Ma`ruza – 7 Mavzu: Tabiatshunoslikni o`qitishning amaliy metodi


Tajriba tabiatshunoslikni o 'qitishning amaliy metodidir



Download 99,14 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana20.07.2022
Hajmi99,14 Kb.
#830581
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-ma'ruza amaliy metod (1)

Tajriba tabiatshunoslikni o 'qitishning amaliy metodidir.
Tajriba o'qitish 
metodi bo'lib, uning yordamida o'rganilayotgan hodisa qonuniyatini aniqlashga 
yordam beruvchi sharoitlar yaratiladi. Tajribalar o'tkazishda o'quvchilarda boshqa 
metodlar bilan egallash mumkin bo'lmagan tabiatshunoslik tasavvurlari shakllanadi.
Tajribalar atrof olamni bilib olishning qiziqarli va samarali metodidir. Ular 
ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatuvchanlik, mantiqiy tafakkur va nutqni 


rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. U dunyoning moddiyligini, uni idrok qilib 
olish mumkinligini tasdiqlovchi bar xil jismlarning xossalarini bilib olishning 
chinakam ilmiy metodidir. 
Tajribalar mavhum tushunchalarni aniq tushunchalarga aylantirishda 
bolalarga yaqindan yordam beradi. Masaian, ular faqat tajriba jarayonidagina 
termometming simob ustuni haroratning o'zgarishiga qarab ko'tarilishi va 
pasayishiga ishonch hosil qiladilar. Faqat tajribagina suvning bir holatdan ikkinchi 
holatga o'tishini ko'rsatadi. 
Oddiy tajribalar o'quvchilar tomonidan uy sharoitlarida, o'quv-tajriba 
maydonida yoki tirik tabiat burchagida mustaqil bajariladi. Murakkabroq tajribalarni 
o'qituvchi darsda namoyish qiladi. Shuni esda tutish kerakki, mazmuni jihatidan eng 
oddly tajriba faqat bilim berishi bilangina emas, balki kuzatish jarayonini 
fahmlashga, uning natijalarini ta'riflashga yordam berishi bilan ham qimmatlidir. 
Faraz qilaylik, o'quvchilar darsda Quyoshning Yer yuzasiga nisbatan 
holatiga qarab kuzda ob-havoning sovib borishi to'g'risida bilim olishlari kerak. Bu 
hodisani tushuntirish uchun o'qituvchi tajriba o'tkazadi. U yonib turgan shamga 
ingichka qog'oz tasmachasini tutadi. Bitta tasmachani shamning tepasida, 
ikkinchisini shamdan sal uzoqroqda ushlab turadi. O'quvchilar qog'oz 
tasmachalarning qaysinisi oldinroq yonganligini aytishlari va nima uchunligini 
tushuntirishlari lozim. O'quvchilar bu tajriba orqali yozda va kuzda Quyosh 
nurlarining Yer yuzasini qanday isitishini bilib oladilar. 
Tajribaning borishini kuzatib, o'quvchilar kuzda Quyosh Yer ustida kun 
sayin tobora pasayishi to'g'risida xulosa chiqaradilar. Uning qiya tushayotgan nurlari 
Yer yuzasidan uzoqlashib o'tadi va havoni isitmaydi. Shuning uchun ham kuzda 
sovuq tusha boshlaydi.
Materialni mustahkamlash uchun o'qituvchi namoyish qilgan va 
o'quvchilarning o'zlari o'tkazgan tajribalarning rasmini chizish yoki ularni ta'riflab 
yozish, ba'zi hollarda uni ham, buni ham bajarish kerak. Asbob va moddalarbilan 
ishlashda ehtiyotlikni talab qiluvchi tajribalarni o'qituvchining o'zi o'tkazadi. Har 
qaysi tajribani boshlashdan oldin o'quvchilarga uning maqsadini, tajriba o'tkazishda 
nima uchun xuddi shu asbob va moddalar olinganligini yaxshilab tushuntirish, 
tajribaning o'tkazilishini hikoya qilib berish rejasini yozish kerak. 
Amaliy 
uslublar 
o'qituvchi 
tomonidan 
tashkil 
qilinadigan 
va 
yo'naltiriladigan, o'quvchilar fikrini rivojlantirishga mo'ljallagan so'z, ko'rgazmalilik 
va amaliy ishning o'zaro murakkab bog'la-nishida bo'lishini ko'rsatadi. Amaliy 
uslublar qo'llanilishi o'quvchilar retseptorlari va effektorlarining faol faoliyati bilan 
bog'liq. Amaliy uslublar o'rganilgan materialni chuqur tushunib yetishga, ko'nikma 
va malakalar hosil qilishga imkoniyat yaratadi. Amaliy uslublarni qo'llashga 
o'quvchilar faoliyatining o'zi bilim manbai hisoblanadi. Bunday usullar sirasiga 
og'zaki, yozma mashqlar, laboratoriya ishlari, maktab yer maydoni, tirik tabiat 
burchagida sinfdan tashqari bajariladigan mashg'ulotlar kiradi.

Download 99,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish