MAROKASH
MAROKASH, Marokash Podshohligi (Al-Mamlaka al-Magʻribiya yoki AlMagʻrib al-Aksa, maʼnosi — uzoq gʻarb) — Afrikaning shim.-gʻarbidagi davlat. Mayd. 446,5 ming km2. Aholisi 30,6 mln. kishi (2001). Poytaxti—Rabot sh. Maʼmuriy jihatdan 18 viloyat (vilay)ga boʻlinadi.
Davlat tuzumi. Marokash — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1972-y. da qabul qilingan, unga 1992 va 1996-y. referendumlarda qabul qilingan oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — podshoh (1999-y. dan Muhammad VI). U bosh vazir va vazirlarni tayinlaydi hamda lavozimidan boʻshatadi, Vazirlar Kengashida raislik qiladi, parlamentni tarqatib yuborishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni podshoh va ikki palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya xokimi-yatni hukumat amalga oshiradi.
Tabiati. Marokash hududining aksar qismini togʻlar, baland tekisliklar va plato (meseta)lar egallaydi. Jan.gʻarbdan shim.-sharq tomon Atlas togʻlari choʻzilgan, uning eng baland nuqtasi — Tubqol togʻi (4165 m). Atlantika okeani sohili — yirik pasttekisliklar. Oʻrta dengiz sohilining koʻp qismi togʻlik, qulay buxtalari bor. Jan. va jan.sharqdagi Sahroi Kabir choʻli qumloq va toshloqlan iborat. Marokash hududida zilzilalar boʻlib turadi. Kobalt, marganes, qoʻrgʻoshin, pyx, barit, mis, temir rudalari, toshtuz, koʻmir konlari bor. Marokash koʻp qismining iqlimi subtropik; iyulning oʻrtacha t-rasi 24° — 28°, yanv. niki 10°—12°, togʻlardagi iqlim — kontinental. Oʻrtacha yillik yogʻin togʻlarda va shim. da 1000 mm ga yaqin, jan. da 200 mm gacha. Koʻp daryolari yozda qurib qoladi. Asosiylari: Muluya, Sebu, Umm-urRobia. Quruq oʻrmon va butazorlarning tuproklari jigarrang. Shim. dagi sohil tekisliklari va togʻ orasidagi soiliklar hamda vodiylarning qumloq, gilli qoramtir tuproklari gʻoyat umumdor. Oʻrmonlar, asosan, togʻlarda saqlanib qolgan va Marokash hududining salkam 12% ni tashkil etadi. Qurgʻoqchil dasht, chala choʻl va choʻllarda alfa oʻti, shuvoq va d-rin, Oʻrta dengiz sohilida makvis butalari oʻsadi. Hayvonlardan quyon, yovvoyi choʻchqa, chiyaboʻri, ilon, toshbaqa, shuningdek, amfibiyalar, parranda, ha-sharot va chayonlar bor. Togʻlarda makaka maymun, sirtlon, pantera, togʻ daryolarida xonbaliq uchraydi. Dengizdan baliq ovlanadi.
Aholisining asosiy qismi — marokashlik arablar va barbarlar. Fransuzlar, ispanlar, portugallar va yahudiylar ham yashaydi. Rasmiy til — arab tili. Davlat dini — islom. Shahar aholisi 45,5%. Yirik shaharlari: Kasablanka, Rabot, Marokash, Fos, Miknas, Tanjer va b.
Tarixi. Hoz. Marokash hududida azaldan liviy qabilalari (qad. barbarlar) yashab, ovchilik va chorvachilik, qisman dehq-onchilik bilan shugʻullangan, Mil. av. 2-ming yillik oxirlarida sohilda finikiylarning bir qancha jamoalari paydo boʻlgan; bu jamoalar keyinchalik Karfagen qoʻl ostiga, Karfagen yemirilganidan keyin (mil. av. 2-a.) Shimoliy Marokash Rim imperiyasi qoʻl ostiga oʻtdi. Ana shu davrda yirik dehqonchilik paydo boʻldi, shaharlar vujudga keddi. Birok, Marokashning kup kismida urugʻchilikqabilachilik tuzumi xukmron edi. 5-a. da Marokashning shim. kismini vandallar, 6-a. da Vizantiya bosib oldi.
702—711-y. larda Marokash hududi arab xalifaligiga qoʻshib olindi. Mamlakatda arab tili va islom dini tarqala boshladi. 788-y. M. dagi birinchi davlat — Idrisiylar davlati tashkil topdi. 9-a. ning 20-y. larida Idrisiylar davlati bir necha mayda xonliklarga boʻlinib ketdi. 13-a. ning 2-yarmida Marokashda hokimiyat barbarlar sulolasi — Mariniylar qoʻliga oʻtdi (1195—1465). Bu davrda q. x. ancha taraqqiy etdi, madaniyat yuksaldi; Fos sh. madaniyat markazi boʻlib qoldi. Birok, 15-a. da mamlakat yana boʻlinib ketdi. Ana shu davrdan Marokash hududini yevropaliklar — Atlantika okeani sohilini portugallar, Oʻrta dengiz sohilini ispanlar bosib ola boshladi.
17-a. oxiri va 18-a. boshlarida marokashliklar yevropaliklarni Marokash dan, asosan, haydab chiqardilar. 19-a. ning 40-y. laridan Yevropa davlatlarining qoʻshinlari yana kirib kela boshladi — 1844-y. Fransiya, 1859-y. Ispaniya M. hududining bir qismini bosib oldi. Yevropa davlatlarining mamlakat ichkarisiga kirib borishiga yoʻl qoʻymaslik, parokandalikka barham berish, shuningdek, toʻxtovsiz qoʻzgʻolonlarni bostirish uchun Sulton Hasan I (1873 — 94) bir qancha islohot oʻtkazdi (jumladan, armiya zamonaviylashtirildi, harbiy z-dlar, yangi portlar quriddi). 1907-y. Fransiya qoʻshinlari Marokashning shim.-sharqidagi Vujda sh. atroflarini, soʻngra Kasablanka sh. va Shauya viloyatini, Ispaniya Melilya sh. atroflarini bosib oldi. Bunga javoban mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1912-y. tuzilgan Fransiya-M. (30 mart) va Fransiya-Ispaniya (27 noyab.) shartnomalariga koʻra, Marokash hududining katta qismi (80%)da Fransiya, kichikrok, shim. va jan. qismlarida Ispaniya protektorati oʻrnatildi; bir qismi (Tanjer) xalqaro zona boʻlib qoldi.
Marokash xalqi bosqinchi davlatlarning hukmronligiga qarshi umumiy qoʻzgʻolon koʻtardi. 1921-y. rif qabilalari Abdulkarim rahbarligida Rif viloyatida ispanlar qoʻlidan hokimiyatni tortib olib, mustaqil Rif Respublikasini tuzdilar. Ammo Ispaniya-Fransiyaning birlashgan kuchlari bilan boʻlgan shiddatli janglardan keyin Rif Respublikasi tormor qilindi (1926). Birok, Fransiya zonasidagi qabilalar mustamlakachilarga karshi qattiq qarshilik koʻrsatishni davom ettirdilar. 2-jahon urushi yillarida ozodlik harakati kuchayib ketdi.
50-y. larning boshida esa norozilik harakatiga keng xalq ommasi qoʻshildi. Fransiya protektorati hokimlari milliy ozodlik harakati qatnashchilarini quvgʻin ostiga oldi. 1952-y. 8 dek. da Kasablankada ommaviy namoyish qatnashchilaridan yuzlab kishilar oʻldirildi, minglarcha kishi qamoqqa olindi. 1954 va 1955-y. larda Marokashda yana ish tashlashlar va namoyishlar boʻlib oʻtdi. Dunyodagi boshqa ilgʻor kuchlar Marokash xalqining milliy ozodlik harakatini qoʻllab quvvatladilar. Oqibatda Fransiya protektorata Marokashda milliy hukumat tuzish uchun rozilik berishga (1955-y. 7 dek.) va uning milliy mustaqilligini tan olishga majbur boʻldi (1957-y. 2-mart). 1956-y. 7 apr. da Ispaniya protektorata ham bekor qilindi, 1957-y. 1 yanv. da Tanjer Marokash tarkibiga qoʻshildi. 1962-y. dek. da Marokashning birinchi konstitutsiyasi qabul etildi, 1963-y. mayda parlament saylovi boʻlib oʻtdi. Xalq ommasi ahvolining yomonlashuvi, ishsizlar sonining koʻpayishi oqibatida mamlakat ichkarisida ahvol keskinlashib ketdi. Natijada hukumat aʼzolari tez-tez almashinib turdi. «Istiqlol» partiyasi parokandalikka uchradi. Partiya ichida boʻlinish roʻy berdi; uning soʻl qismi Xalq kuchlari milliy ittifoqi partiyasi nomi bilan ajralib chikdi (1959). 1964— 65 y. larda yirik shaharlarda iqtisodiy ahvolning yaxshilanishi, tub iqtisodiyijtimoiy oʻzgarishlar oʻtkazilishi shiorʻ?1ari ostida ish tashlashlar va ommaviy mitinglar boʻlib oʻtdi. Lekin bu harakatlar qurol kuchi yordamida bostirildi. 1965-y. 7-iyunda Marokashda fav-qulodda holat eʼlon qilindi, podshoh hukumat isteʼfosini qabul qildi, parlamentni tarqatib yubordi va qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oldi.
1970-y. iyulda favqulodda holat bekor qilindi. 21 va 28 avg. da parlament saylovi boʻlib oʻtdi. 1972-y. 1-martda referendum boʻlib, yangi konstitutsiya qabul qilindi, parlament va hukumatning huquqlari bir oz kengaytirildi.
Podshoh Hasan II iqtisodiy va siyosiy islohotlar zarurligini anglab, 1973-y. da bir qancha iqtisodiy tadbirlar oʻtkazilishini eʼlon qildi. Xalq-aro maydonda betaraflik siyosatini oʻtkaza boshladi. Konstitutsiyaga 1992-y. da kiritilgan oʻzgartirishlarga bi-noan, parlamentning hukumat faoli-yati ustidan nazorati kuchaytirildi, Marokashning inson huquqlariga sodikligi mustahkamlandi. Marokash 1956-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1993-y. 11 okt. da oʻrnatgan. Milliy bayrami — 30 iyul — Taxt kuni (1999).
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Istiqlol partiyasi, 1943-y. tashkil etilgan; Xalq kuchlari milliy ittifoqi partiyasi, 1959-y. tuzilgan; Taraqqiyot va sotsializm partiyasi, 1974-y. asos solingan; Konstitutsiyachi ittifoq, 1983-y. taʼsis etilgan; Xalq harakati partiyasi, 1959-y. tuzilgan; Milliy demokratiyu partiya, 1981-y. asos solingan; Xalq milliy harakati, 1991-y. tashkil etilgan; Mustaqil milliy uyushma, 1978-y. taʼsis etilgan; Xalq kuchlari sotsialistik ittifoqi, 1974-y. tuzilgan; Sotsialdemokratik harakat, 1996-y. asos solingan. Marokash mehnatkashlari umumiy ittifoqi, 1960-y. tashkil etilgan; M. mehnat ittifoqi, 1955-y. tuzilgan; Demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1978-y. asos solingan.
Xoʻjaligi. Marokash — agrar mamlakat boʻlib, sanoat va, ayniqsa, konchilik birmuncha rivojlangan. Iqtisodiyotida yirik q. x. fermalari va zamonaviy sanoat korxonalari bilan bir katorda qad. sektor — yarim natura va mayda tovar dehqon xoʻjaliklari katta oʻrin tutadi. Mustaqillikka erishilgandan keyin Marokash hukumati iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlarini rivojlantirish, milliy xoʻjalikni tarmoq, hudud jihatidan va tuzilmaviy nisbatlar jihatidan tartibga solish siyosatini yurgiza boshladi. Yalpi ichki mahsulotda q. x. ning ulushi 18%, sanoatniki 19,6%ni tashkil etadi.
Qishloq xoʻjaligi — M. iqtisodiyotining negizi. Ekiladigan yerlar 7,5 mln. gektardan ortiq, bu yerlarning koʻp qismiga donli ekinlar ekiladi. Iqtisodiy faol aholining 50% q. x. da band. Yalpi ichki mahsulotning 1/5 va eksportning 1/3 qismini q. h. taʼminlaydi. Dehqonchilik mahsulotining yarmidan koʻprogʻini donli ekinlar beradi. Bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, oq joʻxori, tariq va sholidan yaxshi hosil olinadi. Kartoshka, qand lavlagi, pomidor, paxta, dukkaklilar ham yetishtiriladi; tokzorlar, zaytunzorlar, sitruszorlar koʻp. Jami yer fondining 28% (12,5 mln. ga)ni yaylov va oʻtloklar, 12% ni oʻrmon va butazorlar tashkil etadi. Barcha haydaladigan yerlarning 95% mamlakat shim. da joylashgan. Mayda falloh xoʻjaliklari bilan bir katorda yirik mexanizatsiyalashgan serdaromad hoʻjaliklar ham mavjud. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, tuya boqiladi. Baliqchilik va parrandachilik rivojlangan. Oʻrmonlarda poʻkakli dub qobigʻi va evkalipt yogʻochi, palma bargi tayyorlanadi.
Sanoati. Marokashning i. ch. sanoatida iktisodiy faol aholining 23% band. Marokashda dunyodagi fosfat xom ashyosi zaxiralarining 70% joylashgan. Uni qazib olish sohasida Marokash dunyoda 3-oʻrinda, eksport qilish jihatidan 1 – oʻrinda turadi. I. ch. sanoatining toʻqimachilik, koʻnchilik, kimyo, neft kimyosi, farmatsevtika va sement sanoati tarmoqlari durust rivojlangan. Bu soha milliy xom ashyo zaxiralaridan unumli foydalanish maqsadida, asosan, eksport uchun tayyor va chala mahsulot i. ch. ga yoʻnaltirilgan. Yangi qurilgan oʻnlab korxonalar sanoatning tarkibiy tarmoqlari qiyofasini ancha oʻzgartirib yubordi. Mamlakatda kazib olinadigan fosfarit negizida kimyo sanoati rivoj topdi, qand va sement z-dlari, rangli metallurgiya korxonalari barpo etildi. Yiliga oʻrtacha 9,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. 70-y. larning oʻrtalaridan boshlab chetdan keltiriladigan xom ashyo, chala tayyor mahsulot va asbob-uskunalardan foydalanuvchi korxonalar ham qurildi. Gazlama va kiyim-kechak, avtomobil va elektron sanoati uchun qismlar ishlab chiqaruvchi korxonalar shu jumlaga kiradi. Hunarmandchilik sohasi iqtisodiyotda muhim oʻrin egallaydi.
Oziq-ovqat va toʻqimachilik i. ch. sanoatining eng yirik tarmoqlaridir. Unda baliq, sabzavot, meva konservalash, un-yorma, qand-shakar, sut z-dlari bor. Toʻqimachilik sanoati tarkibidagi korxonalarning aksariyat qismi mayda va oʻrta f-kalardan iborat. Fos sh. da yirik toʻqimachilik k-ti qurilgan. Rabotda va koʻhna shaharlarda hunarmandlar koʻproq gilamdoʻzlik bilan shu-gʻullanadi.
Ogʻir sanoatning muhim tarmogʻi boʻlmish kimyo sanoati, asosan, fosfat xom ashyosini qayta ishlash bilan shugʻullanadi. Fosfor kislota va kimyoviy oʻgʻit olish uchun Safi yaqinida qurilgan kimyo z-dlari yiliga 4 mln. t dan ortiq fosforitni qayta ishlaydi. Bo-shqa tarmoqlardan Muhammadiya va Sidi-Krsimdagi neftni qayta ishlash z-dlari va b. shaharlardagi 9 ta sement z-di (eng yirigi Kasablankada), 7 ta metall ishlash va avtoyigʻuv z-dini koʻrsatib oʻtish mumkin. Nadordagi poʻlat prokat sexi, asosan, armatura ishlab chiqaradi. Chet el sayyoxligi rivojlangan.
Mamlakat ichkarisida yuk tashishda t. y. asosiy rol oʻynaydi. 2000 km t. y. dan 867 km elektrlashtirilgan. Asosiy t. y. magistrali Marokash—Kasablanka — Rabot — Fos — Vujda Marokashning garbiy va sharqiy qismlarini Jazo-ir va Tunis b-n tutashiradi. Avtomobil yoʻllari uz. 60 ming km. Marokashda 27 aerodrom bor, shundan 10 tasi xalqaro toifadagi aeroportdir. Tashki savdo yuklarining 95% dengiz orqali tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 586 ming t dedveyt. Asosiy dengiz portlari: Kasablanka, Safi, Muhammadiya, Agʻodir, Tanjer.
Marokash chetga, asosan, sanoat va q. x. xom ashyosi — fosforit, rangli metall rudalari, sitrus meva, baliq va uning konservasi, sabzavot, meva va ularning konservasi, fosfor kislota, oʻgʻit, poʻkak, kalava ip, jun, teri, goʻsht va b. chiqaradi. Chetdan neft, oziq-ovqat, sanoat asbobuskunalari, isteʼmol bu-yumlari, kimyoviy mahsulotlar, gʻalla, qand-shakar keltiradi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Fransiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Ispaniya, Rossiya, Germaniya, Italiya. Pul birligi — M. dirhami.
Tibbiy xizmati. Davlat tibbiy muassasalari bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham mavjud. Vrachlar Rabot va Kasablanka un-tlarining tibbiyot f-tlarida tayyorlanadi.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. 859-y. Fosda Afrikada birinchi musulmon unti ochilgan. Mamlakatda musulmon diniy maktablari boʻlgan. Fransuzlar hukmronligi davrida (1912-y. dan) davlat dunyoviy maktablarining 2 turi (yevropaliklar va mahalliy aholi uchun) bor edi. 1956-y. mustaqillik eʼlon qilingan paytda bolalarning 17% maktabga qatnagan. Mustaqillikka erishilgach, maorifni rivojlantirish, milliy mutaxassislar tayyorlash, savodsizlikni tugatish choralari kurila boshladi. 1963-y. da bolalarni 6—7 yoshdan 13—14 yoshgacha majburiy oʻqitish haqida qonun qabul qilindi. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 5 y., oʻrta maktabda 7 y. Oliy oʻquv yurtlari: Rabotda Muhammad V nomidagi un-t (1957), Fos sh. da Karauin nomidagi musulmon unti (859), Muhammad bin Abdulloh nomidagi un-t (1973), Kasablankada Hasan II nomidagi un-t (1975), 12 ta in-t va kollej, Kasablanka va Titvonda nafis sanʼat maktabi, Kasablankada tibbiyot maktabi. Ilmiy muassasalari: Rabotda Sharif ilmiy in-ti, agronomiya tadqiqotlari milliy in-ti, Muhammad V nomidagi un-t huzurida i. t. markazi, Marokash geogr. milliy qoʻmitasi, Milliy gigiyena inti (Rabotda), Okeanografiya in-ti (Kasablankada), bir qancha ilmiy jamiyatlar. 1977-y. Podshoxlik akademiyasi tashkil etilgan. Kasablankada Munitsipal kutubxona, Rabotda markaziy kutubxona arxivi b-n, un-tlarning kutubxonalari, Tanjer, Fos, Titvon sh. larida kutubxonalar bor. Rabotda antik sanʼat va arxeologiya muzeyi, Fosda qurol-yarogʻ muzeyi, Titvonda arxeologiya, sanʼat va folklar muzeyi, Kasablanka va Tanjerda muzeylar mavjud.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Marokashda 20 ga yaqin gaz. va bir kancha jur. nashr etiladi. Eng yiriklari: «Al-Alam» («Bayroq», arab tilida chiqadigan kundalik gaz., 1946-y. dan), «Al-Anba» («Xabarlar», arab tilida chiqadigan kundalik hukumat gaz., 1971-y. dan), «Al-Bayon» (arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1972-y. dan), «Ad-Demokrati» («Demokrat», arab va fransuz tillarida chiqadigan kundalik gaz., 1982-y. dan), «Al-Magʻrib» («Gʻarb», fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1977-y. dan), «Opinyon» («Fikr», fransuz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1965-y. dan), «Risolat alUmma» («Millat risolasi», arab tilida chiqadigan kundalik gaz., 1983-y. dan), «Lyam alif» (fransuz tilida chiqadigan oylik jur., 1966-y. dan). Magʻrib Arab Press — MAP — xukumat axborot agentligi 1959-y. da tuzilgan. Marokash radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi, hukumat mahkamasi. Radioeshittirishlar arab, ingliz, fransuz tillarida olib boriladi.
Adabiyoti. Marokashda adabiy asarlar arab, barbar, fransuz tillarida yaratilib keldi. Mumtoz arab tilidagi adabiyot umumiy arab adabiyoti yoʻlidan, ayniqsa, Ispaniya (Andalusiya) arab adabiyoti taʼsirida rivojlandi. Mahalliy arab laxjasidagi va barbar tilidagi xalq ogʻzaki ijodiyoti, ayniqsa, diqqatga sazovor. 12—14-a. lar sheʼriyatida siyosiy hajviya asosiy oʻrinni egalladi (Ibn Xobbus, Ibn Habbaza, Ibn al-Muraxxal, Ibn Ru-shayd kabi shoirlar). Nasrda koʻproq tarixiy mavzuda va uzok, mamlakatlarga sayohat qilgan sayyohlar toʻgʻrisida (rixla janrida) asarlar yaratildi (asosiy vakili — Ibn Batuta). 13-a. boshlarida badiiy yilnomalar yaratish anʼanaboʻlib, 19-a. gacha davom etdi. 15 — 16-a. larda Marokash adabiyotida koʻproq mash-xur kishilar hayotiga bagʻishlangan asarlar, rivoyatlar vujudga keldi. 16—18-a. lar sheʼriyatida bir tomondan, tasav-vuf lirikasi, ikkinchi tomondan gedonizm (Ibn Zakur ijodida) tarq-aldi. Mumtoz arab sheʼriyati anʼanalari Marokash adabiyotida 20-a. ning oʻrtalarigacha davom etdi. 16-a. dan boshlab Fosda Andalusiya xalq poeziyasi anʼanalari, Marokash sh. va uning atrofida mahalliy xalq janri (grix) rivojlana boshladi. Xalq sheʼriyati musiqa va kuy b-n mustahkam bogʻlangan.
Marokashning arab va fransuz tillaridagi hoz. zamon adabiyoti 2-jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakatining yuksalishi taʼsirida rivojlana boshladi. A. Benjellun («Bolalikda» va b.) va M. Safriui («Moʻjizalar doʻkoni» va b.) kabi yozuvchilarning asarlarida xalq hayoti mavzui yoritildi. 50-y. larda fransuz tilida yozilgan romanlar salmokli oʻrinni egalladi (M. A. Lahbobiyning «Umid qoʻshiqlari» va «Zulmatdan ziyoga» asarlari). 60-y. lar adabiyotida dramaturgiya paydo boʻldi. Arab tilida ham nasriy asarlar yozila boshladi (A. K. Gʻallabning «Yetti eshik», Lahbobiyning «Tashna avlod» va b.). Bu davrda Marokash adabiyotiga M. Buallu, M. Znibera, A. J. Sximiy, A. Baqqoliy kabi isteʼdodli yoshlar kirib keldi. 1960-y. da yozuvchilar uyushmasi tuzildi. Zamonaviy adiblardan T. Benjellun, M. Xayriddin, M. Sabbogʻ, A. as-Salom, A. Larua, M. Barrada va b. mashhur.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Marokash hududida neolit davriga oid koya rasmlari (fil, kiyik, qush tasvirlari), mil. av. 1ming yillikka mansub aylana tosh qabristonlar, keyinroq ishlangan qizil sirli sopol idishlar saqlangan. Mil. av. 1-a. — mil. 3-a. ga oid Rim davri shaharlari (Volyubilis, Tamud, Tingis) xarobalarida meʼmoriy obidalar, naqsh va haykallar qoldiklari uchraydi. Milod boshlarida barbar sanʼati rivoj topdi. M. Hududi arab xalifaligiga qoʻshilgach, arab badiiy anʼanalari va uslublari kirib keldi, musulmon meʼmorligi rivojlandi. Oʻrta asrlarda bu oʻlkada minorali, toʻgʻri toʻrtburchakli devor bilan oʻralgan shaharlar vujudga keldi (Miknas, Rabot, Fos), bir necha ibodatxonali gumbazlari muqarnas va sergʻovakli machitlar, saroylar qurildi. Muhim binolar tosh va yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatilgan (Kutubiya machitining mi-norasi, 1184—99), 11 —13a. larda shaharlar harbiy maqsadlarda mustahkamlandi, qalʼalar qurildi. Binokorlikda tosh, loy, gʻishtdan keng foydalanidsi. 13—14-a. meʼmorligida, ayniqsa, bezakka alohida eʼtibor qilindi, binolar oʻyib naqsh ishlangan marmar, yogʻoch, koshin, sopol va oyna mozaika bilan bezatildi, vitrajlar ishlandi (Tosdagi Katta machit, 12—13-a., Fosdagi Attarin madrasasi, 1323—25). 16 — 17-a. madaniyat yodgorliklari, ayniqsa, nafis va boy bezaklari bilan diqqatga sazovor (Marokash sh. dagi maqbaralar majmui, 16-a. 2-yarmi). 19-a. da Fos, Miknas, Marokashda ichki hovlili muhtasham saroylar qurildi. Koʻpgina shaharlarda 1—2 qavatli, ichki hovlili turar joylar 20-a. gacha ham saqlangan. Shaharlardan tashqarida tomi poxol bilan kulohsimon qilib yopilgan, qamish devorlari loy bilan suvalgan uylar koʻp qurilgan.
Oʻrta asrlarda Marokashda shoyi, kundal matolar toʻqish, gilamdoʻzlik, kulollik, jezni badiiy ishlash avj olgan. M. Fransiya taʼsiri ostida boʻlgan yillarda mamlakatda yevropacha kvartallar qurildi. 1950-y. lardan Marokashda zamonaviy uylar qurila boshladi. Marokash mustaqillikka erishgach (1956), shinam mehmonxonalar, villalar, kasalxonalar, koʻp qavatli turar joylar barpo etildi. Rabot va Kasablanka, ayniqsa, gurkirab rivoj topdi. Mustaqillik yillarida shaharlar bosh reja asosida qayta kurila boshladi. Marokashlik meʼmorlar mahalliy sharoitga moslab, milliy anʼanalar ruhida ishlagan loyihalar asosida turar joylar, jamoat binolari, sanoat inshootlari keng koʻlamda qurila boshladi. Marokash uchun yangilik boʻlgan tasviriy sanʼat rivoj topdi (E. Azaguri, J. F. Zevako kabi meʼmorlar, M. A. Idrisiy, M. Ammar kabi rassomlar, haykaltarosh X. bin Saloh ijodi diqqatga sazovor). Rabot, Kasablanka sh. larida amaliy sanʼat ustalarining shirkatlari tashkil qilingan. Gilamdoʻzlik, charmni kashta b-n bezash sanʼati rivoj topgan, zargarlik, kandakorlik, mis idish va buyumlarni qadama naqsh bilan bezash sanʼati ham keng tarqalgan.
Musiqasi barbar va arab madaniyatlaryning oʻzaro taʼsirida rivojlangan. Asl barbar musiqa sanʼati namunalari Marokash qishloklaridagina saqlanib qolgan. Musiqa sheʼriyat va raqs bilan uzviy bogʻlangan. Qoʻshiq bilan ijro etiladigan ommaviy raqslar keng tarqalgan. Marokashning shim.-sharqida yashaydigan barbarlarda axidu va jan.-gʻarbda yashaydigan barbarlarda axuax musiqiy uslublari shakllangan. Axidu kuylari ixcham diapazonli, xromatizmga boy, axuax kuylari yevropacha anʼanalarga yaqin, diapazoni keng. Barbarlarning musiqiy asboblari: kasba (nay), arxanim, bendir, tarija, skripka va b. lardan iborat.
Arab musiqa sanʼati turli-tuman boʻlib, arab mumtoz (aloʼ va samoʼ) va xalq (grix) musiqalarini oʻz ichiga oladi. Aloʼ va samoʼ kuylari baʼzan birbiriga yaqin boʻlsa ham, lekin mat-nda ular keskin farq qiladi. Aloʼ — dunyoviy, saroy sanʼati boʻlib, asosini mumtoz arab sheʼriyati tashkil etadi. Samoʼ — diniy mazmundagi madhiya, mavlud, qasidalardir. Oddiy kishilar qoʻshiqlari — grixlar qiroatga asoslangan. Musiqa asboblaridan ud, lira, rubob, mizmor va b. tarqalgan. Xalq ijodida zikr katta urin egallagan. Maqamlarning oʻziga xos magʻribcha uslubi shakllangan. Kompozitorlardan M. Benis, A. Auatif, M. Shakruniy, sozanda (qonun) va musiqashunos S. Sha-rqiy mashhur. Marokashda Milliy musiqa, raqs va drama sanʼati konservatoriyasi (Rabotda), Milliy musika va rake maktabi (Titvonda) ishlaydi. 1960-y. dan Marokashda har yili milliy musiqa festivali oʻtkaziladi.
Teatri. Marokash teatr sanʼati xalq marosimlari, rasmrusumlari va oʻyinlari asosida vujudga kelgan. 12-a. dan soya va qoʻgʻirchoq teatrlari, xonanda, sozanda, raqqos va jonglyorlardan iborat sayyor aktyorlarning tomoshalari urf boʻldi. 19a. oxirlarida miyerlik va suriyalik truppalar gastrol bera boshladi. Fransuz va ispan hukmronligi davri (1912—56) da xususiy uylardagi xonaki sahnalarda koʻpgina tomoshalar qoʻyildi. Baʼzi havaskor aktyorlar Yevropada taʼlim olib keldilar. 1923-y. Fosda uyushgan truppa 1929-y. gacha (rahbari dramaturg va rej. Abdulla bin Shakrun) xaloyiq oldida tomosha koʻrsatdi. Shu shaharda Malikul Fosiy va Abdulvahob Shaviy boshchiligidagi truppalar ishladi, Sale, Tanjerda ham kichik truppalar tuzildi. 1956-y. dan keyin teatr sanʼati rivojida yangi bosqich boshlandi. Kasablankadagi (Toyib Saddiqining Munitsipal teatri) va Rabotdagi (Ahmad Badri boshchiligidagi Milliy teatri) yetakchi teatrlarda Yevropa, arab dramaturglarining asarlari sahnalashtirildi. 1961-y. radiola birinchi professional truppa tashkil topdi. Marokashda 100 dan ortiq havaskorlik teatrlari mavjud. 1960-y. dan Marokash sh. da Marokash sanʼati festivallari oʻtkazildi. 1959-y. Rabotda ochilgan Drama sanʼati markazida aktyorlar va sahna xodimlari ham tayyo-rlanadi. 1962-y. dan Musiqa, raqs va drama sanʼati milliy konservatoriyasi ishlay boshladi.
Kinosi. Dastlabki hujjatli filmlarni fransuz operatorlari 1897-y. da yaratishdi. 1919—54 y. larda fransuz rej. lari, asosan, sharq afsonalari asosida 50 ga yaqin toʻla metrajli badiiy filmni suratga oldilar. 1944-y. M. kinomarkazi tashkil etildi va birinchi «Sussi» kinostudiyasi qurildi. Mustaqillikdan keyin hujjatli va badiiy filmlar chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 1958-y. dan muntazam «Marokash yangiligi» kinojur. chiqa boshladi. 1968—70 y. larda Kasablanka yaqinida «AynShoke» studiyasi tashkil etildi. 80—90y. larda rej. A. Maanuni, M. Reggab, S. Bin Barka, F. Burkia ijtimoiy mavzuda filmlar yaratdilar. «Izlar», «Bahor quyoshi», «Kunlar, kunlar», «Neft urushi boʻlmaydi» filmlari shu jumlaga kiradi. Yiliga 450 ta xorijiy (asosan, Fransiya, Italiya, Hindistondan) filmlar sotib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |