Ma’ruzalar matni arab tili fanidan



Download 0,55 Mb.
bet1/3
Sana29.08.2021
Hajmi0,55 Mb.
#158364
  1   2   3
Bog'liq
MA'RUZA MATNI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGI

ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYI




MA’RUZALAR MATNI

Arab tili fanidan



قواعد اللغة العربية

Toshkent shahri

1-§. FE’L HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

Ish-harakati yoki holatni bildiruvchi bu so‘z turkumi arab tili grammatikasida juda katta o‘rin tutadi, chumki juda ko‘p boshqa turkum so‘zlari ham asosan fe’l o‘zaklari zaminida yasaladi.

Fe’llar uch o‘zak undoshli va to‘rt o‘zak undoshlilarga bo‘linadi va ularning ko‘pchiligini uch o‘zak undoshli fe’llar tashkil etadi.

Bu o‘zak undoshlar atrofidagi unlilarni o‘zgartirish, u yoki bu o‘zak undoshni ikkilantirish, biror noo‘zak undoshni kiritish yoli bilan fe’llarning hosila shakllari yasaladi. Hosila shakldagi fe’llarning, tabiiyki, mazmunida ham o‘zgarish sodir bo‘ladi. Hosila shakllarni boblar deb atash qabul qilingan. Uch o‘zak undoshli fe’llarning 15 ta, to’rt o‘zak undoshli fe’llarning 4 ta bobi mavjud. Bu boblarga ularni o‘zaro farqlash uchun nom qo‘yilgan. Arab tadqiqotchilari uch o‘zak undoshli fe’lning boshlangich shaklini “فِعْلٌ ثُلَاثِيٌّ مُجَرَّدٌ” (fi’lun ṣulāṣiyyun mujarradun), to‘rt o‘zak undoshli fe’lning boshlangich shaklini esa “فِعْلٌ رُبَاعِيٌّ مُجَرَّدٌ” (fi’lun rubā’iyyun mujarradun) deb, qolgan boblarni esa shu bobning harakat nomi (masdari) atamasi bilan ataganlar. Masalan, “بَابُ التَّفْعِيلِ” (bābu-ttaf’īli) – taf’il bobi, “بَابُ الْاِفْتِعَالِ” (bābu-l’ifti’āli) – iftiol bobi va h.k. Zamonaviy adabiyotlarda bu boblarga tartib raqami berilgan va ular rim raqami bilan ifodalanadi. Masalan, II bob, VII bob, XII bob va h.k.

Fe’lning barcha boblari o‘tgan va hozirgi-kelasi zamonga ega. Ular shaxsda, sonda, jinsda tuslanadi. Fe’llar arab tilida aniq va majhul nisbatga ega. Bundan tashqari fe’llarning 5 ta mayli mavjud.

O‘zagidagi harflar jihatidan fe’llar ikki katta guruhga bo‘linadi:



  1. To‘g‘ri (solim, ya’ni illatli harfsiz) fe’llar;

  2. Mu’tal – illatli harfli fe’llar.

To‘g‘ri (solim) fe’llarga o‘zagida “و، ي” illatli undoshlari bo‘lmagan, hamzali va ikkilangan fe’llar kiradi. Illatli fe’llarga esa o‘zagi tarkibida “و، ي” illatli undoshlar bo‘lgan fe’llar kiradi.

O‘zbek tilidan farqli o‘laroq, arab tilidagi fe’llar infinitiv – fe’lning noaniq shakliga ega emas. Shuning uchun zamonaviy lug‘atlarda fe’lning o‘tgan zamon III shaxs birlik muzakkar shakli shartli ravishda infinitiv sifatida qabul qilingan. Masalan:



كَتَبَ – asl ma’nosi: u (mz) yozdi, shartli ma’nosi: yozmoq;

عَلِمَ – asl ma’nosi: u (mz) bildi, shartli ma’nosi: bilmoq;

نَظُفَ – asl ma’nosi: u (mz) pokiza bo‘ldi, shartli ma’nosi: pokiza bo‘lmoq.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish