ergash gapli qo`shma gaplardan farqlovchi asosiy vosita teng bog`lovchilar va yuklamalar ekanligi alohida qayd etiladi. Bu haqda «O`zbek tili grammatikasi»ning akademnashrida quyidagilarni o`qiymiz: «Bog`langan qo`shma gapni boshqa qo`shma gap konstruksiyalaridan farqlab turuvchi asosiy grammatik belgi ularni tashkil etgan qismlarni bir-biriga bog`lovchi teng bog`lovchilar va yuklamalardir». Bog`langan qo`shma gap komponentlari shaklan mustaqil, mazmunan esa o`zaro bog`langan bo`ladi va bunday bog`lanish ularning strukturasida, kesimlarning mazmuniy va grammatik munosabatlarida, umumiy gap bo`laklarining bo`lishida kuzatiladi.
Mazkur asarda bog`lovchisiz qo`shma gaplar haqida quyidagilar aytiladi: «Bog`lovchisiz qo`shma gaplar bog`langan yoki ergash gapli qo`shma gaplarning bog`lovchisiz varianti emas, balki alohida qo`shma gap tipidir. Bog`lovchisiz qo`shma gaplarning qismlari orasiga teng yoki tobe bog`lovchisini kiritib bo`lmaydi. Bunday bog`lovchi biror o`rinda kiritilsa ham, butun bir gap konstruksiyasi o`zgaradi».
Bizningcha, bu o`rinda aytilgan so`nggi fikrda qat`iyat yo`qdek ko`rinadi. Birinchidan, bog`lovchisiz qo`shma gap komponentlari munosabatida biror bog`lovchiga ehtiyoj sezilmaydi. Ikkinchidan, uning komponentlari munosabatlarini bog`lovchi vositasida shakllantirish mumkin bo`lsa, bu, so`zsiz, sintaktik derivatsiyaning ta`siri imkoniyatlari doirasi bilan bevosita bog`liq bo`ladi:
Bahor keldi, gullar ochildi – Bahor keldi va gullar ochildi – Bahor kelgach, gullar ochildi.
A.N.Kononov qo`shma gaplarni bog`langan va ergash gapli turlarga bo`lib o`rganadi. Bunda bog`langan qo`shma gaplar bog`lovchili va bog`lovchi vazifasidagi pauzali ikki turga ajratiladi.
Mazkur tasnif, bizningcha, ancha asosli edi. Biroq o`zbek tilshunosligida u keyinchalik rivojlantirilmadi.
G`.A.Abdurahmonov bog`langan qo`shma gaplarning tarkibiy qismlari nisbiy mustaqillikka ega ekanligini, buni qo`shma gapda qo`llanilgan bog`lovchi vosita ko`rsatib turishini ta`kidlaydi. Ammo, olimning e`tirof etishicha, bu mustaqillik grammatik jihatdandir, zotan, bog`langan qo`shma gapda ham uning komponentlari kesimlari alohida olinganda ma`lum bir niyat anglashilmaydi, bir qism mazmuni ikkinchisini talab etadi.
G`.A.Abdurahmonov bog`langan qo`shma gaplar nafaqat turkiy tillarda, balki umumiy tilshunoslik doirasida ham eng kam o`rganilganligini to`g`ri ta`kidlaydi va buning asosiy boisi bog`langan qo`shma gaplarning og`zaki nutqda kam qo`llanishida ekanligini eslatadi.
G`.A.Abdurahmonov bog`langan qo`shma gaplar, bog`lovchisiz qo`shma gaplardan farqli ravishda, yopiq gap qurilmalarini tashkil etishini aytadi va ularning ikki tarkibiy qismdan tashkil topishini ko`rsatadi. Bundan tashqari, olim bog`langan qo`shma gap qismlarining o`zaro munosabati orqali quyidagi mazmuniy munosabatlar ifodalanishini va mazkur munosabatlarning har birini mukammal yoritadi:
1. Qiyoslash munosabati. 2. Biriktiruv munosabati. 3. Ayiruv munosabati. 4. Sabab va natija munosabati. 5. Izohlash munosabati.
G`.Abdurahmonov bog`lovchisiz qo`shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar tobe va teng bog`lovchilarsiz birikishini aytadi va bunday sodda gaplarning tuzilishida leksik, morfologik, sintaktik parallellik bo`lishini ta`kidlaydi. G`.Abdurahmonov ta`limotida shu narsa muhimki, unga ko`ra «bog`lovchisiz» atamasining qo`llanishi shartli ekanligi, chunki qo`shma gap qismlarining aloqasini ta`minlovchi turli vositalar keng ma`noda bog`lovchi sanalishi eslatib o`tiladi.
O`ylaymizki, G`.Abdurahmonovning mazkur fikri bilan to`liq qo`shilish mumkin. Umuman olganda, qo`shma gap tasnifida «bog`lovchili bog`langan» va «bog`lovchisiz bog`langan» terminlaridan foydalanish yanada maqsadga muvofiqroq bo`lar edi. Bizningcha, an`anaga ko`ra qo`llanib kelayotgan «bog`langan qo`shma gap» termini talabga javob berolmaydi, chunki bog`lovchisiz qo`shma gap komponentlari ham o`zaro bog`langan bo`ladi.
M.Asqarova bog`langan qo`shma gapni teng bog`lovchilar orqali birikkan,biri ikkinchisiga grammatik jihatdan tobe bo`lmagan,teng huquqli predikativ qismlardan tashkil topgan qo`shma gapli sintaktik qurilma sifatida talqin etadi va qo`shma gap tarkibidagi komponentlar o`zaro biriktiruv, chog`ishtiruv, ayiruv, zidlov, inkor munosabatlarini ifodalovchi teng bog`lovchilar yoki bog`lovchi vazifasidagi -da, -u (-yu) yuklamalari vositasida bog`lanishini aytadi.
M.Asqarova bog`langan qo`shma gap komponentlarining mustaqilligi nisbiy ekanligini ta`kidlaydi va bu haqda quyidagilarni yozadi: «Qo`shma gap Ғxususan, bog`langan qo`shma gapҒ tarkibidagi komponentlar alohida-alohida ajratib qaralsa, ularning har biri mustaqil gapga tengday ko`rinadi, lekin ular qo`shma gap tarkibida fikriy tugallikka Ғto`liq mustaqilikka Ғ ega bo`lmaydi. Shu jihatdan bunday komponentlarni mazmunan nisbiy mustaqillikka ega deyish to`g`riroqdir».
Ko`rinadiki, I.Asqarova bog`langan qo`shma gap tarkibiy qismlarining har biri mustaqil gapga tengday ko`rinishiga qaramay, ular qo`shma gap tarkibida mazmuniy jihatdan to`liq mustaqil bo`la olmasligini, faqat nisbiy mustaqil ekanligini to`g`ri ta`kidlaydi. Bizningcha ham, bog`langan qo`shma gap komponentlarining nisbiy mustaqilligi mazmuniy jihatdan ham, grammatik jihatdan ham seziladi. Zotan, bunday sintaktik qurilma komponentlarining har ikkisi ham alohida ahamiyatga molik bo`lgan mustaqil tub strukturalarga tayanadi. Bu esa, o`z navbatida, ularning nafaqat grammatik jihatdan, balki semantik nuqtai nazardan ham nisbiy mustaqil ekanligidan dalolat beradi. Chunki tub struktura - bu ichki semantik struktura demakdir.
Yuqoridagilardan tashqari, M.Asqarovaning bog`langan qo`shma gaplarda birinchi komponent erkin tuzilishi, ikkinchi komponent esa bog`langan qo`shma gap komponentlari orasidagi munosabatga bog`liq holda qurilishi xususidagi mulohazalari ham e`tiborga molikdir. Xususan, bo`lsa, esa so`zlari ishtirokida tuzilgan ikkinchi komponent buning dalili bo`lishi mumkin.
M.Asqarova bog`lovchi vositalarsiz shakllangan qo`shma gaplar komponentlari o`zaro bog`lovchilar va grammatik formalarsiz, faqat intonatsiya bilan sintaktik butunlik hosil qilishini eslatadi. Qo`shma gapning bu turi M.Asqarova fikriga ko`ra, tuzilishi jihatidan ba`zan bog`langan qo`shma gapga, ba`zan esa ergash gapli qo`shma gapga o`xshaydi.
Fikrimizcha, bog`lovchisiz qo`shma gap komponentlari munosabatini faqat intonatsiya orqali voqelanadi deyish masala mohiyatini birmuncha chigallashtiradi, zotan, bu o`rinda boshqa vositalarning, shu jumladan pragmatik muhitning, ekstralingvistik omillarning ham ahamiyati salmoqli bo`ladi. Masalan, qo`shma gap komponentlari o`rtasidagi mazmuniy munosabat buning dalili bo`lishi mumkin. Boshqacha aytganda, qo`shma gap komponentlari (bog`lovchisiz qo`shma gap komponentlari ham) mudom muayyan semantik distributsiya og`ushida bo`ladi.
V.V.Reshetovning fikriga ko`ra, bog`langan qo`shma gap komponentlari teng huquqli ҒravnosilniyҒ bo`ladi va ular mustaqil sodda gaplarni taqozo etadi. Bunday gaplarda bog`lovchilar qatnashadi va ularning sintaktik vazifalari rus tilidagi analogik vositalar vazifalariga o`xshaydi. Shu bois o`zbek tilidagi bog`langan qo`shma gaplar rus tilidagi shunday gaplarning tuzilishi prinsiplari bilan mushtarakdir. Ammo V.Reshetov bog`lovchisiz qo`shma gaplar xususida ma`lumot bermaydi.
V.Reshetovning o`zbek tilidagi bog`langan qo`shma gap bilan rus tilidagi shunday gaplarning tuzilishi prinsiplari bir xil, degan fikri bilan qo`shilish qiyin. Chunki har bir tilning o`ziga xos jihatlari mavjudligi izoh talab qilmaydi. Hatto biri ikkinchisi bilan yaqin qarindosh bo`lgan tillar o`rtasida ham ularning grammatik qurilishi bobida to`liq mushtaraklikni kuzatish qiyin.
G`.Abdurahmonov, A.Sulaymonov, X.Xoliyorov, J.Omonturdiyevlarning «Hozirgi o`zbek adabiy tili» qo`llanmasida bog`langan qo`shma gapning asosiy grammatik belgisi teng bog`lovchilar ekanligiga alohida urg`u beriladi va qo`shma gapdan farqli ravishda, ayirish mazmuniy munosabatining keng qo`llanishi, sabab va natija mazmuni munosabatini ifodalovchi qurilmalarning mustaqilligi va har bir semantik munosabat ichida o`ziga xos mazmun ifodalarining mavjud bo`lishi qayd etiladi.
Mazkur ishda mualliflar bog`langan qo`shma gapni shakllantiruvchi asosiy vosita teng bog`lovchilar ekanligini to`g`ri ta`kidlaydilar, zotan,derivatsion nuqtai nazardan ham teng bog`lovchilar qo`shma gap shakllanishiga xizmat qiluvchi eng faol morfologik unsur sanaladi.
Aytish lozimki, havolada nomi ko`rsatilayotgan qo`llanma mualliflaridan biri G`.Abdurahmonov bo`lgani uchun, unda bog`lovchisiz qo`shma gaplar haqida so`z yuritilganda yuqorida eslatib o`tilgan fikr va mulohazalarga asoslaniladi.
B.O`rinboyev tadqiqotlarida ham bog`langan qo`shma gaplarda sodda gaplarni o`zaro biriktirish uchun teng bog`lovchilar qo`llanilishi ta`kidlanadi va bunda birinchi gap, odatda, erkin holda tuzilgan bo`lishi eslatiladi.
B.O`rinboyevning ta`kidlashicha, bog`lovchisiz qo`shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar mazmun va ohang tugalligiga ega bo`lmaydi. Bog`lovchisiz qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplar, bog`langan va ergash gapli qo`shma gaplardagidek, o`zaro teng aloqaga ham, tobe aloqaga ham kirisha olmaydi.
Bu o`rinda bog`lovchisiz qo`shma gaplar tarkibiy qismlari munosabati, asosan, leksik unsurlar, gap bo`laklarining takrorlanishi, zamon ma`nosi, ohang va o`rin kabi vositalar bilan bog`liq ekanligi to`g`ri ta`kidlanadi. Bizningcha, ayni paytda bunday vositalar jumlasiga semantik distributsiya ham kirishi va asosiy omillardan biri bo`lib qolishi eslatilganda yanada maqsadga muvofiqroq bo`lardi.
N.Turniyozov «bog`langan qo`shma gap» va «bog`lovchisiz qo`shma gap» terminlarining qo`llanilishi maqsadga nomuvofiq ekanligini qayd etadi. Chunki qo`shma gapning har qanday turi komponentlari ham o`zaro qandaydir vosita orqali bog`langan bo`ladi. Shu bois N.Turniyozov «bog`lovchili bog`langan qo`shma gap» va «bog`lovchisiz bog`langan qo`shma gap» terminlaridan foydalanish ma`qul ekanligini aytadi. Bundan tashqari, N.Turniyozov bog`lovchili va bog`lovchisiz bog`langan qo`shma gaplar tarkibiy qismlarning teng huquqli ekanligi birinchi galda ularning tub strukturalari qo`shma gapning tashkil etilishida alohida ahamiyatga egaligi bilan izohlanishini ko`rsatadi, zero, bunday gaplar komponentlarining har biri mustaqil (alohida) tub strukturaga tayanadi. Ergash gapli qo`shma gaplarning esa semantik strukturasi ham, sintaktik shakli ham, asosan, hokim gapning tub strukturasiga asoslanadi. Chunki ergash gap o`zi uchun emas, balki hokim mavqega ega bo`lgan ikkinchi bir gap uchun xizmat qiladi. (Bu haqda ishimizning ikkinchi va uchinchi boblarida batafsil ma`lumot beriladi).
R.Sayfullayevaning ta`kidlashiga ko`ra, o`zbek tilshunosligida qo`shma gaplarning «bog`langan qo`shma gap», «ergash gapli qo`shma gap», «bog`lovchisiz qo`shma gap» tarzida uchga bo`lib o`rganilishi juda e`tirozli bo`lib, mazkur tasnif qaysi prinsipga asoslanganligi ham aniq emas.
R.Sayfullayeva qo`shma gap sodda gaplarning birikuvidan hosil bo`lishi haqidagi fikrga tanqidiy yondashadi. Chunki sodda gap fikran nisbiy, intonatsiya jihatidan mutlaq tugallikka ega bo`ladi. Qo`shma gap tarkibiy qismlari bo`lgan sodda gaplar bunday xislatlarga ega bo`lmaydi. Ular shakllariga ko`ra sodda gapga o`xshasa-da, ichki tomondan mustaqil sodda gaplardan keskin farqlanadi. Shuning uchun qo`shma gaplar yo nomustaqil sodda gaplardan, yoki predikativ birliklardan tashkil topadi, deyish maqsadga muvofiqdir.
R.Sayfullayeva, yuqoridagilardan tashqari, qo`shma gapning an`anaviy talqiniga yana quyidagi e`tirozlarni ham bildiradi: «Qo`shma gap ichki turlariga baho berishda ham e`tirozli tomonlar bor. Jumladan, ergash gapli qo`shma gapning mazmun turlari bog`langan va bog`lovchisiz qo`shma gaplarga asossiz ravishda ko`chiriladi. Natijada qo`shma gapning payt mazmunidagi bog`langan qo`shma gap, sabab mazmunidagi bog`langan qo`shma gap singari turlari paydo bo`ladi. Masalaga bunday yondashgandan ko`ra, an`anadan voz kechib, qo`shma gaplarni mazmun jihatidan butunicha alohida o`rganish tuzuk emasmi?»
Bu masalaning bir tomonini taqozo etsa, uning ikkinchi tomonini ergash gapli qo`shma gaplar tasnifining o`zi ham mukammal emasligida ko`ramiz.
R.Sayfullayevaning tadqiqotlarida qo`shma gaplar talqini ularning sintaktik qurilishini o`rganishga asoslanadi va bunda eng avval gap qurilishining eng kichik qolipi WPm zamirida qo`shma gapning, shu jumladan bog`langan qo`shma gapning ҒWPm, WPm Ғ shaklidagi tipik ko`rinishi aniqlanadi.
Mazkur tipik ko`rinish tarkibida mustaqil gaplar singari qo`llanila oladigan komponentlarni taqozo etuvchi qo`shma gapning modelini ifoda etadi. «ҒWPm, WPm Ғ - bu mustaqil sodda gaplar sifatida qo`llanila oladigan ikki va undan ortiq gapning nutqda ma`lum bir bog`lovchi vosita bilan o`zaro bog`lanishi va bitta intonatsion tugallikka, bitta gap to`xtamiga ega bo`lishidir».
R.R.Sayfullayevaning mazkur fikri teng komponentli qo`shma gapning semantik-grammatik xususiyatlarini asoslashda muhim ahamiyat kasb etadi.Teng komponentli qo`shma gap qolipining simvollar vositasida berilishi ham qo`shma gaplarni modellashtirish jarayonida birmuncha qulayliklar yaratadi.
M.Qurbonovaning fikriga ko`ra, qo`shma gaplarning, xususan, ergash gapli qo`shma gaplarning tilshunosligimizda amalda bo`lgan tasnifi nosintaktikdir.
Bog`langan qo`shma gaplarni S.Solixo`jayeva ochiq va yopiq strukturali turlarga bo`lib o`rganadi. Bunda komponentlari sirasini shu gapning grammatik formasi orqali davom ettirish mumkin bo`lgan sintaktik qurilmalarni ochiq strukturali bog`langan qo`shma gaplar deb atash,komponentlari sirasini bog`lovchilar (grammatik forma) orqali davom ettirib bo`lmaydigan sintaktik qurilmalarni esa yopiq strukturali bog`langan qo`shma gaplar deb atash lozimligi ta`kidlanadi. Boshqacha aytganda, biriktiruv va ayiruv bog`lovchili qo`shma gaplar ochiq, zidlov bog`lovchili, bo`lsa, esa so`zlari, faqat bog`lovchisi hamda -u (-yu) yuklamalari yordamida shakllangan qo`shma gaplar yopiq strukturali bog`langan qo`shma gaplar sanaladi. Bundan tashqari,S.Solixo`jayeva -i (-ib) qo`shimchali ravishdosh shaklli va fe`lning shart shakli qo`shimchasi -sa orqali shakllangan bog`langan qo`shma gaplar ham mavjudligini dalillashga harakat qiladi.
Shubhasiz, S.Solixo`jayeva bog`langan qo`shma gaplar muammosini yoritishga barakali hissa qo`shgandir. Lekin -i (-ib) hamda -sa qo`shimchalari bog`langan qo`shma gap komponentlarining birinchisi tarkibida kelsa, u holda mazkur komponentning kesimi mustaqilligini yo`qotadi va bu gap ikkinchi komponentga, hech bo`lmaganda, ma`lum darajada tobe bo`lib qoladi. Shu bois S.Solixo`jayevaning yuqorida bu haqda bildirgan fikri, bizningcha, ancha munozaralidir.
Shunday qilib, bog`langan va bog`lovchisiz qo`shma gaplar o`zbek tilshunosligida ham, umumiy tilshunoslik doirasida ham ergash gapli qo`shma gaplarga nisbatan kam o`rganilganini ko`ramiz. Boshqacha aytganda, bog`langan va bog`lovchisiz qo`shma gaplar talqiniga bag`ishlangan ilmiy monografik tadqiqotlar juda oz. Mavjud darslik va o`quv qo`llanmalarining ham aksariyatida ular haqida qolipga tushib qolgan bir xil fikr va mulohazalar takrorlanadi. Vaholanki, bog`lovchili hamda bog`lovchisiz qo`shma gaplarning (murakkab sintaktik qurilmalarning) semantik hamda sintaktik talqini bilan bog`liq o`rganilishi lozim bo`lgan muammolar anchagina ko`rinadi. Bunday muammolardan biri mazkur turlardagi murakkab qurilmalarning sintaktik derivatsiyasi masalasidir.
Bu o`rinda sintaktik derivatsiya nazariyasi haqida qisqacha ma`lumot berishdan oldin «qo`shma gap» tushunchasi haqida o`z mulohazalarimizni bayon etishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Aytish lozimki, nafaqat o`zbek tilshunosligida, balki jahon tilshunosligida ham «qo`shma gap» terminidan (shu jumladan « bog`langan» va «bog`lovchisiz» atamalaridan) foydalanib kelinmoqda. Masalan,(rus tilida «slojnoye predlojeniye», ingliz tilida «complex sentence», nemis tilida «Satzreihe», fransuz tilida «phrase complexe» va h.k.). Biroq hozirgi tilshunoslikda mazkur terminlarning qo`llanish darajasi qandaydir ma`noda pasayib bormoqda. Buning asosiy boisi, bizningcha, ular masalaning tub mohiyatini to`liq ochib bera olmayotganidadir.
«Qo`shma gap» termini bugungi kunda ko`pchilik tilshunoslarni qoniqtirmayapti. Chunki «qo`shma gap» tushunchasi til birliklarining iyerarxik (pog`onali) munosabati prinsiplarining buzilishiga olib kelmoqda. M.V.Lyapon ta`biri bilan aytganda: «Agar qo`shma gap (murakkab jumla) ikki yoki undan ortiq (kommunikativ salmoqli) tugal fikr anglatayotgan xabarlar birikuvini taqozo etar ekan,uning sathida matn ifodasining jiddiy belgilari kuzatiladi».
Nutqni mikromatn tarzida o`rganish haqida aytilgan ba`zi mulohazalar R.Sayfullayevaning tadqiqotlarida ham uchraydi.Ana shulardan kelib chiqib, mazkur ishda «bog`langan qo`shma gap» va «bog`lovchisiz qo`shma gap» tushunchalari o`rniga mikromatn tushunchasini taqozo etuvchi «komponentlari teng bog`lanishli murakkab sintaktik qurilma» terminidan foydalanmoqdamiz.
Monografiyada teng bog`lanishli murakkab sintaktik qurilmalarning derivatsion xususiyatlarini o`rganish asosiy maqsad bo`lgani uchun quyida sintaktik derivatsiya nazariyasi xususida, uning mohiyati va asosiy prinsiplari haqida ba`zi zaruriy ma`lumotlarni keltiramiz.
Sintaktik derivatsiya nazariyasi Praga tilshunoslik maktabining yirik namoyandalaridan biri Yeji Kurilovich tomonidan ilmiy asoslab berildi. Uning 1936 yilda fransuz tilida chop etilgan «Leksik derivatsiya va sintaktik derivatsiya» nomli maqolasida «sintaktik derivatsiya» tushunchasi birinchi bor qo`llanilgan edi.
Aslida «derivatsiya» tushunchasi tilshunoslikda mohiyatan yangi emas. Chunki bu tushuncha so`z yasalishi ma`nosida ovrupa tilshunosligida ko`p yillardan beri qo`llanilib kelmoqda.Biroq tilshunoslik fanida sintaktik derivatsiya tushunchasining faol qo`llanilishi 60-yillardan boshlandi. Boshqacha aytganda, Yeji Kurilovichning yuqorida eslatib o`tilgan maqolasi 1962 yilda rus tilida nashr etilgandan so`ng, dastlab rus tilshunosligida bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlari boshlandi va vaqt o`tishi bilan yirik monografik tadqiqotlar ham bajarildi.
Sintaktik derivatsiya leksik derivatsiyadan keskin farq qiladi, zotan, leksik derivatsiya so`z yasalishini taqozo etadi va derivatsion munosabatdagi til belgilari bunda statik xarakterda bo`ladi.Sintaktik derivatsiya esa so`z birikmalari, gap va matnga taalluqli bo`lib, u morfologik unsurlarning dinamik xarakterdagi aloqasini ko`rsatadi. Lekin, shunday bo`lishiga qaramay, derivatsiyaning bu ikki turi o`rtasida ma`lum darajada bog`lanish ham mavjuddir. Masalan, nutqda sifatdosh shaklini yasovchi -gan affiksi bir paytning o`zida ham leksik derivatsiyani, ham sintaktik derivatsiyani sodir etuvchi asosiy morfologik vosita bo`la oladi. Bunga ravishdosh yasovchi -i (-ib) affiksi ham misol bo`lishi mumkin.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda shuni ham aytish kerakki, «sintaktik derivatsiya» tushunchasi tilshunoslikda hozirgacha munozarali bo`lib qolmoqda. YE.Kurilovich sintaktik derivatsiya tushunchasini birinchi bo`lib asoslagan bo`lsa ham, uning ta`limotida mazkur lingvistik hodisa ancha tor ma`noda ta`riflanadi. Boshqacha aytganda, YE.Kurilovich sintaktik derivatsiyani transformatsiya tushunchasidan qariyb farqlamaydi. Shu bois hosila (derivat) qurilmani funksiyalari o`zgargan, biroq leksik ma`nolari saqlangan forma tarzida izohlaydi.
Rus tilshunoslari I.P.Raspopov va S.N.Sichyovalar sintaktik derivatsiya deganda, ma`lum bir gap ikkinchisining asosida shakllanishini tushunadilar. Masalan: Malchik bolen – Malchik boleyet.On grustit – Yemu grustno va h.k.
Ko`rinadiki, bu o`rinda ham sintaktik derivatsiya transformatsiyadan mutlaqo farqlanmaydi.
V.S.Xrakovskiy tadqiqotlarida sintaktik derivatsiya va transformatsiya keskin farqlanadi. Olim bu haqda quyidagilarni yozadi: «Agar transformatsion munosabat zamirida ma`lum bir semantik tushunchaning tilda qanday sintaktik vositalar bilan ifodalanishi yotsa, derivatsion munosabatda ma`lum bir semantik tushunchadan ikkinchi semantik tushunchaga o`tish nazarda tutiladi».
V.S.Xrakovskiyning talqinida sintaktik derivatsiya natijasida hosil bo`lgan derivat (hosila) oldingi (unga asos bo`lgan) gapdan grammatik strukturasiga hamda mazmuniga ko`ra keskin farqlanmog`i kerak: Tanya otkrila okno – Babushka zastavlyala Tanyu otrkit okno. Rebyonok spit – Rebyonok xochet spat.
Nazarimizda, V.S.Xrakovskiy sintaktik derivatsiyaning ta`sir doirasini ancha tor tushunadi. Buni yuqorida keltirilgan misollar orqali kuzatish mumkin (Tanya otkrila okno – Babushka zastavlyala Tanyu otkrit okno). Mazkur misollar,so`zsiz,sintaktik derivatsiyani taqozo etadi. Biroq, bizningcha, bu masalaning bir tomonini aks ettiradi. Chunki tayanch va hosila gaplar o`rtasidagi derivatsion munosabat bir xil leksik komponentlarga asoslanishi ham mumkin. Bunga yuqorida I.P.Raspopov va S.N.Sichyovalar keltirgan misollar dalil bo`lishi mumkin: On grustit – Yemu grustno.
Yuqoridagilardan tashqari, sintaktik derivatsiya faqat gapga emas, balki so`z birikmalariga ham daxldordir.
L.N.Murzin ham o`zining dastlabki mulohazalarida sintaktik derivatsiyani faqat gapga taalluqli deb talqin etadi. Shu bois sintaktik derivatsiyaning boshlang`ich nuqtasi ham, oxirgi nuqtasi ham gap ekanligi ta`kidlanadi.
Ammo L.N.Murzinning keyingi ishlarida sintaktik derivatsiya so`z birikmalaridan boshlab matngacha bo`lgan hududda faol ekanligi qayd etiladi.Bundan tashqari, yana sintaktik derivatsiyaninig gapga tegishli bo`lgan kontaminatsiya, konversiya va kompressiya singari usullari ham ko`rsatiladiki,bu olimning sintaktik derivatsiya bobida erishgan so`nggi yutuqlaridan dalolat beradi.
Yuqoridagilardan tashqari, L.N.Murzin derivatsiya sintagmatik hodisa ekanligini va shu bois,matn to`xtovsiz o`sishga moyil bo`lganidek,u ham potensial ma`noda harakatchan,tinimsiz o`suvchi jarayonni taqozo etishini to`g`ri ko`rsatadi.
S.D.Katsnelson ham sintaktik derivatsiya xususida ancha teran fikrlar bildiradi: «Agar til strukturasining boshqa sathlarida derivatsiya tushunchasi paradigmatik qator bilan bog`liq bo`lib statik xarakter kasb etsa,sintaksisda u sintagmatik qator mexanizmi tarzida,til unsurlarini sintagmatik qatorda kengaytiruvchi vosita sifatida dinamik xarakterlidir».
S.D.Katsnelson sintaktik derivatsiyani statik xarakterli emas,balki dinamik xarakterli ekanligini alohida ta`kidlaydi va eng muhimi,sintaktik derivatsiyani til unsurlarining (belgilarining) nutqqa ko`chirilishi jarayonini taqozo etuvchi alohida struktura tarzida talqin etadi.
S.D.Katsnelson,yuqoridagilardan tashqari,leksik derivatsiya so`zning paradigmatik qatordagi o`rnini belgilab berishini, sintaktik derivatsiya esa har safar yangi-yangi hosila gaplarni shakllantirishini to`g`ri ko`rsatadi.
Ko`rinadiki, S.D.Katsnelson sintaktik derivatsiya tilni nutqqa ko`chiruvchi asosiy mexanizmlardan biri ekanligini,uning lug`aviy ma`nosi biror tayanch strukturaga asoslanuvchi hosila strukturani taqozo etishini ilmiy asosli tarzda talqin etadi.
N.Q.Turniyozov sintaktik derivatsiya ta`rifini quyidagicha beradi:«Sintaktik derivatsiya-bu sintagmatik qator bo`ylab ma`lum bir qurilma asosida yangi sintaktik qurilma hosil qilinishidir». Bu jarayonda berilgan obyekt tayanch struktura (yadernaya struktura) hisoblanadi, uning asosida yangidan shakllangan struktura esa hosila (derivat) deb ataladi. Hosila struktura tayanch struktura shaklining kengayishi,torayishi yoki uning doirasida ma`lum transformatsion o`zgarishlar sodir etilishini taqozo qilishi mumkin.
Shuni ham aytish lozimki, derivatsiyaning har qanday turini ham (leksik, semantik, sintaktik) tahlil etganimizda quyidagi terminlardan foydalanamiz: operator, operand, hosila (derivat).
Operator sintaktik derivatsiyani vujudga keltiruvchi asosiy unsur sanaladi. Uning ishtirokisiz derivatsion jarayon yaratuvchilik kuchini yo`qotadi. Operator hosila struktura tarkibiga tashqaridan kiritiladi (derivatsion jarayonni tashkil etayotgan til unsurlari tarkibida u mavjud bo`lmaydi) va shu paytning o`zidan boshlab derivatsiyaning mutlaq hokim unsuri bo`lib qoladi.
Operand – bu derivatsiyaning xomashyosi, til materiali sanaladi. Masalan, maktab bog`i so`z birikmasini taqozo etayotgan derivatsiyaning operandlari maktab va bog` so`zlaridir. Bunda operator –ning (maktabning) yashirin holatda kelmoqda.
Hosila (derivat)derivatsiyaning natijasini taqozo etadi.
Aytish lozimki, gap va uning sintaktik derivatsiyasi xususida fikr yuritilganda, har doim tub strukturani nazarda tutmoq lozim. Chunki gapning shakllanishi u bilan uzviy bog`liq bo`ladi. Gap shakli ko`p hollarda yolg`iz tub strukturadan iborat bo`lishi ham mumkin: Keldi. Ko`rdi. Boraman va h.k. Murakkab sintaktik qurilmalar esa mudom hosila struktura shaklida bo`ladi, zotan, bunda kamida ikki gapning o`zaro munosabati kuzatiladi. Sintez qilish jarayonidagina ularning tub strukturalarini aniqlash mumkin.
Murakkab sintaktak qurilmalarning derivatsiyasi o`ziga xos jihatlariga ega, albatta. Bu haqda ishimizning keyingi boblarida batafsil fikr yuritiladi.
Ikki yoki undan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan tuzilgan gap qo‘shma gap deyiladi: Eshik sekin ochildi-yu, Qalandarovning yuzi ko‘rindi.
Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi ishtirok etsa, qo‘shma gap tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi qatnashadi. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro bog‘lovchilar, yuklamalar, ko‘makchilar va fe’l shakllari hamda ohang orqali bog‘lanadi.
Mazmun munosabati va bog‘lovchi vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 xil bo‘ladi: bog‘langan qo‘shma gaplar, ergash gapli qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
Mazmun munosabati va bog‘lovchi vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 xil bo‘ladi: bog‘langan qo‘shma gaplar, ergash gapli qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
Ayrim darsliklarda qo‘shma gaplar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) Teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 2) Ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
3) Bog‘lovchi-yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
4) Nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 5) Faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
Ergash va bosh gaplar haqida ma’lumot
Birdan ortiq sodda gaplarning mazmun jihatdan tobe-hokim munosabati asosai, ya’ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo‘shma gap ergash gapli qo‘shma gap deyiladi: Ildiz oziq bersa, novda ko‘karar. Ergashgan gapda bosh gap va ergash gap bo‘ladi.
Mazmuni izohlanadigan gap bosh gap hisoblanadi. Bosh gapga ergashib, uning mazmunini izohlab kelgan gap ergash gap deyiladi: Hamma yig‘ilgach, majlis boshlandi. Bu gapda Hamma yig‘ilgachgapi ergash gap bo‘lib, Majlis boshlandi degan gap bosh gap orqali ifodalangan voqea-hodisaning bajarilish paytini izohlab kelgan.
Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo‘lagini izohlaydi: Rais kirgach, hamma tinchlandi gapida ergash gap bosh gapni butunicha izohlayapti. Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg‘iz emas gapida esa ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini (shuni) izohlayapti. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: O‘qituvchi, qo‘ng‘iroq chalingach, sinfga kirdi. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida qolgan.
Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo‘lagini izohlaydi: Rais kirgach, hamma tinchlandi gapida ergash gap bosh gapni butunicha izohlayapti. Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg‘iz emas gapida esa ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini (shuni) izohlayapti. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: O‘qituvchi, qo‘ng‘iroq chalingach, sinfga kirdi. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida qolgan.
Ergash gaplar bosh gaplarga chunki, shuning uchun, -ki, agar, garchi, mabodo, go‘yo(ki) (ayrim darsliklarda go‘yo bog‘lovchisi bog‘lovchi vazifasidagi so‘z deb atalgan) kabi ergashtiruvchi bog‘lovchilar, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari, shuningdek, yuklama, ko‘makchilar, ko‘makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli), turli vazifadagi ko‘rsatish olmoshlari, kim – u, qanday – shunday, qancha – shuncha, qaysi – o‘sha, qayerda – u yerda kabi bir-biriga ishora ma’nosini bildiradigan so‘roq olmoshlari va ko‘rsatish olmoshlaridan iborat nisbiy so‘zlar, sababli, tufayli, deb so‘zlari orqali bog‘lanadi: 1) Biz kitobni sevamiz, chunki u bilim manbaidir. 2) Hosil to‘kin bo‘lsa, to‘ylar to‘xtamas.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar
Maxsus bog‘lovchi vositalarsiz, asosan ohang yordamida birikkan sodda gaplardan tuzilgan qo‘shma gaplar bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar deyiladi. Bunday qo‘shma gap qismlari ohangdan tashqari ayrim so‘zlarning takrorlanishi, gap qurilishi, umumiy bo‘laklar vositasida birikadi: Kech kirdi, tevarak-atrofga qorong‘ulik tusha boshladi. Bu qo‘shma gapdagi sodda gaplar o‘zaro faqat ohang yordamida bog‘langan, ularning o‘rnini almashtirib bo‘lmaydi.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Bog‘langan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Tig’ yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi.
Ergashgan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Qor yog‘di – don yog‘di. (O‘xshatish)
Bog‘lovchili qo‘shma gapga sinonim bo‘lmagan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi. (Sh.)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibida tinish belgilari quyidagicha qo‘llanadi:
Agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket yuz bergan voqea-hodisalarni ifodalasa, ular orasiga vergul qo‘yiladi: Arava g‘ijirlab borar, aravakash xirgoyisini bir zumga ham to‘xtatmas edi.
Agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari o‘zaro mazmunan bir-biridan ancha uzoq bo‘lsa, ular orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi: Yomg‘ir chelakdan quyganday sharillab yog‘ardi; uning hayoli uzoq yoshlik paytlarida kezar edi. Politsmeyster zinada to‘xtadi; uning basharasi yovuz va quturgan edi. (O.)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismining sababini bildirsa, izohlasa, to‘ldirsa, ular orasiga ikki nuqta qo‘yiladi: Gap shu: Ertaga men bilan yo‘lga chiqasiz.
Agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari o‘zaro zidlik, o‘xshashlik yoki shart munosabatiga kirishgan bo‘lsa, ular orasiga tire qo‘yiladi: Qor yog‘di – don yog‘di. Yoshim yetmish ikkida –o‘zim yigitman.
Bog‘langan qo‘shma gaplar
Teng munosabatdagi sodda gaplarning o‘zaro teng bog‘lovchilar yordamida bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gap bog‘langan qo‘shma gap deyiladi: Kechasi qalin qor yog‘di, lekin havo sovimadi.
Tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro mazmun-munosabatiga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar: Bunday bog‘langan qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro va, hamda bog‘lovchilari, ham, -u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog‘lanadi va bir paytda yoki ketma-ket ro‘y bergan voqea-hodisalarni ifodalaydi: Mashg‘ulotlar tugadi va hamma o‘z uyiga tarqaldi. Odam qo‘li tegdi-yu, tashlandiq yerlar obod bo‘ldi. Qattiq izg‘irin ko‘tarildi-da, hech kim uydan chiqmay qo‘ydi.
2) Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar va ularda tinish belgilarining ishlatilishi.Bunday gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari, -u(-yu) yordamida bog‘lanadi: Yurtimizning bu kuni chiroyli, lekin ertasi, indini yanada chiroyliroq, baxtliroq bo‘ladi. Havo ochildi-yu, harorat sezilmadi. Ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog‘lovchisi va bu vazifada qo‘llangan -u(-yu)yuklamasi birga ishlatiladi: Kechasi qor yog‘di-yu, lekin havo unchalik sovimadi. Yozuvda zidlov bog‘lovchilaridan oldin, yuklamalardan keyin vergul qo‘yiladi.
3) Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar va ularda vergulning ishlatilishi. Bunday ishlardagi sodda gaplar o‘zaro ayiruv bog‘lovchilari – goh…goh, yoki…yoki, ba’zan…ba’zan, dam…dam, yohud…yohud yordamida bog‘lanadi. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar voqea-hodisalarning galma-gal bo‘lishini yoki ulardan biri bo‘lishini ifodalaydi: Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitilib qolar edi. Takrorlanib qo‘llangan ayiruv bog‘lovchilarining ikkinchisidan oldin vergul qo‘yiladi, ayiruv bog‘lovchilar yakka qo‘llansa, tinish belgisi qo‘yilmaydi.
4) Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplar qismlari o‘zaro na inkor yuklamasi orqali bog‘lanadi va orasiga vergul qo‘yiladi: Na suv bor, na biron yemish qolibdi.
5) Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplarda qiyoslash va zidlash munosabatlari mavjud bo‘ladi: Otabek sukutda, O‘zbek oyim bo‘lsa boshi bilan “shundog’” ishorasini berar edi. (A.Qod.)
Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi gaplar bir-biriga biriktiruv, chog‘ishtiruv, ayiruv, zidlov munosabatlarini ifodalovchi teng bog‘lovchilar; bo’lsa, esa so’zlari; bog‘lovchi vazifasida keluvchi -da, -u (-yu) yuklamalari orqali birikadi.
Sh. Rahmatullayevning “Hozirgi adabiy o‘zbek tili” darsligida bog’langan qo’shma gaplar teng qismli qo’shma gapshakllarlar deb berilgan va ular haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan:
Bog‘langan qo‘shma gap bilan ergash gapli qo‘shma gaplar orasida grammatik, intonatsion farqlar mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
Bog‘langan qo‘shma gap bilan ergash gapli qo‘shma gaplar orasida grammatik, intonatsion farqlar mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
1. Bog‘langan qo‘shma gaplarda sodda gaplarni biriktirish uchun teng bog‘lovchilar qo‘llanadi. Ergash gapli qo‘shma gaplarda esa tobe bog‘lovchi va nisbiy so‘zlar (kim, nima, qanday, shunday) qo‘llanadi.
2. Bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning kesimlari har vaqt ma’lum shaxs, zamon ko‘rsatuvchi mustaqil shaklda bo‘ladi. Ergash gapli qo‘shma gap kesimlari esa ravishdosh, sifatdosh, shart fe’li orqali ifodalangan tobe shaklda bo‘ladi.
3. Bog‘langan qo‘shma gapda sanash, qiyoslash intonatsiyasi bo‘lsa, ergash gapli qo‘shma gaplarda tobelantiruvchi yoki izoh intonatsiyasi bo‘ladi.
Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining o‘zaro aloqasi quyidagi mazmun munosabatlar ifodalanadi:
Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining o‘zaro aloqasi quyidagi mazmun munosabatlar ifodalanadi:
1. Qiyolash munosabati.
2. Biriktiruv munosabati.
3. Ayiruv munosabati.
4. Sabab va natija munosabati.
5. Izohlash munosabati.
Tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro mazmun munosabatiga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro mazmun munosabatiga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar.
2. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar.
3. Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar.
4. Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar.
5. Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar.
Biriktiruv munosabatli bog`langan qo`shma gaplar
Bunday qo`shma gap komponentlari orasida voqea-hodisaning bir vaqtda yoki ketma-ket yuzaga kelganligi ifodalanadi. Biriktiruv munosabatli qo`shma gap qismlari bir-biri bilan va, ham(da) bog`lovchilari va shu bog`lovchilar vazifasida qo`llanadigan –u(yu), -da yuklamalari orqali birikadi.
Va bog`lovchisi ikki yoki undan ortiq predikativ birlikni bir-biriga biriktirganda payt, chog`ishtirish, ba`zan sabab ma`nosini ifodalaydi.
Va bog`lovchisi ikki yoki undan ortiq predikativ birlikni bir-biriga biriktirganda payt, chog`ishtirish, ba`zan sabab ma`nosini ifodalaydi.
Ham bog`lovchisi ba`zan bog`langan qo`shma gap komponentlarini bir-biriga bog`lab keladi va o`xshash voqea-hodisalar bir vaqtda yoki turli vaqtda yuzaga keladi.
- da yuklamasi biriktiruv bog`lovchisi vazifasini bajarib, ikki yoki undan ortiq sodda gaplarni bog`laydi. Harakatning odatdagidan ko`ra tezroq bajarilishi ifodalanadi.
- u (-yu) yuklamasi ikki sodda gaplarni bog`lab kelganda, va bog`lovchisiga yaqin vazifani bajaradi. Bog`langan qo`shma gapda ifodalangan birdan ortiq voqea-hodisalarning bajarilish paytini, sababini ko`rsatib keladi. Shu payt oftob yana bulut ostiga kirdi-yu, uyni shom qorong`ilig`i bosdi. (A.Q.).
u (-yu)yuklamasi yordami bilan tuzilgan bog`langan qo`shma gapda, voqeaning to`satdan, kutilmaganda yuzaga kelganligi ham anglashiladi: Darvoza sharaqlab ochildi-yu, qushdek uchib Raisa kirdi.
Zidlov munosabatli bog`langan qo`shma gap komponentlarini o`zaro bog`lashda ammo, lekin, biroq kabi bog`lovchilar va shu bog`lovchilar vazifasidagi –u(-yu), -dayuklamalari ishlatiladi.
Zidlov munosabatli bog`langan qo`shma gap komponentlarini o`zaro bog`lashda ammo, lekin, biroq kabi bog`lovchilar va shu bog`lovchilar vazifasidagi –u(-yu), -dayuklamalari ishlatiladi.
Zidlov bog`lovchili bog`langan qo`shma gaplardagi mazmun to`siqsiz ergash gapli qo`shma gapdagi mazmunga yaqin bo`ladi.
Ammo bog`lovchisi bilan birikkan qo`shma gaplarda komponentlardagi mazmun bir-biriga qarama-qarshi qo’yiladi: Tiniq osmonda yulduzlar charaqlagan, ammo oy ko`rinmasdi. (O.Yoqubov).
Lekin bog`lovchisi ham mazmunan bir-biriga zid ikki sodda gapni bog`laydi.
Biroq bog`lovchisi ammo, lekin bog`lovchilari kabi birdan ortiq voqea-hodisa yoki harakatning bir-biriga qarama-qarshi qo`yilganini va, shunga qaramay, ulardan birining yuzaga kelishini ko`rsatish uchun qo`llanadi.
Ayiruv munosabatli bog`langan qo`shma gaplar. Ayiruv munosabatli bog`langan qo`shma gaplar ketma-ket yuzaga keladigan yoki bir-biri bilan almashinib turadigan, navbatma-navbat yuzaga keladigan birdan ortiq voqea-hodisa yoki harakatni ifodalaydi. Bunday qo`shma gap komponentlarining kesimi fe`l bilan ifodalangan bo`lsa, ular zamon jihatidan ham deyarli bir xil shaklga ega bo`ladi.
Ayiruv munosabatli bog`langan qo`shma gaplar. Ayiruv munosabatli bog`langan qo`shma gaplar ketma-ket yuzaga keladigan yoki bir-biri bilan almashinib turadigan, navbatma-navbat yuzaga keladigan birdan ortiq voqea-hodisa yoki harakatni ifodalaydi. Bunday qo`shma gap komponentlarining kesimi fe`l bilan ifodalangan bo`lsa, ular zamon jihatidan ham deyarli bir xil shaklga ega bo`ladi.
Goh... goh...; ba`zan..., ba`zan...; dam..., dam...; yo..., yo...; xoh... , xoh... ; bir..., bir... kabi ayiruv bog`lovchilari qo`shma gapdagi komponentlarni ayirib, ta`kidlab ko`rsatish uchun qo`llanadi. Bu bog`lovchilar deyarli har bir predikativ qismning boshida takrorlanib keladi: Dam shamol o`kirar, dam osmonning bir burchida chaqmoq charaqlab ketardi
Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplarda qiyoslash va zidlash munosabatlari mavjud bo‘ladi: Otabek sukutda, O‘zbek oyim bo‘lsa boshi bilan “shundog‘” ishorasini berar edi.(A.Qod.)
Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplarda qiyoslash va zidlash munosabatlari mavjud bo‘ladi: Otabek sukutda, O‘zbek oyim bo‘lsa boshi bilan “shundog‘” ishorasini berar edi.(A.Qod.)
Bog'langan qo'shma gapda tinish belgilarining islilatilishi
Bog'langan qo'shma gapda tinish belgilarining islilatilishi
1. Agar bog'langa qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar biriktiruvchi bog'lovchilar (va, ham, hamda) yordamida bog'lansa,ular orasida vergul qo'yilmaydi.Tashqarida chaqmoq yaltirar va bahor yomg'iri salovatli shovillardi.
Agar zidlovchi bog'lovchilar (ammo, lekin, biroq) yordamida biriksa, bu bog'lovchilardan oldin vergul qo'yiladi. Odam hamg'o'zaga o'xshab oftobga intiladi, lekin uning oftobi-odamdan ko'radigan mehr-oqibati.
Agar yuklamalar, bo'lsa, esa so'zlari yordamida bog'lansa bog'langan qo'shma gapdagi sodda gaplar orasiga vergul qo'yiladi:Yomg'ir tindi-yu, quyosh charaqlab chiqdi.
Bog'langan qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar o'zaro ayiruvchi bog'lovchilar yordamida biriksa, ular orasiga vergul qo'yiladi.
O'ktam goh daraxtning rnevalariga, goh oftobda qordek chaqnagan uyum-uyum pillalarga qiziqib qaraydi.(O.)
Foydalanilgan adabiyotlar:
Abdurahmonov G‘. Qo‘shm agap sintaksisi asoslari. T., fan, 1958 yil.
O‘zbek tili grammatikasi. II tom Sintaksis. T.,1976 yil.
Abdurahmonov G‘. Sulaymonov H. Holiyorov X. J.Omonturdiyev Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. 1976 yil.
G‘ulomov A.G‘. Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. T., 1987 yil.
www.ziyonet.uz
www.slayd.arxiv.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |