Mavzu: Ayiruv sistemasi fiziologiyasi



Download 20,97 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi20,97 Kb.
#909819
Bog'liq
ayirish


Mavzu: Ayiruv sistemasi fiziologiyasi
Ayiruv sistemasi asosiy vazifasi- organizm ichki muhiti
doimiyligini saqlash. Chiqaruv jarayonlarida buyraklar, o`pka,
teri, hazm tizimi, jigar ishtirok etadi. Buyraklar insonning asosiy
chiqaruv a`zosi hisoblanadi.

BUYRAKLAR VAZIFALARI:
1. Ekskretor funksiya- organizmdan mochevina, siydik kislota
yoki ammiak kabi siydiksa eriydigan va organizm uchun
ortiqcha bo`lgan mahsulotlarni chiqarish.
2. Volyumoregulyatsiya- hujayra ichi va hujayra tashqarisi suv
miqdorini bir xilda saqlash.
3. Osmoregulyatsiya- ichki muhit suyuqliklari osmotik bosimi
barqarorligini saqlash.
4. Ichki muhit suyuqliklari ion balansini saqlash.
5. Kislota-asos muvozanatini saqlash.
6. Inkretor funksiya- yukstoglomerulyar apparat orqali renin,
eritropoetin, vitamin D3, prostoglandinlar, bradikininlar,
urokinaza kabi fiziologik faol moddalar ishlab chiqarish.
7. Qon bosimini boshqarishda
8. Eritropoezda – eritrogenin ishlab chiqarish orqali. U
eritropoetinni faollaydi.
9. Gemostazni boshqarish- qon ivishi va fibrinoliz gumoral
boshqaruvchilari bo`lgan urokinaza, tromboplastin,
trombaksan ishlab chiqarish, geparin almashinuvida ishtirok
etish orqali.
10. Metabolik funksiya.
11. Himoya funksiyasi.

BUYRAKLAR TUZILISHI.
Ikkala buyrak o`zida 2 mln ga yaqin nefron saqlaydi. Har bir
nefron buyrak koptokchasi va kanalchalar sistemasidan
tuzilgan. Nefronlar regeneratsiyalanmaydi va shu sababli
buyrakning ma`lum kasalliklardan so`ng va qarigan sari
nefronlar soni kamayib boradi.
Buyrak koptokchasi- kapillarlar to`ridan tuzilgan. U malpigiy
tanachasidan boshlanadi va 2 qavatli Shumulyanskiy-Boumen
kapsulasi bilan qoplangan. Kapsula diametri 0.2 mm, bitta
nefron kanalchalari umumiy uzunligi 35-50 mm.
Kapsula  proksimal egri kanalcha  Genli qovuzlog`ining pastga
tushuvchi qismi qovuzloq ingichka tizzasi  qovuzloqning yo`g`on yuqoriga ko`tariluvchi qismi  distal egri kanalcha  yig`uvchi naylar  chiqaruv yo`llari  buyrak kosachalari.

SIYDIK HOSIL BO`LISH JARAYONI.
Siydik hosil bo`lish 3 ta jarayoni o`z ichiga oladi:
1. Filtratsiya
2. Reobsorbsiya
3. Sekretsiya
- oqsilsiz suyuqlikning kapillarlardan kapsulaga
o`tishi. Bunda birlamchi siydik hosil bo`ladi (bir kunda
o`rtacha 180 l). Birlamchi siydik tarkibi plazma tarkiriga
yaqin, lekin unda oqsillar bo`lmaydi. Oqsil filtrlanmasligiga
sabablar:
- Filtrlovchi membrana -3 qatlamli: endotelial hujayralar,
bazal membrana va epitelial hujayralar;
- Bazal membranadagi manfiy zaryadli molekulalar (oqsillar
ham aksariyati manfiy zaryadli).
Samarali filtratsion bosim- koptokdagi filtratsiya tezligini
aniqlaydi.
-qonda gidrostatik bosim, odatda, 70 mm.sim.ust. ga teng;
- plazma oqsillari onkotik bosimi- 30 mm.sim.ust. ga teng;
- kapsuladagi filtrat gidrostatik bosimi- 20 mm.sim.ust. ga
teng.
Demak, samarali filtratsion bosim 20 mm.sim.ust ga teng.
Yuqoridagi parametrlar o`zgarishi filtratsion bosim
o`zgarishiga sabab bo`ladi.
Koptokchalar filtratsiya tezligi erkaklarda 125 ml/ min.,
ayollarda 110 ml/min ga teng. Buyraklar orqali o`tgan butun
plazmaning 20% qismi filtrlanadi.
- birlamchi siydikdagi organizm uchun kerakli
mahsulotlarning buyrak kanalchalarida qayta so`rilishi. Bunda
ikkilamchi siydik hosil bo`ladi va 1 kunda o`rtacha 1-1.5 l ga
teng.
Moddalar qayta so`rilishi energiyadan foydalanilishga ko`r
 faol transport – birlamchi- Na+; ikkilamchi- glyukoza,
aminokislotalar;
nofaol transport- suv, CO2, mochevina orqali amalga
oshiriladi.
. Buyraklar faoliyatida “sekretsiya” atamasi bir
necha mazmunga ega:
1. Nefron hujayralari tomonidan moddalarning
o`zlashtirilmagan holatda qondan kanalchalar bo`shlig`iga
chiqarilishi, natijada bu moddalar buyrak tomonidan
ekskretsiyalanadi;
2. Buyrak hujayralaridan biologik aktiv moddalar sintezlanib,
qonga chiqarilishi (renin);
3. Moddalarning kanalcha hujayralarida sintezlanib qonga
chiqarilishi (mn, benzoy kislota+glikokol= gippur kislota).
Buyraklar orqali moddalar chiqarilishida faqat bitta yoki
uchchala jarayon ham qatnashishi mumkin. Masalan, K+
ionlari ekskretsiyasi filtratsiya, reobsorbsiya va sekretsiya
jarayonlari orqali amalga oshiriladi. Glyukoza ekskretsiyasida
esa 2 ta jarayon qatnashadi: avval filtrlanib, keyin to`la
reobsorbsiyalanadi (sekretsiya bo`lmaydi).

BUYRAKLAR FAOLIYATI BOSHQARILISHI.
 Nerv boshqarilish: Simpatik n.s.- filtratsiyani pasaytirib,
reobsorbsiyani kuchaytiradi (siydik ajralishi kamayadi).
Parasimpatik shunga teskari, glyukoza va organik kislotalar
sekretsiyasini oshiradi.
 Gumoral:
- ADG, aldosteron-suv va Na+ reob. ↑
- Paratgormon- Ca2+, Mg2+ reob. ↑
- Adrenalin – diurez ↑. Katta dozalarda diurez ↓
- Natriyuretik gormon, porotgormon, prostoglandinlar- Na
reob.↓
- Kalsitonin- Ca2+ reob. ↓
- Insulin- diurez ↓

RENIN-ANGIOTENZIN-ALDOSTERON TIZIMI.
Afferent arterioladan oqib o`tuvchi qon miqdori kamayganda
(mn, qon bosimi tushganda) yoki qonda NaCl konsentratsiyasi
oshib ketganda YuGA qo`zg`aladi va renin ishlab chiqariladi.
Jarayon quyidagicha davom etadi:
Renin APF (angiotenzin hosil qiluvchi fermant)
↓ ↓
Aniotenzinogen angiotenzin 1 angiotenzin 2aldosteron
sekretsiyasi↑.
↓ ↓
qon tomirlar torayadi Na+ reobsorbsiyasi oshadiBuyraklar kislota-asos muvozanatini saqlash faoliyati 3 jarayonda
amalga oshadi.
1. Atsidogenez- buyrak proksimal va distal kanalchalarida H+
ionlari hosil bo`lishi va sekretsiyasi. Qonda kislotalik oshib
ketganda, ishqoriy zahirani saqlab turadi.
2. Ammoniogenez- kanalchalar bo`shlig`ida NH3 hosil
bo`lishi. Bu jarayon siydikda pH 4.5 dan kamayganidan va
buyrak epiteliylari shikastlanayotganidan darak beradi.
3. Gidrokarbonat reobsorbsiyasi- atsidogenez ishtirokida
proksimal kanalchalarda amalga oshadi.
Shu jarayonlar tasvirlangan sxematik rasm:

SIYDIK.
1 kunlik miqdori- 1-1.5 l;
zichligi- 1.001- 1.040;
rangi- somon rang (urobilin va uroxrom pigmentlariga bog`liq.
pH-4.5 -8.
Tarkibi: - mochevina- 25-35 gr;
-siydik kislota- 0.7 gr;
-kreatinin- 1.5 gr. Bundan tashqari Na+, Cl+, K+, fosfatlar,
sulfatlar.
Download 20,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish