Ma’ruza 7: Amerika mamlakatlarida turizm geografiyasi
REJA:
1. Amerika mintaqasi turizm harakatlarining
rivojlanish
dinamikasi
2. Amerika Qo‘shma Shtatlari turizmi
3.
Kanada davlatining turizmi
4.Meksika davlat turizmi
5. Braziliya davlatining turizmi
6. Chili mamlakati turizmi
Tayanch iboralar va so’zlar: Amerika mintaqasi,Tinch
okeani mintaqasi, turizm harakatlari,
Turistik regional, Xalqaro turizm,axoli badligi,Dunyo
mintaqalari, turistlarni sug’urtalash,
imtiyozlar, qidiru -qutqaruv, xizmatlari, tibbiiy xizmat, turizm soxasidagi
suboektlar vazifa si
Bu bo‘limda Amerika hamda Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari turizm
harakatlarining rivojlanish dinamikasi. Amerika mintaqasi turizm markazlari. Shimoliy.
Markaziy. Janubiy hamda Karib orollari mamlakatlari xalqaro turizm iqtisodiyoti . Amerika
Qo‘shma SHtatlari xalqaro turizm faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari. AQSH va Kanada
milliy parklari. shuningdek. Shimoliy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari turizm iqtisodiyoti .
JanubiySharqiy Osiyo mamlakatlari turizm iqtisodiyoti .
Okeaniya va Janubiy Osiyo
mamlakatlari turizm iqtisodiyoti . Amerika va Osiyo mintaqasi mamlakatlari geografik
joylashuvi. Mamlakatlarning xalqaro turizmni rivojlantirishga qaratilgan siyosatlari. xorijiy
mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari. tarixi. madaniyati. milliy bog‘lari va qo‘riqxonalari
tabiati . manzaralari. bu mintaqalarga qilinayotgan xorijiy tashriflar va tushimlar tahlili.
mustaqil respublikamiz bilan iqtisodiy . siyosiy va madaniy sohalarda olib borilayotgan
munosabatlarini yoritish ko‘zda tutilgan.
1. Amerika mintaqasi turizm harakatlarining rivojlanish dinamikasi
Amerika mintaqasi xorijiy turistik tashriflar bo‘yicha Yevropa mintaqasidan keyingi
ikkinchi o‘rinda turadi . Butunjahon turizm tashkiloti tarkibiga kiruvchi turizm hududlari
Shimoliy Amerika. markaziy Amerika. Janubiy Amerika va Karib orollari hisoblanadi.
Mintaqa bo‘yicha xorijiy tashriflarning yarimi AQSH va Kanada mamlakatlariga to‘g‘ri
keladi. Amerika Qo‘shma SHtatlari. Kanada va Meksika mamlakatlari Amerika mintaqasining
asosiy turizm markazlari hisoblanib. ularning turizm bozorini
asosiy qismini Shimoliy
Amerika mamlakatlari ta‘minlaydi . Mintaqada xalqaro turistik tashriflar va xalqaro turizm
tushumlari bo‘yicha birinchi o‘rinda Amerika Qo‘shma SHtatlari turadi . Mintaqaga qilingan
xorijiy tashriflarning 35-50%i . xalqaro turizm tushumlarining 50-60%i Amerika Qo‘shma
SHtatlari mamlakatiga to‘g‘ri keladi. Mintaqa bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Karib orollari turadi
. bu hududga yiliga 12-15 million turistlar tashrif buyuradi. Janubiy
Amerika mamlakatlarida
nisbatan turizm kam rivojlangan. umumiy turistik tashriflarning 9-10%i to‘g‘ri keladi. Bunga
asosiy sabab siyosatning beqarorligi. va iqtisodiy rivojlanishning notekisligi bo‘lishi mumkin.
Amerika mintaqasiga qilingan xorijiy tashriflarning 0.9%i Afrika. Janubiy Osiyo va
Yaqin Sharq mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. 5.5%i Sharqiy Osiyo va Tinch Okeanii mintaqasi
mamlakatlariga. 9.0% esa Yevropa mintaqasi mamlakatlariga. 85.0%i Amerika mintaqasi
mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Amerika mintaqasi 1970 yilda jahon
turizm tashriflarining
25.5% ni tashkil qilgan bo‘lsa. keyingi yillarda turizm harajatlarining o‘sishi sababli
muntazam ravishda pasayish kuzatilgan. 1985 yilga kelib bu ko‘rsatkich jahon turistik
tashriflarining 20.17% ni tashkil etgan. 1985-1995 yillarda. turistik tashriflar bo‘yicha o‘sish
kuzatilmagan. 1996 yilga kelib 19.5% ga tushib ketgan. 2000-yilga kelib xalqaro turistik
tashriflar 10.8% ga o‘sgan. lekin jahon bo‘yicha 18.62% ni tashkil etgan. 2001 yilda 6.1% ga.
2002 yilda esa 4.4% ga pasayish kuzatilgan.