Mavzu: Biologik resurslardan foydalanish va ulardan muhofaza qilish Reja



Download 30,47 Kb.
bet1/3
Sana26.03.2023
Hajmi30,47 Kb.
#921937
  1   2   3
Bog'liq
Abdulaziz biologik resurs


Mavzu: Biologik resurslardan foydalanish va ulardan muhofaza qilish

Reja:



1.Biologik resurslar to’g’risida tushuncha.
2. Biologik resurslarning asosiy ko’rsatkichlari va ulardan amaliyotda foydalanish.
3. Biologik resurslarni iqtisodiy baholash va barqaror boshqarish masalalari.

1. Biologik resurslar to’g’risida tushuncha.
Yerning biologik resurslarini biologik “tirik” organizmlar ya’ni, o’simlik va hayvonlar tashkil etadi. Tiriklikning asosiy belgilari organizmlarning nafas olishi, oziqlanishi, o’sishi, rivojlanishi, ko’payishi, harakatlanishi kabilardir. Yerning o’simlik resurslari (Yer biomassasini 97% ini tashkil etadi) madaniy va yovvoyi holda o’suvchi o’simliklardan iborat. Hozirda Yer sharida 500000 ga yaqin o’simlik turi bor, shundan 6000 ga yaqini madaniy o’simliklar (ya’ni navlar) hisoblanadi. Lekin Yer sharida ko’p tarqalgan qishloq xo’jalik ekinlari 80-90 turni, eng ko’p tarqalganlari esa 15-20 turni tashkil qiladi. Ular asosan oziq-ovqat va sanoat uchun xom-ashyo ekinlari hisoblanadi. Yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar orasida o’rmon resurslarini hosil qiluvchi o’rmon o’simliklari ko’pchilikni tashkil etadi. O’simlik resurslari ham hayvon resurslari singari tugaydigan, lekin tiklanadigan resurslari hisoblanadi. Ulardan turli xil maqsadlarda foydalaniladi. Masalan: o’rmondan qurilishdan tashqari, smola, skipidar, bo’yoqlar, lak ekstraktlar, yelim, mebel, sellyuloza, qog’oz, spirt va h. k lar olinadi. Jahon o’rmon resurslari 2ta ko’rsatkich bilan ifodalanadi:
1. Egallagan maydoni (jahondagi barcha o’rmonzorlar 4,2mlrd ga ni tashkil etadi yoki 40 mln. km2 ya’ni jahon yer fondini 30% ini tashkil etadi).
2. Yog’och zaxirasi bilan (jami yog’och zaxirasi 350mlrd m3), yog’ochning sifatiga ko’ra.
Doim o’sib turganligi sababli yog’och zaxirasi har yili 5,5mlrd m3 ko’payadi. Shunday ekan, kelajakda yog’och muammosi bo’lmaydigandek tuyuladi. Aslida unday emas. Chunki yog’och qadimdan qurilish va ishlov berish materiali sifatida foydalanib kelingan va hozirda ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Chunki yog’ochdan X1X-asrning o’rtalarida 4,5-5 ming xil mahsulot olingan bo’lsa, hozirda 20 ming xil mahsulot ishlanadi. Hozirgi vaqtda ham yog’ochga talab doimiy oshib bormoqda. Dehqonchilik paydo bo’lgan neolit davridan boshlab minglab yillar davomida o’rmonlar ekin ekish uchun yo’qotib borildi. Ayniqsa keyingi 200yil davomida quruqlikdagi o’rmonlar maydoni 2 barobarga kamaydi va u havfli tus oldi. Tuproq erroziyasi va atmosferada O2 ni kamayishi o’rmonlarni yo’qolishi bilan bog’liqdir. Masalan: dunyoda o’rmonlar maydoni har yili kam deganda 25mln ga. ga yoki 0,5% qisqarmoqda. Dunyoda tayyorlanadigan yog’och miqdori 2000 yil 4,5 - 5mlrd m3 tashkil etdi. Bu esa yillik paydo bo’ladigan yog’och zaxirasi to’liq foydalaniladi degan so’z. Dunyodagi o’rmonlar juda katta masofaga cho’zilgan. 2mintaqani hosil qiladi. Ular shimoliy va janubiy mintaqalardir. Shimoliy o’rmon mintaqasi mo’’tadil va qisman subtropik iqlim mintaqasida joylashgan.
Dunyodagi butun o’rmon maydonining yarmi va yog’och zaxirasining deyarli yarmi shu mintaqaga to’g’ri keladi. Asosiy o’rmon kesish ishlari, ayniqsa, yog’ochi yaxshi sifatli igna bargli daraxtlarni kesish shu mintaqada olib boriladi. Daraxt kesish jadal olib borilayotganligiga qaramay o’rmonlarni tiklash va daraxt ekish ishlari tufayli AQSH, Kanada, Finlyandiya, Shvesiya kabi mamlakatlarda va umuman shimoliy o’rmon mintaqasida o’rmonlar maydoni kamayayotgani yo’q. Biroq Rossiyada daraxtni kesish uni ekishga qaraganda ko’proq bo’lyapti. Janubiy o’rmon mintaqasi asosan tropik va ekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan. Dunyodagi o’rmon maydonining deyarli yarmi shu mintaqada joylashgan. Ilgari yog’ochdan faqat o’tin sifatida foydalanilgan bo’lsa, keying vaqtlarda Yaponiya, AQSH va G’arbiy Evropa mamlakatlariga eksport qilish ko’p marotaba oshdi. Janubiy mintaqa o’rmonlariga bir necha yuz yillar davomida o’rmonni yoqib er ochish va ekstensiv yaylov chorvachiligi katta zarar etkazdi. Masalan:
sernam doimiy yashil tropik o’rmonlar hozir ham 1mlrd. dan ortiq maydonni egallagan, ularning yarmidan ortig’i Lotin Amerikasida joylashgan. Biroq hozirda Lotin Amerikasi va Osiyo shunday O’rmonlarning 40%ini, Afrika 50%ini yo’qotdi. Ayrim mutahassislarning fikriga ko’ra bu o’rmonlar XX1-asrning o’rtalariga borib to’liq yo’q bo’ladi. Tropik o’rmonlarni saqlash yuzasidan BMT rahbarligida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin hozircha u kutilgan natija bergani yo’q. Jahonda o’rmonlar ulushi materiklar va regionlar bo’yicha quyidagicha taqsimlangan: (foiz hisobida 2008-yil)
1. Janubiy Amerikada - 52%
2. MDH da - 37 %
3. Yevropada - 31 %
4. SHimoliy Amerikada - 31 %
5. Afrikada - 26 %
6. Avstraliya va Okeaniyada - 18 %.

Download 30,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish