Mavzu : ZILZILALARNING FIZIK TABIATI VA
ULARNING TA’SIRI HAQIDA UMUMIY
MA’LUMOTLAR
Zilzila - bu o‘ta ayanchli falokatlarni keltirib chiqaruvchi
tabiiy ofatlardan biri bo‘lib, u juda katta hududlardagi bino va
inshootlarni er bilan yakson qiladigan, o‘n va yuz minglab
insonlarni hayotdan olib ketadigan ofatdir.
Yer sharining tuzilishi.
Er shari siqilgan sferoid
ko‘rinishidagi qattiq jismdan iborat bo‘lib, uning ekvator
bo‘yicha
radiusi ≈ 6378 km, qutb bo‘yicha ≈ 6356 km ni tashkil etib,
ekvator bo‘yicha aylana uzunligi ≈ 40 000 km ga tengdir.
1.1- rasm. Er shari tuzilishining sxematik ko‘rinishi
Soddalashtirilgan sxemada Er sharini tabiatan keskin farq qiluvchi
to‘rtta qatlamdan iborat deb qarash mumkin (1.1-rasm). Ichki yadro
erning markaziy qismini tashkil etib, radiusi 1200 km, hajmiy og‘irligi
12,5 gk/sm
3
bo‘lgan qattiq jismdan iboratdir. Tashqi yadro esa er
sirtidan qaralganda 2900 - 5000 km chuqurlik orasida joylashgan,
hajmiy og‘irligi 10 gk/sm
3
bo‘lgan suyuq jismdan tashkil topgan.
Mantiya bu er sirtidan 33-2900 km oraliqda joylashgan qattiq qatlamdir.
Er qobig‘i (kurrasi) tuzilish jihatidan otilib chiqqan tog‘ jinslari (granit,
bazalt) dan iborat bo‘lib - bu biz yashaydigan qatlamdir. Uning qalinligi
5 km dan boshlanib, 60 km gacha borishi mumkin. Bu qatlamning
o‘rtacha qalinligini ko‘pincha 33 km deb qaralib, materialining
o‘rtacha hajmiy og‘irligi esa 2,67 gk/sm
3
ni tashkil qiladi.
Injenerlik nuqtai nazaridan qattiq jismdan iborat bo‘lgan er qobig‘i
qovushqoq, elastik-plastik xususiyatga ega bo‘lgan materiallarga to‘g‘ri
kelib, biz uchun ko‘proq qiziqish o‘yg‘otadi.
Harorat va bosim.
Er markaziga yaqinlashgan sari harorat ham,
bosim ham ortib boradi. O‘tkazilgan tekshirishlar va qazish ishlari orqali
olingan ma’lumotlar buni isbotlaydi. Bu borada olib borilgan ishlarning
eng ahamiyatlisi, ya’ni qazish ishlari bo‘yicha rekord chuqurlik RF
davlatiga to‘g‘ri kelib, erishilgan eng katta natija 12 350 m tashkil qiladi
(Kamchatkada-2010y). SHunday tajribalarga asoslanib aniqlangan
ma’lumot- lardan ko‘rinadiki 14 km chuqurlikda joylashgan tog‘
jinslarida- gi harorat 300
0
S, bosim esa 4 tk/sm
2
ni tashkil qiladi. YAnada
chuqurlashgan sari, ya’ni 100 km chuqurlikda harorat 1000-1500
0
S,
700 km chuqurlikda - 2000
0
S ga yaqin bo‘lib, yadro markazida 4000-
4500
0
S ni tashkil etadi. Mantiyaning yuqori qismida bosim 9 tk/sm
2
,
yadroning tashqi qatlamida 1440 tk/sm
2
, yadro markazida 3700 tk/sm
2
ga yaqindir.
1.2 - rasm. Janubiy Amerika va Afrika qit’a qirg‘oqlarini yaqinlashtirilganda
bir-biriga mos kelishi
1.3-rasm. Plitalar orasidagi chegaralar va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan
harakat turlari: 1-plita; 2- yumshoq qatlam; 3- vulqonlar
1.4-rasm. Plitalarning harakat sxemasi:
Harakat yo‘nalishi;
Qit’a va chegaralar harakati;
Darvoz - Qorako‘l uzilmasi
Demak, yuqorida aytilgan fikrlarni umumlashtirib shuni
aytish mumkinki, zilzilalar tog‘ hosil bo‘lish jarayonida, vulqon
otilish faoliyati davrida, plitalarning sinishi va o‘zaro siljishi
natijasida sodir bo‘lar ekan.
Keng ma’noda zilzila deganda er sirtining har qanday
silkinishlarini tushunish mumkin.
Tor ma’noda zilzila deganda seysmik to‘lqinlar ta’sirida er
sirtida hosil bo‘ladigan qisqa muddatli turtkilar va tebranishlar
tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |