Ma`ruza – 7
Mavzu: Tabiatshunoslikni o`qitishning amaliy metodi
Reja:
1. Amaliy uslublar, ularning turlari
2. Tajriba — tabiatshunoslikni o'qitishning yetakchi uslubi
3. Amaliy ishlarga tayyorlanish bosqichlari va olib borish tartibi
4. Eksperimentlar
Tayanch so`zlar: amaliy ishlar, tajriba, eksperement, ekskursiya, tajriba
Tajribalar atrof tabiatni bilishning samarali metodi hisoblanadi, chunki
ularda bolalarni qiziqtiradigan elementlar mavjud. Bolalarda ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish, kuzatuvchanlik, mantiqiy fikr yuritish va nutqni tarbiyalashda
tajribalar katta ahamiyatga ega. Bolalar kishilarning tabiatni o'zgartirishlarida
tajribalar chinakam vosita bo'lishini ko'rishlari kerak. Tajribalarni o'quvchilar asosan
mustaqil holda o'tkazadilar. Asboblar va moddalar bilan juda ehtiyot bo'lib ishlash
talab etiladigan tajri-balarni o'qituvchining o'zi o'tkazadi.
Tajriba o'tkazishdan oldin o'quvchilar undan ko'zlangan maqsadni yaxshi
tushunib olishlari, tegishli anjomlar (moddalar, asboblar va boshqalar) bilan tanishib
chiqishlari kerak. Tajribani o'tkazish, uning borishi va natijalarini «KundaIik
kuzatish daftari»ga yoki tutilgan daftarlarga yozib borish uchun bolalar bilan
birgalikda batafsil ishlab chiqilgan reja bo'lishi zarur. Tajribalar natijalari ham
daftarlarda yoritiladi va xulosalar chiqariladi.
Sinfda, maktab o'quv-tajriba maydonchasida va joylarda olib boriladigan
amaliy ishlardan maqsad bilimlami o'zlashtirib olishdangina emas, balki ma'lum
malaka va ko'nikmalarni egallab olishda ham o'quvchilarga yordam berishdan
iborat. Bunday ishlar sirasiga, masaian, tabiat ustidan kuzatuv olib borish; kuzatuv
natijalarini yozib borish va ishlab chiqish malakasini egallashga, gerbariy,
kolleksiyalar, ko'rgazmali qo'llanmalar tayyorlashga, o'lchov ishlarini bajarishga
(havoning harorati, gnomon soyasining uzunligi va boshqalarni o'lchashga) qara-
tilgan ishlar; tuproqning xossalarini, foydali qazilmalarni, odamning tanasi, shaxsiy
hamda jamoat gigiyenasi qoidalarini o'rganishga bog'liq bo'lgan amaliy ishlar kiradi.
O'quvchilarning bar bir amaliy ishi oldindan yaxshilab tayyor-langan, to'g'ri
tashkil etilgan, aniq rejalashtirilgan, topshiriqlar mazmuni puxta tuzilgan bo'lsagina
ular samarali natija berishi mumkin.
Tajriba tabiatshunoslikni o'qitishning yetakchi uslubi ekanligi bois hamda
ba'zi turdagi amaliy ishlarni tayyorlash, tashkil etish, ularning o'zlariga xos
xususiyatlari va ahamiyati bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |