O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
“Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” yo’nalishi
Termik va kimyoviy termik ishlov berish nazariyasi va jihozlari
fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Zenker uchun po‘lat markasini tanlang va termik ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqing
Topshirdi: M.Y.M.T yo’nalishi
3-bosqich 359-19 - guruh talabasi
Familiya Patiddinov Ziyodbek
Qabul qildi: A.M. Mamirov
Zenker uchun po‘lat markasini tanlang va termik ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqing
Reja:
Kirish
I.Asosiy qism:
Zenkerlashlar tuzilishi
1.2 Parmalash, zenkerlaash va razverkalash
1.3 Zenkerlashda va revorkalashda kesish elementlar jarayoni
II.Texnologik qism
2.1 Termik ishlov berish texnologiyasini
2.2 Teshik kengaytirish stanoklari va ularning turlari
2.3 Zenker chizmasi
III.Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
“Metallarni kesish nazariyasi asoslari, metall kesuvchi stanoklar va asboblar” deb atalgan ushbu qo'llanma tasdiqlangan davlat standartining tala- blari asosida yozilgan bo‘lib, shu sohada uzoq yillar davomida yig‘ilgan boy ilmiy natijalar va ishlab chiqarish tajribalariga tayanadi. Unda metallarga kesib ishlov berish nazariyasining asoslari, metall kesuvchi asboblaming zamonaviy materiaillari, konstruktiv elementlari hamda geometrik parametrlari, zago- tovkalami kesib ishlov berib detallariii shakllantirishning asosiy usullari, kesishning optimal rejimi, metall kesuvchi stanoklarning konstruktiv tuzi- lishi, ulaming asosiy turlari, texnik tavsifnomalari, shuningdek ularda baja- riladigan ishlardan namunalar, ishlov berish sxemalari hamda texnologik jarayonni ifodalovchi kesib ishlash rejimi elementlari keltirilgan. Qo‘llanmada talabaning mazkur fanni mustaqil o'iganishga alohida e’tibor beriladi. Buning uchun qo'shimcha maxsus adabiyotlaming nomlari, har bobning oxirida mavzuni o‘rganishni nazorat qilish uchun moijallangan asosiy savollar ro'yxati, shuningdek qo‘llanmaning so‘nggida test savollari- dan namunalar keltirilgan. Muallif ushbu qo'llanma qo‘lyozmasini ko‘rib chiqib o'zining foydali tanqidiy fikr-mulohazalarini bildirgan 0‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, t.f.d. prof. О. V. Lebedevga o'zining samimiy minnatdorchiligini bildiradi. Qollanma haqidagi barcha fikr-mulohazalar mamnuniyat bilan qabul qilinadi. Zenkerlash yordamida teshiklarga 3a-4 aniqlik klassida va 4-6 tozalik klassida ishlov berish mumkin. Zenkerlashda ishlatiladigan qurol – zenker. Konus chuqurchalarni tayyorlash uchun mo’ljallangan zenkerlar zenkovka deb, ishlash jarayoni esa zenkovkalash deb ataladi. Tekisliklarni ishlash va shaybalar uchun chuqurchalar ochish uchun mo’ljallangan zenkerlar tsekovkalar deb, ishlash jarayoni esa tsekovkalash deb ataladi. Yassi tsilindrik teshiklarni teshiklarni zenkerlash, odatda, parmalash bilan keyingi pardoz ishlovi-yo’nib kengaytirish orasidagi operatsiya hisoblanadi.
Zenkerlarda nominal diametr, zenker nomeri, material markasi tamg’alab qo’yiladi. Zenkerlash parmalash stanoklarida bajariladi. U aslida parmalashdan farq qilmaydi. Zenkerlashda birdaniga bir necha qirra kesishda qatnashgani tufayli zenker parmaga qaraganda 1,5-2 marta kattaroq suriladi, aylanishlar soni esa 1,5 marta kam olinadi. Teshik kengaytirish stanoklarida zagotovka teshiklarini parmalash, parmalab kengaytirish, zenkerlash, yo‘nib kengaytirish, razvyortkalash, tashqi silindrik yuzalarini yo‘nish, yon qismlarini yo‘nib tekislash (подрезка торцов), ariqchalar ochish, metchik va rezba keskichlari bilan rezba ochish, yuzalar va pazlami frezalash kabi ishlar bajariladi. Teshik kengaytirish stanoklari quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) gorizontal-teshik kengaytirish stanoklari;
2) koordinat-teshik kengaytirish stanoklari;
3) olmosli-teshik kengaytirish stanoklari.
Gorizontal-teshik kengaytirish stanoklari yirik korpus tipidagi detallarga ishlov berish uchun mo‘ljallangan. Bu stanoklarning xarak- terli o'lchami sifatida shpindelning diametri (d=60...160 mm) ko‘rsatiladi. Stanok bir (oldingi) yoki ikki (oldingi va orqa) stoykali bo'lishi mumkin. Teshik kengaytirish stanoklarida o‘qlari o‘zaro parallel teshiklarga o‘qlar orasidagi masofani katta aniqlikda saqlangan holda ishlov berish maqsadga muvoflqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |