Mavzu : “Sab’ai sayyor” va “Saddi Iskandariy” dostonlari Reja: “Sab’ai sayyor” dostoni haqida “Saddi Iskandariy” dostoni haqida



Download 23,98 Kb.
bet1/4
Sana13.07.2022
Hajmi23,98 Kb.
#789364
  1   2   3   4
Bog'liq
Ona tili fanidan MUstaqil ishi


Mavzu : “Sab’ai sayyor” va “Saddi Iskandariy” dostonlari
Reja:
1. “Sab’ai sayyor” dostoni haqida
2. “Saddi Iskandariy” dostoni haqida
Tayanch iboralar
- SABʼAI SAYYOR ("Yetti sayyora") — "Xamsa" Alisher Navoiyning toʻrtinchi dostoni (1484), ishqiysarguzasht harakterda. 38 bob (5000 baytdan oshiq).
- "XAMSA" (arab. — besh) — Alisher Navoiynkng besh dostondan, yaʼni "Hayrat ulabror", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Sabʼai sayyor", "Saddi Iskandariy"s,an iborat katta asari (yana qarang Xamsachilik).
- "SADDI ISKANDARIY" ("Iskandar devori") — "Xamsa" (Navoiy)ning yakunlovchi dostoni (1485). Asar 89 bob, 7215 baytdan iborat boʻlib, Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asardir.
- Hayrat ul-abror (oʻzbekchaYaxshi kishilarning hayratlanishi) — Alisher Navoiy qalamiga mansub "Xamsa"ning birinchi dostoni (1483) boʻlib, pand-nasihat ruhidagi taʼlimiy-axloqiy, falsafiy doston. 3,988 baytdan iborat boʻlib, 64 bob, 20 maqolatdan tashkil topgan.
- Arastu yoki Aristotel (yun.: Ἀριστοτέλης; miloddan avvalgi 384/383, Stagira – miloddan avvalgi 322/321, Xalqida) qadimgi yunonfaylasufi, Aflotun shogirdi va Iskandar Zulqarnayn ustozi boʻlgan.
- Sokrat (Sokrates), Suqrot (mil. av. 470/469 —Afina — 399) — yunon faylasufi. Haykaltarosh Sofriniks va doya Fenaretta oilasida tugʻilib oʻsgan.
- "Haft paykar" - (“Yetti go’zal”) deb atalgan
- "Haft avrang" (“Yetti taxt”) deb atalgan
Alisher Navoiyning "Sab`ai sayyor"i tuzilish jihatidan oldingi dostonlaridan farq qiladi. Bu farq dostonning qoliplovchi qissa va turkum hikoyalar usulida yozilganidan ham bilinadi. Bu ham xamsanavislik an’anasining muhim detallareidan biridir. Ammo oldingi dostonlarda qoliplovchi qissa va etti hikoya alohida-alohida bo’lib tuyuladi. Alisher Navoiy esa o’z dostonida ettinchi musofir tomonidan aytilgan hikoyatni qoliplovchi qissa voqealari (Dilorom sarguzashti) bilan bog’laydi. Natijada doston qurilishida yaxlitlik maydonga keladi.
"Sab`ai sayyor"ning qoliplovchi qissasi Bahrom va Dilorom sarguzashtlaridan iborat. Qissa Bahrom yoki Diloromning tug’ilish voqealari bilan emas, balki voyaga etgan shoh Bahromning ov jarayonida rassom Moniy bilan uchrashuvi, undan Dilorom tavsifini eshitib, suratini ko’rib, unga oshiq bo’lib qolish voqeasi bilan boshlanadi. Bundan ko’rinadiki, "Sab`ai sayyor"dagi qoliplovchi qissaning, ya`ni Bahrom va Dilorom qissasining boshlanishi "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun"larning boshlanishidan farq qiladi. Chunki ularda voqealar Farhod va Majnunning tug’ilishidan boshlanadi.
Demak, Alisher Navoiy har bir dostonni undan kuzatgan g’oyaviy-estetik mazmun mohiyatidan kelib chiqib asardagi voqealar bayonining qurilmasini belgilayli.
Yazdijurd o’g’li Bahrom otasidan so’ng o’zining qahramonligi – sherni yenggani bilan podshohlik toju taxtini qo’lga kiritadi. Mamlakatda adolat va osoyishtalikni o’rnatishga intiladi va shuning bilan birga go’r-qulon oviga ham beriladi. Shundan uni Bahromi go’r deb atash ham odat bo’lib qoladi. Ov jarayonining birida Bahrom rassom Moniy bilan uchrashib, go’zal Dilorom va uning ta`rifi hamda Moniy chizgan rasmni ko’rib, unga oshiq bo’lib qoladi. Diloromni Xojasidan Xito mulki evaziga sotib olib, saroyiga keltiradi. Dilorom go’zallikda, xulqu atvorda hamda chang cholishda nodirai davron bo’lganidan Bahromni o’ziga maftun etadi. Natijada, Bahrom mamlakatdorlik ishlari bilan shug’ullanishdan ko’ra ko’proq aysh-ishratga beriladi, Diloromning suhbati, musiqasi, san`atisiz tura olmaydigan bo’ladi. hatto ov jarayonida ham bu hol davom etadi. Ana shunday ov jarayonlaridan birida Bahromning kiyik ovlash-otishdagi mahoratini Dilorom "mashqning kamoloti natijasi" deb baho berishi mast mag’rur podshoh Bahromning g’azabini keltiradi. Bahrom Diloromni jazolaydi: qo’l-oyog’ini sochlari bilan bog’lab, dasht-sahroda tashlab ketadi. Mastligi tarqalgan Bahrom Diloromni yonida ko’rmay, uni so’raganida, unga bo’lib o’tgan voqeani bayon qiladilar. Bahrom o’sha dasht-sahroga boradi, ammo Diloromni topa olmay qaytib keladi. Shundan so’ng Bahrom Diloromni qumsab, kasal bo’lib qoladi. Uni davolashga harakat qildilar, natija bermaydi. Nihoyat yetti go’zal qasr bino qilib, unga etti malikani keltiradilar. Bahrom shanba kunidan boshlab, haftaning har kuni bir qasrda bo’lib, turli o’lkalardan kelgan musofirlarning qiziqarli, shuning bilan birga katta ma`rifiy ahamiyatga molik hikoyalarini eshitadi. Yettinchi qasrda musofir tomonidan aytilgan hikoyada Diloromning dasht-sahroda tashlab ketilgandan keyingi sarguzashtlari bayon qilingach, Bahrom Dilorom daragini topib, uni Xorazmdan olib keltiradi va yana ayshu ishrat hamda ovga beriladi. Ana shunday ov jarayonining birida botloq er ularning hammasini yutadi. qoliplovchi qissa ana shunday yakunlanadi.
Bahrom va Dilorom sarguzashtlaridan iborat bo’lgan qoliplovchi qissada ikki masala badiiy tarzda hal qilingan. Ulardan biri podshoh-oshiq masalasi bo’lsa, ikkinchisi podshoh-hukmdor masalasidir. Bu masala, ya`ni Bahrom kim bo’lishi kerakligi masalasi qissaning qahramoni Bahromning o’zi tomonidan ham muhokama qilingan. Bu haqda Alisher Navoiy dostonning o’n beshinchi - "Bahromning ishq tug’yonidin bexirad…" deb nomlangan bobida alohida to’xtaladi. Unda Bahromning o’zi bu ikki yo’ldan birini - yo haqiqiy hukmdor - podshoh bo’lish yoki haqiqiy oshiq bo’lishni tanlashi lozimligini tushunadi. Shunday bo’lsa-da, Bahrom podshoh bo’la turib, oshiq bo’lishni ham istaydi.

Download 23,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish