Marokash davlati haqida



Download 328,47 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi328,47 Kb.
#418196
Bog'liq
Marokash davlati mustaqil ish



MUSTAQIL ISH
Guruh: 202
Bajardi: Vaydullayev Sherzodbek
Tekshirdi:
Fan: Etnologiya

MAROKASH DAVLATI HAQIDA
REJA:


1 Marokash davlati tarixi
2 Marokash iqtisodiyoti
3 Marokash davlat tuzumi va aholisi

Hozirgi Marokash hududida azaldan liviy qabilalari (qad. barbarlar) yashab, ovchilik va chorvachilik, qisman dehqonchilik bilan shugʻullangan, Miloddan avvalgi 2-ming yillik oxirlarida sohilda finikiylarning bir qancha jamoalari paydo boʻlgan; bu jamoalar keyinchalik Karfagen qoʻl ostiga, Karfagen yemirilganidan keyin (miloddan avvalgi 2-asr) Shimoliy Marokash Rim imperiyasi qoʻl ostiga oʻtdi. Ana shu davrda yirik dehqonchilik paydo boʻldi, shaharlar vujudga keddi. Birok, Marokashning ko’p qismida urugʻchilik-qabilachilik tuzumi hukmron edi. 5-asrda Marokashning shimoliy qismini vandallar, 6-asrda Vizantiya bosib oldi.


702—711 yillarda Marokash hududi arab xalifaligiga qoʻshib olindi. Mamlakatda arab tili va islom dini tarqala boshladi. 788 yil Marokashdagi birinchi davlat — Idrisiylar davlati tashkil topdi. 9-asrning 20-yillarida Idrisiylar davlati bir necha mayda xonliklarga boʻlinib ketdi. 13-asrning 2-yarmida Marokashda hokimiyat barbarlar sulolasi — Mariniylar qoʻliga oʻtdi (1195—1465). Bu davrda qishloq xoʻjaligi ancha taraqqiy etdi, madaniyat yuksaldi; Fos shahri madaniyat markazi boʻlib qoldi. Biroq, 15-asrda mamlakat yana boʻlinib ketdi. Ana shu davrdan Marokash hududini yevropaliklar — Atlantika okeani sohilini portugallar, Oʻrta dengiz sohilini ispanlar bosib ola boshladi.
17-asr oxiri va 18-asr boshlarida marokashliklar yevropaliklarni Marokashdan, asosan, haydab chiqardilar. 19-asrning 40-yillaridan Yevropa davlatlarining qoʻshinlari yana kirib kela boshladi — 1844-yil Fransiya, 1859-yil Ispaniya Marokash hududining bir qismini bosib oldi. Yevropa davlatlarining mamlakat ichkarisiga kirib borishiga yoʻl qoʻymaslik, parokandalikka barham berish, shuningdek, toʻxtovsiz qoʻzgʻolonlarni bostirish uchun Sulton Hasan I (1873— 94) bir qancha islohot oʻtkazdi (jumladan, armiya zamonaviylashtirildi, harbiy zavodlar, yangi portlar qurildi). 1907-yil Fransiya qoʻshinlari Marokashning Shimoli-sharqidagi Vujda shahri atroflarini, soʻngra Kasablanka shahri va Shauya viloyatini, Ispaniya



Melilya shahri atroflarini bosib oldi. Bunga javoban mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1912-yil tuzilgan Fransiya-Marokash (30-mart) va Fransiya-Ispaniya (27-noyabr) shartnomalariga koʻra, Marokash hududining katta qismi (80%)da Fransiya, kichikrok, shimoliy va janubiy qismlarida Ispaniya protektorati oʻrnatildi; bir qismi (Tanjer) xalqaro zona boʻlib qoldi.


Marokash xalqi bosqinchi davlatlarning hukmronligiga qarshi umumiy qoʻzgʻolon koʻtardi. 1921-yil rif qabilalari Abdulkarim rahbarligida Rif viloyatida ispanlar qoʻlidan hokimiyatni tortib olib, mustaqil Rif Respublikasini tuzdilar. Ammo Ispaniya-Fransiyaning birlashgan kuchlari bilan boʻlgan shiddatli janglardan keyin Rif Respublikasi tor-mor qilindi (1926). Biroq, Fransiya zonasidagi qabilalar mustamlakachilarga qarshi qattiq qarshilik koʻrsatishni davom ettirdilar. Ikkinchi jahon urushi yillarida ozodlik harakati kuchayib ketdi.
50-yillarning boshida esa norozilik harakatiga keng xalq ommasi qoʻshildi. Fransiya protektorati hokimlari milliy ozodlik harakati qatnashchilarini quvgʻin ostiga oldi. 1952-yil 8-dekabr da Kasablankada ommaviy namoyish qatnashchilaridan yuzlab kishilar oʻldirildi, minglarcha kishi qamoqqa olindi. 1954 va 1955-yillarda Marokashda yana ish tashlashlar va namoyishlar boʻlib oʻtdi. Dunyodagi boshqa ilgʻor kuchlar Marokash xalqining milliy ozodlik harakatini qoʻllab quvvatladilar. Oqibatda Fransiya protektorati Marokashda milliy hukumat tuzish uchun rozilik berishga (1955-yil 7-dekabr) va uning milliy mustaqilligini tan olishga majbur boʻldi (1957-yil 2-mart). 1956-yil 7-aprelda Ispaniya protektorati ham bekor qilindi, 1957-yil 1-yanvarda Tanjer Marokash tarkibiga qoʻshildi. 1962-yil dekabrda Marokashning birinchi konstitutsiyasi qabul etildi, 1963-yil mayda parlament saylovi boʻlib oʻtdi. Xalq ommasi ahvolining yomonlashuvi, ishsizlar sonining koʻpayishi oqibatida mamlakat ichkarisida ahvol keskinlashib ketdi. Natijada hukumat aʼzolari tez-tez almashinib turdi. "Istiqlol" partiyasi parokandalikka uchradi. Partiya ichida boʻlinish roʻy berdi; uning soʻl qismi Xalq kuchlari milliy ittifoqi partiyasi nomi bilan ajralib chiqdi (1959). 1964—65 yillarda yirik shaharlarda iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi, tub iqtisodiy-ijtimoiy oʻzgarishlar oʻtkazilishi shiorlari ostida ish tashlashlar va ommaviy mitinglar boʻlib oʻtdi. Lekin bu harakatlar qurol kuchi yordamida bostirildi. 1965-yil 7-iyunda Marokashda favqulodda holat eʼlon qilindi, qirol hukumat isteʼfosini qabul qildi, parlamentni tarqatib yubordi va qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi.
1970-yil iyulda favqulodda holat bekor qilindi. 21 va 28-avgustda parlament saylovi boʻlib oʻtdi. 1972-yil 1-martda referendum boʻlib, yangi konstitutsiya qabul qilindi, parlament va hukumatning huquqlari bir oz kengaytirildi.
Qirol Hasan II iqtisodiy va siyosiy islohotlar zarurligini anglab, 1973-yilda bir qancha iqtisodiy tadbirlar oʻtkazilishini eʼlon qildi. Xalqaro maydonda betaraflik siyosatini oʻtkaza boshladi. Konstitutsiyaga 1992-yilda kiritilgan oʻzgartirishlarga binoan, parlamentning hukumat faoliyati ustidan nazorati kuchaytirildi, Marokashning inson huquqlariga sodiqligi mustahkamlandi. Marokash 1956-yildan



BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1993-yil 11-oktabrda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 30-iyul — Taxt kuni (1999).


Marokash — agrar mamlakat boʻlib, sanoat va, ayniqsa, konchilik birmuncha rivojlangan. Iqtisodiyotida yirik qishloq xoʻjaligi fermalari va zamonaviy sanoat korxonalari bilan bir qatorda qad. sektor — yarim natura va mayda tovar dehqon xoʻjaliklari katta oʻrin tutadi. Mustaqillikka erishilgandan keyin Marokash hukumati iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlarini rivojlantirish, milliy xoʻjalikni tarmoq, hudud jihatidan va tuzilmaviy nisbatlar jihatidan tartibga solish siyosatini yurgiza boshladi. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi 18%, sanoatniki 19,6%ni tashkil etadi.
Qishloq xoʻjaligi — Marokash iqtisodiyotining negizi. Ekiladigan yerlar 7,5 mln. gektardan ortiq, bu yerlarning koʻp qismiga donli ekinlar ekiladi. Iqtisodiy faol aholining 50% qishloq xoʻjaligida band. Yalpi ichki mahsulotning 1/5 va eksportning 1/3 qismini q.h. taʼminlaydi. Dehqonchilik mahsulotining yarmidan koʻprogʻini donli ekinlar beradi. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, oq joʻxori, tariq va sholidan yaxshi hosil olinadi. Kartoshka, qand lavlagi, pomidor, paxta, dukkaklilar ham yetishtiriladi; tokzorlar, zaytunzorlar, sitruszorlar koʻp. Jami yer fondining 28% (12,5 mln.ga)ni yaylov va oʻtloklar, 12% ni oʻrmon va butazorlar tashkil etadi. Barcha haydaladigan yerlarning 95% mamlakat shimolida joylashgan. Mayda falloh xoʻjaliklari bilan bir katorda yirik mexanizatsiyalashgan serdaromad hoʻjaliklar ham mavjud. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, tuya boqiladi. Baliqchilik va parrandachilik rivojlangan. Oʻrmonlarda poʻkakli dub qobigʻi va evkalipt yogʻochi, palma bargi tayyorlanadi.
Marokash — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1972-yilda qabul qilingan, unga 1992 va 1996-yil referendumlarda qabul qilingan oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1999-yildan Muhammad VI). U bosh vazir va vazirlarni tayinlaydi hamda lavozimidan boʻshatadi, Vazirlar Kengashida raislik qiladi, parlamentni tarqatib yuborishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya xokimi-yatni hukumat amalga oshiradi.
Aholisining asosiy qismi — marokashlik arablar va barbarlar. Fransuzlar, ispanlar, portugallar va yahudiylar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom. Shahar aholisi 45,5%. Yirik shaharlari: Kasablanka, Rabot, Marokash, Fos, Miknas, Tanjer va boshqa
Download 328,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish