Mavzu: ADAM SMIT
Mashg’ulot rejasi:
Adam Smit hayoti. Smit va Xyum do’stligi
A.Smitning bozor va davlat to’g’risidagi nazariyalari
Smitning qiymat va raqobat to’g’risidagi nazariyalari
Millatlar boyligi kitobi to’g’risida
Adam Smit (1723-1790) Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida bojxona amaldori oilasida dunyoga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim oldi, u erda falsafa, adabiyot, tarix fanlari bilan birga fizika va matematikani ham o’rgandi. A.Smit 1748 yilda Edinburgda ommaviy lekstiyalar o’qiy boshladi. Glazgo universitetining professori lavozimiga saylandi, keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759 yilda o’qigan lekstiyalari asosida etikaning falsafiy muammolariga bag’ishlangan o’zining birinchi «Ahloqiy hissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi. Uning iqtisodchi bo’lishiga Glazgodagi o’ziga xos siyosiy iqtisod klubidagi ishtiroki, qisman filosof va iqtisodchi David Yum bilan do’st bo’lganligi ta’sir etdi. Ammo u 1764 yilda universitetdagi ishini tashlab, bir ingliz aristokratning oilasiga tarbiyachi bo’lib keldi (gerstog Baklyu). O’z tarbiyalanuvchisi bilan Evropa bo’ylab sayohatga chiqdi, Shveystariyada Volter, Franstiyada Didro, fiziokratlar F.Kene va A.Tyurgo, D`Alamber, Gelvestiy, Golbax va boshqa taniqli progressiv olimlar bilan uchrashdi, ularning ishlari bilan tanishdi. Bu uchrashuvlar olimning dunyoqarashini shakllantirishga katta ta’sir qildi.
U 1766 yilda o’z yurtiga qaytdi va o’zining bosh asari - «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risidagi tadqiqot»ni yozishga kirishdi, bu asar 1776 yil martda Londonda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan ilgari yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy prinstiplar asosida nisbatan batartib iqtisodiy fanlar tizimiga aylandi.
A.Smitning bu asari besh kitobdan iborat bo’lib, birinchisida qiymat va qo’shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - kapital jamg’arilishining shakllanishi davrida Evropaning iqtisodiy rivojlanishi, uchinchisida - turli xalqlarda farovonlik, kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari, to’rtinchisida - merkantilizm va fiziokratlarning ta’limotiga munosabati, beshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. Bu ajoyib asar A.Smit tirikligidagi davrda to’rt marta, o’limidan keyin asr oxirigacha uch marta takroran nashr etildi. Bu asardagi xulosalar keng jamoatchilikni faqat Angliyadagina emas, balki chet ellarda ham qiziqtirib qoldi. Rossiyada bu asarning tarjimasi birinchi marta 1802-05 yillarda chop etildi.
O’sib borayotgan sohibkorlar uchun bu asar ayniqsa asqotdi, feodalizm qoldiqlarini tugatish uchun qimmatli qurol bo’ldi. Yangi kapitalistik, ya’ni bozor iqtisodiyotining klassik ta’limoti yaratildi.
A.Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat orasidagi munosabat klassik maktab qarashlarining asosini tashkil etadi. Bunda «iqtisodiy odam» tushunchasi keyinroq paydo bo’lishiga qaramasdan, uning kashfiyotchilari A.Smitga tayanganlar.
A. Smit uslubi, uning o’ziga xos xususiyatlari
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy-turmush darajasini oshirish muammolari A.Smit tadqiqotining predmetini tashkil etadi. Qanday shart-sharoitlar va qanday qilib insonlar yuqoriroq moddiy turmush darajasiga erisha oladilar degan fikr asarning asosiy g’oyasini aks ettiradi.
Iqtisodiyot rivojlanishi bilan sanoat tovarlarni narxi pasayishi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari narxi esa o’sish tendenstiyasiga ega deb hisoblaydi. Demak, shunday hulosa qilish mumkinki, agrar soha ustun (bu xato).
Metodologik jihatdan bu tadqiqot iqtisodiy liberalizm konstepstiyasiga, ya’ni fiziokratlarning tabiiy tartibi, yanada aniqroq bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslanadi.
Olim o’z asarlari va tadqiqotlarida odamlar ba’zi bir shunday tabiiy hususiyatlarga egaki, ular ijtimoiy tuzumga bog’liq emas, degan hulosaga asoslanadi. Ana shunday hususiyatlardan biri - egoizm (xudbinlik) bo’lib, odamlar o’z xo’jalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Ammo ayrim shahsninggina manfaatlari jamiyat manfaatlariga mos tushadi, deb uqtiradi u. Har bir odam o’z shahsiy manfaatini ko’zda to’tadi, ammo bu holatda ko’p boshqa holatlardagi kabi, u «ko’rinmas qo’l» tomonidan uning niyatida ham bo’lmagan maqsad sari yunaltiriladi...
Hozirgi davrda barchaga yaxshi ma’lum bo’lgan «ko’rinmas qo’l» iborasi bilan birga «iqtisodiy odam» tushunchasi ham kiritildi. Unga ko’ra , shahsiy manfaatlar tufayli savdo va almashuv jarayoni amalga oshadi. «Menga kerak bo’lgan narsani bersang, men senga kerak bo’lgan narsani beraman», qabilida, ya’ni shahsiy manfaatlarning talabini qondirish yo’li tutiladi, ya’ni gap kimningdir sahiyligida emas.
Iqtisodiy rivojlanishning shahsiy manfaat va stixiyali qonunlarning o’zaro nihoyatda samarali harakati sharoitlarini A.Smit «tabiiy tartib» deb atagan. A.Smit va uning izdoshlari bu tushuncha bir tomondan iqtisodiy siyosatning tamoyili va maqsadi bo’lsa, ikkinchi tomondan bu iqtisodiy harakatni o’rganish uchun nazariy konstrukstiya yoki modeldir. Demak, jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatni biror harakat bilan cheklamaslik kerak, degan xulosa chiqariladi. Bu tamoyilga ko’ra quyidagilar taklif etiladi:
Ishchi kuchining erkin harakati;
Savdoda (er savdosida ham) to’la erkinlik;
Sanoat va ichki savdoni xukumat tomonidan reglamentastiya qilishga qat’iy qarshilik;
Erkin tashqi savdo (protekstionizmga qarshi).
Olimning bu g’oyalari keyinchalik to’la amalga oshdi.
A.Smit kapitalistik jamiyatni tabiiy tuzum bilan bir deb tushungan, shuning uchun kapitalistik munosabatlar abadiy, kapitalistik xo’jalik namoyandalarining xususiyatlari odamning tabiiy xususiyatlari kabidir, deb izohlaydi (bu fikrning qanchalik to’g’riligini tarix ko’rsatadi). A.Smitning tushunchasi bo’yicha iqtisodiy hayot shunday jarayonki, u ayrim kishilarning hohishiga bog’liq bo’lmagan ob’ektiv qonunlarga bo’ysunadi. Bu qonunlar tabiiydir, insonning tabiatidan kelib chiqqan xo’jalikning «tabiiy» qonunlarini ochishga intilgan olim amalda kapitalistik ishlab chiqarishni tadqiq etdi.
A.Smit iqtisodiy haqiqatga oid faktlarni qanday bo’lsa shunday holda, bevosita ko’zatuvchiga qanday ko’rinsa shunday o’rganish bilan cheklanmasdan, «tabiiy baho», «tabiiy norma», ish haqi va boshqalarning nimaga bog’liq ekanligini aniqlashga o’rindi. Buning uchun u mantiqiy abstrakstiya yordamiga tayanib ish yuritdi. U tasodifiy voqealardan holi ravishda kapitalistik xo’jalikning ayrim xususiyatlari to’g’risida qator muhim xulosalar chiqardi. Shu bilan birga u boshqa vazifa - aniq iqtisodiy hayotni izohlashni ham o’z oldiga maqsad qilib qo’ydi. U shu maqsadda shundoqqina ko’rinib turgan kapitalistik xo’jalik voqealarini izohladi va ma’lum sistemaga soldi.
A.Smit abstrakstiya usulidan foydalanib qator chuqur ilmiy xulosalarga keldi, hodisalarning ichki bog’lanishi masalalariga kirib bordi. Shunga parallel ravishda u boshqa yo’ldan ham bordi, kapitalistik xaqiqat to’g’risidagi bevosita ko’zatish natijalarini umumlashtirdi. Birinchi metod izoterik, ikkinchisi - ekzoterik usullar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |