Tekshiriluvchi qaramagan holda turli shakildagi temir yoki kardondan figuralar uning qo’liga tutqaziladi. Tekshiriluvchi bu figurani qog’ozga tasvirlashi kerak. Bunda taktil idrok tekshiriladi. Odatda asab tizimining buzilishi, aql pastlikda past ko’rsatgichlar aniqlanadi.
Xotira – xayotiy tajribani esda olib qolish, esda saqlash, esga tushurish jarayoni.
Veksler shkalasi bo’yicha vizual reproduksiyani tekshirish. Tekshiriluvchi yuqoridagi geometrik figuralar ko’rsatilgandan keyin ( ekspozitsiya vaqti – 10 sek) qog’ozga tushurish kerak. Tekshirish natijasi bir figuraning to’liqligi va aniqligi asosida baxolanadi. Biror bir chiziq, nuqtaning tasvirlanmasligi , figuralar uning o’zgartirilishi xotira susayishining boshlang’ich belgisi xisoblanadi.
Diqqat – ruhiy faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun muhim ob’yekt ustida to’planishi
Diqqat turlari:
Ixtiyoriy
Ixtiyorsiz
Diqqat xususiyatlari:
Diqqat barqarorligi
Diqqatning bo’linishi
Diqqatning ko’chishi
Diqqatning chalg’ishi
Tafakkur – voqealikni analiz va sintez qilish, uni bil vosita va umumlashtirib aks ettirishdan iborat jarayon.
Tafakkur turlari:
Ko’rgazmali xarakat
Ko’rgazmali obraz
Mavhum
Tafakkur shakillari:
Tushuncha
Xukm
Xulosa
Tafakkur jarayonlari:
Analiz
Sintez
Taqqoslash
Umumlashtirish
Konkretizatsiya
Abstraksiya
Tafakkurnipsixologik tekshirish usullari:
Piktogramma (Luriya metodi) – tekshiriluvchiga konkret va abstrakt mazmundagi tushunchalar beriladi, tekshiriluvchi so’z ishlatmagan holda rasimlardan bu tushunchalarni ifoda etishi lozim. Masalan: